ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
MEVALI O‘IMLIKLAR KO‘CHATINI INVITRO USULIDA KO‘PAYTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Meliqo‘ziyeva Munzilaxon Rafiqjon qizi
FarDU 3-kurs talabasi
munzilaxon@gmail.com
Davronova Madinaxon O'ktamjon qizi
FarDU 3-kurs talabasi
madinadavronova412@gmail.com
Jo'raboyeva Sarvinoz Zuhriddin qizi
juraboevasarvinoz7@gmail.com
Fardu 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15621562
Annotatsiya
. Zamonaviy yangi bog`larni barpo qilishda mevali o`simliklar ko`chatlarini
ko`paytirishni maxsus labaratoriya sharoitlarida ilmiy asoslangan ko`paytirish bog`dorchilik
soxasini jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi..
Kalit so‘zlar:
Urug`, nihol, tuproq, namlik, ko`chat, o`simlik, o`g`itlash, idish, labaratoriya,
tajriba, yorug`lik, kuzatuv.
Hozirgi kunda mamlakatimizda insonlarning ortib borishi tufayli qishloq xo‘jaligiga
bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Mevali o‘simliklarni invitro usulida ko‘paytirish bu talabni
samarali qondiruvchi texnologiyalardan biridir. In vitro – bu o‘simliklarni yetishtirish uchun
ishlatiladigan o‘simlik to‘qimalari kulturalash usuli bo‘lib, tomirlardagi to‘qimalar yoki
o‘simliklarning aseptik kichik qismlarini ekishdir.(1-rasm)
1-rasm. In-vitro usulda mevali o`simlik ko`chatlarini o`stirish
Bu usulda o‘simlik to‘qimalaridan laboratoriya sharoitida maxsus oziq moddalarga boy
muhitda ko‘paytirish ishlari olib boriladi. Buning uchun sog‘lom o‘simlik qismlari tanlab
olinadi. Yuzadagi mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun esa antiseptik eritmalarda ishlov berilib,
keyin oziqlantiruvchi muhitga joylashtiriladi. Bu maxsus retsept bo‘yicha tayyorlangan MS, B5
muhitga ekiladi. Keyingi bosqichda kallus hosil qilinadi: ekzplantadan hujayralar ajralib chiqib,
hujayra massasi hosil qiladi. Kallusdan kurtak va ildizlar ajralib chiqadi hamda ko‘paytiriladi.
Olingan kurtaklar ko‘paytirilib, ko‘chatlar yetishtiriladi. Buning uchun kurtaklarga ildiz
chiqarish uchun yaxshi sharoit yaratib berish zarur.In-vitro usulida mevali o`simlik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
ko`chatlarini yetishtirish ilmiy asoslangan maxus labaratoriyalarda amalga oshiriladi. Ushbu
laboratoriyada o‘simlik yetishtirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
1. Genetik jihatdan bir xil o‘simliklarni ekiladi va ko‘paytiriladi;
2. Klonli mikroko‘paytirish orqali bitta o‘simlikni bir necha ming donagacha
ko‘paytiriladi;
3. O‘simlikni yuvenil (urug‘dan chiqqan maysadan yoki vegetativ kurtakdan) davridan
reproduktiv davriga o‘tishini tezlashtiriladi;
4. Seleksion jarayonni tezlashtirish uchun yaʼni o‘simlik navlarini yangilashda va katta
miqdorda ko’paytirish ishlarini amalga oshiriladi;
5. Laboratoriya sharoitida bo‘lgani uchun mavsum tanlamasdan, istalgan faslda
o‘simliklarni ko‘paytirish mumkin;
6. Ko‘paytirish koefitsenti judayam yuqori. O‘tchil o‘simliklarda 104-105; ninabargli
o‘simliklar uchun -104 gacha ko‘paytirish imkoni bor.
7. O‘stirish jarayonini avtomatlashtirish va o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan
maydonlarni qisqartirish imkoniyatlari va h.k.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'simliklar ichki tuzulishidan kelib chiqib ularni in-
vitro usulida yetishtirish mumkinligini anglatadi. Bu mevachilik soxasida katta yutuqlarga va
iqtisodiy jixatdan foyda keltiradi.
O'simlik to'qimalarini ko’paytiruvchi jarayonlari va o'simliklarning biologik xilma-
xilligini saqlash o`simliklarni nav sofligi bo`yicha muammolari tufayli kelajakdagi ekinlar
xavfsizligi uchun juda muhim hisoblanadi. In-vitro usuli o'simliklarning o'sishi va hosildorligi
bilan bog'liq bo'lgan turli xususiyatlarni yaxshilashga imkon beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni.
2.
Ostonaqulov T.E., Narzieva S.X., B.X.G‘ulomov Mevachilik asoslari. Qishloq xo‘jalik oliy
o‘quv yurtlari talabalar uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2010. 298 bet.
3.
Ergashev M.M., Mukimov Z.A., Abdubannopov A.A. Mevali daraxt ko`chatlarini uzuluksiz
o`tqazishni amalga oshiradigan mashina. T 1. 142-143-144-145. 2023/09/22
4.
Парпиева, М. М., Мадумарова, М. Д., & Мавлонов, У. О. У. (2018). Развитие мотивации
у студентов к изучению языка.
Достижения науки и образования
,
1
(8 (30)), 56-57.
5.
Abduraxmonova M.R., Toshxo`jayeva S.F. O`simliklarni in-vitro usulida ko`paytirish.
Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferensi. T 1. 11-13.
2020/05/21