Авторы

  • Mohidilxon Sidiqova
    Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani 26-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.103539

Ключевые слова:

Ona tili va o’qish savodxonligi ifodali o’qish matn izohli o’qish badiiy o’qish tez o’qish ongli o’qish.

Аннотация

Jahon andozalariga mos ravishda rivojlanayotgan mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimida har soniyada o’zgarish va islohotlar davom etmoqda.  Islohotlar ko’zlangan asosiy maqsad—kelajak egalari bo’lgan yosh avlodga, murg’ak qalblarga yetarlicha bilim, ilm berish. Biz buning yaqqol misolini maktabga ilk qadam qo’ygan jajji bolajonlarimizga o’qitiladigan ona tili va o’qish savodxonligi darslari misolida ko’rishimiz mumkin. 


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SO’ZLARNI TO’G’RI TALAFFUZ

ETISH JARAYONLARINI O’RGATISHDA O’QISH TURLARINING AHAMIYATI

Mohidilxon Sidiqova

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani 26-umumta’lim maktabi

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600443

Annotatsiya:

Jahon andozalariga mos ravishda rivojlanayotgan mustaqil

O’zbekistonimizda ta’lim tizimida har soniyada o’zgarish va islohotlar davom etmoqda.
Islohotlar ko’zlangan asosiy maqsad—kelajak egalari bo’lgan yosh avlodga, murg’ak qalblarga
yetarlicha bilim, ilm berish. Biz buning yaqqol misolini maktabga ilk qadam qo’ygan jajji
bolajonlarimizga o’qitiladigan ona tili va o’qish savodxonligi darslari misolida ko’rishimiz
mumkin.

Kalit so’zlar:

Ona tili va o’qish savodxonligi, ifodali o’qish, matn, ifodali o’qish, izohli

o’qish, badiiy o’qish, tez o’qish, ongli o’qish.

Bоshlang’ich sinflarda о’qitilayоtgan Ona tili va о’qish savоdxоnligi darslari adabiyot

fanining bir qismi. O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki
yo’li bor:

1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchilarni ifodali o’qishlariga,

xulosa chiqara olishlariga o’rgatish;

2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali

o’qish dasturlari tashkil etish.

1

Umuman, ,,Ona tili va o'qish savodxonligi " darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga

ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini ko’paytirishga, og'zaki va yozma nutqini har
tomonlama to'g'ri va aniq rivojlantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham yo’naltiriladi.
Bundan tashqari fanlararo integratsiyaga ham alohida e’tibor berilgan bo’lib, har bir mavzu
orqali o’quvchilar boshqa fanlarda ham ishlatiladigan, egallanishi zarur bo’lgan bilimlardan
ham xabardor bo’ladilar. Misol uchun, 1- sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan
“Yashil sayyora”, “Mo’jizaviy hasharot”, “Uy hayvonlari”, “Oy yerdan kattami?” 2-sinfda berilgan
“”Qishda uxlaydigan hayvonlar”, “Yer ostida nima bor?”, “Sayohatchi qushlar” mavzulari
Tabiatshunoslik fani uchun aloqador bo’lsa, 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida
berilgan “Robot ixtiro qilaman”, “G’aroyib ixtirolar” mavzulari esa Texnologiya faniga, 3-sinf
Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan “Jamg’arma pullarim” , “Yetti xazina”
mavzulari Iqtisodiy bilim asoslari faniga aloqador bo’lsa, 2-sinfdagi “Samarqand—tarix
beshigi”, “Yozuvni kim ixtiro qilgan?” “Sayyohlari ko’p diyor” mavzulari tarix fani uchun
aloqadordir. Hozirgi darsliklarimizda materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu
jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.

2-sinf Ona tili o’qish savodxonligi darsligida “Hunar—hunardan unar”, “Kasblar”, “Katta

bo’lsam kim bo’laman?” mavzulari orqali o’quvchilar kichik yoshdanoq kasblar haqida
ma’lumotga ega bo’ladilar, o’zlariga kasb yoki hunar tanlashga harakat qiladilar.

Izohli o'qish

ga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u

o'qishda o'quvchilarni ,,ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni

1

Xòjamova Ma'rifat Rajabboyevna. Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogic texnologiyalar orqali tashkil

etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl metod va vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyati.

SYNERGY

: JOURNAL OF ETHICS AND GOVERNANCE Volume: 01 Issue: 06 | 2021ISSN: 2181-2616


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

13

,,Izohli o'qish" deb nomlaydi.

2

Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, uni his etishga, asarni to’liq

tafakkur etishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli
o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani
idrok qilishga yordam beradi.

Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, maqol va

topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar matni bilan tanishiladi. Tabiiyki, ularning har biri o'ziga
xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni
o'ziga xos usulda o'qib o'rganish talab etiladi. Badiiy asarni izohli o'qishga yondosh
metodlardan biri bu

ijodiy o'qish

dir. Ijodiy o'qish izohli o'qishdan farqli o’laroq, to'g'ridan-

to'g'ri matnning mazmunini ro’yobga chiqarishga ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalan, 3-
sinfda X. To’xtaboyevning “Mehribon aka-ukalar” asarini ijodiy o'qish metodi asosida o'rganish
jarayonida matn mazmuni va yozuvchi g'oyaviy niyatidan kelib chiqib, aka-ukalarning bir-
biriga oqibatli bo’lishlari, inson faqatgina o’zinigina o’ylab yashamasligi, boshqalarni ham
o’ylashi, boshqalar uchun ham qayg’urib yashashi, milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha
tushuncha beriladi. ,,Alpomishning bolalaligi”, “Momoning sirli sandig’i” asarlarini ham ijodiy
o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy samaralar beradi.

Ifodali o'qish

. Boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri, tushunib, tez

(me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan so'nggina ifodali o'qish
bosqichiga o'tish mumkin. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali o'qishni ham o'z ichiga oladi.

3

Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilarning asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari
haqida muayyan tushunchaga ega bo'lishi bilan bog'liq. Ohang va intonatsiya she'riy asarlarni
ifodali o'qishda qay darajada muhim bo'lsa, nasriy asarlarni o'qishda ham muhim talablardan
biridir. Nasriy asarlarni ifodali o'qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini
aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda berilgan taniqli va sevimli bolalar yozuvchisi X.
To'xtaboyevning ,,Xatosini tushungan bola" hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga
xatosini tushungan bolaning kim ekanligi, uning xatosi nimada ekanligi, maqtanchoqlikning
yomon illat ekanligi to'g'risidatasavvur hosil qilinadi. Ifodali o'qish oldiga qo'yilgan bu talab
M.Abdurashidxonovning ,,Har kim ekkanin o'rar", Sh.Sa'dullaning ,,Laqma it", A. Oripovning
,,Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" kabi she'riy hikoyalarini o'qishga ham xosdir.

Badiiy o'qish

. Badiiy o'qish ifodali o'qishning eng baland pog’onasidir. Unda so'z

san'atining barcha ko’rinishlari namoyon bo’ladi. U o'quvchidan asarning mohiyatiga to’liq
kirishni, san'atkorona o'qishni talab etadi. Badiiy o'qishda asar qahramonlarining ruhiy holati,
kechinmalari to'la anglab yetilgandagina ta'sirchanlikka yetish mumkin. Badiiy o'qishga
tayyorgarlik ko'rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan namuna olish
foydalidir

Tez o'qish.

Tez o'qish bu xatolarni bartaraf etishga, o'qish tezligini oshirishga yordam

beradi. Bolaning o'qiganlarini tushunishi va qayta aytib berishi ham muhimdir. Sifatli tushunish
muammosini hal qilish uchun tez o'qish texnikasi bolaga matnda nima muhimligini ko'rishga
yordam beradi, diqqat, tasavvur, xotira va fikrlashni rivojlantiradi. Ba'zi o'qituvchilar
matnlardagi belgilarni sanab, harflarni, tinish belgilarini va bo'shliqlarni hisobga olishadi,
natijada ularning testlari haqiqatdan ham "hajmli" bo'lib qoladi.

2

Qosimova K, Matchanov S, G’ulomova X, Yo’ldoshova Sh, Sariyev SH “Ona tili o’qitish metodikasi “ Toshkent “Nasir”

nashiryoti 2009 y

3

Umarova I.Y., Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil etish. Ta’lim fidoyilari,aprel(2022)453-bet


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

14

Tez o’qish bizga nimalarni beradi?
1.O‘qishning tezligini oshiradi.
2. Matnni anglash darajasi ortadi.
3. Eslab qolish imkonini rivojlantiradi.
4. Xotirani mustahkamlaydi.
5. Qabul qilish tezligi ortadi.
6. Diqqatni jamlaydi.
7. Kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
8. Vaqtni tejaydi.
Ko'p bolalar o'qish paytida chalg'ishadi, ular o'z fikrlari bilan uchib ketishadi, ular o'qishni

qayerdan to'xtatganlarini eslay olmaydilar. Shunday qilib, tez o'qishning asosiy usullari bolaga
e'tiborni, diqqatni jamlashni, xotirjamlikni o'rgatadi

Ongli o'qish.

Ongli o'qish va ifodali o'qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan

o'xshamaydigan o'qish sifatlaridir. Yaxshi o‘qish malakalarining sifatlariga to‘g‘ri, tеz, ongli
va ifodali o‘qish kiradi va ular o`qish darslarida o‘zaro uyg’unlikda rivojlantiriladi, bu to‘rt
o‘qish sifati bir-biri bilan uzviyaloqador. Ongli o`qish yaxshi o‘qish malakalarining asosiysi
hisoblanadi, chunki o‘quvchi tеz qisqa o‘qiganini anglamasa, bunday o‘qish ko’zlangan
natijani bеrmaydi, o‘qiganini tushunmaslikka olib kеladi. To‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga ko’mak
beradi. Tеz, to‘g‘ri, ongli o‘qish ifodali o‘qishning poydevoridir.O‘qish jarayonida xatolar turli
sabablarga ko‘ra kеlib chiqadi:

1. So`zni talaffuz qilish bilan uning ma`nosini tushunish o`rtasida puxta sintеz

bo`lmagani uchun, ya`ni bola oldin so`zni tovush tomonini ko`radi, uni talaffuz qilishga
harakat qiladi va ma`nosini e`tibordan chеtda qoldiradi.

2. So`zlar ko`p bo`g`inli (murakkab bo`g`in tuzilishidagi so`zlarni o`qishda), ya`ni so`zning

tovush tarkibi murakkabligi uchun tеz o`qiyman dеb xatoga yo`lqo`yadilar.

3. To‘g‘ri o‘qish yorug`likka,matn shriftiga,bolaning ko`ruv sеzgisiga ham bog’liq.

4

Ifodali o’qish

ongli o’qishning ko’rsatkichidir, chunki matnning ma’nosini anglab o’qiy

olgan o’quvch, albatta, ifodali o’qish malakalarini ham egallagan bo’ladi. Ongli o’qish ifodali
o’qish malakalarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Ongli, to’g’ri va ravon o’qish
malakasi hosil qilingan sari ta’sirli o’qish malakasi ham o’sib boradi.Ta’sirli o’qish o’quvchida
his-tuyg’u uyg’otishga, voqea hodisalarni tassavvur qilishga, estetik zavq bag’ishlashga xizmat
qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xòjamova Ma'rifat Rajabboyevna. Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogik

texnologiyalar orqali tashkil etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl metod va
vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyati. SYNERGY: JOURNAL OF ETHICS AND
GOVERNANCE Volume: 01 Issue: 06 | 2021ISSN: 2181-2616

4

Yakubova M.P., Boshlang'ich sinflarda to'g'ri va ongli o'qish malakalarini shakllantirish yo'llari.

Volume2 Issue4,April 2022ISSN 2181-2020 Page 28 RASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative
Academy Research Support Cen


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

15

2.

Qosimova K, Matchanov S, G’ulomova X, Yo’ldoshova Sh, Sariyev SH “Ona tili o’qitish

metodikasi “ Toshkent “Nasir” nashiryoti 2009 y
3.

Umarova I.Y., Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil etish. Ta’lim fidoyilari,

aprel(2022)453-bet
4.

Yakubova M.P., Boshlang'ich sinflarda to'g'ri va ongli o'qish malakalarini shakllantirish

yo'llari. Volume2 Issue4, April 2022ISSN 2181-2020 Page 28 RASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH Innovative Academy Research Support Cen

Библиографические ссылки

Xòjamova Ma'rifat Rajabboyevna. Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl metod va vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyati. SYNERGY: JOURNAL OF ETHICS AND GOVERNANCE Volume: 01 Issue: 06 | 2021ISSN: 2181-2616

Qosimova K, Matchanov S, G’ulomova X, Yo’ldoshova Sh, Sariyev SH “Ona tili o’qitish metodikasi “ Toshkent “Nasir” nashiryoti 2009 y

Umarova I.Y., Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil etish. Ta’lim fidoyilari, aprel(2022)453-bet

Yakubova M.P., Boshlang'ich sinflarda to'g'ri va ongli o'qish malakalarini shakllantirish yo'llari. Volume2 Issue4, April 2022ISSN 2181-2020 Page 28 RASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Cen