Авторы

  • Ra’no Xoliqova
    Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
  • Madinaxon Maxmudova
    TAFU-3 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.101320

Ключевые слова:

ta’lim bilim ko‘nikma innovatsiya interaktiv metod dars turlari o‘quv faoliyati fikrlash differensial yondashuv.

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quv topshiriqlari bilan ishlashning ilmiy metodik asoslari haqida yaratgan ilmiy izlanishlarimiz haqida yozilgan. Innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda darslarimizni an’anaviy darsdan qochgan holda qiziqarli, interaktiv metodlar asosida dasrlar o‘tish ko‘zda tutilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

30

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUV TOPSHIRIQLARI BILAN

ISHLASHNING ILMIY METODIK ASOSLARI

Xoliqova Ra’no Musurmon qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi

xoliqova1992@gmail.com

Maxmudova Madinaxon Muhammadjon qizi

TAFU-3 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572372

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quv topshiriqlari

bilan ishlashning ilmiy metodik asoslari haqida yaratgan ilmiy izlanishlarimiz haqida yozilgan.
Innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda darslarimizni an’anaviy darsdan qochgan
holda qiziqarli, interaktiv metodlar asosida dasrlar o‘tish ko‘zda tutilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, bilim, ko‘nikma, innovatsiya, interaktiv metod, dars turlari, o‘quv

faoliyati, fikrlash, differensial yondashuv.

Annotation:

In the article, teaching in primary class native language classes written

about our scientific researches about the scientific methodical bases of working with tasks.
Based on innovative technologies, it is planned to conduct our classes based on interesting,
interactive methods, avoiding traditional classes.

Key words:

education, knowledge, skills, innovation, interactive method, lesson types,

analysis-synthesis method, induction method, presentation method, interview method.

Аннотация:

В данной статъе преподавание в началъных классах на уроках

родного языка.Написано о наших науных исследованиях о научно-методических
основах работы с задачами.На основе инновационных технологий планируется
проводитъ наши занятия по интересным, интерактивным методам, избегая
традийионных занятий.

Ключевные слова:

Образование, знания, навыки, инновации, интерактивный

метод, типы уроков, метод анализ-синтеза, метод индукции, метод презентации, метод
интервъю.


Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan munosabati, til vositalari

bilan fikr bildirish va tafakkur qilish malakalari shakllanadi. Ona tili darslari bu jarayonda
asosiy o‘rin tutadi. Bu darslarda o‘quv topshiriqlari asosida bilimlarni mustahkamlash, til
birliklarini anglatish, nutq faoliyatini rivojlantirishga keng imkoniyat yaratiladi.

Kirish.

Ona tili o‘qitishda o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish

shakllari hamda metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuviga albatta bog‘liq
holda rivojlanib, innovatsion texnologiyalardan foydalanib borilmoqda. XX asrning oxirgi
yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-
sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini
tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi. Shu bilan birga biz ham har bir darslarni zamonaviy
tarzda olib borish maqsadida biz ham ona tili darsini o‘tish uchun yangi innovatsion metod
ishlab chiqdik.

“Assisment” metodi bu metod ta’lim jarayonida o‘quvchilarni baholash bilan birgalikda

ularning bilim darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan usuldir. Bu metod o‘quvchilarning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

31

o‘qish jarayonidagi muvaffaqiyatlarini baholashga yordam beradi. Metodning o‘ziga xosligi:
o‘zaro baholash orqali o‘quvchilar fikr almashadilar. Baholash natijalari o‘quvchilarning
kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu metodni to‘rt ustunga bo‘lamiz.

Biror mavzu bo‘yicha beshta test tuzish.

Ushbu mavzu bo‘yicha testdan holi bo‘lgan holda savol tuzish.

Shu mavzu bo‘yicha muammoli vaziyat hosil qilish.

Ushbu muammoli vaziyatga jamoa bo‘lib yechim topish.

Har bir yangi mavzu jarayonida o‘quvchilarni diqqatini shu mavzuga qaratish uchun,

darsdan

zerikib

qolmasligi

uchun

ham

qiziqarli

metodlardan

foydalanib

kelinmoqda.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ona tili darsini sevib o‘qishlari uchun ham ularga
“Tomchivoy”, “Tuxumni yarmini toping” , “ Quvnoq pochta” metodlaridan ham foydalansak
darslarimiz yanada qiziqarli tarzda o‘tadi.

Muhokama va Natijalar.

Hozirgi kunda ularga jamoa bo‘lib ishlashlari uchun jamoaviy metodlardan

foydalanishimiz kerak. Bu metod orqali o‘quvchilarda ahil bo‘lishni, birlashishni, fikr
almashishni va hamkorlikni o‘rganadilar. Sinfdagi eng qoloq o‘quvchi ham o‘z fikrini
bildirishni o‘rganadi. Shu bilan birga har bir o‘quvchidan turli xil fikrlarni jamlay olishadi.
Metod o‘zi darslarni qiziqarli o‘tish uchun o‘quvchilarni mustaqil fikrini bayon eta olishi
uchun kerak bo‘ladi. Dars mobaynida har bir o‘quvchi baholanishi uchun ham foydalaniladi.

O‘quv topshiriqlari va ularning ilmiy asoslari.

O‘quv topshiriqlari — bu o‘quvchilarning o‘zlashtirishini ta'minlovchi, ularning bilim,

ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita hisoblanadi. Ilmiy
jihatdan, topshiriqlar V.V. Davydov, L.V. Zankov kabi pedagog-olimlar tomonidan kognitiv
faoliyatni faollashtiruvchi, tafakkurni rivojlantiruvchi vosita sifatida tavsiflangan. O‘quv
topshiriqlari orqali:

o‘quvchi bilishga undaladi;

mavjud bilimlarini yangi vaziyatda qo‘llashga o‘rganadi;

mustaqil fikrlashga intiladi;

tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish kabi operatsiyalarni bajaradi.

Ona tili darslarida o‘quv topshiriqlari turlari

.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida quyidagi asosiy topshiriq turlari qo‘llaniladi:
- Ajratish topshiriqlari: Ma’lum belgiga ko‘ra so‘z, gap, tovush yoki harflarni ajratish

orqali analiz qilishga yo‘naltiriladi.

- To‘ldirish topshiriqlari: Bo‘sh joyni to‘g‘ri shakldagi so‘z, harf yoki gap bilan to‘ldirish.
- Moslashtirish topshiriqlari: Berilgan birliklarni moslashtirish (masalan, ot va sifatni

moslashtirish)

- Tuzish topshiriqlari: Gap, matn tuzish orqali sintaktik tuzilmani o‘zlashtirish.
- Tahrirlash topshiriqlari: Matndagi xatoni topish va tuzatish orqali til hissini

shakllantirish.

O‘quv topshiriqlari bilan ishlashning metodik yondashuvlari.

O‘quv topshiriqlari samaradorligi ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash uslubiga bog‘liq.

Bunda quyidagi metodik tamoyillar asosiy ahamiyat kasb etadi:

Bosqichlilik:

Topshiriqlar osondan murakkabga qarab tuziladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

32

Aktivlashtirish:

O‘quvchining faol fikrlashini rag‘batlantiruvchi savollar, munozarali

vaziyatlar yaratiladi.

Vizual asoslash:

Rasmlar, sxemalar, jadval va grafiklardan foydalanish orqali

tushunishni osonlashtirish.

Individual va guruh bilan ishlash

:

O‘quvchilarning darajasiga qarab topshiriqlar

differensiallashadi.

O‘quv topshiriqlari asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish

.

Boshlang‘ich ta’limda ona tili topshiriqlari orqali o‘quvchilar nafaqat til bilimlariga ega

bo‘ladilar, balki atrof-muhit, tabiat, jamiyat haqida ham tasavvur hosil qiladilar. Masalan,
“Bahor haqida matn tuzing” topshirig‘i orqali mavsumiy o‘zgarishlar, tabiat go‘zalligi, vaqt
tushunchasi haqida fikr yuritishga undaydi.

Shu bilan birga, topshiriqlar orqali:

analitik fikrlash (so‘z va gap tahlili);

sistemali yondashuv (sintaktik tuzilmani anglash);

nutq madaniyati (tuzilgan gap yoki matnni ifodali o‘qish) kabi ko‘nikmalar shakllanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘quv topshiriqlari shunchaki mashq emas,

balki o‘quvchilarning tafakkurini, nutqiy faolligini va qiziqishini shakllantirish vositasi bo‘lib
xizmat qilishi zarur.

Buning uchun topshiriqlar quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim:

Mazmuniy dolzarblik:

Topshiriq o‘quvchining hayotiy tajribasiga yaqin, mavzuga mos

bo‘lishi kerak.

Didaktik aniqlik

:

Topshiriqning maqsadi, natijasi va bajarish yo‘riqnomasi aniq

ifodalangan bo‘lishi zarur.

Faollikni oshirish:

Har bir topshiriq o‘quvchini faol fikrlashga, izlanishga, taxmin

qilishga undashi kerak.

Refleksiyani rag‘batlantirish:

Topshiriq bajarilgach, o‘quvchi o‘z faoliyatini baholay

olishi uchun savollar qo‘yilishi lozim.

Xulosa.

Fikrimiz yakunida shuni ta’kidlash kerakki, o‘quv topshiriqlari boshlang‘ich sinf

ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, bilimlarni faol o‘zlashtirishi va ijodiy
yondashuvini shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinfda ona tili topshiriqlari orqali nafaqat grammatik birliklar, balki

tafakkur va muloqot ko‘nikmalari, mustaqil fikrlash, estetik did ham shakllanadi. Shunday
ekan, har bir topshiriqni o‘ylab tanlash, metodik asoslash va amaliy faoliyat bilan
uyg‘unlashtirish zarur. O‘qituvchi uchun bu – yuksak pedagogik mahorat, ijodiy yondashuv va
o‘quvchiga mehr bilan qarashni talab etadi. Metodik jihatdan to‘g‘ri tanlangan topshiriq
nafaqat dars samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga ham
xizmat qiladi. Shu sababli, topshiriqlarni tanlashda ularning mazmuni, bosqichlari, o‘quvchi
yoshi va qobiliyatini hisobga olish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G‘ulomov. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: “O‘qituvchi”, 1992.

2.

K.Qosimova, S.Matchonov. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent., 2009.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

33

3.

M. G‘ulomov. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. — Т.: “O‘qituvchi” 1992.

4.

R. Safarova. Nutqiy ko‘nikmalarni tekshirish asoslari. //Boshlang‘ich ta’lim. jurnali. -

Toshkent, 1997. - № 5. 10—11-betlar.
5.

Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. “Ona tili darslari (1-sinf o‘qituvchilari uchun

qo‘llanma). - Т.: 1999.
6.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ. Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х.

(2018).
7.

Формирование методов групповой работы с учащимися общеобразовательных

школ. Вопросы науки и образования, (10 (22)), 149-151. Maftuna, G. (2021).

Библиографические ссылки

G‘ulomov. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: “O‘qituvchi”, 1992.

K.Qosimova, S.Matchonov. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent., 2009.

M. G‘ulomov. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. — Т.: “O‘qituvchi” 1992.

R. Safarova. Nutqiy ko‘nikmalarni tekshirish asoslari. //Boshlang‘ich ta’lim. jurnali. - Toshkent, 1997. - № 5. 10—11-betlar.

Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. “Ona tili darslari (1-sinf o‘qituvchilari uchun qo‘llanma). - Т.: 1999.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ. Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018).

Формирование методов групповой работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и образования, (10 (22)), 149-151. Maftuna, G. (2021).