ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
7
GENDER TENGLIK BARCHA AYOLLAR HUQUQ VA IMKONIYATLARINING
KAFOLATI SIFATIDA
Shukurova Sevara Normo‘minovna
Guliston davlat universiteti “Psixologiya va Ijtimoiy fanlar” fakulteti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Suvonqulova Gulnoza Shuhrat qizi
Guliston davlat universiteti Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15673891
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada gender tenglik tushunchasi uning ayollar huquq
hamda imkoniyatlarini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilgan. Maqolada gender tenglikning nazariy
asoslari, huquqiy bazasi, O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinib, sohadagi mavjud muammolar va
ularni hal etish bo‘yicha takliflar yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Gender tenglik, ayollar huquqlari, teng imkoniyatlar,
huquqiy kafoatlar,
gender stereotiplar, gender siyosati.
Abstract:
This scientific article examines the concept of gender equality and its role in
ensuring women’s rights and opportunities. The article analyzes the theoretical foundations
of gender equality, its legal framework, the experience of Uzbekistan, and highlights existing
problems in the field and proposals for their solution.a
Keywords:
Gender equality, women’s rights, equal opportunities, legal guarantees,
gender stereotypes, gender policy.
Аннотация:
В данной научной статье рассматривается понятие гендерного
равенства и его роль в обеспечении прав и возьожностей женщин. В статье
анализируются теоретические основы гендерного равенства, его правовая база, опыт
Узбекистана, а также освещаются существующие проблемы в этой области и
предложение по их решению.
Ключевые слова:
Гендерного равенство, права женщин, равные возьожности,
правовые гарантии, гендерные стереотипы, гендерная политика.
KIRISH
Bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarining har tomonlama ta’minlanishi va
ijtimoiy adolatni qaror toptirish eng muhim vazifalardan biri sifatida nomoyon bo‘lmoqda.
Ayniqsa, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning teng huquqli ishtiroki masalasi nafaqat milliy,
balki xalqaro miqyosda ham keng muhokama etilmoqda. Gender tengligi nafaqat inson
huquqlarini himoya qilish mezoni, balki davlatning demotkratik taraqqiyoti, ijtimoiy
barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishining muhim ko‘rsatkichidir.
Gender tengligi bu - ayollar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi emas,
balki har ikki jinsning imkoniyatlardan birdek foydalanishiga to‘liq sharoit yaratish demakdir.
Ko‘p hollarda ayollar huquqlari qonunlarda qayd etilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ular to‘liq
ro‘yobga chiqmaydi. Bu holat nafaqat huquqiy mexanizmlarning zaifligi, balki ijtimoiy
sterotiplar, qadimiy qarashlar va ongdagi barqaror cheklovlar bilan bog‘liqdir [2].
Ushbu maqolaning maqsadi – gender tenglikni ayollar huquq va imkoniyatlarining
kafolati sifatida tahlil qilish, uning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy mezonlardagi ahamiyatini
chuqur o‘rganishdan iboratdir. Gender tengligi nafaqat erkaklar va ayollar o‘rtasidagi teng
huquqlilikni bildiradi, balki amaliy hayotda ushbu huquqlarning to‘laqonli amalga oshirilishini
ta’minlaydigan mexanizmlar tizimini ham o‘z ichiga oladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
8
O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash yo‘lida qator huquqiy va
institutsional choralar ko‘rilgan. 2019-yilda “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va
imkoniyatlar kafolati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi gender siyosatining huquqiy
asosini mustahkamladi. Shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Gender tenglik
strategiyasi bu boradagi izchil yondashuvni ta’minlab kelmoqda. Akademik tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, gender tenglikni faqat qonunchilik darajasida emas, balki ijtimoiy ong va
institutlar darajsida ham shakllantirish lozim. Mahalliy sotsiologik tadqiqotlar O‘zbekiston
jamiyatida gender stereotiplari, ayollarning bandlik darajasi va siyosiy faoliyati hali ham
cheklanganligini ko‘rsatmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Gender tenglik (lotinchadan paritas – tenglik) – muvozanatli, ya’ni hayotning barcha
sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va
ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar o‘rtasidagi tengligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda siyosiy
va iqtisodiy institularning tenglik darajasi mamlakatlar demokratiyasining ko‘rsatkichi
hisoblanadi va bu ma’lumotlar ko‘plab xalqaro indekslarga kiritilgan [3].
“Gender” termini ilmiy adabiyotlarda 1975-yildan boshlab faol ishlatila boshlagan
bo‘lsa-da, ayollar huquqlari bilan bog‘liq masalalar bu davrdan ancha ilgari ham muhokama
etilgan. “Ayollar huquqlari dekloratsiyasi” ushbu yo‘nalishdagi dastlabki asosiy hujjatlardan
biri sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning fikrlariga ko‘ra, ayollarnii kamsitish,
zo‘ravonlikka uchratish yoki ularni faqat oilaviy doira bilan cheklab qo‘yish insoniylik
tamoyillariga mutlaqo zid edi. Afsuski, u davrda bunday qarashlar jamiyatda keng qo‘llab-
quvvatlanmagan.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, global miqyosda erkaklar siyosatda ayollarga
qaraganda ko‘proq qatnashadi va lavozimlarni egallaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra,
boshqa barcha kasblar orasida ayniqsa siyosat sohasida gender tengligiga erishish juda
mushkul. Shunday qilib, jinsiy tafovuf bo‘yicha global hisobotga ko‘ra, agar siyosiy vakillikdagi
gender tengligining o‘zgarish darajasi hozirgi darajada saqlanib qolsa, dunyoda gender
tenglikka erishish uchun esa 12 yil kerak bo‘ladi [4].
O‘tgan asrning 1970-yillari ayollar huquqlari va gender tengligi borasidagi global
harakatlar tarixida burilish davri sifatida alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda ayollar
mavqeyini yuksaltirish, ularning jamiyatdagi rolini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli
xalqaro tashabbuslar ilgari surilgan. Jumladan, 1975-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan “Xalqaro ayollar yili” deb e’lon qilingan va bu dunyo jamoatchiligida ayollarga
bo‘lgan e’tiborni tubdan kuchaytirgan [5].
1979-yilda esa ayollar huquqlarini xalqaro darjada kafolatlovchi eng muhim
hujjatlardan biri – “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi Konvensiya” (CEDAW) qabul qilindi. Ushbu konvensiya ikki jins vakillarining
huquqiy tengligini ta’minlash yo‘lida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu hujjatning asosiy
maqsadi – ayollargha nisbatan har qanday kamsitishni bartaraf etish va ular uchun teng
imkoniyatlar yaratishdir.
O‘zbekistonda va umuman dunyoda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida hanuzgacha bir
qator muammolar mavjud: Birinchi navbatda, ijtimoiy ongda ildiz otgan gender sterotiplarni
bartaraf etish zarur. An’anaviy qarashlarga ko‘ra ayolning asosiy vazifasi – oila parvarishi,
erkakning vazifasi esa – oilani moddiy ta’minlash degan tushuncha hanuz kuchli bo‘lib
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
9
qolmoqda. Bu stereotiplar natijasida qizlarning ba’zan oliy ta’lim olishi cheklanadi, yoki
ayollar mehnat bozorida kamsitilishi mumkin.
Ikkinchi muammo – huquqiy hujjatlarning to‘liq ijrosini ta’minlash masalasi qabul
qilingan qonun va qarorlarning amalda qanday bajarilishi katta ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda
joylardagi mas’ullar huquqiy hujjatlardagi talablarni to‘liq tushunib yetmasligi yoki
e’tiborsizligi sabab ayollarning huqulari buzilishi davom etishi mumkin.
Uchinchidan, gender asosidagi zo‘ravonlik holatlari hamon dolzarb masala bo‘lib turibdi.
Oiladagi zo‘ravonlik, ish joylarda jinsiy tazyiq kabi hodisalar ko‘pincha yashirin xarakterga
ega bo‘lib, ko‘plab jabrlanuvchi ayollar jim qolishiga majbur bo‘ladi. 2019-yilgi qonun bu
muammoni huquqiy jihatdan tan oldi va javobgarlik choralarini belgiladi, ammo qo‘llash
amaliyotini takomillashtirish, ayollarni o‘z huquqlarini talab qilishiga da’vat etish zarur.
Xususan, zo‘ravonlik qurbonlari uchun reablitatsiya markazlari, ishonch telefonlari tarmog‘ini
kengaytirish, huquq-tartibot idoralarida bu borada malakali kadrlar tayyorlash kabi ishlarni
jadallashtirish lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, gender tenglik barcha ayollarning huquq va imkoniyatlarini
kafolatlshning asosi bo‘lib, u ijtimoiy taraqqiyot va adolatli jamiyat barpo etishning ajralmas
shartidir. Ayollar va erkaklar o‘rtasida tenglikka erishilmas ekan, jamiyatning intellektual va
iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoni bo‘lmaydi. O‘zbekiston misolida ko‘rish
mumkinki, so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida mustahkam huquqiy zamin
yaratildi va keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jamiyatda hanuzgacha
“gender tenglik faqat ayollar manfaatiga xizmat qiladi” degan stereotip qarashlar keng
tarqalgan. Aslida esa gender tenglik har ikki jins uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga
qaratilgan bo‘lib, qaysi jins vakillari ko‘proq muammoga duch kelsa, ularni qo‘llab-quvvatlash
yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi 2023 yil.
2.
Jаbborovа Ruhsorа, “Gender tenglikni аmаlgа oshirishdаgi islohotlаr”, “Xotin-qizlаr vа
erkаklаr o‘rtаsidа gender tengligi” mаvzusidа ilmiy-аmаliy аnjumаn mа’ruzаlаr to‘plаmi
Toshkent – 2021, 21- b.
3.
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/fаqs/gender-tenglik-nimа/
4.
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/fаqs/gender-tenglik-nimа/
5.
Аyollаrning hаq-huquqlаri: xаlqаro tаjribа (insonhuquqlаri.uz)
6.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi O‘RQ-562-son "Xotin-qizlar va
erkaklar
uchun
teng
huquq
hamda
imkoniyatlar
kafolatlari
to‘g‘risida"gi
Qonuni.https://lex.uz/docs/4494849
7.
Султонова А.Р.Гендерное равенство как фактор устойчивого развития мирового
сообщества European science № 4 (46)-С.31
8.
BMT Konvensiyasi “Ayollarga nisbatan tazyiqning har qanday shakllarini bartaraf etish
to‘g‘risida” (CEDAW), Nyu-York, 1979.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
10
9.
Tagaymuratova, G. T. (2023). BIOTIBBIYOTDA ZAMONAVIY ILMIY YANGILIKLAR VA
ULARNING AXLOQIY MUAMMOLARI.
Academic research in educational sciences
,
5
(NUU
Conference 2), 677-684.
10.
Tuychiyevna, T. G. (2024). DIGITAL TECHNOLOGY AND ITS CAPABILITIES IN THE
HIGHER EDUCATION SYSTEM.
International Journal Of Management And Economics
Fundamental
,
4
(02), 27-31.
11.
Shukurova, S. N. (2024). OʻZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI PROFLAKTIKASINING
TIBBIY VA IJTIMOIY AHAMIYATI.
Academic research in educational sciences
, (3), 765-768.
12.
Tog’Aymurotova, G. T. Y. (2022). BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY
ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI.
Academic research in educational sciences
,
3
(NUU
Conference 2), 479-486.