Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida bank sektorining raqobatbardoshligi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro moliya tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, fintech kompaniyalarning bozorga kirib kelishi an’anaviy tijorat banklari oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston bank sektorida ham tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda, ammo raqobatbardoshlikni oshirish uchun xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish zarurati ortib bormoqda.