ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
“ELASTIKLIK KUCHI. GUK QONUNI” MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
Norquvatova Ma‘Mura Bo‘ron qizi
Termiz davlat universiteti Fizika 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15657738
Annotatsiya
Mazkur maqolada
Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida o‘qitish
metodikasi yoritilgan. Muallif Guk qonunining mohiyatini o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli
tarzda yetkazish usullarini ko‘rib chiqadi. Dars jarayonida interaktiv usullardan, laboratoriya
ishlari va hayotiy misollardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek,
mavzuni tushuntirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni ham asoslab berilgan.
Ushbu maqola fizika o‘qituvchilari va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar:
elastiklik kuchi, Guk qonuni, dinamometr, og‘irliklar, tajriba qurilmalari.
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish jarayonida
“Elastiklik kuchi. Guk qonuni”
mavzusini samarali o‘rgatish metodikasi yoritilgan.
Mavzuning mazmun-mohiyati, uning fizika kursidagi o‘rni va o‘quvchilarning tushunish
darajasiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilgan. Maqolada Guk qonunining nazariy asoslari,
uning amaliy ahamiyati va o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqishni oshirish uchun
qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar va tajribaviy
mashg‘ulotlar tavsiflangan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirish uchun ilg‘or
tajribalardan, innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqola
fizika o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun
foydali uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Darsni maqsad:
Ta’limiy maqsad:
O‘quvchilarda elastiklik kuchi, guk qonuninining mohiyatini anglash ko‘nikmasini
shakllantirish. Har bir qonunni formulalar orqali ifodalashni va ularni masalalarda qo‘llashni
o‘rgatish.Deformatsiya, elastik deformatsiya, plastik deformatsiya, jismning elastikligi,
elastiklik kuchi, o‘zaro ta’sir tushunchalarini izohlash va bog‘lash. Harakat qonunlari asosida
oddiy fizik masalalarni yechishni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Fizikaviy
bilimga asoslangan holatlarda xulosalar chiqara olish odatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O‘quvchilarning kuzatish va tajriba ko‘nikmalarini
rivojlantirish. Nazariy bilimlarni hayotga tatbiq qila olish malakasini shakllantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini ravon, ilmiy asosda bayon eta olish. Guruhda
ishlash, tajriba natijalarini muhokama qilish va jamoviy xulosaga kelish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Fizika darsliklarida yoki internet
resurslarida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va undan foydalanish. Olingan ma’lumotlar
asosida xulosa chiqarish, tajriba natijalarini yozma va og‘zaki ifodalash.
O‘zini – o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
O‘quvchining o‘z ta’lim jarayoniga
ma’suliyat bilan yondashishi, bilimni mustaqil egallashga intilishi. Elastiklik kuchi, Guk
qonunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni o‘rganish va masalalar bilan ishlash. Vaqtdan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
oqilona foydalanish, uy vazifasini ma’suliyat bilan bajarish orqali o‘z – o‘zini nazorat qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi:
Yangi bilim beruvchi.
Dars metodlari:
Tushuntirish, suhbat, masalalar yechish va tajriba o‘tkazish.
Fanlararo
aloqadorligi:
Matematika (hisob-kitoblar va algebraik formulalar), biologiya (inson harakati
va mushaklar reaksiyasi), geografiya (Yer tortish kuchi), texnologiya (mexanizmlar harakati),
informatika (vizual dasturlar va simulyatsiyalar) fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Dars jihozlari:
Fizika darsligi, dinamometr, og‘irliklar, tajriba qurilmalari, masala
to‘plamlari va laboratoriya yo‘riqnomalari.
Tayanch so‘zlar:
Deformatsiya, deformatsiya turlari, nisbiy deformatsiya, absolyut
deformatsiya, Guk qonunlari, elastiklik kuchi, mexanik kuchlanish, bikrlik, Yung moduli,
potensial energiya.
Dars rejasi:
(Izoh: O‘qituvchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda
darsni tashkil qilish bosqichlariga va vaqtiga o‘zgartirish kiritish mumkin)
№
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
5 minut
2
O‘tilgan mavzuni takrorlash
5 minut
3
Kirish suhbati
5 minut
4
Yangi mavzuni o‘rganish
20 minut
5
Yangi mavzuni mustahkamlash
5 minut
6
Uyga vazifalar
5 minut
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Darsni boshlashdan avval o‘quvchilarning deformatsiya, Guk qonuni,
elastiklik kuchi, bikrlik, potensial energiya va ular bilan bog‘liq hodisalar haqida fikr
almashiniladi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash
:
O‘tilgan dars materiallarini o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilganliklarini va bilimlarini tekshirish, hamda faollashtirish maqsadida quyidagi blits
savollar beriladi:
1. Inersiya deb nimaga aytiladi?
2. Nyutonning ikkinchi qonuni qanday tarislanadi?
3. Tezlanish va kuch o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday?
4. Jismga ta’sir qilayotgan kuch 0 bo‘lsa u qanday harakatlanadi?
5. Nyutonning uchinchi qonuni qanday ta’riflanadi?
6. Nyuton kuch deganda nimani tushunasiz?
Yangi mavzuning bayoni:
O‘quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishdan avval “Agar biz
turli xil materialdan (masalan: rezina, po‘lat, yog‘och) yasalgan bir xil shakl va o‘lchamlardagi
prujinalarni olib, ularga bir xil miqdorda kuch qo‘llasak, ularning cho‘zilish darajasi qanday farq
qiladi va bu farqning sabablari nimada? “degan savol bilan “Bahsli vaziyat” hosil qilinadi.
Mavzu: Elastik kuchi. Guk qonuni
Reja:
1.
Deformatsiya
2.
Elastiklik kuchi
3.
Guk qonuni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
Deformatsiya
Tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning shakli yoki hajmi o‘zgarishi deformatsiya (lotincha:
deformation - buzilish) deb ataladi. Deformatsiya vujudga keltiradigan kuchning ta’siri
yo‘qolgach, qattiq jism o‘zining avvalgi shakli va hajmini tiklasa, elastik deformatsiya sodir
bo‘ladi. Aks holda, ya’ni tashqi kuchning ta’siri to‘xtatilganda ham jism o‘zining dastlabki shakli
va hajmini tiklay olmasa, plastik ( qoldiq ) deformatsiya amalga oshgan bo‘ladi.
Elastiklik kuchi
Elastiklik kuchi fizikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, ko‘plab hodisalarni
tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada biz elastiklik kuchining mohiyatini, uning
asosiy xususiyatlarini, asosiy qonunlarini va amaliy qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.
Elastiklik – jismga ta’sir etuvchi kuchlar olinganda uning avvalgi geometrik o‘lchamlarini
tiklash xususiyati. Jismlarning elastiklikgi ularni tashkil qiladigan atomlar (molekulalar) ning
taʼsir kuchlari (ichki kuchlar) mahsulidir.
Elastiklik kuchining ta’rifi va mohiyati
Elastiklik kuchi jismning deformatsiyalanishi va tashqi kuchlarning ta’siri to‘xtatilgandan
so’ng asl shakliga qaytganda paydo bo‘ladi. Materiallarning elastiklik deb ataladigan bu
xususiyati ularning mexanik kuchlarga ta’sirida namoyon bo’ladi.
1-rasm. Elastiklik kuchi va uning yo’nalishi
Bu kuchlar deformatsiyaga sababchi ta’sir to‘xtatilgach, jismning boshlang‘ich shakli va
o‘lchamlarini tiklashni ta’minlaydi.
Guk qonuni
1.Elastiklik kuchining kattaligi abdolyut deformatsiyaga to
‘
g‘ri proporsional;
2.Deformatsiyalar kichik (elastik tabiatiga ega) bo‘lgan holda mexanik kuchlanish nisbiy
deformatsiya qiymatiga to‘g‘ri proporsional.
Guk qonuni – qattiq jismning elastik deformatsiyasi bilan shu jismga qo‘yilgan mexanik
kuchlanish orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydigan qonun. Robert Guk kashf qilgan
(1660). Kuchlanish ta’sirida jism cho‘zilishi yoki siqilishi mumkin.
Guk qonunining formulalari:
𝐹
𝑒𝑙
= −𝑘∆𝑥
𝐹
𝑒𝑙
= −𝑘∆𝑙
∆𝑙 =
𝐹
𝑒𝑙
∙𝑙
𝑜
𝐸𝑆
Bu yerda:
𝐹
𝑒𝑙
–
Elastiklik kuchi
𝑘
– Bikrlik
∆𝑥
– Sterjenning boshlang‘ich va oxirgi nuqtasi (
∆𝑥 = ∆𝑙
)
𝑆
– Sterjenning ko‘ndalang kesim yuzasi
𝐸
– Sterjen materiali va temperaturaga bog‘liq bo‘lgan kattalik (Yung moduli)
𝑙
𝑜
– Sterjenning boshlang‘ich uzunligi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
Nisbiy deformatsiya birga teng bo‘lgandagi mexanik kuchlanishga miqdor jihatdan teng
bo‘lgan kattalikka Yung moduli yoki elastiklik moduli deyiladi. U lotin
E
harfi bilan belgilanadi
va birligi Paskal E=
[1Pa]
Bikrlik – prujina yoki sterjenning elastik xususiyatini xarakterlovchi skalyar kattalik
bo‘lib, prujina yoki sterjenni uzunlik birligiga siqish yoki cho‘zish uchun kerak bo‘ladigan
kuchga son jihatdan teng va birligi k=
[1
N
m
] = [1
kg
s
2
]
Shu o‘rinda mavzuga oid biror tajriba qilib korsatish mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob
o‘tkzaziladi:
1.
Elastiklik kuchi nima?
2.
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
3.
Deformatsiyaning turlari haqida ma’lumot bering?
4.
Guk qonuniga ta’rif bering?
5.
Yung moduli haqida ma’lumot bering?
6.
Bikrlik deb nimaga teng?
“Elastiklik kuchi, Guk qonuni” mavzusini o‘qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash
Yangi o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida o‘quvchilarga
muammoli topshiriqlar asosida sahna namoyishlari o‘tkazishlari topshiriladi.
(Muammoli topshiriqlar beriladi. Guruhlar taqdim qilingan topshiriqlarni
tanlaydilar. Tanlangan topshiriqlarga namoyish o‘tkazadilar, hamda javoblarni
izohlaydilar)
Guruhlarning yondashuvlari umumlashtirib yakuniy xulosa chiqariladi.
O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarning darsga qatnashishlariga va
topshiriqlarni bajarishlariga qarab baholanadilar.
Uy vazifalari.
1.
Uy sharoitida elastiklik kuchida kichik tajriba ishini bajarish
2.
Mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlarga javob berish
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ma’lumotlarni qabul qilishida, elastiklik kuchi va
Guk qonuni mexanikada jismlarning deformatsiyaga javob reaksiyasini tushunishda muhim
ahamiyatga ega. Guk qonunidan shuni ko’ramizki jismlar kichik deformatsiyalarda tashqi
ta’siriga nisbatan chiziqli tarzda javob beradi. Guk qonuni yordamida turli mexanik jismlarni
tuzish, ularga yuklama tushganda vujudga keladigan kuchlarni hisoblash imkoniyati yaratiladi.
Umumiy holatda, bu qonun tabiiy jarayonlarni modellashtirishda va amaliy muommolarga
yechim topishda keng foydalaniladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kiryushkin M.I., Rodionova N.A. "Umumiy fizika kursi: Mexanika"
.
– Toshkent:
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2005.
2.
Ismoilov S.A., Usmonov S.A. "Fizika. Akademik litsey va kollejlar uchun darslik". –
Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2014.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
3.
Raximov F.A., Jumaniyozov H.K. "Mexanika bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari". –
Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.
4.
Halikulov T.U., Toshboyev M.X. "O‘rta maktab fizikasini o‘qitish metodikasi". – Toshkent:
“O‘qituvchi” nashriyoti, 2011.