316
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
FIZIKA O‘QITUVCHILARINING AMALIY VA LABORATORIYA
MASHG‘ULOTLARI ORQALI KASBIY KOMPETENTLIGINI
TAKOMILLASHTIRISH
Sodiqova Zilola Yahyoqul qizi
Jizzax davlat pedagogika universitet magistri
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
fizika
o‘qituvchilarining
kasbiy
kompetentligini amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali takomillashtirishning
didaktik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Amaliy mashg‘ulotlar, tajriba asosidagi
o‘qitish, virtual laboratoriyalar (PhET, oPhysics, myPhysicsLab) orqali
o‘qituvchilarning metodik, pedagogik va texnologik kompetensiyalari rivojlanishiga
oid tadqiqot natijalari bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
fizika o‘qituvchisi, kasbiy kompetentlik, amaliy mashg‘ulot,
laboratoriya ishi, virtual simulyatsiya, metodik yondashuv, ta’lim samaradorligi.
Bugungi kunda fizika fanini samarali o‘qitish o‘qituvchidan nafaqat nazariy
bilimlarni, balki amaliy ko‘nikma va innovatsion metodlarni puxta egallagan
bo‘lishini talab etadi. Ayniqsa, zamonaviy interaktiv vositalar, simulyatsiyalar va
eksperimentlar orqali o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, eksperimental ko‘nikmalar va
mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish muhimdir[1].
Fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish zarurati
O‘qituvchining kasbiy kompetentligini takomillashtirish, uning amaliy bilim va
ko‘nikmalari bilan chambarchas bog‘liq. Bu borada laboratoriya mashg‘ulotlari,
tajriba asosida o‘qitish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash asosiy vosita
hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatida
amaliy mashg‘ulotlarga tayangan holatda bilimni o‘quvchiga yetkazishda
samaradorlikka erishadilar[2].
Virtual laboratoriyalar va metodik yondashuv
Maqolada PhET, myPhysicsLab va oPhysics kabi virtual laboratoriyalar asosida
ishlab chiqilgan laboratoriya ishlari orqali o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini
oshirish yo‘llari yoritilgan[3]. Ularning yordamida fizika darslari mazmunan
boyitilib, murakkab tajribalarni xavfsiz va aniq bajarish imkoniyati yaratiladi. Misol
uchun, PhET simulyatsiyasi orqali o‘quvchilar harakat qonunlarini mustaqil
317
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
o‘rganishlari mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi bu jarayonda kuzatuvchi va yo‘naltiruvchi
rolini bajaradi.
Tadqiqotning tashkil etish va o'tkazish
Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish bosqichi dissertatsiya mavzusiga
mos ravishda aniq maqsad va vazifalarni belgilashdan boshlandi. Tadqiqot doirasida
tajriba sinovlari o‘tkaziladigan maktab sifatida
Jizzax viloyati, Jizzax shahar 10-
sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari
tanlab olindi. Tajriba uchun
bitta tajriba guruhi va bitta nazorat guruhi shakllantirildi. Har bir guruhda 28 nafardan
o‘quvchi bo‘lib, umumiy 56 nafar o‘quvchini tashkil etdi.
Tajriba guruhi uchun maxsus amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tizimi ishlab
chiqildi, bunda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini, tajriba o‘tkazish malakalarini
va nazariy bilimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi[4,5]. Mashg‘ulotlar
davomida o‘quvchilarga real laboratoriya tajribalarini bajarish, fizik hodisalarni o‘z
amaliy faoliyati orqali anglash va ilmiy mushohada yuritish ko‘nikmalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar taqdim etildi.
Tadqiqot rejasi asosida tajriba guruhi bilan maxsus dars mashg‘ulotlari olib
borildi: bunda o‘quvchilarga amaliy tajribalar[6], virtual laboratoriyalar (masalan,
oPhysics va PhET simulyatsiyalari) orqali tajriba modellashtirish ishlari o‘rgatildi.
O‘quvchilarning mustaqil laboratoriya ishlarini bajarish darajasi nazorat sinovlari va
amaliy baholash usullari orqali o‘lchab borildi[7].
Tadqiqot jarayonida mening o‘z kasbiy kompetentligim ham izchil
takomillashdi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar uchun amaliy va laboratoriya
topshiriqlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, laboratoriya uskunalari bilan ishlash
malakasini oshirish, simulyatsiya va real eksperiment o‘rtasidagi farqlarni
tushuntirish, tajribalarni didaktik va metodik asosda tashkil qilish ko‘nikmalarim
rivojlandi. Shuningdek, o‘quvchilar bilimini tahlil qilish, ularning faol ishtirokini
baholash va differensial yondashuv asosida laboratoriya mashg‘ulotlarini
moslashtirish orqali pedagogik mahoratimni oshirdim. Eksperimental tajribalar
natijalarini ilmiy tahlil qilish va statistik metodlar yordamida natijalarni qayta ishlash
ham mening ilmiy-tadqiqot kompetentligimni yanada mustahkamladi[8]
Eksperimental tadqiqotlar natijalari
Tajribaviy ishlar natijalarining tahlili fizika o‘qituvchilarining kasbiy
kompetentligini oshirishda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligini
ko‘rsatdi. Tajriba guruhi va nazorat guruhi o‘rtasida olingan natijalar solishtirildi.
Tajriba guruhi o‘qituvchilarida amaliy tajriba o‘tkazish qobiliyati, laboratoriya
ishlarini mustaqil tashkil etish ko‘nikmalari va fizika faniga nisbatan qiziqish darajasi
318
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi aniqlandi. Natijalar statistik
tahlil qilinib, tajriba metodikasining samarali ekanligi ilmiy asosda isbotlandi.
Umuman olganda, tadqiqot natijalari amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali
kasbiy kompetentlikni takomillashtirish mumkinligini amalda ko‘rsatdi.
Tajribada
n keyin
O'zlashtiris
h darajasi
Tajriba guruhlarida
Nazorat guruhlarida
Tajriba
boshida
Tajriba
oxirida
Tajriba
boshida
Tajriba
oxirida
soni
foizd
a
soni
foizd
a
son
i
foizd
a
soni
foizd
a
1-bosqich
A'lo
3
10,7
%
7
25,0
%
4
14,3
%
5
17,9
%
Yaxshi
7
25,0
%
10
35,7
%
5
17,9
%
7
25,0
%
O'rta
18
64,3
%
11
39,3
%
19
67,9
%
16
57,1
%
2-bosqich
A'lo
4
14,3
%
8
28,6
%
4
14,3
%
5
17,9
%
Yaxshi
8
28,6
%
10
35,7
%
7
25,0
%
8
28,6
%
O'rta
16
57,1
%
10
35,7
%
17
60,7
%
15
53,6
%
XULOSA
0
5
10
15
20
A'lo
Yaxshi
O'rta
A'lo
Yaxshi
O'rta
1-bosqich
2-bosqich
Tajriba natija tahlili
Tajriba guruhlarida
Tajriba guruhlarida
Nazorat guruhlarida
Nazorat guruhlarida
319
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ushbu tadqiqot natijalari fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
oshirishda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarning, ayniqsa simulyatsiya
laboratoriyalarining muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Tajriba-sinov ishlarida
aniqlanishicha, zamonaviy metodikalar va texnologik yondashuvlar o‘qituvchilarning
kasbiy salohiyatini rivojlantiradi.
Fizika darslarida laboratoriya ishlari orqali o‘quvchilarda kuzatish, tajriba,
natijaviy tahlil va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga,
o‘qituvchi o‘zining metodik tayyorgarligi va texnologik savodxonligini ham doimiy
rivojlantiradi.
Shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni
raqamli laboratoriya vositalaridan foydalanishga o‘rgatish asosiy yo‘nalish sifatida
yo‘lga qo‘yilishi lozim. Shu tariqa, ta’limda kompetent yondashuvni amaliy jihatdan
qo‘llash samarali natijalarga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Toirjonovich, A. Z. (2022). Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish. Central Asian Research Journalfor Interdisciplinary
Studies (CARJIS), 2, 92-96.
2.
Nasilloyevna, S. N. (2023, November). Bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. In International
conference on multidisciplinary science (Vol. 1, No. 5, pp. 56-61).
3.
Ibragimovich, I. X. (2024). Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
kompеtеntligini rivojlantirish tizimini modеrnizatsiyalash muammolari. Fergana
methodical school, (1), 3-8.
4.
Qurbonovich, M. U. B., & Ibroimjon o’g’li, E. M. (2025). Bo ‘lajak
pedagoglarda ijtimoiy faollik kompetentligini shakllantirishda kasbiy identiklikning o
‘rni. formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences, 4(37), 307-
313.
5.
Axmatovna, M. D. (2025). Bo’lajak fizika o’qituvchilarining kreativ
kompetentligini rivojlantirish holatlari. pedagogik tadqiqotlar jurnali, 3(2), 113-116.
6.
Qo‘Qonboyeva, S. R. (2021). Pedagogik amaliyot jarayonida bo ‘lajak
fizika o ‘qituvchisi kompetentligini shakllantirish masalasi. Academic research in
educational sciences, 2(CSPI conference 3), 108-112.
7.
Qizi, P. L. N. S. (2024). Bo‘lajak fizika fani o ‘qituvchilarining
pedagogik kompetensiyasini rivojlantirsh. Science and innovation, 3(Special Issue
23), 306-308.
8.
Axmedov, A. A. (2024). Boʻlajak fizika oʻqituvchisini tayyorlashning
metodologik asoslari. Science and innovation, 3(Special Issue 57), 13-17.
