ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA PUL-KREDIT
SIYOSATINING AHAMIYATI
M.X. Abdullayeva
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
katta o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15590917
Bugungi kunda iqtisodiy o‘zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va
valyuta vositalarining roli, ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurni sezilarli darajada o‘zgartirganligi
va tobora rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida
ularning ustuvorlikka erishganligi isbotini topgan. Hozirgi paytda davlat iqtisodiy siyosati,
davlat moliyasi jahon bozorlari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, jahon
raqobati qoidalarini hisobga olishi kerak. Har qanday davlat iqtisodiy barqarorlikka erishish va
moliyaviy tizimni mustahkamlash maqsadida turli xil iqtisodiy vositalardan foydalanadi. Ushbu
vositalar orasida pul-kredit siyosati alohida o‘rin tutadi. Pul-kredit siyosati Markaziy bank
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi
iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini boshqarish, bandlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishdan iboratdir. Davlat moliyasining barqarorligi esa byudjet taqchilligi, davlat
qarzi va fiskal intizom bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, pul-kredit siyosatining samarali yuritilishi
ushbu barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat moliyasi – bu davlatning
iqtisodiy siyosatini amalga oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun
mo‘ljallangan moliyaviy resurslar tizimidir. Davlat moliyasining asosiy vazifasi byudjet siyosati,
soliq siyosati va davlat xarajatlarini boshqarish orqali iqtisodiy barqarorlik va o‘sishni
ta’minlashdir. Davlat moliyasidagi mavjud bo‘lgan mablag‘lar dastavval umummilliy
manfaatlar yo`liga safarbar qilinadi. Davlatning funksiyalarini bajarishda ham davlat
moliyasining xizmati mavjudir. Davlat moliyasi pul jamg‘armalari, moliya mexanizmi,
davlatning moliya institut (idora)lari va moliya siyosatini o‘zida mujassam qilgan. tadqiqot
materiallari va metodologiyasi.
Davlat moliyasining tarkibiy qismiga nazar soladigan bo‘lsak, unda davlat byudjeti,
mahalliy, ya’ni munitsipal byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti),
hukumatga qarashli maxsus jamg‘armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarz beradigan
vositalari) singari turlarga duch kelamiz. Barcha soha va yo`nalishlarning o‘z tarixi bo‘lgani kabi
davlat moliyasi ham o‘z tarixiga egadir. Tarix shuni ko‘rsatadiki, dastlabki marotaba «davlat
moliyasi» tushunchasi XVI asrda Fransiya davlatida amalda qo‘llanilgan. U vaqtlarda davlat
moliyasi turfa soliqlar sifatida iqtisodiyot maydonida ko‘rina boshlangan. Katta-katta
davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ularning sarf-xarajatlari ham yiriklashib borgan. Bu esa
davlatlarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyoj darajasini oshishiga sabab bo‘la boshlaydi. Shuning
natijasida xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig‘ib olinish yo‘liga o‘tadi. Majburiy
zayomlar va zayomlar ham davlat zayomlariga o‘rnini bo‘shatib beradi. Bu davlat moliyasining
murakkab tizimining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi vaqtga kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat
moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash,
xalqning moddiy va ma’naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega bo‘lishi uchun zarur
shartsharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag‘ tomonlama ta’minotini qoplash,
davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi vosita sifatida o‘rin egalladi. Bevosita vositalar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
— moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini
toʻgʻridan toʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi
mavjud depozit ko‘rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va
hajmini ham nazoratda tutadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy
institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zahira talablari, ochiq bozordagi
operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat
banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir
etadi. Bulardan tashqari, Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz
stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz
stavkalarini oshirishga yoki aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar,
majburiy eng kam zahiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-krediti
siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul-kredit siyosati haqida gapirganda,
albatta uning ob’yektlari va sub’yektlarini qatordan tushirib qolmaslik lozim. Pul-kredit
siyosatining ob’yektlari: pul-kredit organlari; banklar; nobank tashkilotlarining harakatlari
natijasida o’zgaruvchan pul bozoridagi talab va taklif. Pul-kredit siyosatining sub’yektlari:
Markaziy bank; Markaziy bank o’zaro aloqada bo’lgan iqtisodiy agentlar; moliya tizimi
faoliyatida ishtirok etuvchi banklar va boshqa moliya institutlari. Davlat moliyasi va
barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni va ahamiyati haqida ko‘pgina
iqtisodchi olimlar turfa muzokaralar olib borganlar. Mazkur masala yuzasidan turli millat
vakillari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar, maqolalar va monografiyalarni chop
ettirganlar. Biroq Shunday bo‘lsa-da bugungi kunda ham ushbu mavzu yana bir qator iqtisodchi
va amaliyotchilar tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda va muhokamaning
markazida turib kelmoqda. Davlat barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosatining
ahamiyati xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan. Bunga misol
tariqasida dastavval, Departamentning maxsus xodimasi Madina Gayfulinaning 2021-yilda
chop qilingan «Оценка эффэктивности операционного механизма денежнокредитной
политики» mavzusidagi maqolasini aytishimiz mumkin. Madina Gayfulina ushbu maqolasida
bugungi kunda davlat moliyasi barqarorligida pul-kredit tizimi va siyosati qay darajada
ekaniga, uning eng ahamiyatli tomonlariga alohida e’tibor qaratgan hamda baho berib
o‘tganlar.
Pul-kredit siyosatini samarali yuritish yo‘nalishlari.
Pul-kredit siyosati
samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: Markaziy
bankning mustaqilligini ta’minlash, bu esa uning iqtisodiy qarorlarni siyosiy bosimsiz qabul
qilishiga imkon beradi;
Inflyatsiyani maqsadli darajada ushlab turish va uning davlat
moliyasiga ta’sirini minimallashtirish;
Kredit bozorini rivojlantirish va bank tizimi
barqarorligini ta’minlash orqali iqtisodiyotning moliyaviy resurslardan samarali foydalanishini
rag‘batlantirish;
Byudjet intizomini mustahkamlash va davlat qarzini boshqarish
mexanizmlarini takomillashtirish;
Monetar siyosatni fiskal siyosat bilan muvofiqlashtirish
orqali davlatning umumiy iqtisodiy strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
Pul-kredit
siyosati orqali iqtisodiy inqirozlarning oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish.
Pul-kredit siyosati davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib,
uning samarali yuritilishi inflyatsiyani nazorat qilish, byudjet taqchilligini kamaytirish va
valyuta kursining barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, investitsiya muhitini
yaxshilash, davlat qarzini boshqarish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish kabi vazifalarni ham
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
bajaradi. Shu boisdan, Markaziy bank va hukumat o‘rtasidagi muvozanatli siyosat yuritish
davlat moliyasining barqarorligi va iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.V.Vahobov., T.S.Malikov.Moliya. «NOSHIR».Toshkent-2012. 636
2.
Мадина Гайфулина. /специалист департамента. Оценка эффэктивности
операционного механизма денежно-кредитной политики. Тошкент. 2021
3.
https://www.banki.ru/wikibank/denejno-kreditnaya_politika/
4.