ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
154
SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA FORTEPIANO CHOLG‘USI USTIDA
ISHLASH USULLARI
Haqqulov Sherzod
San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15698618
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda fortepiano cholg‘usi
ustida ishlash usullari yoritib berilgan bo’lib unda fortepiano cholg’u asbobining yaratilish
tarixi hamda bugungi kungacha qanday holatda saqlangani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Mashg‘ulot turlari, fortepiano, san’at, uyg‘onish davri, musiqa, madaniyat,
royal, musiqaviy-estetik, tarbiya-musiqa, pedagogika, ijrochilik ko‘nikmalar.
СПОСОБЫ РАБОТЫ НА ФОРТЕПИАНО ВО ВНЕКЛАССНОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Аннотация:
В данной статье рассмотрены методы работы на фортепианном
инструменте во внеклассной деятельности, в ней содержатся сведения об истории
создания фортепианного инструмента и о том, как он сохранился до наших дней.
Ключевые слова:
Виды обучения, фортепиано, искусство, период Возрождения,
музыка, культура, рояль, музыкально-эстетическое, музыкально-образовательное,
педагогика, исполнительское мастерство.
WAYS TO WORK ON THE PIANO IN EXTRACURRICULAR ACTIVITIES
Abstract:
This article covers the methods of working on the piano instrument in
extracurricular activities, it contains information about the history of the creation of the piano
instrument and how it has been preserved to this day.
Key words:
Types of training, piano, art, renaissance period, music, culture, grand
piano, musical-aesthetic, education-music, pedagogy, performance skills.
KIRISH.
Darhaqiqat, juda ko‘plab, e’lon qilingan yozma manbaalarja fortepiano cholg‘usi
xususida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Jumladan, bu haqdagi ma’lumotlar
bundan besh yuz yillik tarixga ega klavir san’ati Uyg‘onish davrida vujudga kelib, XVII-XVIII
asrlarda gullab-yashnadi. XVIII asr boshida fortepiano cholg‘usi yaratilganidan so‘ng,
fortepiano san’ati rivojlanish davri boshlandi. Ushbu musiqa fortepiano cholg‘usi XVIII
asrning boshlarida (1710 yilda) italiyalik Kristofori tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda ohista
va baland (kuchli va kuchsiz) tovushlarni chalish mumkin bo‘lgan. Shu bois fortepiano
cholg‘usining nomi “fortepiano” deb nomlanib, italyan tilida tovush kuchi nuqtayi nazaridan -
“baland-past” ma’nolarini bildiradi. Fortepiano cholg‘usining klavishlarini bosganda
jaranglaydigan tovushlar esa klavishdan emas, balki fortepiano (pianino) cholg‘usining ichida
tarang tortilgan simlardan yangraydi. Agar simlar vertikal (tikka) tortilgan bo‘lsa, bu –
fortepiano cholg‘usi bo‘lib, u hajm jihatidan kichikroq hamda katta bo‘lmagan xonalarda ijro
etish uchun mo‘ljallangan. Agar simlar gorizontal (yotiq) tortilgan bo‘lsa, bu – royal
cholg‘usidir. Uning tovushlari balandroq va jarangli bo‘lib, hajm jihatidan katta.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
155
Fortepiano cholg‘usining o‘zidan ko‘ra mukammalroq ishlab chiqilgan yana bir turi royal
kontsert zallarida ijro etish uchun mo‘ljallangan. Fortepianoda o‘tirish, ijrochilik holati
Ma’lumki, har qanday cholg‘uni ijro etishni o‘rganishda avval cholg‘u oldida to‘g‘ri o‘tirib,
gavdani, oyoq-qo‘llarni erkin tutish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish muhimdir. Bu
ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi ijrochilik holatining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.
Fortepiano ijrochiligida uchta ta tayanch nuqtalari mavjud bo‘lib, bular oyoq holati, o‘rindiqda
(stulda) o‘tirish holati va “qo‘l holati” (barmoqlar)dir. Shuningdek, yana bir necha
xususiyatlari mavjud. Ular:
oyoq holati – bir oz oldinga surilgan holda yerga yoki maxsus taxtachaga tayangan
bo‘lishi lozim;
o‘rindiqda (stulda) o‘tirganda, butun o‘rindiqqa emas, balki uning yarmiga mustahkam
o‘tirish kerak. O‘rindiqning balandligi esa maxsus burama moslama yoki taxtachalar bilan
shogirdga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Uning balandligi shunday qo‘yilgan bo‘lishi kerakki,
unda tirsaklar klavishdan pastda yemas, balki ular bir tekis balandlikda bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir;
barmoqlar uchinchi – eng muhim tayanch nuqtalardan biri sanaladi. Gavdani tik tutgan
holda qomatni biroz oldinga, cholg‘uga yaqin tutib, “qo‘l holati” (barmoqlar)ni qo‘yganda bilak
tepaga ko‘tarilmagan, tirsak tanadan uchyuz burchak ostida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yelkalar erkin holatda hamda o‘quvchining qaddi rostlangan bo‘lishi lozim. Qo‘llar yumaloq va
klavishni bosganda barmoqlar uchiga tayangan bo‘lishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Fortepiano cholg‘usi o‘ziga xos xususiyatga ega. Unda ijro etishda tovushni tiniq, ravon
ijro etish uchun ularning imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan bilish hamda ularda ijro
etish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish talab etiladi. Ijro yetilayotgan asarlarni qismlarga va
qismlarni jumla va frazalarga bo‘lish orqali musiqaning aniq ijro etishga erishiladi. Bir nechta
musiqiy jumladan esa asarning qismi paydo bo‘ladi. Yangi asarlarni o‘zlashtirish jarayonida
har bitta fraza, jumla uchun alohida tovush kuchi talab etilishi mumkin.
Ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir mashq va kichik kuylar taklif etilayotgan
mashqlarni turli shtrixlarda va har xil harakatlarda qo‘llab, barmoqlar texnikasining fikrlash
tezligini birinchi darslardan boshlab rivojlantirish zarur. Ko‘p miqdorda turli balandlikdagi
tovushlarni ikki qo‘lda ijro etish uchun bir- biriga chiziq bilan bo‘lingan ikkita nota yo‘lidan
foydalaniladi: yuqoridagi qator o‘ng qo‘lda, pastdagi qator esa chap qo‘lda ijro etish uchun
mo‘ljallangan. Ularning “akkolada” deb nomlanuvchi yoy birlashtirib turadi. O‘quvchilar
o‘rganishlari lozim bo‘lgan eng birinchi kichik asarlar – bir ovozli qo‘shiqlar bo‘lib, ular
navbatma-navbat ikki qo‘l bilan chalish uchun mo‘ljallangan.Ijro dasturini tanlash Fortepiano
ijrochiligining boshlang‘ich davrida ijro repertuarining ko‘lami nihoyatda kengdir. Jahon
kompozitorlarining musiqiy namunalari bilan birga, O‘zbekiston kompozitorlarining milliy
ruh bilan sug‘orilgan ko‘plab namunalari, o‘zbek xalq kuylarining fortepiano uchun
moslashtirilgan variantlari mavjuddir. O‘quvchilarning badiiy ijrochilik tafakkurini boyitish,
texnik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun turli xarakterdagi asarlarni tanlash, zamonaviy
kompozitorlarning asarlari bilan birga, O‘zbekiston va jahon musiqa madaniyati
durdonalaridan namunalar bilan tanishib borish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar
o‘rganishi kerak bo‘lgan ilk asarlar bir ovozli qo‘shiq namunalari bo‘lib, ular asta sekin ikki
qo‘l bilan chalish uchun mo‘ljallanadi. Ikki qo‘l orasida taqsimlangan cholg‘u kuyini yanada
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
156
aniq tushunish uchun sekin tempda kuyning she’riy matnini qo‘shiq qilib kuylash juda
foydalidir.Akkord – ikki yoki undan ortiq tovushlarning qo‘shilib yaxlit holda yangrashidir.
notalarni birga chalishga tovush yangrashidagi tanaffus yoki jim turish belgisi. Pauzalar ham
notalar singari turli cho‘zimga ega.
Fortepianoda stakkato – nota ustidagi yoki tagidagi nuqtalar, ushbu tovushlarni qisqa va
uzib chalish kerakligini bildiradi. Ayrim hollarda ushbu usul staccato (uzib chalish) so‘zi bilan
ham beriladi. Etyud – texnik xarakterdagi asar yoki yakunlangan musiqiy tuzilmadagi
mashqdir. Siz uni o‘rganish jarayonida ustozingiz ko‘magida notalarni ovozingizni chiqarib
sanab, ritmiga qarsak bilan jo‘r bo‘lib, o‘rganishingiz mumkindir. Polifonik asarlar Polifoniya
(yunoncha poli-ko‘p, fone-tovush, ovoz) – ko‘p ovozli musiqa turi, har biri alohida
mustaqillikga ega bo‘lgan, bir necha kuyning garmonik qo‘shilib, murakkablashib
rivojlanishidir. Polifoniyadagi ovozlar turli ohang (intonastiya) ritm, avj (kulminastiya),
intonastiya, kadanslar va hatto dinamik tuslar va tembrlarida bo‘lishlaridan qatoiy nazar,
bular qo‘shilib bir umumiy eshitilishga bo‘ysunadilar. Musiqa tuzilishida polifoniyaning
ahamiyati juda muhim, chunki bundagi kuy, ritm, lad va garmoniyalar o‘zaro uzviy boliq holda
rivojlanadi. SHuning uchun musiqa janrlarining turli shakllari (fuga, invenstiya va kanon v.b.)
da polifonik tuzilishlar qo‘llaniladi. G‘arbiy Yevropa va rus klassik kompozitorlari o‘z
asarlarida polifoniyadan keng foydalanganlar. O‘zbek xalq musiqasiga ko‘p ovozli musiqa
an’analarini tadbiq etishda polifoniya alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. XX asrning 20-yillarida
o‘zbek xalq kuylarini garmoniyalashda polifoniya shakllaridan foydalanildi va bu tajriba
kelgusida ko‘p ovozli yirik asarlar yaratishda O‘zbekiston kompozitorlariga omil bo‘ldi.
Asarlarda polifoniyalar ovozosti, qarama-qarshi, imitastion yozuvda uchraydi. Ovozosti
polifoniya – asosiy ovoz rivojlanib, qolganlari u qadar mustaqillikga ega bo‘lmagani holda
asosiy ovozga tobe bo‘ladi. Ayrim hollarda bu ovozlar muayyan o‘zgarishlar bilan takrorlab, u
bilan paralel ravishda rivojlanadi. Bundan boshqa hollarda esa bu ovozlar asosiy ovozlardan
farq qilib, umumiy rivoj konturlarida birlashishi mumkin. Har qaysi hollarda ham ovoz osti
polifoniyasi melodik rivojning umumiy kuylanishini kengaytirishga xizmat qiladi. Qarama-
qarshi ovozlar polifoniyasi - melodik boshlovchilikning turli ovozlarda rivojlanishidir.
Natijada ovozlar navbatma- navbat oldingi o‘ringa chiqadi.
NATIJALAR
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish musiqa maktabda fan sifatida har
qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining oboektiv qonunlari to‘g‘risidagi
bilimlaming yakunidan, jamlanishidan, ishonarli va umumlashgan bilimlar tizimidan iborat
bo‘ladi. To‘g‘ri har qanday fanning ajralib turishi va me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun uning
o‘zida xususiy tushunishning mavjudligi muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Tarbiya, ta’lim va
o‘qitish fan sifatidagi pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy
munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo‘naltirilgan holda shakllantirish maqsadida
bir xil toifadagi kishilar boshqa birovlarga ta’sir o‘tkazadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish ta’lim - tarbiyaning shunday bir
jihatiki, u insoniyat to‘plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ta’lim turli
yo‘llar orqali olinadi. O‘qitish insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi muayyan jihatlarining
maxsus tayyorlangan shaxs rahbarligida (o‘qituvchi, tarbiyachi, professor, instruktor
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
157
rahbarligida) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonl, maorifiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi funksiyalarini uzviy birlikda ado etuvchi jarayondir. Musiqiy tarbiya
metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kirib, unda alohida o‘rin egallaydi. Musiqaviy tarbiya
masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog‘liq
holda qaraladi. Musiqaviy-estetik tarbiya-musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng
tushunchadir. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o‘rin tutadi, lekin alohida o‘rin tutmaydi.
Musiqiy tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san’at va atrof
hayotdagi go‘zal narsalarga muhabbat tuyg‘usini hamda o‘z his-tuyg‘ularini musiqa tilida
ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirish katta rol o‘ynaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish musiqiy tarbiya haqida unga
keng pedagogik maono bergan holda gapiriladigan bo‘lsa, ta’lim-tarbiya muassasalari tizimida
amalga oshiriladigan butun o‘quv- tarbiya jarayonining biror maqsadga muvofiq oldindan
qo‘yilgan holda tashilcil etilishi tushiniladi. Biror maqsadga qaratilgan, yaxshi tashkil etilgan
musiqiy tarbiyaning maqsadi mehnat va ijtimoiy faoliyatga va ona Vatanni doimo sevishga
tayyor bo‘lgan, har tomonlama va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirishdan iborat.
Musiqadagi go‘zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda o'quvchilarning fortepiano
cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish o‘quvchi ijodida va idrokida intelektual asosni qaror
toptirishdan hech qachon yuz o‘girmaslik kerak. Musiqani tinglashda u yoki bu holatlami his
etib boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilinayotgan materialni farqlaymiz,
tanlaymiz, baholaymiz va fikr yuritamiz. Musiqiy idrokni va didni tarbiyalash, musiqiy
qobiliyatlami rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o‘zaro taosirda bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirishda musiqiy idrok etish go‘zallikni
fahmlashdan ko‘proq doirani qamrab oladi, go‘zallikni fahmlash esa, o‘z navbatida musiqiy
idrok etishning turlaridan biridir. Hamma go‘zal narsalami musiqiy idrok etish mumkin, lekin
hamma musiqiy idrok etilgan narsalar go‘zal bo‘lavermaydi. Go‘zallikda voqelikning ijobiy
tomonlari o‘z ifodasini topadi.
Hayotiy voqea va hodisalami musiqiy idrok etishimizda turli ruhiy kayfiyatlarga tushsak,
go‘zallikni fahm etganimizda esa, faqat rohatlanamiz. Shuningdek, haqiqiy musiqiy didga ega
bo‘lish mazkur shaxsning muhim fazilatlaridan biridir. CHunki didda u yoki bu kishining ruhiy
olami namoyon bo‘ladi. Demak, sog‘lom did uchun kurashish shaxsning insoniy fazilati uchun
qayg‘urishi demakdir. Musiqiy didi barkamol bo‘lgan o‘quvchi faqat san’at durdonalarini
tushinadigan o‘quvchigina emas, u hayot go‘zalliklarini qaysi shakldatabiatdami, odobdami,
mehnatdami yoki atrofdagi buyumlardami, nimalarda ko‘rinmasin uni qadrlaydigan bo‘ladi. U
barcha g‘oyaviy va axloqiy tubanlikka zarba berishga tayyor turadi.
MUHOKAMA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish sinfdan tashqari o‘quvchilarni
estetik ruhda tarbiyalashda, ulaming badiiy didini o‘stirishda adabiyot va san’atning roli
nihoyatda katta. Chunki o‘quvchilarda axloq meoyorlarini shakilantirishda, hayotga faol
munosatatda bo‘lish kabi xususiyatlami kuchaytirishda musiqa san’atining imkoniyatlari juda
keng. San’at o‘quvchilarda yuksak inosniylik tuyg‘ularini ortirishi bilan birga, ulaming
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
158
maonaviy yuksalishiga ham samaraJi taosir etadi. Hozirgi zamon musiqa darsi musiqaviy
tabiya va ta’limning o‘ziga xos vazifalari bilan bir qatorda o‘z oldiga quyidagi vazifalami ham
qo‘ymog‘i kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish sinfdan tashqari musiqaviy
tarbiya tizimi ko‘pgina elementlardan tashkil topadi, bular: musiqa darsi, musiqadan sinfdan
va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya, vokal va xor studiyalari hamda to‘garaklari, vokal va
cholg‘u ansambllari, musiqa maktablari va hokazo. Bu tizimda ommaviy axborot tizimi juda
katta o‘rin egallaydi. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vositalaming hammasi musiqaviy-
estetik muhitni tashkil etadiki, bu muhitda o‘quvchilarning musiqa sohasidagi qiziqish va
ehtiyojlari vujudga keladi. Maktabda musiqa darsi estetik tarbiya tizimining bir qismi bo‘lib, u
ko‘p jihatdan maktab o‘quvchisining ma’naviy rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi. Musiqaviy-
ijodiy qobiliyatlami rivojlantirish va boyitish, musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish,
musiqa san’atiga qiziqish bilan qarash, o‘quvchilarning badiiy havaskorligi puxta o‘ylangan va
izchil tizim bo‘yicha amalga oshirilmog‘i kerak. Musiqa darsi o‘ziga xos faoliyat turlari bilan:
musiqa asarini tinglash va tahlil qilish, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida harakatlar bajarish,
musiqa ijodkorligi bilan ajralib turadi. Dars jarayonida bu faoliyat turlarini bir-biridan ajratish
mumkin emas, chunki ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan va baozan bir-biriga singib ketgan
bo‘ladi. Musiqani tinglash jarayonida o‘quvchilar muayyan miqdorda musiqaviy-nazariy
bilimlar oladilar, musiqa tinglash qobiliyati tajribasini to‘playdilar, ularda ayni vaqtning o‘zida
taxlil qilish malakalari shakllanadi. Jamoa bo‘lib qo‘shiq aytishda qo‘shiqchilik ovozi hamda
musiqa tinglash qobiliyatining barcha komponentlari (yuqori tovush, ritmika, tovushlar
uyg‘unligi, tembr) rivojlanadi. Xor bo‘lib qo‘shiq aytish, o‘quvchilar musiqa fortepiano
cholg‘usilarini chalish, musiqa ostida harakat qilish improvizatsiya (erkin ijod etish)
jarayonida ijrochilik malakalarining rivojlanishi o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotining faol,
manfaatdor, emotsional qatnashchilariga aylantirib qo‘yadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini
rivojlantirish musiqa fanining vazifasi-o‘quvchilami go‘zallikka faol munosabatda bo‘lishga,
musiqaga ijodiy yondoshishga o‘rgatishdan iboratdir. Bunga biron-bir asami o‘zlashtirib va
tushunib olish asosidagina emas, balki uning yaratilish tarixini, musiqa nazariyasining
asoslarini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida erishish mumkin. Biroq darsda
o‘quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo‘ladi. Musiqani tushinish
atrofdagi hayotni to‘la to‘kis idrok qilish uchun zarurdir, chunki pirovardida san’at asari va
hayotdagi estetik narsaning mohiyatiga chuqur kirib borish qobiliyati maktab o‘quvchisi
shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Musiqa darsi ham barcha fanlar
qatori o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami hal qilmog‘i kerak va bu vazifalami qanchalik faol va aniq
maqsadni ko‘zlagan holda hal qilsa, maktab o‘quvchilariga musiqaviy ta’lim berish darajasi
ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari
mashg‘ulotlarda o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish o‘quv ishining
tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy
sinf bilan qatoiy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv
dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
159
xil metodlardan foydalanadi. O‘qitish jarayonini o‘qituvchi bilan shug‘ullanuvchilaming biror
maqsadga qaratilgan, izchillik bilan o‘zgarib turadigan o‘zaro bog‘langan faoliyati deb qarash
mumkin. Bu faoliyat davomida shug‘ullanuvchilaming ma’lumot olish, rivojlanish va
tarbiyalanish vazifalari hal etiladi. Musiqa darsida o‘quvchi bilan o‘qituvchinig o‘zaro
munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashgari mashg‘ulotlarda
o'quvchilarning fortepiano cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish musiqa darsida istisnosiz barcha
o‘quvchilarning musiqiy faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat qiladi. SHuningdek, o‘quvchilarning
orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro nazoratni qo‘liab-quwatlaydi. O‘qituvchining darsdan tashqari
ishi barcha o‘quvchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari,
zarur ko‘nikma va malakalami hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvarь,
№11
2.
Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga
quramiz.Toshkent “O‘zbekiston” – 2017 y.
3.
Sh.M.Mirziyoyev Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016y.
4.
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik (Asqar Mahkam tarjimasi). – Toshkent: SHarq, 2001. –
400 b.
5.
Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 b.
6.
Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.
Ped.fan.dok...diss. avtoref. – Toshkent, 2003. – 44 b.
7.
Azizxodjaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. – Toshkent:
TDPU, 2000. – 52 b.
8.
Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Al-adab al-mufrad (Adab durdonalari)
/ tarj. muqad. va izohlar muallifi SH.Boboxonov. – Toshkent: O‘zbekiston, 1990. – 199 b.
9.
Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis. 4 kitob. 1-k. Al-Jomi’ as – sahih
(Ishonarli to‘plam) / Arabchadan Z.Ismoil tarj. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. –
560 b.
10.
Baratov SH. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari / Maktab o‘qit. va ped.inst.o‘quvchilari
uchun qo‘ll. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 56 b.