342
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BUXORO AMIRLIGI HUDUDIY YAXLITLIGI VA SIYOSIY
MUSTAQILLIGINING TUGATILISHI OQIBATLARI
To‘rayeva Nafosat Shuhrat qizi
Fanlar akademiyasi Tarix instituti kichik ilmiy xodimi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni va bu
bosqin natijasida amirlik siyosiy boshqaruv tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Buxoro amirligi, sulh shartnoma, amir Muzaffarxon, amir
Abdulahadxon, bojxona, ssuda, Xiva xonligi, siyosiy agentlik.
XIX yuzyillikning ikkinchi yarmi Turkiston tarixida tub burilish davri bo‘lib, bu
davrda mintaqaning mustaqil davlatlari birin-ketin Rossiya imperiyasi tomonidan
bosib olindi. Ushbu jarayonda Buxoro amirligi ham strategik ahamiyatga ega hudud
sifatida Rossiyaning siyosiy va harbiy bosimi ostida qolib, 1868-yilgi harbiy
to‘qnashuvlar natijasida Rossiya protektoratiga aylantirildi. Garchi amirlik
nomigagina ichki mustaqilligini saqlab qolgan bo‘lsa-da, uning tashqi siyosati,
iqtisodiy aloqalari va hatto ichki boshqaruv tizimi ham bosqinchilik siyosatining
ta’sir doirasiga tushdi.
XIX yuzyillikning ikkinchi yarmida ruslarning Buxoro amirligiga amalga
oshirgan bosqinchilik yurushlari amirlikni mag‘lubiyati bilan yakunlandi.1893-yili
Buxoroga tashrif buyurgan nemis sayyohi Maks Alberxt o‘zining “Markaziy Osiyo”
kitobida Buxoro haqida : “ O‘ttiz yil avval hech bir yevropalik kirishga jur’at eta
olmagan ko‘hna muqaddas Buxoro taqdirini siyosiy va iqtisodiy boshqaradigan rus
shahri paydo bo‘ldi “ – deya ta’riflaydi. Darhaqiqat yevropaliklar kirishga jur’ati
bo‘lmagan hududni ruslar iqtisodiy va siyosiy qaram mamlakatga aylantirishi
bosqichma-bosqich bo‘ldi.
Xo‘sh, nega ruslar amirlikni o‘z hududiga to‘g‘ ridan to‘g‘ ri qo‘shib olmadi?
Uyushtirilgan bosqinchlik oqibatida amirlikning yirik beklik va shaharlarini vayron
qilgan kuch amirlikni butunlay bosib olish uchun yetmasmidi?
Ruslar janglarda qo‘li baland kelishi asosiy omillaridan biri harbiy ustunlik
butun amirlikni egallash imkonini bersa-da, uni boshqarish uchun yetarli emas edi.
Birinchidan, ruslar bu hududni qo‘shib olgan taqdirda amirlikda amalga oshirish
kerak bo‘lgan islohotlar imperiyadan katta miqdordagi mablag‘ talab qilardi.
343
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ikkinchidan, asrlar davomida jamiyatdagi islomiy mezonlar va urf-odatlar
musulmonlarni boshqa din vakillariga qaramligiga yo‘l bermasdi.
Uchinchidan, Rossiya imperiyasini Yevropadagi gegemon davlatlari bilan
raqobati kuchayib ketishi va munosabatlar buzilishi unga juda qimmatga tushardi.
To‘rtinchidan, Abdu Malik To‘ra boshchiligidagi xalqning qarshilik harakatini
faqatgina xiyla bilan to‘xta olgan ruslar uchun amirlikni vassalga aylantiruvchi
shartnomalar tuzish eng maqbul yo‘l bo‘lgan.
Biroq, Buxoro amiri Muzaffarxon vassallikni osonlikcha qabul qilmadi.
Mustaqilligini saqlab qolish uchun kech bo‘lsa-da choralar ko‘rdi.
Zirabuloq jangidan so‘ng amir Muzaffarxon uchun elchilar jo‘natib o‘zi uchun
ittifoqchi izladi. Amir Muzaffarxon muftiy Xoja Muhammad Porso boshchiligidagi
elchilarini yordam so‘rab Afg‘oniston va Hindiston orqali Istanbulga jo‘natdi. Xoja
Muhammad Porso inglizlarning Hindistondagi vakili Jon Lourensga amirning
maktubini topshirib, Angliya qirolichasiga ham bu iltimosni yetkazishni so‘radi. O‘z
navbatida Jon Lourens Xoja Muhammad Porso bilan bo‘lgan suhbat chog‘ ida
Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan 1842-yilda ingliz zobitlari Stoddort va Kanolli
o‘ldirilishini eslatadi. O‘z fuqarolarining Buxoroda o‘ldirilishini unutmagan ingliz
hukumati Istanbulga kelib, u yerdagi Angliya elchisidan yordam so‘rab murojaat
etgan Xoja Muhammad Porsoga dastlab o‘zlarining Hindistondagi vakili Jon
Dourens, keyinroq Istanbuldagi elchilari Genri Ellab orqali o‘rtadagi masofa
uzoqligini bahona qilib, rad javobini beradi.
61
Shundan so‘nggina amir ruslar bilan
noteng shartnomalar tuzishga majbur bo‘ladi. Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi
o‘rtasida ushbu hududdan har tomonlama foydalanish uchun 1868,1873,1885,1888,
1894,1900 – yillardagi noteng shartnomalar imzoladi. Biroq, ikkala davlat o‘rtasidagi
munosabatlar asosi 1868 yildagi savdo va 1873 – yildagi Do‘stlik shartnomalari
hisoblanadi. Qolgan shartnomalar shu ikki bitimga qo‘shimchalar va tahrirlaridir.
1868-yil 23-iyun sulh shartnomasi Buxoro bilan Rossiya qo‘shinlari o‘rtasida
bo‘lgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga ko‘ra
Buxoro amirligining Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘ on
shaharlaridan Zirabuloqqacha bo‘lgan hududi Rossiya imperiyasiga kiritildi va
Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Zarafshon okrugi (keyinchalik Samarqand
61
Ҳ.Тўрайев, Б.Мирзақулов. Ўзбекистон тарихи (Бухоро тарихи) Х жилд. – Тошкент,”Ўзбекистон” 2023. Б –
272.
344
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
viloyati) tashkil qilindi. Amir Muzaffar oltin hisobida 500 000 rubl xarbiy tovon
to‘ladi.
62
Shuningdek,
1868-yilgi shartnoma
shartlariga ko‘ra, amirlik o‘z hududida rus
fuqarolarining erkin savdo qilishi, karvonsaroylar tashkil etishi, rus savdogarlariga
amirlikning barcha shaharlarida savdo agentliklariga ega bo‘lish huquqini
berish,shuningdek, rus savdogarlari karvonlari bilan erkin va xavfsiz yurishini
nazorat qilish majburiyatini oldi.
Amirlik uchun eng katta yo‘qotish bu Samarqand va Kattaqo‘rg‘ ondan ajralish
edi.Amirlikning suv manbalari bo‘lgan daryolar boshqaruvi ruslar qo‘liga
topshirilishi va bozorlarda amirlik savdogarlari tayyor bo‘lmagan holda raqobat
maydoniga tashlanishi mamlakatni ahvolini yomonlashtirdi.
Rossiya imperiyasini Turkiston hududidagi xonliklardagi siyosati va boshqaruvi
bevosita Kaufman bilan bog‘ liq. U esa bu hududlarni tobora asoratga solish uchun
qo‘lidan kelgan hamma ishlarni amalga oshirdi. Yuqoridagi shartnoma u uchun
yetarli bo‘lmadi. Shu sabab 1871 – yildan boshlab u imperatorga yangi shartnoma
tuzish taklifini berdi. Bir tarafdan Xiva xonligiga yurushdan avval Buxoroni
ittifoqchiga aylantirish, boshqa tara0fdan esa 1868 yildagi shartnomaga ko‘ra
chegaralarni aniq belgilab olish kabi omillar yangi shartnomaga zamon yaratdi.
1873-yil 28-sentyabr shartnomasi Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining
protektorati homiyligi ostidagi tobe hudud deb e’lon qilindi. Zarafshon daryosining
yuqori qismi Sharqiy Buxoro (Badaxshon va Pomir)dagi ayrim viloyatlar Rossiyaga
o‘tdi. Amudaryoning chap sohilidagi yerlar esa (Balx, Mozori Sharif, Shibirg‘ on,
Qunduz va b.) Afg‘onistonga berildi. Buxoroning xorijiy davlatlar bilan mustaqil
aloqa yuritishi ta’qiqlandi.
Xiva xonligi egallansa uning hududlari amirlikka berilishi va’dasi
Muzaffarxonni yuqoridagi shartnomadagi yo‘qotishlari uchun taskindek bo‘ldi. Biroq
amalda Rossiya amirlikka o‘ziga hech qanday iqtisodiy foydasi bo‘lmagan hududlar
(amir Rushon , Vohon va Shug‘ non) ni berib qo‘ydi xolos.
1895 yil boshiga kelib Buxoro amirligi o‘z bojxona tizimidan ham mahrum
bo‘ldi. 1894 yili Rossiya hukumatining Buxorodagi Siyosiy agentlik va
Turkistondagi amaldorlar hamda burjuaziya talablarini inobatga olib, yagona bojxona
tizimini shakllantirishga kirishdi. O‘sha yili Rossiya bojxona chizig‘i bekor qilindi.
Natijada amirlikning barcha bojxona tizimi Rossiya bojxona tizimi tasarrufiga
o‘tdi.Buxoroda ichki bozorlari shu kundan boshlab ichki bozorlari tarkibiga
62
Ҳ.Тўрайев, Б.Мирзақулов. Ўзбекистон тарихи (Бухоро тарихи) Х жилд. – Тошкент,”Ўзбекистон” 2023. Б –
274.
345
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kiritildi.
63
Buning natijasida amirlik iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazildi.
Bojxona haqidagi qarorning (1895 yil 1 yanvardagi) qabul qilinishi va uning kuchga
kirishi natijasida, Buxoro Amirligi bir yilda amirlik xazinasiga kelib tushadigan
taxminan ikki million rubl miqdoridagi tushumdan mahrum bo‘ldi.
64
Aynan 1894 yili amir Abdulahadxon sog‘ligini bahona qilib, qarorgohini
Karmanaga ko‘chirishi va ruslar bilan uchrashuv aloqalarni butunlay qo‘shbegiga
topshirishiga yuqoridagi bojxona tizimi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham sabab bo‘lishi
mumkin, chunki amirlik xazinasiga bunday zarba uni qaramlik botqog‘iga yana
botishiga sababchi bo‘lgan.
Shunday qilib, Buxoro amirligi 1865-1920 yillar oralig‘ida Chor Rossiyasiga
yarim mustamlaka davlat sifatida tobe bo‘lib qoldi. Bunday yarim mustamlaka davlat
tobelik boshqaruv tizimi, qonunchilik ishlari va boshqa shunday ijtimoiy-siyosiy
huquqlarni saqlaganligi bilan xarakterlanadi. Davlatning markaziy va mahalliy
boshqaruv tizimi avvalgidek saqlangan bo‘lib, Rossiya imperiyasi ta’siri asnosida
hamda mahalliy sharoit ehtiyojidan kelib chiqib ayrim o‘zgarish, tartiblar ham
amalga oshirildi, bular jumlasiga davlat xizmatchilarining mavqeyi , ma’muriy va
harbiy sohalarda qaror topgan tartiblar kiradi.
65
Amirlik boshqaruviga tobelik ta’siri haqida gapirar ekanmiz, shu o‘rinda, uning
hududiy o‘zgarishlariga to‘xtalsak.Turkiston xonliklaridagi eng katta hudud
amirlikka tegishli edi. XIX yuzyillikning 50—60-yillarida Buxoro 44 ta beklikdan
iborat bo‘lgan bo‘lsa
66
, 1915 – yil 27 viloyat va 11 tuman qoldi.
67
Yuqoridagi ta’kidlangandek amirlik boshqaruvi markaziy va mahalliy
boshqaruvdan iborat bo‘lgan. Markaziy hokimyat boshlig‘i – amir lavozimi bu
davrga qadar otadan bolaga qoladigan sulolaviy an’ana bo‘lgan va amir o‘zi mustaqil
valiahd tayinlagan. Biroq 1873-yildagi shartnomaga ko‘ra, endilikda valiahdni
Rossiya imperatori tasdiqlagan. Xon ko‘tarish an’anasi Samarqandda o‘tkazilgan
bo‘lsa, shahar qo‘ldan ketgach Buxoro shahrida o‘tkazila boshlagan. Ruslar dastlab
bor kuchi bilan amirlikni vassaldan yuqori , avtonomdan quyi bo‘lgan huquqiy
63
Р.Холиқова. Бухоро – Россия: тарих чорраҳасида (ХИХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари).-
Тошкент:”Ўқитувчи”. Б-193.
64
Р.Холиқова. Россия императорлиги сиёсий агентлигининг Бухоро амирлигидаги фаолияти тарихидан.
”Ўтмишга назар” журнали. Тошкент-2021.3-сон.Б-29
65
Г.Нормуродова. Бухоро амирлиги ижтимоий қатламлари уларнинг ижтимоий-иқтисодий ҳаётдаги роли(ХИХ
аср охири –ХХ аср бошлари) . Тошкент,2020. 42- бет.
66
Р.Холиқова. Бухоро – Россия: тарих чорраҳасида (ХИХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари).-
Тошкент:”Ўқитувчи”. Б-72
67
Р.Холиқова. Бухоро – Россия: тарих чорраҳасида (ХИХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари).-
Тошкент:”Ўқитувчи”. Б-79.
346
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
subyekt sifatida tan olishdi. Amirlik bilan tuzilgan shartnomalarda tashqi
aloqalarda cheklov o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ichki ishlarga aralashmaslikka kelishildi.
Biroq zimdan ichki ishlarga aralashish, Buxoroni nazoratda ushlab turish uchun
barcha choralar ko‘rildi.
Markaziy hokimyatda amirdan keyin qo‘shbegi lavozimi turgan. Qo‘shbegi
amir shaharda bo‘lmaganda arkda turib, uning o‘rnidan davlat boshqaruvini amalga
oshirgan. Qo‘shbegi Buxoroda davlat muhri o‘rnida bo‘lgan Amirning shaxsiy
muhrini saqlovchi, boshqa davlatlar bilan aloqalarni nazorat qiluvchi va shuningdek
moliya ishlarini boshqaruvchisi bo‘lgan.O‘z unvoniga, ya’ni Buxoro begi unvoniga
ko‘ra qo‘shbegi shahar chegaralarida uzoq vaqt bo‘lishi mumkin emas edi.
68
Rossiya siyosiy agentligi tuzilgach ular bilan munosabatni qo‘shbegi olib
borgan. Amirlikni kundalik hisobotlari va lavozimlarga tayinlanish kabi
xabarnomalar qo‘shbegi tomonidan berilgan.
Qo‘shbegi lavozimi 2 ga ajralib, qo‘shbegiyi bolo va qo‘shbegiyi poyonga
ajralgan.Qo‘shbegi bolo bu yuqorida sanab o‘tilgan vakolatlar egasi bo‘lsa, qo‘shbegi
poyon esa bu o‘tgan asrlardagi devonbegi lavozimi to‘g‘ ri kelib, amirga keladigan
sovg‘ a salomlarni xazinaga tushishi va ichki savdodan olinadigan tushumlarni
nazorat qilgan.Qo‘shbegi bolo esa tashqi savdodagi tushumlarni boshqarib turgan.
Amirlikning mustaqil siyosiy boshqaruvi va qaramlik davridagi boshqaruvi
tabiyki o‘zgarishlar va farqlarga ega. Qaramlik davrini o‘ziga xos belgilaridan biri
xizmat vazifasini rag‘ batlanitirsh bilan bog‘ liq nishon va mdeallar bilan taqdirlash
holati joriy etildi. Bu davrga kelib, barcha toifadagi amaldor, xizmatchilarga uzil-
kesil ravishda ish haqi tayinlangan. Amaldorlarning davlat apparatiga tegishli vakil
sanalishi, ularning ijtimoiy huquq va yengilliklarga ega bo‘lgan tabaqa sifatidagi
nufuzini saqladi. Shu bilan birgalikda, ma’muriy sohada markaziy va mahalliy
tizimda tub islohotlarni amalga oshirish sharoiti mavjud bo‘lishiga qaramasdan,
ijtimoiy–siyosiy hayotda chuqur ildiz otgan “tartiblar” bunga to‘sqinlik qildi.
Shuning uchun, Buxoro amirligi so‘nggi kunlarigacha an’anaviy boshqaruv usulini
deyarli saqlab qoldi. Bu an’anaviy boshqaruv esa amirligni iqtisodiy ahvolini ham
yomonlashtirar va faqat dehqonchilikdan foyda oladigan agrar davlatga
aylantirilgandi. Amirlikni sanoati butkul ruslar qo‘liga o‘tgach, davlat iqtisodini
tayanchiga aholining soliqlar aylandi.
Tadqiqotchilar ma’lumot berishicha, amirlik soliq yig‘ ish ishlari va uni nazorat
qilishda amirlikning deyarli barcha mulozim va amaldorlar bevosita hamda bilvosita
68
R.Холиқова. Бухоро – Россия: тарих чорраҳасида (ХИХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари).-
Тошкент:”Ўқитувчи”. Б-154.
347
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ishtirok etgan. Soliq tizimini qonuniy va amali jihatdan mutanosibligini amir
boshchiligida qo‘shbegi va viloyat hokimlari bevosita soliq yig‘ ish amaliyotiga ham
aralashgan.Viloyatlardagi amlokdor va zakotchilar bevosita soliq ijrosini amalga
oshiruvchi amaldorlar bo‘lgan. Ushbu amaldorlar o‘z sohalariga ko‘ra soliq ob’ektlari
biriktirilgan.
69
Aynan mana shu omil soliq yig‘ishdagi qo‘lma-qo‘llik uni miqdori va
xavfsizligiga zarar ko‘rsatgan.
Amirlikning siyosatida ijobiy jihatlar ham yetarlicha. Zero amir o‘z soliq
to‘lovchilarni kerakli vaqtda ijtimoiy himoya qilgan va rag‘ batlantirgan.
Masalan,iqtisodiy og‘ ir kechgan yillarda aholiga o‘zini tiklab olish g‘ ov puli ham
berilgan. Ushbu holatda davlat tomonidan sigir yoki pul berilgan.
70
Iqtisodiy jihatdan
qiynalganlar pulga sigir olib, sutidan foydalanganlar yoki pulga boshqa kundalik
oziq-ovqat sotib olganlar. Jumladan, Varg‘onza tumani fuqarolar uchun davlat tuxm
puli va gov puli uchun 60 000 tanga berilgan.Ssuda olgan fuqarolardan Abdulloh
to‘qsoba iqror xati olgan. Aholi ushbu pulni to‘lashi mumkin bo‘lgan vaqtda
bo‘lganligi sababli muborizatpanoh Sayyidbek miroxurga yig‘ dirib, pulni xazinaga
qaytarish uchun amirdan ruxsat so‘ragan.
71
Ssuda pullarni qaytarish uchun asosan kuz
mavsumi yoki dehqonlar hosilini yig‘ ib olgan vaqt belgilangan.Belgilangan
muddatda amaldorlar o‘zboshimchalik bilan yig‘ ib olmasdan, amirga ariza bilan
murojaat qilishib, ijozat so‘rashgan.
72
Ayrim hollarda amir yoki qo‘shbegilar davlat
manfaatlari yoki iqtisodiy zaruriyatlarini ustun qo‘ymagan holda, aholini soliqlardan
ozod qilganlar yoki soliq yukini kamaytirganlar. Masalan, Amir Muzaffarxon Pomir
hududlarini egallagandan so‘ng, ushbu hudud aholisini 3 yillik xarojdan ozod
qilgan.
73
Azizov ma’lumot berishicha, amir Rushon , Vohon va Shug‘ non
viloyatlari fuqarolarida yengillik berish va viloyat obodligi yo‘lida ularni sultoniy
xarojdan ozod qilgan. 1911- yili Buxoro taxtiga o‘tirgan amir Olimxon butun
amirlikni bir yil xaroj to‘lashdan ozod qilgan. Amirining e’tirofiga ko‘ra, ushbu tariqa
ish ko‘rilishidan fuqarolar xursand bo‘lgan.
74
Amirlikdagi soliq tizimini tadqiq qilishda hujjatshunoslik katta ahamiyatga ega
bo‘lib, soliq boshqaruvida hech bir topshiriq og‘ zaki buyruq bilan bajarilmagan.
69
И.Азизов.ХIХ асрнинг сўнгги чораги – ХХ аср бошида Бухоро амирлигида солиқ тизими.Тошкент,2018.177-
бет
70
И.Азизов.ХIХ асрнинг сўнгги чораги – ХХ аср бошида Бухоро амирлигида солиқ тизими.Тошкент,2018.177-
бет.
71
И.Азизов.ХIХ асрнинг сўнгги чораги – ХХ аср бошида Бухоро амирлигида солиқ тизими.Тошкент,2018. Б.177
72
И.Азизов.ХIХ асрнинг сўнгги чораги – ХХ аср бошида Бухоро амирлигида солиқ тизими.Тошкент,2018. Б.177
73
И.Азизов.ХIХ асрнинг сўнгги чораги – ХХ аср бошида Бухоро амирлигида солиқ тизими.Тошкент,2018.
Б.177
74
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг хасрати тарихи. – Тошкент, 1991. – Б. 5.
348
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Aksincha har bir topshiriq yuqoridan quyiga qarab ma’muriy hujjatlar asosida
topshirilgan bo‘lsa, bajarilgan vazifalar to‘g‘ risida ham quyidan yuqoriga qarab
hisobotlar
berilgan.
Amir
tomonidan
chiqarilgan
muboraknomalar
hujjatshunoslikning huquqiy-me’yoriy turiga mansub qonun osti hujjatlari hisoblanib,
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
75
Muboraknomalarda amirdan quyida turuvchi
barcha amaldorlarga xususiy yoki umumiy tartibda buyruq, farmon, farmoyish yoki
ish yuzasidan ko‘rsatmalar bayon etilgan.
XIX yuzyillikning so‘nggi choragi – XX yuzyillikning boshlarida Buxoro
amirligidagi bojxona ishini yuritish tartiblari islom huquqi asosida shakllangan
bo‘lib, aynan shariat buyurgan zakot bilan to‘g‘ ridan – to‘g‘ ri bog‘ liq. Bundan
bojxona postlaridan olingan boj aynan zakot vazifasini o‘tagani ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan chegara
hududida joylashgan shahar bo‘lgan. Amirlik vassalga aylangach 1873-yildagi
shartnomaga asosan bojxonalarda ruslar nazorati o‘rnatildi. Qaysi millat bo‘lishidan
qa’tiy nazar ruslar ruxsat bermasa, amirlik hududiga kirishi ta’qiqlandi.
76
1885-yili
Rossiyani Buxoroda siyosiy agentligi tuzilgach, tashqi aloqalar butkul ruslar
nazoratiga o‘tadi.Bu esa Buxoro amirligini yopiq bir mamlakatga aylantirdi va bu
yesa taraqqiyotda oqsoq sohalarni ahvolini yanada yomonlashtirdi. Ammo shuni ham
inobatga olishimiz kerakki, amirlar garchi mustaqilligini yo‘qotsa-da, o‘z davri
uchun ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar ham amalga oshirgan.
Masalan, Amir Abdulahadxon 1895 yilda tarkibi 2000 kishidan iborat bo‘lgan,
amirlikning yirik shaharlarida xizmat qilishi mo‘ljallangan
Buxoro militsiyasini
tashkil qiladi. 1908 yilda esa armiya sonini qisqartiradi. Bu paytda armiyada 12
batalondan iborat piyoda, ya’ni 8200 sarboz, 52 ofitser va 12 batalon komandiri, 2 ta
otliq eskadrilya (600 soldat, 5 ofitser, 2 ta eskadron komandiri) va 300 to‘pchi
mavjud edi.Shuning uchun Amir Abdulahadga
“amir lashkar”
laqabi berilgan.
77
Amir o‘z hisobidan Kogondan Buxorogacha 12 km.li temir yo‘l qurishga qaror qildi.
Uning moliyaviy ko‘magi bilan Amudaryodan o‘tuvchi temir yo‘l ko‘prigi
loyihalashtirilib, 1898 yilning 17 oktyabridan 1901 yilning 27 mayigacha 750 metrlik
ko‘prik qurildi. Ko‘prik qurilishiga 3.468.000 rubl miqdorda sarflangan pul amir
tomonidan berilgan bo‘lsa-da, uning tepasidagi lavhda “Bu ko‘prik Nikolay II
75
ЎзР МДА, И.126-фонд, 1-рўйхат, 768-йиғма жилд, 1-варақ
76
Murat Özkan. Buhara Hanliği.- Istanbul,2021.Sayfa 157.
77
D.Jamolova. Buxoro amiri Abdulahadxon va uning siyosiy faoliyati . O’zbekiston tarixi jiurnali. Toshkent-2018. 1-
son. B -38.
349
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
hazratlari tomonidan, Amir Abdulahad ishtirokida qurildi”, deb yozib qo‘yilgan edi.
78
Ko‘prik uchun hech qanday moliyaviy ko‘magi bo‘lmagan imperator nomi unda
bitilishini asosiy sababi, amir
Amir
Abdulahadxon
qanchalik
islohotlarni
amalga
oshirmasin,
mustamlakachilik asorati davlatning ahvolini og‘ irlashtiraverdi.Ayniqsa Zarafshon
daryosi suv boshqaruvi ruslar qo‘lida qolishi dehqonchilikni halokatga mahkum
etdi.Shu sabab ruslar bilan qo‘shimcha bitim asosida suv bo‘yicha kelishuv
imzolandi.
1894-yil 27-may shartnomasi
iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, unga ko‘ra
har yili 15-noyabrdan 10-martgacha Zarafshon daryosining suvi amirlik yerlariga
to‘liq, 10-iyundan 15-avgustgacha (dehqonchilik uchun suv eng kerak paytda) esa
faqat 40% oqiziladigan bo‘lgan.
79
Ruslar har qanday kelishuvda doim o‘z foydalarni
ushbu bitim mazmunidan yana bir bor amin bo‘lamiz.
Abdulahadxon boshlagan islohotchilik ruhi uning o‘g‘ li davrida ham davom
etdi. Amir Olimxon tijorat,ziroat,sanoat,masjid va maktablarni kengaytirishga e’tibor
qaratdi.Uning farmoniga ko‘ra.
1.saroyning tortiq va peshkashlarini man etish;
2.farsax puli solig‘ ini tayinlash;
3.er solig‘ ini o‘ndan birga kamaytirish;
4.harbiylar oylik maoshini oshirish.
Shuningdek, qozi va beklar tomonidan olinadigan “taksa” to‘lovi ham bekor
qilindi.”Taksa” – beklar va qozilarning asosiy daromad manbasi bo‘lib, qoziga
murojaat qilgan har ikkala tomon (da’vogar va javobgar) ham bekning ko‘rsatmasida
belgilangan tartibda 5 tangadan 1000 tangacha miqdorda to‘langan.
80
Bu davrda
jamiyatda siyosiy harakatlar jadallashib, amir ular ta’sirida ham yangi islohot
loyihalarni ishlab chiqdi. Biroq ruslar va mutaassib ulamolar bu o‘zgarishlarga to‘siq
bo‘ldi.
1917-yilda Rossiyada inqilob orqali hukumat tepasiga kelgan bolsheviklar
g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydigan monarxist davlatlar bilan uzoqqa borisholmasdi. Shu
sabab turli fitnalar bilan urushlar natijasida XX yuz yillikning 20 yillarida avval
Buxoro amirligini , so‘ngra Xiva xonligi tugatishdi.Davlat tuzumi qanday bo‘lishidan
78
D.Jamolova. Buxoro amiri Abdulahadxon va uning siyosiy faoliyati . O’zbekiston tarixi jurnali. Toshkent-2018. 1-
son.B -35.
79
Р.Холиқова. Бухоро – Россия: тарих чорраҳасида (ХИХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари).-
Тошкент:”Ўқитувчи”. Б-197.
80
D.Jamolova.Amir Olimxonning Buxoro amirligidagi islohot farmonlari.”O’zbekiston tarix” jurnali. Toshkent-2017.
2-son. B-63
350
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qa’tiy nazar xalqimiz mustamlakachilik asorati azob-uqubatlarini uzoq vaqt
chekdilar.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishi nafaqat uning siyosiy mustaqilligiga barham bergan, balki butun boshqaruv
tizimini tubdan o‘zgartirgan voqea bo‘ldi. Amirlikning tashqi siyosati to‘liq Rossiya
ixtiyoriga o‘tdi, ichki boshqaruv esa rasmiy jihatdan saqlanib qolgan bo‘lsa-da,
amalda Rossiya vakillarining nazorati ostida olib borildi. Mahalliy hukmdorlarning
qaror qabul qilish vakolati cheklangan, aholi esa yangi siyosiy tuzumga moslashishga
majbur bo‘lgan. Bu esa ijtimoiy norozilikni kuchaytirgan va mustamlakachilikka
qarshi kayfiyatning shakllanishiga zamin yaratgan. O‘rganilgan tarixiy jarayonlar
Buxoro amirligining Rossiya tomonidan qo‘shib olinishi Turkiston mintaqasida
mustamlakachilik siyosatining kengayishiga olib kelganini hamda bu jarayon mintaqa
siyosiy tuzilmasida chuqur iz qoldirganini ko‘rsatadi.
