ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
25
EDIP- QISMAT KISHANLARIDA QOLGAN SHOH
Xoliqulova Zarnigor
Termiz davlat universiteti
O`zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Xudoymurodova Xurriyat
Ilmiy rahbar: Filologiya bo`yicha falsafa fanlari doktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.15621397
Annotatsiya
. Ushbu maqolada yunon tragediyasining ikkinchi namoyondasi Sofoklning
18-asrning oxiri 19-asrning boshlarida Yevropa adabiyotida “Taqdir tragediyasi” deb atalmish
maxsus oqimning tug`ilishiga sababchi bo`lgan “Shoh Edip” tragediyasida fojianing buyuk
timsoli bo`lmish Edip qismati tahlilga tortiladi.
Kalit so`zlar:
Tragediya, mif, yunon mifologiyasi, antik dunyo, ma`bud, bashorat, qismat.
Abstract:
In this article, the second manifestation of Greek tragedy is analysed by
Sophocles, who was the great embodiment of tragedy in the tragedy "King Oedipus", which gave
rise to a special movement in European literature in the late 18th and early 19th centuries
called the "Tragedy of Fate".
Key words:
Tragedy, myth, Greek mythology, ancient world, goddess, prophecy, destiny.
Inson hayot atalmish so`qmoqqa qadam qo`yibdiki, qismatiga bitilgan qiyinchilik-u
mashaqqatlarga sabr bilan bardosh berib, taqdir atalmish azal bitigiga rozi bo`lib yashashi
kerak bo`ladi. Hayot inson oldiga qanday sinovlarni qo`ymasin, u baribir o`z yo`lini topishga
harakat qiladi. Biroq ba`zan insonning irodasi va orzulari taqdir oldida ojiz qolgandek tuyuladi.
Odamzod o`z taqdirini o`zi yaratadimi yoki taqdir allaqachon belgilanganmi? Bu savol
asrlar davomida falsafiy bahslarning markazida turib kelgan. Sofoklning Arastu tili bilan
aytganda “mualliflik mahoratining cho`qqisi” hisoblangan "Shoh Edip" asari esa bu masalaga
o`ziga xos yondashuv bilan javob beradi.
Yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbobi Sofokl miloddan avvalgi 495-yilda Afina
shahri yaqinidagi Kolon qishlog`ida qurol- aslaha korxonasi egasi xonadonida tug`ilgan. Sofokl
oltmish yillik ijodi mobaynida 120 dan ortiq asar yozgan. Ijodkorning 123 ta dramasi mavjud
bo`lib, shulardan yettitasi, ayrim dramalardan parchalari, ba`zi lirik she`rlari bizgacha yetib
kelgan.
Yunon yozuvchilari o`z ijodiy asarlarida miflarga murojaat qilganlar. O`zlarining uslublari,
badiiy qarashlariga moslab voqealar rivojini istaganlaricha o`zgartirib qo`llashgan. Sofokl
asarlari orasida bugungi kungacha saqlanib qolgan eng nodir asari “Shoh Edip” tragediyasidir.
Mazkur asar Edip Lay haqidagi afsona syujeti asosida yozilgan. Bu afsona o`z davrida bir qancha
variantlarda tarqalgan va Sofokl bu afsonaga katta qiziqish bilan qaraydi, shu syujet asosida
“Shoh Edip”, “Edip Kolonda”, “Antigona” deb nomlanuvchi uch tragediyani yaratadi.
“Shoh Edip” asarining qisqacha syujetida Fiva podshohi Lay befarzand bo`ladi. Koxinlar
Layning o`g`il ko`rishi, ammo bu farzand kelajakda otasini o`ldirib, o`z onasiga uylanishi haqida
bashorat qilishadi. Shu sababli Lay endi tug`ilgan o`g`il farzandini xizmatkorining qo`liga berib,
uni o`ldirib kelishini buyuradi. Ammo xizmatkor bolaga rahmi kelib, uni Korinf shohi Polibga
berib yuboradi. Oradan yillar o`tib Edip Delfa ibodatxonasida o`zi haqidagi shu mudhish
bashoratni eshitadi va haqiqiy otam deb o`ylagan Polibni o`ldirib, bu bashoratni amalga oshirib
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
qo`yishidan qo`rqib, taqdiridan qochish maqsadida Korinfdan chiqib ketadi. Yo`lda u noma`lum
bir odam bilan janjallashib, uni o`ldirib qo`yadi. Bu odam Edipning haqiqiy otasi Lay edi. Fiva
shahriga yetib kelgan Edip shaharni dahshatga solayotgan maxluq- Sfinks jumbog`ini yechib,
xalqni ofatdan qutqaradi va mamlakatga shoh etib saylanadi. O`z taqdiridan bexabar holda
marhum shohning bevasi- o`z onasi Iokastaga uylanadi va farzandlar ko`radi. Yillar o`tib
mamlakat boshiga turli xil ofatlar yog`ila boshlaydi. Edip bu falokatlarning sababi marhum
podshoh Layning g`oyibona o`ldirilganligi va qotilning hali hanuzgacha jazolanmaganligi
ekanini bashoratchilardan so`rab biladi. U qotilni izlash davomida hech bir voqeani nazardan
qochirmaydi, ma`lumotlar va dalillarni sinchiklab o`rganadi. Qotillik sodir etilgan kun va sodir
bo`lgan jinoyatni bir necha yil avval o`z boshidan kechirgan hodisaga a`loqador bo`lib
chiqishidan xavfsiraydi. Korinfdan kelgan elchidan otasi Polib o`z ajali bilan o`lganini bilib,
bashorat amalga oshmaganidan xursand bo`ladi. Ammo rafiqasi Iokastaning bashoratlarga
ishonmaslik kerak deb, o`z o`g`lining qismati haqida aytganlari o`zining taqdiri bilan mos
tushayotganidan qo`rquvga tushadi. Axiyri Edip hamma haqiqatni anglab yetadi: u o`z otasini
o`ldirib, onasiga uylangan! Buni anglagan Iokasta o`z joniga qasd qiladi, Edip esa ko`zlarini o`yib
shahardan bosh olib chiqib ketadi.
Ko`rib turganimizdek bu tragediya inson taqdiri, erkin iroda va bashoratning
muqarrarligi haqida o`ylashga undaydi.
Tragediyani nafaqat o`zbek, balki dunyo adabiyotshunos va faylasuflari tahlil qilgan desak
mubolag`a bo`lmaydi. “Shoh Edip’ asari haqida 20-asrning yirik faylasufi, ruhshunosi Freyd
shunday yozadi: “Shoh Edip” asari antik dunyo yunon tomoshabinini larzaga solishining asosiy
sababi, e`tirof etilayotgandek, taqdiri azal bilan inson irodasi o`rtasidagi to`qnashuvdir…Edip
kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bu istak payti kelishi bilan
asosiy istakka aylanishi mumkin. “Shu sababli,- deydi Freyd,- Edipning taqdiri- bu ilohiy hukm
hodisasi emas, patologik hodisalar va bunday fojia har bir insonda sodir bo`lishi mumkin”.
1
20-asrning yana bir mashhur faylasufi Erix From ham o`z konsepsiyasini asoslash uchun
ko`plab ustoz faylasuflar kabi “Shoh Edip” asariga murojaat etadi. From ham Edip qismatida
insoniyat taqdirini, tug`ilishi, yuksalishi va inqirozi ramzini ko`radi. U asardagi taqdiri azal
hukmi Shoh Edipning otasini o`ldirib, bilmasdan onasiga uylanishi voqeasida emas, balki
Edipning o`zida yashirinligini, ya`ni Shoh Edip jamiyatdagi yashash uchun kurashayotgan inson
obrazi sifatida namoyon bo`lishini ta`kidlaydi.
2
Asardagi eng murakkab va qismati fojiali yakunlangan obraz Edipdir. U juda uddaburon,
mard, gapidan qaytmaydigan, dono va fidoyi obraz sifatida namoyon bo`ladi. Biz Edip timsolida
o`sha davrning haqiqiy koloritini ko`rishimiz mumkin. Bilamizki, yunon mifologiyasida
ma`budlarga itoat qilish, ularning buyrug`iga bo`y sunish va ular beradigan jazolardan qo`rqish
kabi hodisalar mavjud. Ushbu tragediyada ham Edip har bir ishda ma`budlarga yuzlanib,
ulardan to`g`ri yo`l va maslahat so`raydi. Biz Edipning xalq boshiga tushgan ofatlarga sabab
bo`lgan Layning qotili Fivada ekanligi va u jazolanmaguncha bu kulfatlar tugamasligini bilgach,
qotilni qanday qilib bo`lsa-da topish va jazolash farmonini berishi, hatto tergov jarayonini o`zi
olib borishi orqali uning naqadar adolatparvar va haqgo`y inson ekanligini bilishimiz mumkin.
U qotilni izlash davomida o`sha fojiali kunda Lay bilan birga bo`lgan cho`ponni so`roq qiladi va
ma`budlar la`natlagan o`sha shum taqdir sohibi o`zi ekanligini tushunib yetadi. Voqea shu yerga
1
https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/dunyo-adabiyoti-turkumi-sofokl.html
2
Fll.jdpu.uz
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
kelganda yunon mifologiyasidan xabardor bo`lmagan biror bir o`quvchi bu asardan mantiq
izlashi mumkin. Chunki asarning eng chigal va mantiqsiz tuyilgan yeri bu- Edipning onasi bilan
nikohi. Bilamizki, yunon mifologiyasida ayollar abadiy go`zallik sohibasi sifatida tasvirlanadi,
yillar o`tsa-da ularning chiroyiga zavol yetmaydi, bundan tashqari Edip Iokasta uning onasi
ekanligini bilmasdi va hatto xudolar ham o`sha davrda o`zaro kurashlar tufayli otalarini o`ldirib,
onalariga uylanishgan. Shu o`rinda faylasuf Freyd ta`limotining asosini tashkil qilgan
“Edipokompleks”ga yuzlanamiz. Unga ko`ra, Edipning onasiga uylanishi ong osti hislarining
namoyon bo`lishidir, chunki Freydning fikricha, har bir jins o`zga jinsga nisbatan, hatto o`z
onasiga bo`lgan munosabatda ham o`zgacha mayl bilan munosabatda bo`ladi.
3
Keyingi sahnalarda ham Edip vijdonli va insofli inson sifatida gavdalanadi. U haqiqatni
bilgach vijdon azobida qiynaladi, ilohiy qahr-g`azabni kutib o`tirmasdan, o`ziga o`zi hukm
chiqaradi: bu dunyo ne`matlarini ko`rish, xudolar yaratgan go`zallikdan bahramand bo`lishga,
farzandlari va xalqining ko`ziga qarashga loyiq emasligini aytib, ko`zlarini Iokastaning
to`g`nog`ichi bilan sitib tashlaydi. Bu jirkancha voqeaning falokati xalqiga va yaqinlariga zarar
yetkazmasligi uchun og`ir ahvolda bo`lsa ham shahardan bosh olib chiqib ketadi.
Bir qaraganda, kitobxon bu voqealarda Edipni ham ayblay olmaydi. Negaki Edip asl
haqiqatni: ota-onasi kim-u, tug`ilgan yeri qayer, bularning hech birini bilmasdi. Lay bilan
bo`lgan voqeada esa bevosita insonda bo`ladigan o`zini himoya qilish instinkti sabab bo`ladi.
Chunki dastlab Layning o`zi Edipga hujum qiladi. Balki Lay vaqtida Edipni yo`q qilish o`rniga,
unga otalik mehrini berib, yonida ulg`aytirganda bu fojealar sodir bo`lmasdi. Ammo biz bu
fojeada yana bir narsani ko`zdan qochirmasligimiz kerak, ya`ni o`sha davrda bashoratga
ishonish, hudolar hukmiga qarshi bormaslik kabi qarashlar mavjud bo`lgan. Vaholangki,
ma`budlar so`zi qonun, bashorat qilindimi, u amalga oshishi kerak edi. Demak, inson qanchalik
urinmasin, taqdir oldida ojiz va chorasiz. Edip o`z taqdiridan qochmoqchi bo`ldi, ammo aynan
shu harakati uni bashorat qilingan fojeaga olib keldi. Oxir- oqibat u o`z qismatini to`liq qabul
qilishga majbur bo`ldi.
Bugungi kunda ham odamlar taqdir va tanlov o`rtasida kurash olib borishadi. Kimdir o`z
hayotini o`zi belgilashga intiladi, kimdir esa barcha hodisalarni taqdirga bog`laydi. Hozirgi davr
uchun biz asardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkin: “Shoh Edip” tragediyasi inson
hayotida muqarrarlik va tanlov o`rtasidagi ziddiyatni chuqur yoritib bergan. Taqdir oldindan
belgilangan bo`lsa ham, inson o`z qarorlari uchun javobgardir. U qanchalik qismatidan
qochishga urinmasin, oxir-oqibat o`z taqdiriga duch keladi. Eng muhimi esa uni qanday qabul
qilish va qanday saboq chiqarishdadir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sofokl “Shoh Edip” tragediya. G`. G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti.
Toshkent-1979
2.
fll.jdpu.uz
3.
oefen.uz
4.
https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/dunyo-adabiyoti-turkumi-sofokl.html
3
Qoryog`diyeva Zulfizar “Sofoklning “Shoh Edip” fojeasida Edip psixologiyasi” maqolasi.