Авторы

  • G. Jo‘raboyeva
    FarDU dotsenti,
  • F. Nosirova
    FarDU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105774

Аннотация

O`zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ til boʻlganligi uchun undagi har bir grammatik maʼno ayrim morfemalar bilan ifodalanadi. Biroq ba’zi hollarda ma’lum grammatik formalarda bu qonuniyatga bo`ysunmaslik kuzatiladi. Ya’ni bir grammatik formada ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no birlashib, ma’no sinkretizmi yuzaga chiqadi. Sinkretizm soʻzi yunoncha synkretismus – “birlashish”, “bogʻlanish” degan ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atama sifatida sinkretizm birinchi marta L.Yelmslev tomonidan taklif qilingan. Uning asarida sinkretizm tushunchasi tilning umumiy mulki sifatida keltirilgan. Bir guruh olimlar sinkretizning paydo bo`lishini “tilning tarixiy taraqqiyoti davomida funksional jihatdan turli kategoriya va shakllarning bir shaklga mos kelib qolishi” deb izohlaydilar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

136

SINKRETIZM HODISASI TADQIQI XUSUSIDA

G. Jo‘raboyeva

FarDU dotsenti,

F. Nosirova

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662718

O`zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ til boʻlganligi uchun undagi har bir grammatik

maʼno ayrim morfemalar bilan ifodalanadi. Biroq ba’zi hollarda ma’lum grammatik formalarda
bu qonuniyatga bo`ysunmaslik kuzatiladi. Ya’ni bir grammatik formada ikki yoki undan ortiq
grammatik ma’no birlashib, ma’no sinkretizmi yuzaga chiqadi. Sinkretizm

soʻzi yunoncha

synkretismus

– “birlashish”, “bogʻlanish” degan ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atama sifatida

sinkretizm birinchi marta L.Yelmslev tomonidan taklif qilingan. Uning asarida sinkretizm
tushunchasi tilning umumiy mulki sifatida keltirilgan. Bir guruh olimlar sinkretizning paydo
bo`lishini “tilning tarixiy taraqqiyoti davomida funksional jihatdan turli kategoriya va
shakllarning bir shaklga mos kelib qolishi” deb izohlaydilar.

D.Ganiyevaning qayd etishicha, morfemik sath birliklari ko`p hollarda mazmuniy

sinkretik xususiyatga ega bo`lib, nutqiy jarayonda polifunksional holda voqelanadi. Masalan, -

lar

qo`shimchasi “ko`plik” semasi bilan birga “hurmat” semasini ham ifodalaydi, uning bunday

semalari bilan nutqiy jarayonda ishtirok etishi polifunksionallikni hosil qiladi. Lekin bu affikslar
ifodalagan semalar genetik jihatdan bir-biriga bog`liq bo`lib, birinchi semaning asosiy, ikkinchi
semaning esa ana shu asosiy sema negizida hosil bo`lganligi sezilib turadi [1, 74].

Sh.Rahmatullayev sinkretizmni quyidagicha tahlil qiladi: ayrim morfema-affikslar bir-

biridan ajratib boʻlmaydigan ikki grammatik maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan,
buyruq-istak mayliga xoslangan

-ng

tuslovchisi ayni vaqtda shaxs (ll shaxs), son (birlik)

ma’nolarini ifodalaydi, hozirgi oʻzbek tilida ushbu affiks tarkibini shaxs va son ma’nolarini
ifodalovchi qismlarga ajratib boʻlmaydi. Ana shunday affiksga nisbatan ma’no sinkretizmi
haqida gapiriladi.

Asli I, III shaxsning

-(a)yin, -sin

affikslarini qiyoslasak, oxiridagi

n

qismi mushtarak ekanini

koʻramiz. Tarixan bu affikslardan grammatik son (birlik) ma’nosi

-n

affiksi bilan ifodalangan

koʻrinadi. Demak, bu yerda sinkretik azaliy emas, balki ikki ma’noli qismning bir affiksga
birlashib ketishi kuzatiladi [2, 124].

Turkologlarning ta’kidlashicha, kishilik olmoshi, egalik va shaxs-son qo`shimchalarining

genetik kelib chiqishi bir bo`lib, egalik va shaxs-sondagi grammatik shakllar kishilik
olmoshlaridan rivojlangan. Kishilik olmoshining I va II shaxs birlik va ko`plik formalari ham bir
o`zakdan yuzaga kelgan, ya’ni ularning o`zagi

bi, si

formasida bo`lgan, tarkibidagi

-n

tovushi

birlikni,

-z

tovushi esa ko`plikni ifodalagan [3, 4].

Dastlabki davrlarda shaxs-son ma’nolari kishilik olmoshlari orqali yuzaga chiqqan:

men

barduq

(men bordim),

sen barduq

(sen bording),

ul barduq

(u bordi) kabi. Keyinchalik kishilik

olmoshlari fe’ldan keyin ham keltiriladigan bo`ldi:

men barduq men

(men bordim),

sen barduq

sen

(sen bording).

Bunda shaxs-son ma’nosini ifodalash uchun kishilik olmoshlarini ikki marta

keltirishga zarurat bo`lmay qolgan. Fe’l oldidagi olmosh tushirilib, keyingisi saqlanib qolgan va
u bora-bora shaxs-son ko`rsatkichi sifatida tasavvur qilingan:

barduq men

(bordim),

barduq

sen

(bording). Shaxs-son affikslarining qisqargan formalari ham mazkur to`la formalari asosida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

137

bo`lib, ayrim shaxslarda shaxs-son affiksining boshlang’ich tovushi, ayrimlarida esa oxirgi
tovush saqlangan:

barduq

m

en > bardi

m,

barduq se

n

> bardi

n

[3, 136-137]

.

Shuningdek, bu haqida fikr yuritgan mutaxasislar I shaxs ko`plik ko`rsatkichi

-q/-k

(bardiq, keldik) esa qadimgi ot turkumidagi so`zlardan ko`plik (ikkilik) formasini yasovchi
affiks bo`lib (dudoq, quloq), uning kishilik olmoshlariga aloqasi yo`qligini ta’kidlaydilar [3,
137].

Demak, egalik va shaxs-son qo’shimchalaridagi ham shaxs, ham son ma’nosining

sinkretiklashuvi yuqoridagi kabi tarixiy taraqqiyot mahsulidir.

Fe’lning kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlarida ham sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta

moddiy ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi:

o‘qiy, ketaylik, keldi.

Bu qo‘shimchalar

-y, -

aylik, -di

,

-sa

(bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud:

Oqi!

)ning har

birida tasdiq-inkor, mayl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega [5,
342]. Jumladan,

-aylik

buyruq-istak mayli qo’shimchasi tarkibidagi

-k (-li

k

)

affiksi tarixan I

shaxs, ko’plikka ishora qiladi, -ay (-y) formasida esa kelasi zamon ma’nosi ifodalangan, fe’lning
bo`lishlilik (tasdiq) ma’nosi nol forma orqali yuzaga chiqqan.

Shu o`rinda ta’kidlash kerakki, turkologiyaga oid adabiyotlarda

-ay (-g`ay/-gäy/-qay/-

käy)

formasi ko`p ma’noli bo`lganligi (tarkibida ham kelasi zamon, ham istak mayli ma’nosi

mavjud) va shu sababdan ilmiy adabiyotlarda bu forma har xil nomlar bilan atalib kelinayotgani
qayd etiladi: kelasi zamon fe’li, istak mayli, kelasi zamon istak fe’li, hozirgi-kelasi zamon istak
formasi, qadimgi kelasi zamon fe’li kabi [3, 183].

Turkiy tillarda, bundan tashqari, so`zlarning tarixiy taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan

turkum sinkretizmi hodisasi ham mavjud. E.V.Sevortyan tomonidan “fe’l-ot asoslar” deb
nomlangan bu hodisa boshlang`ich davrlarda bir bo`g`inli leksik asosning ayni bir lug`aviy
ma’noga ega bo`lgani holda ism (ot) sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi.
E.V.Sevortyan o`z qarashlarida “fe’l-ot omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar” terminlarini
qo’llagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizm” deb qarash
to`g`riroq ekanligini e’tirof etgan [6, 32-40]. Hozirgi o`zbek tilidagi

qari

“keksa” va “qarimoq”;

tot

(ovqatning toti) “ta’m”, “maza” vа “ta’mini bilmoq”;

ko`ch

“ko`chish uchun hozirlangan

narsalar” vа “ko`chmoq”;

boy

“boyligi ko`p” vа “boyimoq”;

shish

(qo`lning shishi) “yara” va

“shishmoq”;

to`y

“to`yda o`ynamoq” va “to`ymoq”;

yuq

“yopishib qolgan qoldiq” va “qoldiq

sifatida yopishmoq, yuqmoq” ma’nolarida qo’llanadi. Demak, qadimgi davrlarda asos (o`zak)lar
hozirgi kabi fe’l va otlarga izchil ajratilmagan va ular fe’l-ot sinkretizmining bugungacha
saqlanib qolgan “ibtidoiy rilekt” – qoldiqlari hisoblanadi. Keyinchalik leksemalardagi bunday
turkum sinkretizmining yo`qolishi natijasida tilda omoleksemalar yuzaga kelgan.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, hozirgi o`zbek tilida sinkretizm hodisasi tilning tarixiy

taraqqiyoti davomida grammatik formalarning o`zgarishi, qisqarishi yoki ma’noviy siljishi
natijasida ularning ma’nosi bir shaklga mos kelib qolishi, ya’ni qorishiqligida ko`rinadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ганиева Д. Турли тизимдаги тилларга мансуб феълларда синкретизм ва

полифункционаллик: Филол. фан. док. ... дисс. автореф. – Фарғона, 2022.
2.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

138

3.

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1973.
4.

Абдураҳмонов Н. Қадимги туркий тил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989.

5.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent, 2009.

6.

Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков. – Москва: Наука, 1974.

Библиографические ссылки

Ганиева Д. Турли тизимдаги тилларга мансуб феълларда синкретизм ва полифункционаллик: Филол. фан. док. ... дисс. автореф. – Фарғона, 2022.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973.

Абдураҳмонов Н. Қадимги туркий тил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent, 2009.

Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков. – Москва: Наука, 1974.