ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
“MERKURIY VA VENERA SAYYORALARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”
Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi
Termiz Davlat Universiteti
Astronomiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15657693
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Quyosh tizimining eng ichki ikki sayyorasi - Merkuriy va
Veneraning noyob xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Merkuriyning Quyoshga eng yaqin
joylashuvi uning yuzasi va haroratiga qanday ta’sir qilishini, shuningdek uning g’ayrioddiy
orbital mexanikasi va magnit maydonini tahlil qilamiz. Veneraga kelsak, uning qalin, zaharli
atmosferasi va teskari aylanishi kabi o’ziga xos jihatlari chuqur o’rganiladi. Maqolada har ikki
sayyoradagi vulqonizim izlari, geologik faollik va ularning Yer bilan bo’lgan taqqosiy farqlari
ham muhokama qilinadi. Ushbu qiyosiy tahlil Merkuriy va Venera sayyoralarining Quyosh
tizimi evalyutsiyasidagi o’rni va kelajakdagi tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega.
Kalit so’z
: Merkuriy, Venera, sayyoralar Quyosh tizimi, Quyoshdagi yaqin sayyoralar.
Аннотация:
Меркурий и Венера – уникальные особенности планет
Данная статья подробно рассматривает уникальные особенности двух самых
внутренних планет Солнечной системы – Меркурия и Венеры. Мы анализируем, как
ближайшее расположение Меркурия к Солнцу влияет на его поверхность и температуру,
а также его необычную орбитальную механику и магнитное поле. Что касается Венеры,
глубоко изучаются её специфические аспекты, такие как толстая, токсичная атмосфера
и обратное вращение. В статье также обсуждаются следы вулканизма на обеих планетах,
их геологическая активность и сравнительные отличия от Земли. Этот сравнительный
анализ проясняет роль Меркурия и Венеры в эволюции Солнечной системы и их
большое значение для будущих космических исследований.
Ключ:
Меркурий, Bенера, планеты, Солнечная система Ближайшие к Солнцу
планеты.
Abstract:
Mercury and Venus – Unique Planetary Features this article thoroughly
examines the unique characteristics of the two innermost planets in our Solar System – Mercury
and Venus. We analyze how Mercury's close proximity to the Sun influences its surface and
temperature, as well as its unusual orbital mechanics and magnetic field. Regarding Venus, we
delve deeply into its specific aspects, such as its thick, toxic atmosphere and retrograde
rotation. The article also discusses evidence of volcanism on both planets, their geological
activity, and comparative differences from Earth. This comparative analysis clarifies the role of
Mercury and Venus in the evolution of the Solar System and their significant importance for
future space research.
Keywords:
Mercury, Venus, Planets, closest to the Sun in the Solar System.
Olam yaralishi hamma osmon jismlari Yer, Quyosh Sayyoralar, Asteroit, Meteor, Meteorid,
gallaktikamiz bularning barchasi bir mo’jiza va ularning har birining o’ziga xos xususiyatlari va
ichki tuzilishi shakli va hokazolar bilan bir – biridan farq qilishadi. Qadimdan astronom
olimlarimiz o’zlarining ilmiy ishlari tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan astronomiya faniga o’z
hissalarini qo’shishgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
98
Bugungi kunda haliyam kashf qilinmagan ishlar ko’pligi va koinotimizni kuzatish uchun
zamonaviy asboblar mavjud. Maqola mavzusi Merkuriy va Venera sayyoralari haqida bo’lib
ularning o’ziga xos xususiyatlari va bir biridan qanday farqlanishi haqidadir.
Merkuriy sayyorasi: bu sayyora Quyosh sistemasidagi sakkizta sayyora ichidagi Quyoshga
eng yaqin bo’lib, qadimda rimliklar uni sayohatchilarning panohi, savdo – sotiq xudosi nomi
bilan Merkuriy deb atashgan. Arablar esa bu sayyorani Utorud deb atashgan. Arablar nima
uchun bunday atashgan degan savol tug’ilishi mumkin. Merkuriy sayyorasini Utorud deb
atashlari Merkuriyning xususiyatlari bilan bog’liq. Utorud tez harakatlanuvchan degan ma’noni
bildirgan. Utorud so’zi semitik “tarada” ildizidan kelib chiqgan bo’lib, “tez harakatlanuvchan”
yoki “quvib yetuvchi” degan ma’noni anglatgan. Shunday qilib “utorud”nomi Merkuriyning
tezligi va Qadimiy madaniyatlarda unga berilgan ilmiy komunikativ ma’nolarni o’zida jamlagan.
Merkuriy Quyosh atrofida eng tez aylanuvchan sayyora hisoblanadi. Utorudning orbitasi
boshqa sayyoralarnikidan farq qilib, cho’zilchoq ellips ko’rinishidadir. Shu bois bu sayyoraning
Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 1,47 astronomik birlikgacha o’zgarib turadi, o’rtacha uzoqligi
esa 58 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4880 km bo’lib, uning sirtida
tortishish kuchi Yernikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og’irligi Yerda 80kg bo’lgan
odam Merkuriyda atigi 30kg chiqadi. Bu sayyora Quyosh atrofini 88 kunda to’la aylanib chiqadi.
Merkuriyning sirti Po’sloqdan ichki tuzilishi esa Mantiya va Yadrodan iborat. Merkuriynin yana
bir boshqa sayyoralardan farqi uining yo’ldoshi yo’q. Merkuriyga yaqin qarindosh do’st bolgan
Oy tuprog’ida mikroorganizmlarning yo’qligi, iqlim sharoiti keskinligi Utorudda hayot
bo’lmasligi haqida dadil aytishga to’la imkon beradi. Sayyora atmosferasi asosan geliydan
tashkil topgan bo’lib, bosimi bu gazning Yer sirtidagi bosimdan 200milliard marta kamlik qiladi.
Sayyora sirtidagi barcha gazlar bosimi esa Yernikidan yarim million martacha kam. Merkuriy
sirtida Karbonat angidrid gazining yo’qligi ham astronom olimlarni hayron qoldirgan.
1-rasm: Merkuriy (Utorud) sayyorasi
Kichik massali Merkuriy (Yer massasining 5,5 foiziga teng) sirtida bu qadar yuqori
temperaturagacha (+420
0
C) qizish sayyora atmosferasi asosiy qismining yo’qolishiga sabab
bo’lgan deb qaraladi. Merkuriy sirtining kunduzgi o’rtacha temperaturasi +345 gradusgacha
ko’tariladi va kechasi -180 gradusgacha pasayadi.
1973-yilning oxirlarida sayyora tomon yo’lga chiqgan “Mariner-10” avtomatik stansiyasi
1974-yilning 21-sentyabrida, Merkuriydan 47 ming 981 klometrlik masofada o’tayotib sayyora
sirtining 500 ga yaqin sfatli rasmini oldi. Bu rasmlar kenja sayyora yuz tuzilishi jihatidan Oyga
judda o’xshashligi ko’rsatilgan. 1975-yil 16-martda “Marinel - 10” ning Merkuriy yaqinidan
uchinchi marta o’tishi Sayyora Magnit maydonini aniqlashga imkon berdi. Merkuriy sayyorasi
haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu sayyora Quyosh tizimining eng sirli va ekstremal
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
99
ob’ektlaridan biridir. Quyoshga eng yaqin joylashganligi sababli, u judda tez harakatlanadi.
Merkuriy judda kichik sayyora bo’lib u Oyga o’xshash kraterlarga boy yuzasi uni Yer tipidagi
sayyoralar orasida o’ziga xos qilib turadi. Ushbu kichik sayyorani o’ziga xos xususiyatlari uchun
ham tadqiqot ishlarini olib borish zarurligini astronomik olimlar aytib o’tmoqdalar va
izlanishlar olib borilmoqda.
2-rasm: Yer, Merkuriy, Oy
Bizning gallaktikamiz juda sirli va ajoyibdir. Koinot bu bir olam unda qancha osmon
jisimlari mujassam bo’lgan. Buyik bir astronom koinot haqida shunday degan.
“Biz kosmosga borishimiz kerak, chunki bu yerda bizning yashashimizga xavf
tug’diradigan minglab sabablar bor” Carl Sagan bu bilan insoniyatning kelajagi va boshqa
sayyoralarni o’zlashtirish zarurligini uqtirgan.
Albatta buyuk astronomlar judda oqilona fikrlashgan va astronomiya faniga ko’p
kashfiyotlar qilishgan. Bizning Quyosh sistemasidagi yana bir o’zining ajoyib xususiyatlari bilan
mashhur sayyoramiz bu Veneradir. Qadim rim mifologiyasidagi sevgi xudosi nomi bilan
mashhur Venera sayyorasining Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Venera
(sharqda Zuhro nomi bilan atalgan) orbitasi bo’ylab sekundiga 35kilometrli tezlik bilan
harakatlanib 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to’la aylanib chiqadi. Venera bilan Marsning
farqini shu yerdan ham bilsa bo’ladi. Merkuriy 88 kunda to’la aylanib chiqgan bo’lsa Venera 225
kunda to’la aylanib chiqadi quyosh atrofini. Veneraning ham Merkuriy kabi tabiiy yo’ldoshklari
yo’q. Veneranin sirti bulutli qatlam va po’stloqdan iborat bo’lib, ichki tuzilishi yadro va
mantiyadan iborat. Ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu sayyora
qadimda “Tong yuldizi” deb nomlangan. Bu sayyora ming yillar davomida kishilar diqqatini
o’ziga tortib qo’zg’almas yulduzlar fonida harakatlanishi ma’lum bo’lgan dastlabki “adashgan
yoritgich” lardan hisoblanadi. 1610- yillarda G. Galiley o’zi yasagan teleskopda bu sayyorani
kuzatib, u Oy kabi turli fazalarda bo’lishini ko’rdi. Bu hodisa va topilgan ma’lumotlar shuni
ko’rsatadiki Venera ham Oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekaligining dastlabki isboti edi.
Zuhroning kattaligi salkam yernikicha bo’lib, diametrik 12ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761-yil 6-iyunda astronomlar “Tong yulduzi” Zuhro bilan bilan bo’g’liq qiziq bir
hodisaning guvohi bo’lishdi. Sayyoraning harakati Quyosh diskida proeksiyalandi. Bunday
g’aroyib hodisa taniqli rus olimi M.V.Lomonosov tomonidan sinchiklab kuzatildi. Olim
Veneraning Quyosh diskidan o’tishini kuzatayotib, sayyora qalin atmosfera bilan
qoplanganligini aniqladi. Uzoq yillar davomida ana shu qalin atmosfera “paranji” misol
Veneraning sirt tuzilishini bizdan yashirib kelardi. 1978 –yillarda Venera sayyorasi tomon
to’rta kosmik apparat uchiriladi. Zuhroga uchirilgan kosmik aparatlar yordamida uning
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
100
atmosferasi va sirtiga tegishli ko’plab ma’lumotlar topilgan. Sayyora atmosferasining bosimi
juda yuqori bo’lib, u 90 atmosferani ko’rsatadi. Uning 97 % ni karbonat angidrid, suv bug’lari,
1,5% ni kislorod tashkil qiladi. Sayyora sirti yaqinida o’lchangan uning temperaturasi +470
gradusgacha yetdi. Zuhro atmosferasida yerdagi kabi ionosfera qatlami borligi aniqlangan.
3-rasm: Venera (Zuhro)
Uzoq yillar davomida olimlarni o’ylantirgan sayyoraning asosiy tilsimi uning sirtiga
tegishli yuqori temperaturasi bo’ldi. Gap shundaki, garchi sayyoraning qalin to’ni – atmosferasi
ichidan Quyosh nurlanishining juda kam miqdori uning sirtida o’tsada biroq bu to’n sirtidan
ajralib kosmik bo’shliqni ko’zlagan issiqlik nurlanishiga deyarli yo’l bermaydi. Xulosa qilib
shuni aytish mumkinki garchi oxirgi yillarda “Tong yulduzi” Zuhroga tegishli talay kashfiyotlar
qilingan bo’lsada, biroq hali u bilan bog’liq ancha sirlar jumboqlar kashf qilinishi kerak bo’lgan
olamshumul hodisalar yechimi topilmagan jumboqlar bor. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki
Venera Merkuriy sayyoralarining bir – biridan ajraladigan xususiyatlari shulardan iboratdir har
ikkala sayyora ham insoniyatni hali hamon kuzatish va kashfiyotlarga boshlamoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mamadazimov, M., and A. B. Narbayev. "An e-learning guide for students of the 11th grade
of secondary education and secondary special, vocational education institutions." (2018).
2.
M.Mamadazimov “Umumiy astronomiya” Yangi asr avlodi (2008)
3.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(V-harfi). Toshkent: “Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
4.
David R. Williams.
Venus Fact Sheet (англ.). NASA (27 сентября 2018). Дата обращения:
16 июля 2020. Архивировано 11 мая 2018 года.
5.
Solar System Exploration: Planets: Mercury: Facts & Figures. Дата обращения: 17 июня
2014. Архивировано из оригинала 17 июня 2014 го