ONA TILI O‘QITISHDA OG‘ZAKI NUTQNI O‘STIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR TAHLILI (5-SINF ONA TILI DARSLIGI MISOLIDA)

Аннотация

Ushbu maqolada 5-sinf darsligi asosida og‘zaki nutqni o‘stirishga oid topshiriqlar tahlili, og‘zaki nutqni o‘stirishga oid tavsiyalar berilgan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan og‘zaki nutqqa oid bir qancha topshiriqlar ko‘rsatib  o‘tilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-9
9

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shodiyeva , M. . (2025). ONA TILI O‘QITISHDA OG‘ZAKI NUTQNI O‘STIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR TAHLILI (5-SINF ONA TILI DARSLIGI MISOLIDA). Наука и инновация, 3(20), 7–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/101785
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada 5-sinf darsligi asosida og‘zaki nutqni o‘stirishga oid topshiriqlar tahlili, og‘zaki nutqni o‘stirishga oid tavsiyalar berilgan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan og‘zaki nutqqa oid bir qancha topshiriqlar ko‘rsatib  o‘tilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

7

ONA TILI O‘QITISHDA OG‘ZAKI NUTQNI O‘STIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR

TAHLILI (5-SINF ONA TILI DARSLIGI MISOLIDA)

ANALYSIS OF INSTRUCTIONS FOR ORAL SPEECH IN TEACHING NATIVE

LANGUAGE (AN EXAMPLE OF 5TH GRADE MOTHER TONGUE)

Shodiyeva Maftuna Abdurahim qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi

maftunashodiyeva1801@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593319

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 5-sinf darsligi asosida og‘zaki nutqni o‘stirishga oid

topshiriqlar tahlili, og‘zaki nutqni o‘stirishga oid tavsiyalar berilgan. Shuningdek, maqolada
muallif tomonidan og‘zaki nutqqa oid bir qancha topshiriqlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Annotation:

In this article, this article provides recommendations on the analysis of oral

instructions based on a 5th-grade textbook, recommendations for feeding oral speech. In the
article, several assignments of the author show several instructions on oral speech.

Kalit so‘zlar:

nutq, mashq, tavsiya, darslik, tayyorlangan nutq, tayyorlanmagan nutq,

tanqidiy fikrlash, og‘zaki nutq.

Keywords

: Speech, exercise, Recommendation, textbook, prepared speech, critical

thought, oral speech.

Barchamizga ma’lumki, ona tili darslarida og‘zaki nutq muhim omil sanaladi. Og‘zaki

nuqtni o‘stirish ona tili ta’limida alohida yondashuvni talab qiladi. Og‘zaki nutq murakkab ko‘p
qirrali jarayon bo‘lib, uning yordamida verbal muloqot amalga oshiriladi. Og‘zaki nutqni
o‘stirish ona tili ta’limida alohida yondashuvni talab qiladi. O‘qib tushunish va tinglab tushunish
jarayonida tayyor til materiali beriladi. Og‘zaki nutq yaratish uchun esa so‘zlovchi nafaqat
tilning sintaktik-morfologik tizimi, balki so‘zlar birikuvchanligi tizimini ham bilishi zarur.
Og‘zaki nutqning quyidagi turlari farqlanadi:

1)

tashabbusli, faol nutq

– so‘zlovchining ichki motivlari, maqsadidan kelib chiqadigan nutq,

ya’ni uning o‘z tashabbusi bilan, mustaqil tarzda yaratgan nutqi;

2)

reaktiv, javob nutqi

–suhbatdoshning nutqiga yoki savoliga javob bo‘ladigan nutq;

3)

reproduktiv, taxminiy nutq

–yodda qolgan matnni aytib berishdan iborat nutq.

Muloqot jarayonida fikrni ifodalash tayyorgarliksiz yoki tayyorgarlik ko‘rilgan holda yuz

berishi mumkin, shu bois ta’limda ularning har ikkalasi o‘rgatiladi.

Tayyorlanmagan nutq

–yuzaga kelgan vaziyatga bevosita reaksiya sifatidagi nutq.

Tayyorlangan nutq–

matnga yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan, oldindan tayyorlangan

mazmun va til materialiga tayanadigan nutq.

O‘quvchilarni tayyorgarliksiz nutqqa o‘rgatishda o‘qituvchining asosiy metodik vazifasi

fikrlash, zarur va yetarli darajada til vositalarini tanlash hamda qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iborat. [1:70]

Hozirgi kunda yangi avlod darsliklarida og‘zaki nutqni o‘stirishga oid bir qancha savol va

topshiriqlar o‘rin egallagan. Og‘zaki nutqni rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan.
Darsliklardagi barcha mavzularda ushbu ko‘nikma bilan uyg‘unlashuv mavjud. Asosan,
tayyorlanmagan nutqqa oid topshiriqlar soni bir muncha yuqori ko‘rsatkichni tashkil qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

Hozir og‘zaki nutqqa oid bir necha topshiriqlarni 5-sinf ona tili darsligi misolida ko‘rib
chiqamiz.

[2:43]

Masalan, quyidagi topshiriqni olaylik. Darslikda “gapiring” tarzida berilgan ushbu

topshiriq tayyorlangan nutq turiga misol bo‘ladi. Ushbu topshiriqda o‘quvchi berilgan matn
asosida gaplarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini topishi va uni og‘zaki tarzda ifodalashi kerak.
Bu turdagi topshiriqlar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, diqqatni
jamlashga ko‘maklashadi. Tayyorlanmagan nutqqa oid topshiriqlar 5-sinf o‘quvchilariga
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shu sababli ushbu turdagi topshiriqlardan foydalanish yaxshi
natija beradi. Albatta, o‘quvchilarni tayyor nutqqa olib kirmasdan ularga tayyorlanmagan
nutqqa oid topshiriqlarni berish xato sanaladi. Bundan tashqari 5-sinf darsligida bir qancha
rasm asosida suhbat qurish va hikoya tuzishga oid topshiriqlar ham berilgan bo‘lib, ular
o‘quvchilarda tasviriy nutq, mantiqiy izchillik, fikr almashish, bahs-munozara madaniyati va
ifoda erkinligini rivojlantirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Og‘zaki nutqni rivojlantirishga
oid topshiriqlar darsliklarda yaxshi aks etgan.

Qo‘shimcha tarzda ilmiy-tadqiqotchi o‘qituvchi sifatida nutqni rivojlantiruvchi bir qancha

topshiriqlar berib o‘tmoqchiman.

1-topshiriq.

Rolli o‘yinlar:

O‘quvchilar turli vaziyatlarni (masalan, do‘konda xarid qilish,

shifokor qabulida bo‘lish, kutubxonachi bilan gaplashish) ijro etishadi. Bu vaziyatga mos nutq
tuzish, emotsional ifoda va o‘zaro muloqotni rivojlantiradi.

2-topshiriq

.

Sinonim va antonimlarni topish:

Berilgan so‘zlarga sinonim va antonimlar

topish, ularni gaplarda qo‘llash. Bu so‘z tanlash va nutqni boyitishga yordam beradi.

3-topshiriq.

“Qanday qilib...?” ko‘rsatmalari:

O‘quvchilar biror narsani (masalan,

“qanday qilib choy damlanadi?”, “qanday qilib rasm chiziladi?”) qanday bajarishni tushuntirib
berishadi. Bu aniqlik, ketma-ketlik va tushuntirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Bundan tashqari darslarda audio va videomatnlar orqali qayta hikoya qilish usullaridan

foydalansa ham qiziqarliroq bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, qaysi metod va
usullardan foydalanib dars o‘tishdan qat’iy nazar o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalari bilan
birga hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Asilova, G, F, Acik. (2024). Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari. 70-75.

2.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества

индивидуального подхода в образовательном процессе.

Проблемы современной науки и

образования

, (12-1 (145)), 88-90.

3.

Namoz Rasulov, Donoxon Usmonova, Yulduzxon Hasanova.(2024). 5-sinf ona tili darsligi.

40-43.

Библиографические ссылки

Asilova, G, F, Acik. (2024). Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari. 70-75.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 88-90.

Namoz Rasulov, Donoxon Usmonova, Yulduzxon Hasanova.(2024). 5-sinf ona tili darsligi. 40-43.