Ushbu maqolada tibbiy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish va uni samarali amalga oshirishdagi mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda uchraydigan metodik, texnik va psixologik to‘siqlar, shuningdek, ularni bartaraf etish yo‘llari, ilg‘or xorijiy tajribalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ilg‘or tajriba va amaliy yechimlar asosida takliflar keltirilgan.