Авторы

  • Shaxnoza Esonova
    TDYU magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.101321

Ключевые слова:

tergov tamomlash tugatish asoslar protsessual tartib.

Аннотация

Jinoyat protsessida tergovni tamomlash va jinoyat ishini tugatish muhim institutlardan bo‘lib, ularni farqlash va protsessda inson huquqlarini to‘la ta’minlash dolzarb vazifa sanaladi. Avvalo, tergov JPKning 3203-moddasiga binoan, surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshirilib, dastlabki tergov JPKning 345-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha, surishtiruv esa JPKning 3812-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi

 


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

27

JINOYAT PROTSESSIDA TERGOVNI TAMOMLASH VA JINOYAT ISHINI

TUGATISHNING QIYOSIY TAHLILI

Esonova Shaxnoza Shuxratovna

TDYU magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572349

Kalit so’zlar:

tergov,

tamomlash, tugatish, asoslar, protsessual tartib.

Jinoyat protsessida tergovni tamomlash va jinoyat ishini tugatish muhim institutlardan

bo‘lib, ularni farqlash va protsessda inson huquqlarini to‘la ta’minlash dolzarb vazifa
sanaladi

1

. Avvalo, tergov JPKning 320

3

-moddasiga binoan, surishtiruv yoki dastlabki tergov

shaklida amalga oshirilib, dastlabki tergov JPKning 345-moddasi

da

nazarda tutilgan jinoyat

ishlari bo‘yicha, surishtiruv esa JPKning 381

2

-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ishlari

bo‘yicha o‘tkaziladi

2

.

Tergovni tamomlash va jinoyat ishini tugatish mustaqil tushunchalar bo‘lib, xususan

JPKning 351-moddasiga binoan, ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror
bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish
to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida
qaror chiqarilgan kuni

dastlabki tergov tamomlangan

hisoblanadi. Dastlabki tergov

tamomlanishini

JPKning 372-moddasida ham kuzatish mumkin, jumladan, dastlabki tergov

jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risida
qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga
iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.

Jinoyat ishini tugatish esa protsessual qonunchilikda dastlabki tergovni tamomlash turi

sifatida qayd etilib, jinoyat ishi JPKning

83

va

84-moddalarida

nazarda tutilgan asoslar

mavjud bo‘lganda

tugatiladi

. JPKning 84-moddasi birinchi qismining

2-bandida

nazarda

tutilgan asos mavjud bo‘lganda, jinoyat ishini tugatish JPKning

63-bobida

nazarda tutilgan

qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror
belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.

Qarorning tavsif qismida:
1) jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida

tekshirilgan tusmollar;

2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan

shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularga qo‘yilgan ayb va ularga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot
choralari, basharti bu shaxslarga qo‘yilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror
bilan tugatilmagan bo‘lsa;

3) jinoyat ishini tugatish asoslari;
4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks

ettirilganligi;

1

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1966-yil 16-dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakti.

https://lex.uz/docs/264047

2

Jinoyat-protsessual huquqi. Mualliflar jamoasi. Darslik. 2025. –T.: TDYU nashriyoti. 861 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

28

5) ashyoviy dalillarning ro‘yxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari,

shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib
berish to‘g‘risidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan bo‘lsa;

6) fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari bayon qilinadi.
Qarorning xulosa qismida:
1) jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi;
2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash to‘g‘risidagi;
3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy

muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy
da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi;

4) ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi qarorlar bayon qilinadi.
Tergovchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga,

ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy
javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki
fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga
yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan
prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi. Harbiy xizmatga
chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida
yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.

Tamomlash va tugatish tushunchalarini surishtiruv bilan qiyosiy tahlil etganda, JPKning

381

7

-moddasiga binoan, ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov

choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror
bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish
to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida
qaror chiqarilgan kuni

surishtiruv

tamomlangan

hisoblanadi. JPKning 381

10

-moddasida ham,

s

urishtiruv jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov dalolatnomasi, ishni

tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga
yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish
haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanishi

mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin

.

Jinoyat ishini tugatish protsessual qonunchilikda surishtiruvni ham tamomlash turi

sifatida qayd etilib, jinoyat ishi JPKning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar
mavjud bo‘lganda

tugatiladi

.

JPKning 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud

bo‘lganda jinoyat ishini tugatish JPKning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud
tomonidan amalga oshiriladi. Surishtiruvchining jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qarori
JPKning 374-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.

Surishtiruvchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga,

ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy
javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki
fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot
vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror
ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

29

shaxsga nisbatan ish tugatilganda surishtiruvchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma
tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.

Yuqoridagi qiyosiy tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, jinoyat ishini tugatish va

tergovni tamomlash mustaqil tushunchalar bo‘lib, amaldagi JPKda jinoyat ishini tugatish
tergov (dastlabki tergov, surishtiruv)ni tamomlash turlaridan biri sifatida mustahkamlangan
va ularning protsessul tartibi, o‘ziga xos jihatlari aks etgan. Shuning bilan bir qatorda
protsessual qonunchilikdagi ayrim takrorlashlarning oldini olish maqsadida JPK 351 va 372
hamda 381

7

va 381

10

- moddalaridagi tergovni tamomlash va jinoyat ishini tugatishga doir

qoidalarni umumlashtirish va yagona normada tartibga solish maqsadga muvofiq. Bunday
oʻzgartishlar qonunchilikda yagona yondashuvni mustahkamlash, xalqaro hujjatlardagi
umume’tirof etilgan qoidalar

3

, shaxsning erkinlikka boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini

yanada teranroq muhofaza qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

3

Модельный Уголовно-процессуальный кодекс для государств-участников СНГ. Рекомендательный акт и

Приложение к «Информационному бюллетеню». 17.02.1996. №10.