ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
108
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI MISOLIDA XALQARO TURIZMNI
RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI OMILLARNI TAHLILIY O‘RGANISH
Toshbekov Abduvohid Mahmud o’gli
Xalqaro Nordik Unversiteti
Magistratura talabasi
abduvohid01toshbekov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15657917
Bugungi kunga kelib turizm jahon mamlakatlari xizmat ko‘rsatish sohasining eng katta
sektorlaridan biriga aylangan sharoitida turizm sohasi rivoji mamlakatlar iqtisodiyotini, siyosiy
nufuzining ortib borishiga koʻra jahon iqtisodiyotida turizmning drayver soha sifatidagi
maqomi yanada ortib bormoqda. “Jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 6,0%, yalpi
investitsiyalaridagi ulushi 7,0%, yaratilayotgan ish joylarining 10% hamda jahonda ishlab
chiqarilgan xizmatlar hajmining 10 % turizm sohasining hissasiga toʻgʻri kelmoqda”. Ayni
paytda, jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft gaz ishlab
chiqarish sanoatidan keyin 3-o‘rinni egallaydi. 2019-yilgacha boʻlgan oʻn yilliklarda turizm
vaqti-vaqti bilan sodir boʻladigan zarbalarga qaramay kengayish va diversifikatsiyani davom
ettirdi va eng yiriklaridan biriga aylandi.Bu tarmoq dunyodagi eng tez rivojlanayotgan
iqtisodiyot tarmoqlardan biri edi. 2020-yildan boshlangan COVID-19 pandemiyasi sabab
boʻlgan jiddiy tanazzuldan soʻng xalqaro turizm 2023 yilga kelib qayta tiklandi va o’z rolini
tikladi.Mamlakatlar iqtisodiy o'sish va ish o'rinlarini yaratishning asosiy mexanizmi
bo‘ldi.Hozirgi kunda turizm sohasini ham global, ham hududiy, sifat-miqdor jihatdan samarali
rivojlanishini taʼminlashda turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda.
So’ngi yillarda turizm nafaqat milliy iqtisodiyotning drayveri, balki davlatlar o‘rtasidagi
iqtisodiy diplomatiyaning muhim vositasiga aylanmoqda. Turizm orqali mamlakatlar tashqi
siyosiy va iqtisodiy maqsadlariga “yumshoq ta’sir” bilan erishishni boshladilar. Keyingi yillarda
O‘zbekistonda turizm soha rivojlantirish, shu jumladan, imkon qadar qulaylik yaratish,
tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash
va jahon bozorida milliy turistik mahsulotni faol tanitib borish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Tizimli ishlar turistlar oqimini oshirish, infratuzilmani
modernizatsiyalash, viza rejimini erkinlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishishga
muvaffaq bo‘lindi.
Turizmning rivojlanishiga ta’sir etish tavsifiga binoan barcha omillar uch guruhga
bo‘linadi: ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari.
Turistik faoliyatning ekstensiv omillariga quyidagilar kiradi:
• Turistik firmalar va ularda ishlovchi xodimlar sonining o‘sishi;
• Turizmga jalb etiluvchi moddiy resurslar, joylashtirish, tashish vositalari, ovqatlantirish
korxonalari
miqdorining
turistlarga
xizmat
ko‘rsatish
texnologiyalarni
kuchli
takomillashtirmagan holda oshirilishi.
Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari o‘z ichiga sifatiy yangilanishning quyidagi
omillarini oladi:
• Xodimlar malakasini oshirish;
• Ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini — xizmat sifatini oshirish, turistik resurslardan
ratsional foydalanish, turizmda informatsion-texnik vositalardan foydalanishni tatbiq etish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
109
Turizmni rivojlantirishni cheklovchi salbiy omillariga quyidagilar kiradi: siyosiy va
moliyaviy beqarorlik, kriminogen vaziyat, tabiiy ofatlar. Hozirgi jamiyatda turizmning
rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar xizmat qiladi. Buni biz
Yevropa, Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari xususan BAA misolida ko‘rib chiqishimiz
mumkin.
Birlashgan Arab Amirliklari ko‘plab o‘ziga xos jihatlari bilan boshqa arab
mamlakatlaridan ajralib turadi. BAA eng boy arab mamlakatlarining biri bo‘lib, ulkan cho‘lu
biyobonlar ichida oazis bo‘lib ko‘rinadi. Mamlakatning poytaxti Abu Dabi amirligi bo‘lsada,
lekin turistlarni Dubay amirligi o‘ziga jalb etadi. Ushbu shaharning diqqatga sazovor joylari
turli ommaviy axborot vositalari orqali juda ham yaxshi reklama qilinadi. Hozirgi kunda biror
bir shahar Dubay bilan tenglasha olmaydi. Yuqori tezlikda qurilayotgan turli xil ko‘rinishdagi
arxitektura binolari amirlikni cho‘l ichida zamonaviy megapolisga aylantirdi.
BAA bugungi kunda turizm markazlaridan biriga aylanishiga va amirliklarda
turizm sanoatining rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
–Geografik jihatdan qulay yerda joylashganligi;
–Mavsumiy qulay iqlim sharoiti;
–Yuqori darajada infrastrukturaning rivojlanganligi;
Oldingi paytlardan buyon BAA g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga olib boruvchi
asosiy yo‘llarning chorrahasi bo‘lib hisoblanadi. BAA - Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalaridan
bir xil uzoqlikda joylashgan. Lekin turistlarni jalb qilish uchun birgina qulay geografik
sharoitning mavjudligi etarli bo‘lmaydi. Turizm sanoatining rivojlanishiga birinchilardan bo‘lib
Dubay amirligi mablag‘lar ajratgan. Ayniqsa neft bumi davrida hukumat neft dollarlarini
infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirgan. Loydan qilingan uylarning o‘rniga zamonaviy
binolar, mehmonxonalar, banklar, bolalar uchun ko‘ngilochar markazlar qurila boshlandi. Juda
ham katta mablag‘larning jiddiy va uzoqqa mo‘ljallangan loyihalarga kiritilishi BAAni XXI asrda
katta siljishlar bilan rivojlanib ketishiga olib kelgan.
BAAning eng mashhur shaharlaridan biri Dubay shahri bir qancha diqqatga sazovor
joylari bilan yildan yilga turistlarning katta oqimini jalb qilib kelmoqda.
- Dunyodagi eng katta bino – Burj–Xalifa. Hozirgi kunda ushbu imorat jahondagi eng
baland inshootlar reytingida 1-o‘rinni egallaydi. Balandligi 828 metrni tashkil etadi. Ushbu bino
“shahar ichidagi shahar” tarzida loyihalashtirilgan. Ajoyib arxitektura loyihasining muallifi
amerikalik arxitektur Edrian Smit bo‘lgan.
- Sky Dubay chang‘i kurorti. Oddiy inson uchun yil bo‘yi quyosh charaqlab turadigan issiq
mintaqada chang‘i kurortining bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Dubay shahri uchun ilojsiz
narsaning o‘zi yo‘q. Eng yirik savdo markazida 22500 kvadrat metr maydonni egallagan chang‘i
kurorti qurilgan. Ushbu chang‘i uchish kompleksi butun yil davomida ishlaydi
- Dunyo arxipelagi. Ushbu ajoyib arxitetura asari ko‘plab kichik sun’iy orolchalardan
iborat. Agarda yuqoridan samolyot orqali arxipelagga qaralsa, dunyo xaritasini ko‘rish
mumkin.
- Palma orollari. Bu orollar Dubay shahriga doimo tashrif buyuradigan turistlar oqimining
ko‘payib borayotganligi uchun, ularni joylashtirish maqsadida qurilgan. Ushbu orollar shakli
jihatidan palmalarni eslatadi.
Butun jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2011- yilda jahonda
turistiq oqimlar 4,4% ga ko‘paydi. 2010-yildagi 940 mln dam oluvchilarga nisbatan 2011-yilda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
110
981 mln kishiga etdi. 2012-yilda xalqaro turizm oqimlari 1 mlrdga etishi bashorat qilingan edi.
Yaqin Sharq mintaqasida 2011-yilgi to‘ntarishlar tufayli bo‘lgan yo‘qotishlar (5% gacha) asta–
sekin o‘z o‘rniga qaytishi bashorat qilindi. SAP va BAA kabi barqaror mamlakatlar
keyinchalik ham o‘zlarining barqaror o‘sish sur’atlarin saqlab qolishlari kutilmoqda.
Yaqin Sharq o‘zining noyob madaniyati va ananalariga boydir. Sektor infrastrukturasi va
yo‘lovchilarni havoda tashish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Davom etayotgan o‘zgarishlar
ulkan imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Agar BAA haqida gapiradigan bo‘lsak, yildan yilga
Amirliklar mamlakatda o‘zining barqaror siyosiy holati va rivojlangan infrastrukturasi, qulay
iqlim sharoiti va xizmatning yuqori standartlari tufayli turistlar uchun yanada jozibali bo‘lib
kelmoqda.
BAAning turizm sanoatiga ajratgan mablag‘lari yildan yilga ko‘payib borgan. Buni ba’zi
mehmonxonalarning chindan ham g‘ayritabiiy xizmatlarni taqdim etib, ko‘pgina mablag‘
ajratayotganliklari bilan izohlashimiz mumkin. Masalan, “Burj al-Arab” mehmonxonasi BAAga
tashrif buyuradigan turistlarning xohishiga qarab, ular uchun vertolyotdan foydalanish
imkoniyatini yaratadi. Vertolyot qo‘nishi uchun mehmonxonaning tomida maxsus qo‘nish joyi
qurilgan. Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi xizmatlar mehmonxonaga daromaddan ko‘ra ko‘proq
xarajat qilishga olib keladi. Lekin mehmonxona turistlar uchun barcha sharoitlarni yaratish va
ilojsiz narsani o‘zi yo‘qligini ko‘rsatish uchun Shunday xizmatlarni ko‘rsatadi. Jahon bankining
hisobotiga ko‘ra xalqaro turizm xarajatlari bo‘yicha BAA 191 ta mamlakat ichida 24 o‘rinni
egallagan.