Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, buning uchun esa faol investitsion siyosat yuritishning o‘rni juda muhimdir. shunga ko‘ra, respublika hududlarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning samarali tizimini yaratish, ularning investitsion muhit jozibadorligi, salohiyatini baholashning nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.