Авторы

  • Raya Sarsenbaeva
    Qoraqalpoq davlat universiteti, Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2-kurs studenti
  • Barno Saidboyeva
    Qoraqalpoq davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108496

Ключевые слова:

kompetensiya pedagogik metodik kommunikativ malaka inklyuziv ta’lim.

Аннотация

Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, barcha o‘quvchilarning, jumladan, maxsus ehtiyojga ega bolalarning ham to‘laqonli o‘rganishiga zamin yaratadi. Bunday sinflarda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada o‘qituvchilardan talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar, malaka va kompetensiyalar, shuningdek, ularni shakllantirishdagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi.Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining psixologik, pedagogik, kommunikativ va metodik tayyorgarligiga bog‘liq.Shu nuqtayi nazardan, maqolada o‘qituvchining doimiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi va kasbiy malakasini oshirib borishi zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur maqola inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

INKLYUZIV SINFLARDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI:

TALAB VA MUAMMOLAR

Sarsenbaeva Raya

Qoraqalpoq davlat universiteti, Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2-kurs studenti

Saidboyeva Barno

Qoraqalpoq davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15676108

Annotatsiya:

Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,

barcha o‘quvchilarning, jumladan, maxsus ehtiyojga ega bolalarning ham to‘laqonli
o‘rganishiga zamin yaratadi. Bunday sinflarda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi alohida
ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada o‘qituvchilardan talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar,
malaka va kompetensiyalar, shuningdek, ularni shakllantirishdagi dolzarb muammolar tahlil
qilinadi.Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining
psixologik, pedagogik, kommunikativ va metodik tayyorgarligiga bog‘liq.Shu nuqtayi
nazardan, maqolada o‘qituvchining doimiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi va kasbiy
malakasini oshirib borishi zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur maqola inklyuziv sinflarda faoliyat
yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim
etadi.

Kalit so’zlar:

kompetensiya, pedagogik, metodik, kommunikativ, malaka, inklyuziv

ta’lim.

Annotation:

Inclusive education is a fundamental component of the modern educational

system, providing a comprehensive learning environment for all students, including those
with special needs. In such classrooms, the professional competence of teachers plays a
particularly significant role. This article analyzes the key skills, qualifications, and
competencies required from teachers, as well as the pressing challenges they face in
developing these attributes. The successful implementation of inclusive education largely
depends on a teacher’s psychological, pedagogical, communicative, and methodological
readiness. From this perspective, the article emphasizes the need for continuous professional
development, self-improvement, and skills enhancement among teachers. It presents practical
and scholarly recommendations for educators currently working or planning to work in
inclusive classrooms.

Keywords:

competence, pedagogical, methodological, communicative, qualification,

inclusive education.

Аннотация:

Инклюзивное образование является неотъемлемой частью

современной системы образования, создавая полноценные условия для обучения всех
учащихся, включая детей с особыми потребностями. В таких классах профессиональная
компетентность учителя приобретает особое значение. В данной статье
рассматриваются основные навыки, квалификации и компетенции, необходимые
педагогам, а также актуальные проблемы, возникающие в процессе их формирования.
Успешная реализация инклюзивного образования во многом зависит от
психологической, педагогической, коммуникативной и методической подготовки
учителя. С этой точки зрения, в статье подчеркивается важность постоянного
профессионального роста, саморазвития и повышения квалификации педагогов. В


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

статье представлены научно-практические рекомендации для учителей, работающих
или планирующих работать в инклюзивных классах.

Ключевые

слова

:

компетенция,

педагогический,

методический,

коммуникативный, квалификация, инклюзивное образование.


Inklyuziv ta’lim muhitida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki moslashtiruvchi,

qo‘llab-quvvatlovchi va motivatsiya beruvchi shaxs sifatida qaraladi. Kasbiy kompetensiyaga
ega bo‘lgan o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olib dars olib
boradi. U pedagogik metodikani shaxsiylashtira oladi, ijtimoiy-emosional muhit yaratadi va
turli salohiyatga ega bolalar o‘rtasida inklyuziv madaniyatni shakllantiradi. Bunday muhitda
samarali ishlash uchun o‘qituvchi maxsus pedagogika, defektologiya, logopediya, psixologiya
sohalarida yetarli bilimga ega bo‘lishi lozim. Asosiy muammolardan biri – o‘qituvchilarning
malaka darajasining notekisligi, inklyuziv ta’lim bo‘yicha yetarlicha o‘qitilmaganidir.
Shuningdek, ko‘p hollarda inklyuziv sinflarda moddiy-texnik baza talab darajasida emas.

Darsliklar va didaktik materiallar soni cheklangan. Shu sababli o‘qituvchilar innovatsion

yondashuvlar, AKT vositalari va moslashuvchan metodlar orqali bu muammolarni qoplashga
harakat qilishadi. Bu bo‘limda aynan shunday kompleks yondashuvning muhimligi yoritilgan.
O‘qituvchining inklyuziv ta’limda muvaffaqiyatli ishlashi uchun avvalo o‘quvchilarning
individual ehtiyojlarini aniqlash, ularni baholash va ularga mos o‘quv strategiyalarini ishlab
chiqish qobiliyati zarur. Shu bilan birga, u har xil intellektual, jismoniy yoki emotsional
rivojlanish darajasiga ega bolalar bilan teng darajada ishlay olishi kerak.Amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab o‘qituvchilar hali ham inklyuziv yondashuv bo‘yicha yetarli
tayyorgarlikka ega emaslar. Ayniqsa, kommunikativ yondashuvlar, sabr-toqat, individual
yondashuv va emotsional barqarorlik kabi jihatlar ustida ishlash lozim. Shuningdek, inklyuziv
muhitda samarali ishlash uchun doimiy kasbiy rivojlanish – malaka oshirish kurslari,
treninglar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish zarur.

Ta’lim muassasalarida bu boradagi imkoniyatlar kengaytirilishi, metodik qo‘llanmalar va

o‘quv materiallari bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir. Jamiyatda inklyuziv ta’limga
ijobiy munosabatni shakllantirish, ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham o‘qituvchi
kompetensiyasining muhim qismi hisoblanadi. Shu bois, o‘qituvchilarning kasbiy
kompetensiyasi nafaqat bilim, balki empatiya, ijtimoiy ko‘nikma va madaniy sezgirlikni ham
o‘z ichiga olishi kerak.Asosiy metod sifatida deskriptiv (tasviriy) tahlil, solishtirma
(komparativ) metod, hamda nazariy umumlashtirish ishlatildi. Bu usullar orqali inklyuziv
ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini chuqur o‘rganish, mavjud adabiyotlarni tahlil
qilish va ilg‘or tajribalarni qiyoslash imkonini berdi. Shuningdek, kontent tahlili (content
analysis) orqali O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan maqolalar, konferensiya
materiallari va amaliy tavsiyalar o‘rganildi.

Olingan ma’lumotlar asosida o‘qituvchilarning kompetensiya modellari, ularni

shakllantirish bosqichlari va real muammolari tizimli yoritildi. Amaliy tajriba sifatida
inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan bir nechta o‘qituvchilar bilan so‘rovnoma va
suhbatlar tashkil etildi. Bu suhbatlar o‘qituvchilarning real ehtiyojlari, duch kelayotgan
qiyinchiliklari, va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyoji haqida aniq tasavvur berdi.
So‘rovnomada asosan quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi: psixologik tayyorgarlik,
metodik yondashuvlar, kommunikativ kompetensiya va emotsional boshqaruv. Metodik


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

13

yondashuvda esa interaktiv o‘qitish usullari, individual yondashuv, differensiallashtirilgan
ta’lim, va kooperativ o‘qitish elementlari nazarda tutildi. Bu metodlar inklyuziv sinfda har xil
ehtiyojlarga ega bolalar bilan samarali ishlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Metodologik jihatdan, maqolada pedagogik-psixologik tahlil, ilmiy-nazariy asoslash, va amaliy
qo‘llash imkoniyatlarini birlashtirgan yondashuv qo‘llanilgan. Bu esa nafaqat ilmiy asoslangan
tahlil, balki amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi. Ushbu maqolani
tayyorlashda bir nechta tadqiqot va tahlil usullaridan foydalanildi:

Maqola yozilishidan oldin O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda inklyuziv ta’lim bo‘yicha

chop etilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya, dissertatsiya va xalqaro tashkilotlar
(UNESCO, UNICEF) hisobotlari o‘rganildi. Bu nazariy manbalar asosida o‘qituvchilarning
kasbiy kompetensiyasi, metodik va psixologik tayyorgarligi haqida ma’lumotlar
tizimlashtirildi. Amaliy tadqiqot doirasida 20 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat
yuritayotgan o‘qituvchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. Savollar quyidagi yo‘nalishlarni
qamrab oldi:

Metodik yordamga ehtiyoj;

Dars jarayonida duch kelinayotgan muammolar;

O‘z ustida ishlashga bo‘lgan munosabat.

Suhbat va kuzatuv

5 nafar o‘qituvchi bilan yarim strukturaviy intervyu (suhbat) o‘tkazildi. Ularning

inklyuziv sinflardagi real tajribalari, darslarni qanday tashkil etayotgani, qanday
muammolarga duch kelayotgani yozib olindi. Shuningdek, 2 ta maktabda inklyuziv dars
jarayoni kuzatuv asosida tahlil qilindi.

O‘tkazilgan tahlillar va tadqiqotlar asosida quyidagi muhim xulosalarga kelindi:

inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi nafaqat o‘quvchilarga sifatli
ta’lim berish, balki ularning ijtimoiy-psixologik moslashuviga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda o‘qituvchilardan faqat an’anaviy bilimlar emas, balki zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni egallash, emotsional barqarorlik, tolerantlik, shuningdek, har bir o‘quvchiga
individual yondashuvni amalga oshirish talab etiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilar orasida inklyuziv ta’limga tayyorgarlik darajasi

turlicha bo‘lib, ko‘pchilik pedagoglar maxsus malaka oshirish kurslariga muhtoj ekanligi
aniqlangan. Shu bois, ta’lim tizimi doirasida inkluziv pedagogika yo‘nalishida muntazam
treninglar, vebinarlar, amaliy seminarlar o‘tkazilishi zarur. Bundan tashqari, o‘quvchilarning
turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar,
moslashtirilgan dars rejalari ishlab chiqilishi lozim.

Umuman olganda, inklyuziv ta’lim muvaffaqiyati o‘qituvchining doimiy o‘z ustida

ishlashi, ochiq fikrlilik va yangilikka intilishi bilan chambarchas bog‘liq. Kasbiy
kompetensiyani rivojlantirish orqali o‘qituvchi o‘z faoliyatida nafaqat bilim beruvchi, balki
jamiyatda inklyuzivlik madaniyatini shakllantiruvchi yetakchiga aylanadi. Shu sababli,
inklyuziv ta’limga oid davlat siyosatini amalga oshirishda o‘qituvchining roli markaziy
ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

14

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Adilova, M. S., & Murodullayev, A. K. (2024). Development of Inclusive Competence in

Future Pedagogues. Next Scientists Conferences, 1(01), 55–59.
2.

Arslanova, M. (2024). Pedagogik kompetensiya – Inklyuziv ta’limning muhim omili. Bola

va Zamon, 1/2024, 80–82.
3.

Movkebayeva, Z. A., Oralkanova, I., & Uaidullakyzy, E. (2013). The professional

competence of teachers in inclusive education. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 89,
549–554. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.08.892

Библиографические ссылки

Adilova, M. S., & Murodullayev, A. K. (2024). Development of Inclusive Competence in Future Pedagogues. Next Scientists Conferences, 1(01), 55–59.

Arslanova, M. (2024). Pedagogik kompetensiya – Inklyuziv ta’limning muhim omili. Bola va Zamon, 1/2024, 80–82.

Movkebayeva, Z. A., Oralkanova, I., & Uaidullakyzy, E. (2013). The professional competence of teachers in inclusive education. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 89, 549–554. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.08.892