Авторы

  • Muattar Bo‘riyeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.101305

Ключевые слова:

morfologiya harakat fe’llari holat fe’llari fe’l zamonlari innovatsion texnologiyalar.

Аннотация

Maqolada fe’l zamonlarini o‘qitishning ahamyati, fe’l zamonlarini darsliklarda aks etishi va ularni o‘qitish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berib o‘tildi. Maqola maktab o‘qituvchilari, metodistlar va talabalar uchun mo‘ljallangan hamda darslarni tashkil qilishga metodik yordam berishga qaratilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

ONA TILI TA’LIMIDA FE’L ZAMONLARINI O‘QITISH XUSUSIDA

Bo‘riyeva Muattar

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15583663

Annotatsiya.

Maqolada fe’l zamonlarini o‘qitishning ahamyati, fe’l zamonlarini

darsliklarda aks etishi va ularni o‘qitish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berib o‘tildi. Maqola
maktab o‘qituvchilari, metodistlar va talabalar uchun mo‘ljallangan hamda darslarni tashkil
qilishga metodik yordam berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

morfologiya, harakat fe’llari, holat fe’llari, fe’l zamonlari, innovatsion

texnologiyalar.

Barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugun ham tilni o‘qitishga bo‘lgan ehtiyoj ortsa

ortmoqdaki, susaygani yo‘q. Yosh avlodni savodli, yetuk kadrlar qilib tayyorlash maqsadida
o‘zbek tilini o‘qitishga, darslarda yangi innovatsion texnologiyalar va metodlarni qo‘llashga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘plab ilmiy izlanishlar, ijodiy, zamonaviy yondashuvlar asosida
yangi darsliklar yaratilmoqda. Yaratilayotgan darsliklar nafaqat lingvistik bilimni, qolaversa,
nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. O‘quvchilarning hayotiy
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish darsliklarning bosh maqsadiga aylanib ulgurdi.
Dars jarayonida turli didaktik vositalar va multimedia vositalaridan foydalanish esa bugungi
maktab tizimida yangi – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan faol foydalanish o‘quvchining

lingvistik bilimlarini rivojlantirish bilan birgalikda, nutqiy ko‘nikmalarin rivojlantirishga ham
xizmat qilmoqda. Negaki texnologiyalar ishni bir muncha soddalashtirib, qulaylashtirib
bermoqda. Fonetika, leksikologiya, morfologiya kabi til bo‘limlarini o‘zlashtirsh jarayonida
yuzaga keladigan muammolar ham yaratilayotgan imkoniyatlar asosida bartaraf etilmoqda.
Maktab darslarida tilni o‘qitish masalasi dolzarb masalalardan biri ekan ona tili fani
o‘qituvchilar o‘z ustida tinmay mehnat qilishlari, yangi texnologiyalardan o‘z darslarida o‘rinli
ravishda foydalanmog‘i darkor.

Tilning barcha bo‘limlarini o‘qitish kabi morfologiya bo‘limini o‘qitish ham muhim

ahamiyatga ega. Maktabda morfologiya o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki,
lеksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur sathni o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini
topadi. O‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma
ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z
boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri ham o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. [1:278]
Morfologiyani o‘rganish davomida o‘quvchi so‘z turkumlarini bir – biridan farqlashni,
so‘zlarning atash ma’nolarini o‘zlashtirib oladilar. Kelajalda erkin fikr bayon eta olish uchun
tamal toshlaridan birini poydevor sifatida qurish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu o‘zlashtirgan
bilimlari butun hayoti davomida ularga yo‘ldosh hamroh bo‘ladi.

Morfologiya bo‘limi turli guruhlarga bo‘linadi. So‘zlarni atash ma’nosiga ko‘ra farqlay

olgan o‘quvchi ushbu bo‘limni qiyinchiliksiz o‘zlashtirib oladi. Jumladan fe’l so‘z turkumini
o‘zlashtirish ham bundan mustasno emas.

Ma’lumki harakat va holatni bildirgan so‘zlar fe’l hioblanadi. Shunga ko‘ra fe’llar harakat

va holat fe’llariga bo‘linadi.Ushbu fe’llar shaxs va sonda tuslanadi va ma’lum bir zamonni
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Harakat holatning qaysi zamondan birida sodir


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

bo‘lganligini fe’lning munosabat shakllari ifodalab beradi. Odatda harakat va holat uch
zamondan birida sodir bo‘ladi.

1- rasm. Fe’l zamonlari
Tasvirda aks etganidek harakat va holat uch zamondan birida sodir bo‘ladi yoki sodir

bo‘lmaydi. Fe’l zamonlar o‘z xarakter xususiyatiga ko‘ra farqlansada mazmun mohiyatiga
ko‘ra biri ikkinchisini taqozo etadi.

Fe’l zamonlarini o‘qitish biroz murakkab biroq o‘qitishda yetarli metodlar va

topshiriqlardan faol foydlanilsa muammolarni bartaraf etish mumkin. Fe’l zamonlarini
o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchining o‘z nutqini har qanday sharoitda ham
erkin bayon qila olishi, jumlalarni makon va zamonga mos ravishda tuza olishi, og‘zaki va
yozma nutqida zamon qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalana olishidir. Barcha lingvistik
bilimlarni o‘zlashtirgani kabi fe’l zamonlarini o‘zlashtirgan o‘quvchi o‘zi nutq yaratish bilan
birgalikda o‘zgalar nutqini ham anglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Agar o‘quvchi nutqida
zamonlardan o‘z o‘rnida foydalana olmasa jumlaning ma’nosida xatoga sabab bo‘ladi.

Darslarda fe’l zamonlarini o‘qitishda turli xil didaktik o‘yinlardan, innovatsion

texnologiyardan foydalanish o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmasi bilan birgalikda ijodiy
tafakkurini ham rivojlantiradi. Chunki lingvistik ko‘nikmalar ijodiy va tanqidiy fikrlashga yo‘l
ochishda muhim omil vazifasini o‘tab beradi. Shuni inobatga olgan holda barcha lingvistik
bilimlarni o‘z o‘rnida o‘quvchi ongiga singdirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

7- sinf ona tili darsligida fe’l zamonlarini o‘qitish batafsil yoritilgan va quyidagicha aks

etgan:

Feʼl ifodalagan harakat-holatning uch zamondan biriga tegishli bo‘lishi haqida

maʼlumotga egasiz. Bular: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon.

O‘tgan zamon shakli yordamida feʼldan anglashilgan harakat-holat nutq so‘zlanib turgan

paytdan oldin bajarilgani ifodalanadi. Bu zamon shakli -di, -(i)b, -gan (-kan, -qan)
qo‘shimchalari va edi so‘zi yordamida hosil qilinadi. -(i)b qo‘shimchasidan so‘ng har
doimshaxs-son qo‘shimchasi keladi.

Va nihoyat, Manzura ham o‘z orzusiga yetdi.
Kechagi musobaqada bizdan faqat 2 kishi ishtirok etibdi.
O‘zi bu tanishingiz nima uchun kelgan?
Bu beg‘amxo‘ja uch yil oldin ham til o‘rganmoqchi edi

hozirgi

zamon

o'tgan

zamon

kelasi

zamon


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

Topshiriq.

Berilgan feʼllarni o‘tgan zamon shakliga aylantirib, yozing. Bunda quyidagi

vositalardan foydalanishingiz mumkin.

Bormoq, aytmoq, qaramoq, ko‘zdan kechirmoq, tavsiya qilmoq, qo‘llamoq, yotmoq,

ko‘rmoq, oqmoq, ko‘zi yoshlanmoq, aksirmoq, to‘lamoq, xarid qilmoq, kirmoq, yubormoq,
yo‘talmoq, ko‘paymoq, yedirmoq, taqsimlamoq.[2:78]

Fe’l zamonlarini o‘qitishga oid quyidagi usullar tavsiya qilinadi. Dastlab darsning nazariy

qismini turli sxemalar, tasvirlar, rasmlar yoki diagrammalar orqali yoritib berish mumkin. Bu
jarayonda o‘quvchilar ma’lumotni ko‘rib va eshitib qabul qiladilar. Darslarda multimedia
vositalaridan mohirona foydalanish yoki oddiy telefondagi yozishmalar orqali ham mavzuni
yoritib bersa bo‘ladi. Bu jarayonda telegramda yozilgan xabarlar yetakchi vazifani bajaradi.
Ularni ekranda namoyish qilib xatolar ustida ishlash vazifasi orqali mavzuni o‘zlashtrish
imkoni bor.

Darsni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:

Audiomatn ustida ishlash

.

O‘qituvchi tomonidan tayyorlab qo‘yilgan audiomatn o‘quvchilarga taqdim etiladi.

Masalan, O‘tkir Hoshimovning “Tarnov” hikoyasi audiomatni qo‘yib beriladi. O‘quvchilar
hikoyani tinglagach hikoyani o‘tgan zamonda qayta bayon qilib hikoya qahramoniga kichik
maktub yozishi kerak bo‘ladi. Ushbu dars orqali o‘quvchilarning tinglab tushinish ko‘nikmasi
bilan birga tanqidiy fikrlashi ham rivojlanadi.

“Kim chaqqon” metodi.

O‘qituvchi tomonidan sinf doskasiga uch ustun chizilib, uch zamon yoziladi. O‘quvchilar

uch guruhga bo‘linib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan quti ichidagi so‘zlarni o‘qib uning zamonini
aniqlab sinf doskasiga yopitirishi kerak bo‘ladi. Bu metod o‘quvchilarni so‘zlarni o‘qib tahlil
qila olishini shaklantirish bilan birgalikda tezkorlikni, va mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini
baholashda ham yordam beradi.

“Teskar javob” metodi

.

Ushbu metod og‘zaki nutqni shakllantirishga va o‘quvchilarni tezkor fikrlashga undovchi

metod hisoblanib, bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga savol beradi. O‘quvchi qaysi zamonda savol
bersa o‘quvchilar javobni boshqa zamonda berishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari darsda Kahoot yoki Quiz testlar ishlash ham o‘quvchining bilimini

mustahkamlashga, baholashga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida shuni takidlash kerakki, qaysi metod va usullardan foydalanib dars

o‘tishdan qat’i nazar har bir yangi mavzu o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qilishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik

yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim
Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.
2.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества

индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки
и образования, (12-1 (145)), 88-90.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

3.

Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2022. –224 b.

Библиографические ссылки

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 88-90.

Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224 b.