Авторы

  • Mijgona Usmonova
    Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105735

Ключевые слова:

Folklor musiqa pedagogik texnologiya doston mumtoz.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan. Chunonchi, ular mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

141

MUSIQA FOLKLORI VOSITASIDA O‘QUVCHILARINI INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR ORQALI TARBIYALASH

Usmonova Mijgona

Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro

maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan

maktab-internati o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15638713

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy
qarashlar mujassamlashgan. Chunonchi, ular mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash,
qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga
g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish,
dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.

Tayanch so‘zlar:

Folklor, musiqa, pedagogik texnologiya, doston, mumtoz.


Folklor qo‘shiqlari xalqning ijtimoiy–tarixiy rivojlanishi, etnopsixologik xususiyatlari,

hayotiy tarixiy tajribasi, ijtimoiy qarash hamda uni amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladigan
faoliyat yo‘nalishlari, shaxsga ta’lim va tarbiya berish an’analari asosida shakllangan bo‘lib,
asrlar davomida tarixiy vorislik tamoyiliga muvofiq avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

Musiqiy ohangni anglash, musiqiy asarlar mazmunini tushunish shaxs estetik his–

tuyg‘ularini tarbiyalash, ijtimoiy borliqqa nisbatan mas’uliyatli yondashuv ko‘nikmalarini hosil
qiladi. Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalash
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonning samarali amalga oshirilishi bir qator
omillarning mavjudligini taqozo etadi. Xususan, musiqa o‘qituvchilarining bolalar folklor
qo‘shiqlarining tub mohiyatini chuqur anglay olishlari, shuningdek, ijro etiluvchi qo‘shiqlardan
namuna ko‘rsatish asosida ijro etib berish, ularning ijro etish usullari xususida ta’lim
oluvchilarga uslubiy yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.

Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda musiqiy

an’analarning mazmunini chuqur o‘rganish, ularning imkoniyatlaridan ta’lim–tarbiya, shu
jumladan, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida samarali foydalanish metodikada tadqiq etilishi
zarur bo‘lgan muammolardan biridir.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi badiiy havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan

ishlash uchun, avvalo, dars ishtirokchilarining, musiqa-ashula o‘qituvchilarining hamda
darslarning badiiy rahbarlari ishini shunday tashkil qilish lozimki, unda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari badiiy havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan tanishib, ularni o‘rganishi,
tinglashi, ayrim qo‘shiqlarga bag‘ishlangan suhbat, taniqli xonandalar bilan uchrashuv
kechalarida qatnashishlari jarayonida qo‘shiqda ifodalangan badiiy obrazlar, his-tuyg‘ular
og‘ushida o‘zini sezishini ta’minlash lozim. Shu jihatdan musiqa to‘garaklari oldida
o‘quvchilarda folklor qo‘shiqlariga nisbatan muayyan munosabat, qiziqish, havas, pirovard
natijada muayyan mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifa qilib qo‘yilishi zarur.
Folklor qo‘shiqlari vositasida san’atning ijtimoiy roli va vazifasi yaxlit tasavvur qilinishi
natijasida o‘quvchilar ma’naviy olamidagi o‘zgarishlar, yangi jihatlar paydo bo‘lishi jarayoni
tezlashadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

142

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda boshqa vositalar

qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan folklor qo‘shiqlarining
roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar
bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga har qanday xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini,
maqom yo‘llarini, uning sho‘‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga
kiritaverish yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan
pedagogik asos, pedagogik aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib borilishigina kutilgan
samarani berishi mumkin. Shuning uchun ham bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilishi
kerak bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan
vazifalar jumlasiga kiradi.

Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan ekan, buni chuqur his

etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-etnografik dastalarigina emas, balki professional
san’at uyushmalari a’zolari ham o‘z repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin
bermoqdalar. Shunday bo‘lgach, folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
muvofiqlikni ta’minlash esa aynan umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan
olib borilayotgan musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. O‘zbek folklor qo‘shiqlarining salmoqli
turlaridan birini termalar tashkil qiladi. Ularning yaratuvchilari xuddi dostonlar singari
xalqning o‘zidir. Shuning uchun ham folklor qo‘shiqlari deganda, avvalo, ko‘z oldimizga qadimgi
zamonlardan beri aytilib kelinayotgan qo‘shiqlar, laparlar, yor-yorlar keladi. Biroq bu turdagi
musiqiy namunalardan foydalanish bugungi kunda biroz mushkul kechadi. Boisi, o‘quvchi
yoshlarda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglash va kuylashga bo‘lgan ishtiyoq, intilish
kuchli. Bu tanlab olinadigan folklor qo‘shiqlarining ta’sir kuchi (mazmun, matn, ohang, ijro
mahorati, xalqchilligi nuqtai nazaridan)ga alohida e’tibor qaratish lozimligini e’tirof etadi.

Sevgi, sadoqat, nasihat to‘g‘risidagi mumtoz qo‘shiqlar ham folklor qo‘shiqlari sirasiga

kiradi. Xalq dostonlari esa xalq baxshilariga, ya’ni ularni ustozlardan eshitib, o‘rganib, mahorat
bilan ijro etib kelayotgan ijrochilarga nisbatan beriladi. Bu gaplarni shuning uchun
keltiryapmizki, dostonlardagi she’riy matnlarning deyarli barchasi qo‘shiq qilib kuylab aytiladi.

Folklor qo‘shiqlariga murojaat qilganda, avvalo, ular qaysi viloyat ahliga ko‘proq taalluqli

ekanligiga e’tibor berish, boshqa vohalarga tegishli qo‘shiqlarga aralashtirib yubormaslik
ularni tanlab olishning eng muhim sharti, mezoni hisoblanadi. Masalan, Toshkent va Farg‘ona
viloyatlariga, Xorazm yoki Buxoro viloyatlariga xos qo‘shiqlar, ularga xos ijro yo‘llarini saqlagan
va an’anaviyligiga e’tibor bergan holda yondashish lozim. Farg‘ona vodiysida keng rasm bo‘lgan
va sevib kuylanadigan katta ashula (patnusaki ashula deb ham yuritiladi) boshqa joylarda
endigina urf bo‘lyapti. Xorazmcha kuy va qo‘shiqlar esa ijro uslubi bilan tamomila ajralib turadi.
Samarqand va Buxoro viloyatida yashovchi xalq ijro etib kelayotgan qo‘shiqlar ham o‘zlarining
etnografik jihatlari bilan boshqa joydagi folklor qo‘shiqlaridan farq qiladi. Raqs jo‘rligida ijro
qilinayotgan mavrigilar faqat Buxoroda uchraydi. Bu Farg‘ona vodiysi va Toshkentda lapar
deyiladi. Termalar esa Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari ijodida ko‘proq
uchraydi. Ularni xorazmliklar cho‘blama deyishadi. Bular folklor qo‘shiqlariga xos bo‘lgan
umumiy jihatlardandir.

Tarixiy folklor qo‘shiqlari o‘tmish xalq hayotini o‘rganish, to‘g‘ri baholash, xalq urf-

odatlarini, marosimlarini to‘g‘ri idrok etishda ajoyib san’at ko‘zgusi va tarbiya vositasi bo‘lib
xizmat qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

143

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini folklor qo‘shiqlari vositasida ma’naviy-axloqiy

tarbiyalashda avtoritar san’at va uning namunalaridan foydalanish ham tarbiya jarayoni
mazmunida turli-tuman shakllarda o‘z aksini topmog‘i lozim. Zero, aynan yuksak saviyada,
professional darajada haqiqiy usta san’atkor tomonidan ijro etilgan asar, bizning misolimizda
xalq qo‘shig‘i ta’sirchan vosita hisoblanadi.

Shu tariqa xalqimizning o‘tmishi va hozirgi hayotidan tegishli tasavvur berishi mumkin

bo‘lgan mashg‘ulotlar mazmunini, shakl va metodlarini begilash mumkin bo‘ladi. Buning uchun
ijodiy jamoa har jihatdan tayyorlangan va puxta zaminga ega bo‘lishi lozim.

Folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yishda ulardan foydalanish

mexanizmini ishlab chiqish, folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega
namunalaridan o‘rinli foydalanish va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan repertuar yaratish
orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini asoslash borasidagi umumiy xulosalar
quyidagicha bo‘ldi:

- Xalqimizning badiiy-musiqiy merosida tarbiyaviy ta’sirchan, yuksak san’at namunasi

bo‘lgan qo‘shiqlar serob. Ular ko‘p asrlardan beri yillar sinovidan o‘tib, turli avlod vakillariga
xizmat qilib kelyapti. SHunday bo‘lsa-da, ulardan o‘z o‘rnida foydalanish lozim.

- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ma’lum me’yorga amal qilish. Bunda qatnashchilarning

musiqiy tayyorgarliklari, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olish lozim.

- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ularning turlarini e’tiborda tutish, ularning ijro uslubi,

yo‘li, an’analari, kompozitsion qurilishi va nazariy xususiyatlarini e’tiborda tutish.

- Qo‘shiqchilik san’ati borasida respublikamizning mahalliy ijrochilik uslublariga tegishli

nazariy va amaliy ma’lumotlarni unutmaslik.

- Tarixiy, mumtoz, maqom qo‘shiqlari bilan bir qatorda xalq musiqasiga asoslanib

yaratilgan zamonaviy bastakorlarning kuy-qo‘shiqlaridan samarali foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.

- Folklor qo‘shiqlarining eng yaxshi namunalarini tinglash bilan ular haqida suhbatlar,

savol-javoblar, munozaralar, taniqli xonanda va xalq hofizlari, badiiy jamoalar bilan
uchrashuvlar, turkumli ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazish orqali qatnashchilar va tinglovchilar
qalbida nafosatga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, “2017-2021 yillarda O‘zbikiston

Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 8 fevral soni va internet resurs; www.lex.uz.
2.

Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T.: FAN, 1993. -56 b.

3.

Ojiza: she’r va dostonlar. /nashrga tayyorlovchi fil. fanl. dokt., prof. S. Ro‘zimboev. – T.,

2003. – 122 b.
4.

Toshmatov O‘. Folklor qo‘shiqlari. –Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

2003.- 50-60 b.
5.

Qo‘chqorov G‘. Folklor qo‘shiqchiligi. –T., 2005.- 48-50 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, “2017-2021 yillarda O‘zbikiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 8 fevral soni va internet resurs; www.lex.uz.

Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T.: FAN, 1993. -56 b.

Ojiza: she’r va dostonlar. /nashrga tayyorlovchi fil. fanl. dokt., prof. S. Ro‘zimboev. – T., 2003. – 122 b.

Toshmatov O‘. Folklor qo‘shiqlari. –Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2003.- 50-60 b.

Qo‘chqorov G‘. Folklor qo‘shiqchiligi. –T., 2005.- 48-50 b.