Авторы

  • Sayyora Samiyeva
    Phd, o‘qituvchi, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108501

Ключевые слова:

ta’lim metod ma’ruza nazariy fan seminar innovatsion ma’ruza innovatsion uslub muammo.

Аннотация

Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari haqida so‘z boradi. Ma’ruza - oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi va yo‘naltiruvchi, axborot, metodologik, tarbiyalovchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Seminar - dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Muallif ba’zi xorijiy, rus, milliy olim va tadqiqotchilarining ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish borasidagi fikrlari, ilgari surgan go‘yalari bilan tanishtirgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

152

CHET TILI NAZARIY FANLARINI O‘QITISH MASALALARI

Sayyora Samiyeva

Phd, o‘qituvchi, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15671938

Annotatsiya:

Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari

haqida so‘z boradi. Ma’ruza - oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi
va yo‘naltiruvchi, axborot, metodologik, tarbiyalovchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarni
amalga oshirishga imkon beradi. Seminar - dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil
ravishda yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Muallif ba’zi xorijiy, rus, milliy olim va
tadqiqotchilarining ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish borasidagi fikrlari,
ilgari surgan go‘yalari bilan tanishtirgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim

,

metod,

ma’ruza, nazariy fan, seminar, innovatsion ma’ruza,

innovatsion uslub, muammo.

Barchamizga ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarga nazariy fanlarni

o‘rgatishning ikki shakli mavjud: ma’ruza va seminar.

Ma’ruza

– oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi

vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:

1. Yo‘naltiruvchi – talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga

imkon berish. 2. Axborot – professor-o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan
bog‘liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi. 3. Metodologik – ma’ruza jarayonida
muammoning falsafiy-nazariy asoslari bayon etiladi. 4. Tarbiyalovchi – talabalarda tinglash,
idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish. 5. Rivojlantiruvchi –
talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish imkonini
beradi.

Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar an’anaviy va noan’anaviy, ya’ni

innovatsion ma’ruza turlariga bo‘linadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qituvchi faolligida,
noan’anaviy ma’ruzalar esa, talaba faolligida o‘tadi. Noan’anaviy ma’ruzalarning quyidagi
turlari mavjud:

muammoli ma’ruza, ko‘rgazmali ma’ruza, binar ma’ruza, oldindan xato fikr

ham bayon qilinishi reja qilingan ma’ruza, anjuman tarzida o‘tkaziladigan ma’ruza, maslahat
ma’ruza

.

Ma’ruza jarayonida auditoriyada talabalar sonining ko‘pligi o‘qituvchi va talaba

o‘rtasidagi muloqotni sezilarli darajada zaiflashtiradi va ma’ruzachi uchun talabalarning
mavzuni tushungani yoki tushunmaganini aniqlashni qiyinlashtiradi. Chet til bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlaydigan OTM larda nazariy fanlar ma’ruzalarida 85-90 nafar talaba
tinglovchi sifatida qatnashadi. Ko‘p sonli auditoriyada an’anaviy ma’ruzalar o‘qish ta’lim
sifatining pasayishiga olib keladi. Shu sababli noan’anaviy ma’ruzalarni tashkillashtirish
dolzarb vazifaga aylandi.

Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning «nofaol» usulidan «faol» usuliga o‘tmog‘i, bahs,

munozara, suhbat, muhokama shaklida amaliy ishlarning uyg‘unligi, ya’ni interaktiv usullarda
tashkil etilishi lozim. Shu sababli hozirgi vaqtdagi ko‘plab innovatsion uslublar o‘qitishning
interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liq.

Bir qator xorij tadqiqotchilari: Djon Middendorf (Joan Middendorf) va Alan Kalish (Alan

Kalish), Rik Sulivan (Rick Sullivan) va

Noel Mikintosh

(

Noel McIntosh)lar o‘qituvchilar uchun

ma’ruzalar o‘qitishda ko‘rsatmalarni taklif qilganlar. Shulardan, Djon Middendorf va Elen


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

153

Kalish “The “Change-Up” ma’ruzalari to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ma’ruza-dars jarayonida
20 tadan ko‘p amaliy strategiyalarni taklif qilganlar [2; 50-b]. Shulardan ba’zilarini keltirib
o‘tmoqchimiz:

1) Savol yozing

(Write a Question

) – o‘qituvchi talabalardan “savollaringiz bormi?” deb

so‘rash o‘rniga, ulardan ma’ruza to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini va bitta yoki ikkita savol
yozishlarini so‘raydi. 2) Juftlikda o‘ylang va fikringizni bo‘lishing

(Think-Pair-Share

) –

talabalarga murakkab savollar berilganda, “Javob berishni xohlovchilar bormi yoki kim javob
beradi?” deb so‘rashning o‘rniga o‘qituvchi talabalarga juftlikda muhokama qilib, o‘ylab
ko‘rishlariga imkon berishi lozim. So‘ngra, talabalardan savolga javob berishga harakat
qilishlarini so‘raydi. 3) Iqtiboslar topish

(Finding Illustrative Quotations)

– o‘qituvchi

talabalardan mavzuga oid muayyan dalillarni qo‘llab quvvatlaydigan iqtiboslarni topishni
so‘raydi. Bu vazifa uyda bajarish uchun beriladi. Buning uchun talabalar ma’ruza matnini uyda
qaytadan o‘qib chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4) Uy vazifasini bajarishdagi kutilishi
mumkin bo‘lgan qiynichiliklarni auditoriyada amaliyotda mashq qilish

(Practice Homework

Problems) -

ma’ruza taqdim qilingach, o‘qituvchi talabalarga uy vazifasini bajarishda duch

kelishlari mumkin bo‘lgan muammoga o‘xshash topshiriq beradi. Talabalar topshiriqni sinfda
muhokama qiladilar.

Garvard universitetining Derek Bok ta’lim markazi tadqiqotchilari tomonidan ma’ruza

taqdim etishda o‘qituvchilar uchun ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu ko‘rsatmalarda ma’ruza 5
bosqichga bo‘lingan: Boshlanish (

Beginning the lecture (or course

)), darsda faol bo‘lishga

undash (

Inviting participation

), savol berish (

Punctuating the lecture with questions

), ma’ruza

shaklini o‘zgartirish (

Varying the format

) va yakuniy bosqich (

Closing the lecture

).

1)

boshlanish bosqichida

o‘qituvchi talabalarga mavzuga doir savollarni beradi va

ularning mavzu bo‘yicha bilimlarini tekshirishga harakat qiladi. Bu vaqtda talabalar juftlikda
yoki guruhlarda ishlaydilar; 2) darsda faol bo‘lishga undash

bosqichida

o‘qituvchi talabalarga

o‘zaro muloqot muhitini yaratadi. Talabalar o‘qituvchi tomonidan tanqid ostiga olinmaydi.
Biror talaba o‘qituvchiga savol bersa, o‘qituvchi o‘zi javob bermay, boshqa talabadan ushbu
savolga javob berishni so‘raydi; 3)

savol berish bosqichida

ma’ruzani yanada munozarali

davom ettirish maqsadida o‘qituvchi mavzuga yaqin savollar beradi. Ushbu yo‘l bilan
o‘qituvchi talabalarni muhokamada qatnashishlariga yo‘l beradi; 4)

ma’ruza shaklini

o‘zgartirish bosqichida

o‘qituvchi an’anaviy ma’ruza shaklini o‘zgartirish maqsadida,

talabalardan mavzuga oid taqdimot (prezentatsiya)lar qilishga, rolli o‘yinlarni ijro etishga
chorlaydi. O‘qituvchi imkonga qarab debatlar tashkillashtirishi mumkin; 5)

yakuniy bosqichda

o‘qituvchi talabalarga savol berishga imkon beradi va ularga o‘zi javob beradi. Ma’ruza oxirida
ulardan ma’ruza to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini, agar savollar bo‘lsa, yozishlarini so‘raydi.
Kelasi ma’ruzada o‘qituvchi darsni shu savollarga javob berishdan boshlaydi (imkon qadar).

Seminar

(lotin tilidan olingan

seminarium

– “bilimlar o‘chog‘i” ) - universitetda asosiy

ta’lim usullaridan biri; o‘qituvchi rahbarligida guruh darsi; o‘quvchilarning guruhli fikrlash va
faol o‘quv faoliyatiga asoslangan, dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda
yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Seminarlar o‘quv dasturining eng murakkab
masalalari (mavzulari, bo‘limlari) bo‘yicha va talabalarning umummadaniy hamda kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida tashkillashtiriladi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

154

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Djumabaeva J.Sh. Teaching Methods of Special Subjects.-Т.: «Fan va texnologiya», 2019. -

192 p.
2.

Samiyeva, S., and O. Nabijonova. "THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN

FORMING SPEAKING SKILL IN FOREIGN LANGUAGE."

Science and innovation

1.B5 (2022):

431-435.
3.

Завада Г.В., Бушмина О.В. Педагогика высшей школы: Конспект лекций. - Казань:

Казан. гос. энерг. ун-т, 2010. – 86 с.
4.

SAMIEVA, SAYYORA NEMATOVNA. "Difficulties That Occur In The Process Of Teaching

Foreign Language Grammar."

Int. J. of Aquatic Science

12.3 (2021): 2988-2996.

5.

Lee Warren. Managing hot moments in the classroom. - Derek Bok Center for Teaching

and Learning, Harvard University. - 2000.
6.

Махсудов В.Г. Замонавий таълим тизимида фанлар бўйича маъруза турлари ҳамда

уларни ташкил этиш технологиялари//«Замонавий таълим» журнали, 2017/2. - Б.54-
59.
7.

Samieva, S. N. "WORKING ON THE TEXTS AS ONE OF THE WAYS TO OVERCOME

DIFFICULTIES IN THE PROCESS OF TEACHING GRAMMAR OF A FOREIGN
LANGUAGE."

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences

8.3 Part II

(2020): 2056-585.

Библиографические ссылки

Djumabaeva J.Sh. Teaching Methods of Special Subjects.-Т.: «Fan va texnologiya», 2019. - 192 p.

Samiyeva, S., and O. Nabijonova. "THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN FORMING SPEAKING SKILL IN FOREIGN LANGUAGE." Science and innovation 1.B5 (2022): 431-435.

Завада Г.В., Бушмина О.В. Педагогика высшей школы: Конспект лекций. - Казань: Казан. гос. энерг. ун-т, 2010. – 86 с.

SAMIEVA, SAYYORA NEMATOVNA. "Difficulties That Occur In The Process Of Teaching Foreign Language Grammar." Int. J. of Aquatic Science 12.3 (2021): 2988-2996.

Lee Warren. Managing hot moments in the classroom. - Derek Bok Center for Teaching and Learning, Harvard University. - 2000.

Махсудов В.Г. Замонавий таълим тизимида фанлар бўйича маъруза турлари ҳамда уларни ташкил этиш технологиялари//«Замонавий таълим» журнали, 2017/2. - Б.54-59.

Samieva, S. N. "WORKING ON THE TEXTS AS ONE OF THE WAYS TO OVERCOME DIFFICULTIES IN THE PROCESS OF TEACHING GRAMMAR OF A FOREIGN LANGUAGE." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences 8.3 Part II (2020): 2056-585.