Авторы

  • Zafarjon Tuxtasinov
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105775

Аннотация

Mahallalarda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bugungi kunda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlik, bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish hamda hududlararo tafovutlarni kamaytirish nuqtai nazaridan ham muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Iqtisodiyotning bu ikki yo‘nalishi ayniqsa mahalliy darajada iqtisodiy faollikni oshirish, aholining bo‘sh resurslaridan samarali foydalanish va milliy madaniyatni saqlab qolish bilan bog‘liq holda alohida ilmiy tahlilni talab qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

132

FARGʻONA VODIYSI MAHALLALARIDA TADBIRKORLIKNI VA

HUNARMADCHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Tuxtasinov Zafarjon Odiljonovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662620

Mahallalarda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bugungi kunda nafaqat

iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlik, bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish
hamda hududlararo tafovutlarni kamaytirish nuqtai nazaridan ham muhim masalalardan
biriga aylanmoqda. Iqtisodiyotning bu ikki yo‘nalishi ayniqsa mahalliy darajada iqtisodiy
faollikni oshirish, aholining bo‘sh resurslaridan samarali foydalanish va milliy madaniyatni
saqlab qolish bilan bog‘liq holda alohida ilmiy tahlilni talab qiladi.

Mahalliy darajadagi tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati aholining bandligini

ta’minlash, ijtimoiy tenglik va iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishda muhim vosita sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan hududlarda hunarmandchilik va kichik biznesni
rivojlantirish orqali mahalla iqtisodiyotini jonlantirish, ishsizlikni kamaytirish va mahalliy
resurslardan samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Bu esa mavjud boshqaruv tizimini
zamon talablari asosida takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari,
moliyalashtirishning cheklanganligi, biznes bilimlari va koʻnikmalarining etishmasligi va
mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan samarali menejment strategiyalariga ehtiyoj kabi
muammolar saqlanib qolmoqda.

Hunarmandchilikni rivojlantirish chora-tadbirlarida mahallalar aholisi, xususan ayollar,

kam ta’minlanganlar va yoshlar faol jalb qilinishi belgilangan. “Usta-shogird” maktablari tashkil
etilib, hunarmandlarni uyushmalarga integratsiya qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

Fargʻona vodiysi mahallalarida tadbirkorlik va hunarmandchilikning rivoji iqtisodiy va

madaniy potensialni birlashtirganda uzluksiz o‘sishga yo‘l ochadi. Mahalla qo‘llab-quvvatlashi,
imtiyozli kreditlar, logistik infratuzilma, usta-shogird yo‘nalishlari va turizm mexanizmlari
bilan kengaytirilmoqda, shu asosida iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy hayot sifati, ish o‘rinlari va
eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz

ro‘yxatga olingan xo‘jalik subyektlari soni 63 946 tani tashkil etdi. Shundan 34 302 tasi faoliyat
yuritayotgan, qolgan 29 644 tasi esa iqtisodiy faol emas. Bu holat – umumiy subyektlarning 46,3
foizi – iqtisodiy muhitdagi muammolar, moliyaviy cheklovlar yoki tartibga solish yuklari bilan
bog‘liq. Yil boshidan 6153 ta yangi subyekt tashkil etilgan, 2808 tasi tugatilgan bo‘lib, ijobiy
o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda.

Farg‘ona shahri, Marg‘ilon, Qo‘qon, Oltiariq va Uchko‘prik hududlari iqtisodiy faolligi

yuqori joylar sirasiga kiradi. Biroq ayrim tumanlarda, xususan, Dang‘ara va Toshloqda, faoliyat
ko‘rsatmayotgan subyektlar ustunlik qilmoqda. Bu esa mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash va barqaror biznes muhitini yaratish zarurligini ko‘rsatadi.

Farg‘ona viloyatida 2025 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz

faoliyat yuritayotgan subyektlar soni 34 302 tani tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich viloyatdagi
kichik biznes va tadbirkorlik sektorining yuqori darajada faol ekanligini ko‘rsatadi. Tahlil shuni
ko‘rsatadiki, faoliyat turlari bo‘yicha eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri keladi – 11 641 ta
subyekt yoki jami subyektlarning qariyb 34 foizi shu yo‘nalishda ishlamoqda. Bu holat Farg‘ona
viloyati iqtisodiy tizimida savdo faoliyatining yetakchi sektor ekanligini tasdiqlaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

Shuningdek, sanoat (5615 ta subyekt), boshqa turdagi xizmatlar (8791 ta), qurilish (2061 ta)
va yashash hamda ovqatlanish xizmatlari (1850 ta) sohalari ham salmoqli o‘rin tutmoqda.

Hududlar kesimida Farg‘ona shahri eng ko‘p faol subyektga ega bo‘lib, jami 6057 ta

korxona bu yerda faoliyat yuritmoqda. Ushbu subyektlarning asosiy qismi savdo (1658 ta),
sanoat (652 ta) va boshqa xizmatlar (1861 ta) sohalarida to‘plangan. Bu ko‘rsatkich Farg‘ona
shahrining markaziy iqtisodiy hudud sifatidagi rolini tasdiqlaydi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sektori – ayniqsa yashash va ovqatlanish (487 ta) hamda axborot va aloqa (180 ta) sohalarining
ham jadal rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Ikkinchi o‘rinda Qo‘qon shahri (3511 ta subyekt)
turadi. Qo‘qonda ham savdo eng ko‘p rivojlangan yo‘nalish bo‘lib (1300 ta), undan so‘ng sanoat
(648 ta) va boshqa xizmatlar (857 ta) keladi. Marg‘ilon shahri ham yuqori iqtisodiy faollikka
ega bo‘lib, 2639 ta subyekt faoliyat yuritmoqda. Bu shaharlar viloyat iqtisodiyoti va tadbirkorlik
infratuzilmasining asosiy tayanch nuqtalaridir.

Tumanlar kesimida esa eng faol hududlar qatorida Uchko‘prik (1744 ta), Farg‘ona tumani

(1558 ta), O‘zbekiston tumani (1518 ta) va Quva tumani (1524 ta) ajralib turadi. Uchko‘prik
tumanida sanoat sohasi (449 ta subyekt) va savdo (635 ta) asosiy yo‘nalish sifatida ajralib
turadi. Quva va O‘zbekiston tumanlarida esa xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalaridagi
subyektlar nisbatan ko‘proq. Bu tumanlarda iqtisodiy faoliyatning sektoral diversifikatsiyasi
ko‘zga tashlanadi. So‘x tumani esa o‘ziga xos iqtisodiy holatga ega: 983 ta subyekt faoliyat
yuritadi, ular orasida qishloq xo‘jaligi (102 ta) va savdo (372 ta) sohalariga e’tibor yuqori. Bu
tuman geografik jihatdan chekka hudud bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy faollik borligini
ko‘rsatadi.

Savdo sohasidagi subyektlar soni barcha tuman va shaharlar kesimida yetakchi o‘rinda

bo‘lib, bu hududlarning bozor infratuzilmasi, logistika imkoniyatlari va ichki iste’mol talabining
yuqoriligini ko‘rsatadi. Sanoat sohasida esa ayniqsa Farg‘ona shahri, Qo‘qon, Marg‘ilon va
Uchko‘prik tumanlari ajralib turadi. Qurilish sektori ham yirik shaharlarda nisbatan yuqori
bo‘lib, bu joylarda infratuzilmaviy rivojlanish davom etayotganini bildiradi. Yashash va
ovqatlanish xizmatlari ham yirik urbanizatsiyalashgan hududlarda ko‘proq bo‘lib, bu
hududlarning aholi zichligi, turizm va savdo markazlariga yaqinligi bilan izohlanadi.

Hududlar kesimida Farg‘ona shahri, Qo‘qon, Marg‘ilon va Quvasoyda faoliyatdan chiqqan

subyektlar soni yuqori. Ayniqsa savdo va sanoat sohalarida to‘xtashlar ko‘p. Tumanlar orasida
Buvayda, Dang‘ara, Toshloq, O‘zbekiston va Uchko‘prikda faoliyatsizlik keng tarqalgan bo‘lib,
bu hududlarda iqtisodiy faollik pastligi yoki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarining sustligi seziladi. So‘x va Yozyovon esa nisbatan barqarorroq hududlar
sirasiga kiradi. Umuman olganda, viloyatda kichik biznesni tiklash, faoliyatsiz subyektlarga
zarur infratuzilmaviy va institutsional sharoitlar yaratish dolzarb ahamiyatga ega.

Hududlar kesimida Farg‘ona shahri yangi tashkil etilgan subyektlar soni bo‘yicha

yetakchilik qilmoqda – 1013 ta yangi subyekt faoliyat boshlagan. Bu subyektlarning asosiy
qismi savdo (376 ta), sanoat (114 ta) va boshqa xizmatlar (193 ta) yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Bu shahar markaziy iqtisodiy markaz sifatida tashabbuskorlik va biznes yuritish uchun qulay
infratuzilma va iste’mol bozori mavjudligini ko‘rsatadi. Undan keyingi o‘rinda Qo‘qon shahri
(521 ta), Marg‘ilon (424 ta) va Quvasoy (279 ta) shaharlaridir. Ushbu shaharlar ham savdo va
sanoat sohalarida yuqori iqtisodiy faollikka ega bo‘lib, buning sababi yuqori urbanizatsiya
darajasi, transport yo‘llariga yaqinlik va mavjud iqtisodiy muhitning ko‘p tarmoqliligi bilan
izohlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

Tumanlar ichida eng yuqori o‘sish Yozyovon tumaniga to‘g‘ri keladi – bu yerda yil

boshidan 331 ta yangi subyekt tashkil etilgan. Ayniqsa savdo (210 ta) va qishloq xo‘jaligi (39
ta) sohalarida sezilarli faollik kuzatilgan. Bu tuman qishloq xo‘jaligiga yaqinligi va iste’mol
bozorlari bilan bog‘liqligi sababli savdo-sanoat yo‘nalishining parallel o‘sishini ko‘rsatadi.
Oltiariq (355 ta), Uchko‘prik (283 ta), Quva (287 ta) va Rishton (312 ta) tumanlari ham yangi
subyektlar soni bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi. Bu tumanlarda qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo
va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ixtisoslashuv kuzatiladi. Masalan, Quva tumanida yangi
ochilgan subyektlarning 54 tasi qishloq xo‘jaligi, 62 tasi esa sanoat yo‘nalishida faoliyat
boshlagan. Shu bilan birga, Bag‘dod, Dang‘ara, O‘zbekiston va Farg‘ona tumanlarida ham yangi
subyektlar soni nisbatan muvozanatli taqsimlangan bo‘lib, bu hududlarda ham iqtisodiy
barqarorlik va ijtimoiy faoliyatning nisbatan yuqoriligidan dalolat beradi.

E’tiborga molik jihati shundaki, yangi tashkil etilgan subyektlar sonining umumiy

raqamlaridan tashqari ularning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti ham strategik ahamiyatga ega.
Sanoat sohasida, masalan, Farg‘ona shahri (114 ta), Marg‘ilon (108 ta), Qo‘qon (94 ta) va
Rishton (80 ta) hududlari yetakchi bo‘lib, bu joylarda ishlab chiqarish infratuzilmasi va ishchi
kuchi salohiyati nisbatan yuqoriligi bilan bog‘liq. Qurilish sohasi bo‘yicha esa Farg‘ona shahri
(71 ta), Qo‘qon (22 ta), Yozyovon (16 ta) va Bag‘dod (18 ta) tumanlari ajralib turadi, bu esa u
yerdagi ko‘chmas mulk bozori, infratuzilmaviy rivojlanish va qurilish buyurtmalarining
yuqoriligini anglatadi. Axborot va aloqa yo‘nalishida esa Farg‘ona shahri (43 ta), Marg‘ilon (24
ta) va Qo‘qon (20 ta) peshqadam, bu esa raqamli xizmatlar va axborot texnologiyalarining
markaziy shaharlar orqali kengayib borayotganini bildiradi.

2020–2025-yillarda Farg‘ona viloyatining Rishton tumani mahallalari bo‘yicha

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan ustoz va shogirdlar soni tahlili, tumanda
hunarmandchilik sohasining barqaror va dinamik rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Umumiy
hisobda, 2020-yilda 636 nafar ustoz va shogirdlar uyushmaga a’zo bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga
kelib bu ko‘rsatkich 965 nafarga, 2025-yilga esa 998 nafarga yetgan. Ushbu o‘sish tendensiyasi
tuman miqyosida hunarmandchilik faoliyatining kengayib borayotganini, aholi bandligi va
iqtisodiy faollikning ushbu noan’anaviy, lekin an’anaviy soha orqali mustahkamlanayotganini
anglatadi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, korxona yoki kichik tadbirkorlik subyektining bankrot

yoqasiga kelib qolishi yoki tugatilib ketishiga tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatiga olingan
kundan boshlab, soliqqa tortilishi, imtiyoz berilmasligi, yil yakuniga qadar hali faoliyatini toʻliq
ishga tushirmagan yoki foyda olishga ulgurmagan yangi tadbirkorga yillik soliq yuki
belgilanishi kichik tadbirkor foliyatiga jiddiy taʼsir qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagilar tavsiya etiladi:

-

Har bir tuman-shaharlarda har chorak yakuni boʻyicha yangi tashkil etilgan va faoliyati

tugatilgan xoʻjalik subyektlari monitoringi tahlil qilish va mahalliy Kengashlarda tahliliy
eshituvlarni yoʻlga qoʻyish;

-

Yangi tashkil etilgan korxonalarga kredit taʼminoti yetarli boʻlgan taqdirda kamida 3-5 yil

muddatga aylanma mablagʻini shakllantirish uchun kredit ajratishni yanada jadallashtirish.

-

Yangi faoliyatini tashkil etgan xoʻjalik subyektlari uchun elektr energiya va gaz uchun

oldindan toʻlov qilishni yengillashtirish, agar faoliyatini 3 yildan kam muddatda tugatganda
butun davri uchun qayta hisob qilish tizimini joriy qilish.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

-

Mahalla “yettiligi”, ayniqsa hokim yordamchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi

korxonalarni alohida reestrini shakllantirish, sunʼiy koʻrsatkichlarni kamaytirish uchun
ularning faoliyati barqarorligi boʻyicha uzoq muddatli (3-5 yil) mustaqil monitoring
mexanizmlarini joriy etish va raqamli tahlil platformalarini yanada faolllashtirish;

-

tadbirkorlik subyektlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qilgan murojaatlari

natijasini nazoratga olishni mahalliy Kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining
reestriga kiritish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sharifxoʻjayev M., Abdullayev Yo. Menejment. Darslik. –T.: 2003. -37 b.;

2.

Gʻulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. –T.: 2002. -256 b.;

3.

Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S. va boshqalar. Kichik biznesni boshqarish. –T.: 2003. –258

b.;
4.

Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish.: iqt.fan.dok…diss. -T. OʻzBMA. 2017. – 274 b.;
5.

Alimatova D.S. Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb

etishni takomillashtirish.: i.f.d. diss. avtoref. -T.: TMI. 2018. – 77 b.;
6.

Ibragimova M.M. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tarkibiy oʻzgarishlar

asosida samaradorligini oshirish. i.f.b.f.d. diss. avtoref.-T.TDIU. 2018. – 54 b.

Библиографические ссылки

Sharifxoʻjayev M., Abdullayev Yo. Menejment. Darslik. –T.: 2003. -37 b.;

Gʻulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. –T.: 2002. -256 b.;

Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S. va boshqalar. Kichik biznesni boshqarish. –T.: 2003. –258 b.;

Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish.: iqt.fan.dok…diss. -T. OʻzBMA. 2017. – 274 b.;

Alimatova D.S. Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish.: i.f.d. diss. avtoref. -T.: TMI. 2018. – 77 b.;

Ibragimova M.M. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tarkibiy oʻzgarishlar asosida samaradorligini oshirish. i.f.b.f.d. diss. avtoref.-T.TDIU. 2018. – 54 b.