Авторы

  • Musaffo Aliyeva
    Davlat texnika unversiteti doktoranti
  • Zuhra Nafasova
    Qarshi Davlat texnika unversiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105750

Ключевые слова:

Turizm mehmonxona ekonometrik model turizm sektori ovqatlanish kelajakdagi tendensiyalar bashorat qilish turistlar oqimi mehmonxona bandligi ovqatlanish ximatlari daromadi narx darajasi xizmat sifati indeksi iste’molchilar xarajatlari mintaqaviy yalpi ichki mahsulot.

Аннотация

Ushbu maqola turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmat ko‘rsatishini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Turizm sektori rivojlanishi mehmonxonalardagi umumiy ovqatlanish xizmatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu xizmatlarning samaradorligini oshirish va kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish uchun ekonometrik modellar qo‘llaniladi. Ekonometrik modellarni yaratishda quyidagi asosiy o‘zgaruvchilar hisobga olinadi. Turistlar oqimi, mehmonxona bandligi,  ovqatlanish xizmatlari daromadi,  narx darajasi, xizmat sifati indeksi, iste’molchilar xarajatlari va mintaqaviy yalpi ichki mahsulot shular jumlasidan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

TURIZM VA MEHMONXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY

OVQATLANISH XIZMATLARINING O‘ZIGA XOS RIVOJLANISH

XUSUSIYATLARI

Aliyeva Musaffo G‘ayrat qizi

Davlat texnika unversiteti doktoranti

musaffo1414@gmail.com +998907220014

ORCID 0000-0003-1886-2920

Nafasova Zuhra Alijon qizi

Qarshi Davlat texnika unversiteti talabasi

E-mail: nafasovazuhra0@gmail.com +998919561224

https://doi.org/10.5281/zenodo.15631014

Annotatsiya.

Ushbu maqola turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmat

ko‘rsatishini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Turizm sektori rivojlanishi mehmonxonalardagi
umumiy ovqatlanish xizmatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu xizmatlarning
samaradorligini oshirish va kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish uchun ekonometrik
modellar qo‘llaniladi. Ekonometrik modellarni yaratishda quyidagi asosiy o‘zgaruvchilar
hisobga olinadi. Turistlar oqimi, mehmonxona bandligi, ovqatlanish xizmatlari daromadi, narx
darajasi, xizmat sifati indeksi, iste’molchilar xarajatlari va mintaqaviy yalpi ichki mahsulot
shular jumlasidan.

Kalit so‘zlar:

Turizm, mehmonxona, ekonometrik, model, turizm sektori, ovqatlanish,

kelajakdagi tendensiyalar, bashorat qilish, turistlar oqimi, mehmonxona bandligi, ovqatlanish
ximatlari daromadi, narx darajasi, xizmat sifati indeksi, iste’molchilar xarajatlari, mintaqaviy
yalpi ichki mahsulot.

Kirish

Xorijiy olimlarning tadqiqotlarida mehmonxona bozorining rivojlanish tendensiyalarini

guruhlarga ajratishlar uchraydi. Bu tendensiyalar turlicha sondagi guruhlarga ajratilgan.
Turizmni rivojlantirish fonida har bir geografik kenglik bo‘yicha, xususan mehmonxona hamda
umumiy ovqatlanish faoliyatini tashkil etishning asosan to‘rtta modeli farqlab beriladi. Bularga
Yevropa modeli, Osiyo modeli, Amerika modeli, Sharq-Yevropa modeli kiritiladi . Jumladan,
Osiyo modelida rivojlanish tendensiyasining asosiy belgilarining shakllanishida qulay
joylashuv, xizmat ko‘rsatish maydonining kengligi-infratuzilma omili, tashqi dizayn va o‘zgacha
kriativ yondoshuvlar – ijtimoiy omil, xizmat ko‘rsatish va qo‘shimcha xizmatlar kam xarajatlilik
omillarini alohida ajratib o‘tadilar.

Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish uchun xizmatlar sohasidan biri bo‘lgan Eng avvalo

turizm mamlakatlarni rivojlanishida katta o‘rin egallaydi. Turizm odamlarning doimiy
turizmidan tashqariga vaqtincha sayohat qilishi va u yerda ma’lum bir muddat qolib dam olishi,
ya’ni joylarni kashf etishi, madaniyat va tabiatdan bahramand bo‘lishdir. Turizm
iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga,
ya’ni ish o‘rinlari yaratishiga va xalqaro aloqalarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

Mamlakatlar uchun turizmning ahamiyat juda katta. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga

katta daromad keltiradi, madaniy almashinuvni rivojlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va
hududlarning infratuzilmasini rivojlantiradi.O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega
bo‘lib, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar, Chimyon tog‘lari, Orol dengizi va boshqa
diqqatga sazovor joylari bilan sayyohlarni jalb etadi.Undan tashqari turizm industriyasi jahon


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

91

xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad
keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi.Turizm sohasi bizda ham yaxshi rivojlanmoqda.
O‘zbekistonda tarixiy yodgorliklar, ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod
etilgan obidalar, muqaddas qadamjolar kabi 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari
mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu sababli, keyingi yillarda
davlatimiz tomonidan mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab normativ–huquqiy
hujjatlar qabul qilinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport

va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida, gi PF-6199 sonli Farmoniga binoan Turizm va sport vazirligi huzurida
Madaniy meros agentligi tashkil etildi.

Moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib

qilish davlat reystri, elektron katalogi, davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan chegaralarini
belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish kabilar agentlikning asosiy vazifalari
sifatida belgilanganligi mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni yanada rivojlantirishga oid
tizimli ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib borish muhim. Shunday qilib, tarixiy-madaniy
turizmning hozirgi holatini, uni rivojlantirish istiqbollarini va milliy iqtisodiyotga ta’sirini tahlil
qilish dolzarbdir.

Bunda eng avvalo “tarixiy-madaniy turizm, tushunchasining mazmunini aniqlash

lozimdir. Misol qilib Qashqadaryo viloyatida olib borilyotgan tarixiy-madaniy turizmning
rivojlantirish borasida sa’y harakatlar qilinmoqda. Jumladan turizmning rivojlantirish uchun
dam oladigan maskanlar sonini yanada oshirish, mehmonxonalar esa talabga javob beradigan
bo‘lishi lozim. Qashqadaryo viloyatida ham turistlarni o‘ziga jalb qiladigan diqqatga sazovor
tarixiy obidalar juda ko‘p. Masalan, Oqsaroy”, Ko‘kgumbaz”, Amir Temur” g‘ori kabi bir qancha
vaqtlar sinovidan o‘tgan tarixiy obidalar mavjud. Biz Qashqadaryodagi diqqatga sazovor joylar
haqida qancha suxbat qilsak ham oxiriga yeta olmaymiz.

Bizningcha mamlakatimizda shaharsozlik infratuzilmasi umumiy ovqatlanish

xizmatlarining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, mintaqadagi mavjud
infratuzilma yashash joy va umumiy ovqatlanish obyektlarining joylashuviga ko‘ra normal
taqsimot zichligiga ega emas. Agar shaharlar misolida qaralsa, shaharlarning ma’lum bir
qismida, aniqlik uchun 35 km dioganalli shaharning 7-8 km qismida, ya’ni umumiy dioganalga
nisbatan 10-12 foizlik radiusda umuman bu kabi obyektlar uchramaydi. Albatta bu bugungi
kunda jadallik bilan olib borilayotgan qo‘rilish loyihalarida e’tibor qaratilishi joiz bo‘lgan
muhim jihatdir.

Turizmni innovatsion rivojlanish tendensiyalari va barqarorligi oshirishda mehmonxona

va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlarida, bugungi davrda sohani
rivojlantirishning ustuvor omillarini 5 ta asosiy komponentini keltirishadi. Jumladan, xududda
mehmonxona va umumiy ovqatlanish obyektlarining optimal fazoviy taqsimotini amalga
oshirish, xududda mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishda
innovatsion texnik-texnologik o‘lchovlarni o‘rnatish, xududda ishlab chiqarish samaradorligini
ta’minlovchi mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etishning optimal
variantlarini ishlab chiqish, turizm va umumiy ovqatlanish xizmatlarini istiqbolli rivojlantirish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

92

strategiyasi darajasida qaror qabul qilish, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarida
boshqarish tizimini takomillashtirish muhim vazifalar ustunidagilar yoziladi

Zamonaviy sharoitda turizm va mehmonxonalarda mehmonxonalarda umumiy

ovqatlanish xizmatini rivojlantirish omillarini aniqlash mexanizmining shakllanish jarayoni
to‘liq ilmiy tadqiqot jarayoni bilan kechadi. Bu еrda muammoning quyilishi aniq maqsad va
vazifalarni keltirib chiqaradi. Ijro usullari vazifalar xarakteriga mos ravishda shakllanadi.
Provardida natijalar asosida muxim omillar ahamiyatlilikga baholanadi. Quyida turizm va
umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishni ekonometrik modellashirish tadqiqotlarida
qaralayotgan ta’sir omillari bilan bog‘liq zamonaviy yondoshuv tasnifiga to‘xtalamiz.

Global bozorga chiqish: Yashil turizmning ommaviylashishi orqali mamlakatning ekologik

turizmni rivojlantirganligi tan olinadi.

Ekologik sertifikatlar va markalar: Yashil iqtisodiyot asosida ishlab chiqilgan turizm

xizmatlari ekologik sertifikatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa brendning ekologik jihatdan
mas’uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.

Milliy turizm brendini shakllantirishda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishning bir

necha yo‘llari mavjud:

Asosan bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mehmonxonalarda milliy taomlar va an’anaviy

oshxona madaniyatini rivojlantirish, sayyohlar uchun eksklyuziv milliy taomlar menyusini
yaratish, taom tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilish, oshpaz va ofitsiantlar
malakasini oshirish, tezkor xizmat ko‘rsatish, mijozlarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish,
elektron menyu va onlayn buyurtma tizimlarini joriy etish va mehmonxona restoranlari uchun
maxsus chegirmalar va aksiyalar tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama yuritish. Bu
yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali turizm sohasidagi umumiy ovqatlanish xizmatlarini
yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lish va mehmonlar uchun
unutilmas gastronomik tajriba yaratish kerak.

Umumiy ovqatlanish xizmati yashash joy xizmat ko‘rsatishga nisbatan ancha yirik xizmat

ko‘rsatish xususiy tarmog‘i hisoblanadi. Asosiy yashash joy va ovqatlanish xizmati hajmining
90 foizdan ortiq qismi aynan ovqatlanish xizmatlari xissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Statistik ma’lumotlarda 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish

xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar soni 28924 taga
teng bo‘lganligi keltiriladi (2.2-jadval). Bu 2010-yilga nisbatan 18816 taga ko‘p, ya’ni
Respublikada so‘ngi o‘n ikki yilda umumiy ovqatlanish xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar sonidagi o‘sish ko‘rsatkichi 2,86 barobarni
tashkil etmoqda. Qashqadaryo viloyatida umumiy ovqatlanish xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar soni 2010-2021-yillar davomida 603 tadan 1409
taga ortib borgan. O‘n ikki yillik o‘sish ko‘rsatkichi 2,34 barobarga teng bo‘lgan yoki 806 taga
ortganligini ko‘rish mumkin (2.2-jadval). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada nisbatan kichik
qiymatlarni kuzatamiz. O‘sishdagi farq 52 foizga kam.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

93

2.2-jadval.
Umumiy ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari

1

Yillar

O‘zbekiston Respublikasi

Qashqadaryo viloyati

Бир ташкилотга
йиллик ташриф

буюрувчилар

сони, минг киши

Umumiy ovqatlanish

xizmatlari bo‘yicha

ko‘rsatkichlar

Umumiy ovqatlanish

xizmatlari bo‘yicha

ko‘rsatkichlar

1

2

3

1

2

3

4

5

2010

10108

10,20

26400,39

603

7,30

754,79

2,61

1,25

2011

10180

12,40

28169,00

618

9,10

939,56

2,77

1,52

2012

11057

14,40

29503,67

680

11,40

925,00

2,67

1,36

2013

11217

15,60

34756,21

715

12,50

1223,60

3,10

1,71

2014

11391

16,50

40530,03

701

14,40

1378,82

3,56

1,97

2015

12418

18,20

45019,34

718

15,40

1788,96

3,63

2,49

2016

13549

19,90 140482,61

681

16,50

9114,24

10,37

13,38

2017

14638

21,70 154444,89

680

18,60

9362,10

10,55

13,77

2018

16210

23,50 182799,15

719

20,40

9169,36

11,28

12,75

2019

18761

28,30 192758,19

812

24,40

10356,56

10,27

12,75

2020

24480

31,50 158438,93

1128

26,70

10432,21

6,47

9,25

2021

28924

34,20 201138,73

1409

28,50

12491,64

6,95

8,87

Bu yerda: 1 – umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlari soni, 2 – bir kishiga o‘rtacha

xizmat ko‘rsatish hajmi, ming so‘mda, 3 – tashrif buyuruvchilar soni, ming kishi, 4 – Respublikada
bir yilda birlik umumiy ovqatlanish korxona yoki tashkilotga tashrif buyuruvchilar o‘rtacha soni,
ming kishi, 5 – viloyatda bir yilda birlik umumiy ovqatlanish korxona yoki tashkilotga tashrif
buyuruvchilar o‘rtacha soni, ming kishi

Respublikada 2010-yilda bir yilda tashrif buyuruvchilar soni 26400,39 ming kishini,

2021-yilda 201138,73 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, viloyatda mos ravishda 754,79 ming
kishidan 12491,6 ming kishiga ortib borgan. Respublikada o‘sish sur’ati so‘ngi yillar dekadasida
681,7 foizni, viloyatda esa 1350,4 foizni tashkil etadi. Bu yerda o‘sish darajalaridagi jiddiy
tafovutni ko‘rishimiz mumkin.

Bir tashkilotga bir yilda tashrif buyuruvchilar soni 2010-yilda Respublikda 2,61 ming,

viloyatda 1,25 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda mos ravishda 6,95 ming hamda 8,87
ming kishiga yetgan. Respublikada o‘rtacha o‘sish sura’ti 109,3 foizga, viloyatda 119,5 foizga
teng. O‘rtada 10 foizlik farq mavjud. Xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar soni Respublikada 2,86
barobarga ortganda, xizmat ko‘rsatilganlar sonidagi o‘sish 2,66 barobarni, viloyatda esa xizmat
ko‘rsatuvchi subyektlar soni 2,34 barobar ortishiga xizmat ko‘rsatilganlar sonining 7,08
barobar o‘sishi mos kelmoqda. Demak, viloyatda sohaning fundamental rivojlanish
ko‘rsatkichlari yaxshi darajada deyish mumkin.

XULOSA

.

Xulosa qilib aytsak turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanishni rivojlantirish

uchun faqatgina ovqat taqdim etish emas, balki sayyohlarga unutilmas gastronomik tajriba
yaratish, milliy taomlarni targ‘ib qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bizning boy

1

O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi

ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

94

tariximiz, shuningdek milliy liboslarimiz, taomlarimiz hamda milliy qadriyatlarimiz bilan ham
do‘stlashishimiz maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ana ushanda turizm sohasida yanada rivojlanish
ko‘rsatgichi yaqqol o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Shunday qilib, xulosa qilar ekanmiz umumiy
ovqatlanish sohasining rivojlanishi turizmning jozibadorligini oshirib, mehmonxona
biznesining daromadliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining, Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat

boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” gi PF-6199-
farmoni.2021-yil 6-aprel.//www.lex.uz
2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Buxoro, Samarqand, Xiva va

Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi 939-son
qarori.23.11.2017-yil.
3.

Дмитриевский. Ю.Д.Туристские районы мира. Смоленск, 2000.224c.

4.

M.G‘.Aliyeva “Эконометрический анализ влияния туристического потока на

развитие услуг общественного питания в гостиничном секторе Узбекистана” Yashil
iqtisodiyot va taraqqiyot 2025-yil, fevral. № 2-son.
5.

Aliyeva, M. (2023). Formation of management system of scientific and technological

development of industrial enterprisesforeign experiences and possibilities of their application
in uzbekistan. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(11 Part 2), 14–
20.
6.

Aliyeva, Musaffo. "Economic management mechanism of innovation processes in

industrial enterprises." International Bulletin of Applied Science and Technology 3 (2023):
287-290.
7.

Yuldashev, S., & Aliyeva, M. (2024). Application of agile management method in the

management of modern enterprises. Академические исследования в современной науке,
3(30), 139–142.
8.

Makhmanazarovna, R. M. (2021). The importance of a synergy approach to teaching an

econometics in the direction of the economy. In international conference on multidisciplinary
research and innovative technologies (Vol. 2, pp. 5-7).
9.

Международный туризм сократился в 2020-году до уровня 1990-

год.http://iqtisodiyot.tsue.uz/
10.

Ршанова, М. М. (2024). Значение педагогических экспериментов в развитии

эконометрических навыков учащихся. Экономика и социум, (3-1 (118)), 836-839.
11.

Karimova, S. (2024). Elektron tijorat platformalarini takomillashtirishda virtual

ekotizimlarning o ‘rni. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 4(4), 26-33.
12.

www.stat.uz–O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.

13.

Karimova, S. (2023). Elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish asosida

samaradorlikni oshirish yo ‘llari. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 3(4), 46-55.
14.

Рахимов, А. (2022). Aholiga turizm va umumiy ovqatlanish xizmatlari rivojida ichki va

yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va
taʼlim, 23(4), 397-402.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining, Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” gi PF-6199-farmoni.2021-yil 6-aprel.//www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi 939-son qarori.23.11.2017-yil.

Дмитриевский. Ю.Д.Туристские районы мира. Смоленск, 2000.224c.

M.G‘.Aliyeva “Эконометрический анализ влияния туристического потока на развитие услуг общественного питания в гостиничном секторе Узбекистана” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot 2025-yil, fevral. № 2-son.

Aliyeva, M. (2023). Formation of management system of scientific and technological development of industrial enterprisesforeign experiences and possibilities of their application in uzbekistan. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(11 Part 2), 14–20.

Aliyeva, Musaffo. "Economic management mechanism of innovation processes in industrial enterprises." International Bulletin of Applied Science and Technology 3 (2023): 287-290.

Yuldashev, S., & Aliyeva, M. (2024). Application of agile management method in the management of modern enterprises. Академические исследования в современной науке, 3(30), 139–142.

Makhmanazarovna, R. M. (2021). The importance of a synergy approach to teaching an econometics in the direction of the economy. In international conference on multidisciplinary research and innovative technologies (Vol. 2, pp. 5-7).

Международный туризм сократился в 2020-году до уровня 1990-год.http://iqtisodiyot.tsue.uz/

Ршанова, М. М. (2024). Значение педагогических экспериментов в развитии эконометрических навыков учащихся. Экономика и социум, (3-1 (118)), 836-839.

Karimova, S. (2024). Elektron tijorat platformalarini takomillashtirishda virtual ekotizimlarning o ‘rni. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 4(4), 26-33.

www.stat.uz–O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.

Karimova, S. (2023). Elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish asosida samaradorlikni oshirish yo ‘llari. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 3(4), 46-55.

Рахимов, А. (2022). Aholiga turizm va umumiy ovqatlanish xizmatlari rivojida ichki va yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va taʼlim, 23(4), 397-402.