Авторы

  • Nazirjon Mansurov
    ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot ta‘limi fakulteti 3-kurs

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105723

Ключевые слова:

tinglab tushunish qobilyat makro mikro lug‘at diskriminativ tinglash til aspektlari intonatsiya fonologik ong

Аннотация

Maqolada tinglab tushunish jarayoni, o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini baholashga doir qarashlar va ularning tahlili, qo‘llash uchun bir nechta savol va topshiriqlar mazmuni va namunasi berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

30

TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI BAHOLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR

TAHLILI

Mansurov Nazirjon

ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot ta‘limi fakulteti 3-kurs

https://doi.org/10.5281/zenodo.15621610

Annotatsiya

. Maqolada tinglab tushunish jarayoni, o‘quvchilarning tinglab tushunish

ko‘nikmasini baholashga doir qarashlar va ularning tahlili, qo‘llash uchun bir nechta savol va
topshiriqlar mazmuni va namunasi berilgan.

Abstract:

The article provides an overview of the listening comprehension process, views

on assessing students' listening comprehension skills, and their analysis, as well as the content
and examples of several questions and tasks for use.

Kalit so‘zlar

: tinglab tushunish, qobilyat, makro, mikro, lug‘at, diskriminativ tinglash,til

aspektlari, intonatsiya, fonologik ong

Key words

: listening comprehension, ability, macro, micro, vocabulary, discriminative

listening, language aspects, intonation, phonological awareness.


Tinglab tushunish bu audio matnni keng qamrovli tinglash va audiodagi lug‘at, til

ko‘nikmalari, idrok etish va og‘zaki bo‘lmagan belgilarni anglash jarayonidir. Unda
uzatilayotgan axborotni tinglash, uni qabul qilib, qayta ishlash va muhokama qilish, dalillash
jarayoni kechadi. Bugungi kunda ikkinchi tilni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar aynan tinglab
tushunish jarayonida qiyinchiliklar va noqulayliklarga duch keladi. Bunda asosiy sabab tinglash
ko‘nikmasining ona tilida yaxshi shakllanmasligidir.

So‘nggi darsliklarda esa ayni shu muammoga yechim sifatida bir nechta topshiriqlar berib

o‘tilgan. O‘zi tinglash jarayonida nimalarga ahamiyat beriladi?

Tinglash jarayonida 8 ta asosiy qobilyat tekshiriladi:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'noni tan olish- audio hikoyada aniq korsatilgan faktlar, tafsilotlar

yoki savollarga javob bera olish

Lug‘atni tushunish- audio hikoya kontekstida qo‘llanilgan so‘zlarning ma'nolari haqida

savollar

Xulosa qilish- audio hikoyadan xulosa chiqarishni so‘rash, so‘zma-so‘z ma'nolarini

izohlash

Asosiy g‘oyani aniqlash-o‘quvchilardan audio hikoyaning asosiy g‘oyasini so‘rash
Maqsadni aniqlash-o‘quvchilarga audio hikoyaning maqsadini aniqlash uchun savollar

berish

Xulosa chiqarish- audiodagi axborotni sintez qilish orqali xulosa chiqarishni so‘rash
Mulohazalarni tahlil qilish- o‘quvchidan audio hikoyadagi mulohazalarni isbotlovchi

dalillarni so‘rash

Dalillarni topish- da'volar yoki xulosalarni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etadigan

bayonotlar yoki tafsilotlarni aniqlash

Xususan tinglab tushunish uchun beriladigan topshiriqlar shu 8 ta asosiy qobilyatni

tekshirish va baholashga qaratiladi. Quyida topshiriqlar bilan tanishib chiqamiz:

Atsteklarni ko‘l tepasida shahar qurishga nima undagan?
Bu turdagi savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'noni tan olish mahoratini baholovchi qobilyatga

yo‘naltiriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

31

Ular nega manzilni o‘zgartirishdi?
Bunda esa dalillarni topishga qaratilgan qobilyat savollaridir.
Audio hikoyadan ko‘zlangan maqsad nima edi?
Savoldan anglash mumkinki, maqsadni aniqlashga qaratilgandir
Hikoyaning qaysi parchasi quyidagi mulohazani ta'kidlaydi?
Mulohazalarni tahlil qilishga qaratilgan savollar sirasiga kiradi. Undan tashqari tinglashni

baholashning 2 ta shakli mavjud bo‘lib ular:

Fonologik va morfologik elementlarni tan olish- turli fonema va morfemani aniqlash
Fonologik ong uchun diktant- eshitilgan tovushlarni so‘z bilan ifodalash
Bu shaklda o‘qituvchi o‘quvchilarga biron ertakni oldin bir marta o‘qib beradi, ikkinchi

marta o‘qilganida esa o‘quvchilar bo‘sh qoldirilgan joylarni eshitib to‘ldiradi. Natijada ham
matnni tinglab tushunadi va dalillar bilan isbotlay oladi.

Yoki o‘quvchilarga ketma-ketlikda savollar beriladi:
Kecha qayerga bordingiz?
Eng ko‘p yoqtirgan mashg‘ulotingiz?
Qaysi multifilm qahramoni yoqadi?
Yuqoridagi kabi savollar beriladi va o‘quvchilardan eshitgan zahoti yozish talab qilinadi.
Diagramma, jadval, grafiklarni eshitgan holda mosiga to‘ldirish
Bunda o‘quvchilardan ma'lumotlarni filtrlash va kerakli axborot bilan to‘ldirish talab

qilinadi. Olim Braunning fikricha, tinglab tushunishni baholash 2 ta asosiy jihatni o‘z ichiga
oladi:

til aspektlari (mikro mahorat)
mazmunni tushunish (makro mahorat)
Mikro mahoratga: tovushlarni farqlash, til qismlarini saqlash, signal so‘zlarni topish

Makro mahoratga: butun audio matn mazmuniga e'tibor qilinadi.

Diskriminativ tinglash jarayoni ham mavjud bo‘lib unda u birinchi marta juda erta yoshda

rivojlanadi. Bu tinglashning eng asosiy shakli bo‘lib, turli xil tovushlarni hosil qiladi. Shu sababli
diskriminativ tinglashni tovush manbasiga qaratilgan asosiy tinglash vazifasidir deb hisoblash
mumkin.

Baholashni yanada mazmunli qilish uchun ushbu baholash uchun parchalar ijodkorlik va

haqiqiylik bilan yaratilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu baholash o‘quvchilarga axborot
to‘plash va ularni javoblarida qo‘llash imkonini beradi.

Qolaversa, ushbu tinglash jarayonida quyida 7 ta muammolar kuzatilinadi:
tinglash
tinglash jarayoni
turli xil tinglash qobilyatlari
turli maqsadlar uchun tinglash
analitik tinglash vositalari va usullari
tinglab javob berish
tinglashni baholash
Bu muammolar bartaraf etilsa, tinglash jarayoni shuncha sifatli va qiziqarli o‘tadi.

O‘qituvchi bu muammolardan boxabar bo‘lishi zarur.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

32

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D. Adamson, “Inter-language variation in theoretical and pedagogical perspective”,

London, 2008.
2.

Melikuziev,

A.

L.

(2022).

Historical

and

modern

classification

of

paralinguistics.

Academicia Globe: Inderscience Research

,

3

(10), 126-128.

3.

ogli Melikuziev, A. L. (2022).

HISTORICAL AND MODERN CLASSIFICATION OF

PARALINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3 (10), 126–128

.

4.

Meliqo'ziyev, A. (2024). The Role of Paralinguistics in Enhancing Communication

Effectiveness.

Engineering problems and innovations

,

2

(Spec. 1).

5.

Melikuziev, A. (2024). Paralinguistic Features as Crucial Indicators of Intent and Emotion

in Communication.

Engineering problems and innovations

,

2

(Spec. 1).

6.

Sayidov, S., & Mirzaeva, D. (2023). Unveiling the power of metaphor. In

Fergana state

university conference

(pp. 134-134).

7.

Ubaydullayeva, D. R., Maxkamova, D. B., & Sayidov, S. X. (2023). Metafora va uning jahon

va O‘zbek tilshunosligida o ‘rganilish tarixi.

Educational Research in Universal Sciences

,

2

(3),

794-797.

Библиографические ссылки

D. Adamson, “Inter-language variation in theoretical and pedagogical perspective”, London, 2008.

Melikuziev, A. L. (2022). Historical and modern classification of paralinguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(10), 126-128.

ogli Melikuziev, A. L. (2022). HISTORICAL AND MODERN CLASSIFICATION OF PARALINGUISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3 (10), 126–128.

Meliqo'ziyev, A. (2024). The Role of Paralinguistics in Enhancing Communication Effectiveness. Engineering problems and innovations, 2(Spec. 1).

Melikuziev, A. (2024). Paralinguistic Features as Crucial Indicators of Intent and Emotion in Communication. Engineering problems and innovations, 2(Spec. 1).

Sayidov, S., & Mirzaeva, D. (2023). Unveiling the power of metaphor. In Fergana state university conference (pp. 134-134).

Ubaydullayeva, D. R., Maxkamova, D. B., & Sayidov, S. X. (2023). Metafora va uning jahon va O‘zbek tilshunosligida o ‘rganilish tarixi. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 794-797.