ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH QURILMALARINING ISH UNUMINI OSHIRISHDA
VENTURI TRUBKASI TADQIQOTLARI
Xudayarov Zafarjon Jumaevich
Omonov Dilmurat Sadievich
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582107
Annotatsiya.
Maqolada yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasining ish unumini oshirish
maqsadida uning konstruktiv strukturasi tahlil qilingan. Yomg‘irlatib sug‘orish
qurilmalarining oqim strukturasi qurilgan. Qurilmaning ish unumini oshirish uchun ishlab
chiqilgan texnik yechimda qo‘llanilgan fizik-texnik effektlar sharhlangan.
Kalit so‘zlar.
Konstruktiv-funksional sxema, oqim struktura, yomg‘irlatish qurilmasi,
qamrov kengligi, yomg‘irlatish, sug‘orish, ish unumi
Kirish.
Yomg‘irlatish nasadkasi elementlarining har biri mustaqil texnik ob’ekt (TO)
sifatida suv tomchisini dala yuzasiga yetkazib berish funksiyasini bajaradi va sug‘orish
jarayonida suv oqimini sun’iy yomg‘irga aylantirish fizik jarayonini amalga oshiradi va bu
elementlar o‘rtasida ikki turdagi bog‘lanishlar va shunga mos ravishda ikki turdagi tizimli
boshqaruv vujudga keladi. Bu elementlar bir-biri bilan ma’lum funksional aloqalarga ega
bo‘lib, ular nasadkaning konstruktiv-funksional strukturasini (KFS) tashkil qiladi [1].
KFS ni har bir elementining fizik operatsiyalarini (FO) tavsiflash quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
Q=(A
T
, E, C
T
) yoki Q=( A
T
→
E
→
C
T
) (1)
Bunda - A
T
, C
T
moddaning, energiyaning yoki signalning kirish va chiqish oqimlari, E -
A
T
ni C
T
ga aylantirishning Koller operatsiyalari. Bu “nima”ni (A
T
) “qanday” (E) “nima”ga (C
T
)
aylantirish savoliga javob beradi.
Kirish A
T
va chiqish C
T
oqimlarining tavsifi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
kerak:
a) modda, energiya, signal yoki shunga o‘xshash boshqa omillarning nomlanishini;
b) texnik ob’ektning texnik yechimiga sezilarli ta’sir etuvchi oqimning tavsifini
v) oqimni (omilni) tavsiflovchi asosiy fizik kattalikni, uning standart belgilanishi va
o‘dchov birligini;
g) oqim (omil) ni miqdoriy tasnifini, texnik yechimga sezilarli ta’sir etuvchi fizik
kattalikni qiymatini. Bunda A
T
va C
T
ning o‘zgarish diapozoni ko‘rsatilishi kerak.
Nasadka (TO) elementlari orasida funksional aloqalardan tashqari, oqim aloqalari ham
mavjud. Ular ma’lum fizik jarayonlarni amalga oshirib, suv oqimini holati va xossalarini
o‘zgartirish orqali suv tomchisiga shakl, o‘lcham, yo‘nalish berishi lozim bo‘lgan o‘zaro
munosabatni hosil qiladi. Bu munosabatlar nasadka elementlarini va shunga mos ravishda
ular bajarayotgan fizik jarayonlarni birlashtiradi va bog‘laydi. Bu bog‘lanishlardan
yomg‘irlatish qurilmasining oqim funksional strukturasi (OFS) yuzaga keladi. OFS lar Koller
operatsiyalari E, kirish A
T
va chiqish C
T
faktorlari asosida quriladi. Barcha texnik ob’ektlar
singari yomg‘irlatish qurilmasini tadqiq qilish va takomillashtirish bo‘yicha texnik yechimlar
topishda KFS va OFS bir-birini to‘ldiradi. OFS da har bir element ma’lum bir fizik operatsiyani
amalga oshiradi. Ushbu jarayon bir yoki bir necha fizik-texnik effektlar asosida sodir bo‘ladi.
Муаммо ва унинг yeчими
. Yuqorida aytilganlar asosida yomg‘irlatib sug‘orish
qurilmalarini yomg‘irlatish kengligini oshirish bo‘yicha oqim funksional strukturaсининг
(OFS) таҳлиди асосида texnik yechim аниқланди.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
74
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida qo‘llanib kelinayotgan yomg‘irlatib sug‘orish
qurilmalarining texnologik sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
1 – Quvur-barabanli YSQ ning tayanch-harakatlanish shossesi; 2 – baraban; 3 –
barabanni aylanishini ta’minlovchi o‘rash mexanizmi; 4 – tayanch-yurish aravachasi; 5 –
yomg‘irlatish konsoli (yomg‘ir hosil qiluvchi moslama); 6 – suv ta’minoti quvuri
1-rasm. Quvurli-barabanli yomg‘irlatish mashinasining konstruktiv-komponovka
sxemasi
Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasini takomillashtirishning yangi texnik yechimi uchun
dala yuzasiga tushayotgan suv oqimining epyurasi 2-rasmda keltirilgan. Bunda B
1
yuzani
samarali sug‘orish hisobiga yomg‘irlatish kengligini oshirish mumkin.
B- yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasining frontal yo‘nalishdagi sug‘orish sxemasi; C
1
-
qamrov kengligini oshirish moslamasining sug‘orish sxemasi; A, B, C – Venturi trubkalari bilan
jixozlangan qamrov kengligini oshirish moslamasi nasadkalarining sug‘orish sxemasi
2-rasm. Yomg‘irlatish mashinalari qamrov kengligini oshirish moslamasining
sug‘orish sxemasi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
75
Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi 3-rasmdagi keltirilgan sxemadagi yomg‘irlatishni
amalga oshirishi uchun uning KFS si takomillashtirildi.
Yomg‘irlatish kengligini oshirish maqsadida qurilmaning KFS ni takomillashtirish, uning
elementlarini funksiyasini aniqlash, konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash,
samarali yomg‘irlatishni amalga oshirishda yangi fizik-texnik effektlarni qo‘llash uchun uning
OFS qurildi (4-rasm).
3-rasm. Yomg‘irlatish kengligini oshirish uchun takomillashtirilgan qurilmaning
oqim funksional strukturasi:
bunda Koller operatsiyalarining qo‘llanilishi - G
A
→∙
yig’ish; G
A
→
G
A
–o’tkazish; G
A
→←
G
A
– o‘rnini belgilash;
∙→
G
A
- berish; G
A1
> G
A2
-qiymatini o‘zgartirish.
Olingan fizik-texnik effekt asosida shakllantirilgan yomg‘irlatish qurilmalarining
qamrash kengligini oshirish moslamasi nasadkasining texnik yechimi 6-rasmda keltirilgan.
Venturi trubkasi diametri d
1
va d
2
dan iborat kirish va chiqish og‘izlari, qiyaligi 8...15°
ga teng konussimon diffuzion seksiyadan iborat (5-rasm). Trubkaning texnik shartlari GOST
23720— 79 bilan aniqlanadi [2].
Bernulli teoremasini, oqimlarning uzluksizligi tenglamasini, oqim liniyasining
o‘rtacha harakatining bir xil balandlikka ega bo‘lishini hisobga olib, quyidagi tenglamani
olish mumkin:
𝑆
1
𝜗
1
= 𝑆
2
𝜗
2
= 𝑄
(2)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
76
5-rasm. Venturi trubkasining sxemasi: 1-kirish quvuri; 2-konussimon qism; 3-
chiqish quvuri (diffuzor)
6-rasm. Yomg‘irlatish kengligini oshirish moslamasi uchun taklif etilgan
yomg‘irlatgichi naychasi
Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi uchun QKOM markaziy quvur 1, unga pog‘onali
o‘rnatilgan yomg‘irlatgichlar 5, suv oqimini boshqarish uchun mo‘ljallangan
yomg‘irlatgichlarning naychalaridan 3, 4 va suv oqimini yomg‘irlatib beruvchi deflektorlardan
2 tashkil topgan.
Markaziy quvur 1 orqali suv oqimi yomg‘irlatgichlar naychasi 3 va 4 ga uzatiladi.
Naychalarning kirish va chiqishdagi turli diametrlari ulardan oqayotgan suv oqimiga turlicha
tezlik beradi. Turlicha tezlikda deflektorlar 2 ga urilgan suv oqimi o‘z navbatida turlicha
boshlang‘ich uchish tezligiga ega bo‘ladi. Buning natijasida 1-, 2- va 3-pog‘onalarda
yomg‘irlatilgan suv tomchisining uchish masofasi turlicha bo‘ladi. Naychaning kirish va
chiqishdagi diametrlari va ishchi suyuqlikning yomg‘irlatgich gidrotizimidagi bosimini
asoslash orqali suv tomchisi dala yuzasiga bir tekis yomg‘irlatiladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi yomg‘irlatgichlarining naychalari uchun quyidagi
konstruktiv sxema olindi:
1.
D
1
>D
2
; 2. D
3
=D
4
; 3. D
5
<D
6
, (3)
bunda D
1
.....D
6
– ёmg‘irlatgich naychasining kirish va chiqish qismidagi teshigi diametri.
Xulosa
. Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari uchun ishlab chiqilgan QKOM
yomg‘irlatgichiga o‘rnatilgan naycha 2 ta fizik-texnik effekt hosil qiladi:
a). Yomg‘irlatgich gidrotizimidan ishchi suyuqlikni oqib chiqishida “suyuqlikni qalin
devorli idishlardan oqish” effektini yuzaga keltiradi, buning natijasida oqimning siqilish
koeffitsienti ε=1 ga teng bo‘ladi va yupqa devorli idishdan suyuqlik oqishga nisbatan ishchi
suyuqlik sarfi ΔQ=33 % ga yuqori bo‘ladi. Bu esa nisbatan past bosimda dala yuzasida 33 %
ko‘p suv qatlami hosil qilishga imkon beradi;
b). Naychalarning kirish va chiqish teshiklarining turli diametrga ega ekanligi suv
tomchisiga turli boshlang‘ich uchish tezligi berishga imkon yaratadi, bu suv oqimini dala
yuzasida bir tekis taqsimlanishiga olib keladi.
Olingan bu texnik echim yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari ish unumini oshirishga
xizmat qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
77
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Трубы вентури технические условия ГОСТ 23720— 79. Издание официалное.
Государственный комитет ссср по стандартам. –Москва
2.
Xudayarov Z.J., Omonov D.S. Yomg‘irlatish qamrov kengligini osirish moslamasi uchun
deflektorli nasadkasini tadqiqoti // “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnali. – Toshkent,
2023. – №5 (11) 3 (maxsus son). – B. 177-180.
3.
Xudayarov Z.J., Omonov D.S. Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi gidrosistemasi
elementlarining parametrlarining hisobi // “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnali. –
Toshkent, 2024. – №2 (14). – B. 83-85.
4.
Xudayarov Z.J., Omonov D.S., Abdiev N.E. Takomillashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish
qurilmasining dala sinovlari natijasi // International scientific journal “Science and
Innovation”. – Tashkent, 2023. – Maxsus son. – B. 380-383.