ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
143
KO‘P QAVATLI TURAR JOY BINOLARNI DEFORMATSIYASINI GEODEZIK
KUZATISH ISHLARI
Nazarov Bekchanboy Rustamovich
Toshkent arxitektura qurilish universiteti, dotsent.
Saidov Baxtiyorjon Mamasoliyevich
Toshkent arxitektura qurilish universiteti, dotsent v.b.
Abdullayev Javoxir Murodilla o‘g‘li,
Toshkent arxitektura qurilish universiteti 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15697014
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, bino va inshootlarni deformatsiyalarini geodezik
an’naviy kuzatish usullari hamda ularda qo‘llaniladigan zamonaviy geodezik asboblar va
texnologiyalar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
Аннотация:
В данной статье представлены обобщённые сведения о
традиционных геодезических методах наблюдения за деформациями зданий и
сооружений, а также о современных геодезических приборах и технологиях,
применяемых в таких наблюдениях.
Annotation:
This article presents generalized information on traditional geodetic
methods for monitoring deformations of buildings and structures, as well as the modern
geodetic instruments and technologies employed in such monitoring.
Kalit so‘zlar:
bino va inshootlarning deformatsiyasi, nivelir, nivelirlash to‘ri, elektron
taxeometr, nazorat markalari, fazoli siljish, geodezik usul, geometrik nivelirlash, raqamli
nivelir, lazerli skanerlash, global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi.
Ключевые слова:
деформации зданий и сооружений, нивелир, нивелирная сеть,
электронный тахеометр, контрольные марки, пространственное смещение,
геодезический метод, геометрическое нивелирование, цифровой нивелир, лазерное
сканирование, глобальная навигационная спутниковая система.
Keywords:
deformation of buildings and structures, level (instrument), leveling
network, electronic total station, control marks, spatial displacement, geodetic method,
geometric leveling, digital level, laser scanning, global navigation satellite system.
Kirish qismi.
Yer ustida quriladigan har qanday turdagi bino va inshootlarda
deformatsiyaning uchrashi tabiiy holdir.
Umuman olganda, “
deformatsiya
” bino va inshootlarning doimiy turg‘unlik holatini
o‘zgarishini anglatadi. Geodezik amaliyotda deformatsiyani bino va inshootning gorizontal
yoki vertikal o‘qidan o‘zgarishi deb hisoblash mumkin.
Agar bino va inshootlarning poydevori ostidagi tuproqlar teng ravishda siqilmasa yoki
tuproqdagi yuk boshqacha bo‘lsa, bino va inshootlar notekis bo‘ladi. Bu esa bino va
inshootlarning boshqa deformatsiyalariga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, siljishlar,
gorizontal siljishlar, buzilishlar, egilishlar natijasida ular bino va inshoot devorlarida tashqi
tomondan yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shu sababli bino va inshootlarni doimiy ravishda qurilish jarayonida va qurilish
tugallangandan so‘ng ham geodezik kuzatish ishlarini olib borilishini talab qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
144
Barcha turdagi bino va inshootlar doimiy tashqi ta’sir ostida bo‘lib, ular tabiiy va sun’iy
bo‘lishi mumkin. Qurilish obyektiga ta’sir qiluvchi ushbu kuchlarning umumiyligi u yoki bu
darajada bino va inshootlarning deformatsiyasiga sabab bo‘ladi.
Bino va inshootlarni deformatsiyasini kuzatish usullari, usullardagi miqdoriy qiymatlar,
hal qilish masalalarini belgilovchi asosiy me’yoriy hujjat bu SHNQ 3.01.03-19 hisoblanadi [1].
Ushbu me’yoriy hujjatda, vertikal cho‘kishlarni o‘lchash ishlarida geometrik nivelirlash
usuli tavsiya etiladi, bu ish esa optik nivelirlar bilan amalga oshiriladi.
O‘lchash natijasida aniqlangan deformatsiya qiymatlari aniqligini baholash uchun
deformatsiya xarakteristikasining olingan qiymati chekli qiymatlar bilan taqqoslanadi. Agar
deformatsiya xarakteristikasining mutlaq qiymati uni aniqlashning chegaraviy xatosidan
oshmasa, bino va inshootga o‘rnatilgan cho‘kish markasi o‘z holatini o‘zgartirmagan deb
hisoblanadi (deformatsiyalar yo‘q).
Asosiy qism:
Bino va inshootlarning deformatsiyasini kuzatish, turli omillar ta’sirida
yuzaga keladigan va uning qulashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalar (siljishlar,
cho‘kishlar va og‘ishini shakllanishi) tufayli bino konstruktsiyasining loyiha qiymatlaridan
chetlanishlarini nazorat qilish. Egilishi - bu bino va inshoot o‘qining vertikal tekislikdan og‘ishi,
ya’ni vertikal holatda loyihadagi ko‘rinishlardan farqi.
O‘rganilayotgan obyektdagi mavjud bino va inshoot, qurilish yoki muhandislik
inshootlarining uch o‘lchovli modelini yaratish zarur bo‘lgan holatlar mavjud, bunday
hollarda asosan lazerli skaner asbobi yordamida skanerlash qo‘llaniladi.
Bino va inshootlarda bir necha marta kuzatishlar asosida deformatsiya monitoringini
o‘tkazishda ularni qayta tiklash yoki xatto muqarrar vayronagarchilik tufayli to‘liq qayta
qurishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlarning oldi olinadi.
Yuqoridagi bir qator talablarni va deformatsiyaga oid meyyoriy qiymatlarni nazarda
tutgan holda, Toshkent viloyati Chirchiq shaxrida joylashgan 9 qavatli turar joy binosining
kuzatish ishlarini geodezik usullar bilan amalga oshirdik.
Deformatsiyani aniqlash uchun o‘lchash ishlarida gorizontal og‘ishni aniqlash uchun
elektron taxeometr yordamida binoga o‘rnatilgan cho‘kish markalari kuzatildi.
Vertikal cho‘kishni aniqlash uchun esa geometrik nivelirlash usulidan foydalanildi.
Geometrik nivelirlash usuli bu-
bino va inshootlarning cho‘kishini aniqlash uchun eng
maqbul usul hisoblanib, u yuqori o‘lchovlarning aniqligi va tezligi 5-10 m masofada
joylashgan cho‘kish markalari orasidagi balandliklar 0,05-0,1 mm aniqlik bilan o‘lchash
imkonini beradi. Shuningdek, yuzlab metr masofada – 0,5 mm aniqlik bilan o‘chash ishlarini
bajarish ham mumkin. Cho‘kishni aniqlashda sanoat va turar joy binolarini kuzatish ishlari
asosan I va II klass, nivelirlashdan foydalaniladi. Nivelirlash klasslariga qo‘yiladigan umumiy
talablar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Nivelirlash klasslariga qo‘yiladigan umumiy talablar
1-jadval
Ko‘rsatkichlar
Nivelirlash klasslari
I
II
III
IV
Vizirlash nuri uzunligi, m
50
65
75
100
Poligon yoki nivelirlash yo‘lidagi yo‘l qo‘yarli
bog‘lanmaslik, mm.
�
��
o‘lchov birligida
3
�
5
�
10
�
20
�
Stansiyadagi yelka (nivelirdan reykalargacha bo‘lgan
0,5
1
2
5
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
145
masofa) tengsizligi, m.
Seksiyadagi yelkalar tengsizligining yig‘ilib borishi, m
1
2
5
10
Vizirlash nurining yer tekisligidan balandligi, m
0,8
0,5
0,3
0,2
Stansiyada nisbiy balandlikni aniqlashning o‘rta
kvadratik xatoligi, mm
0,15
0,20
1,5
3,0
Trigonometrik nivelirlash.
Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik
burchagi va masofa o‘lchanadi, hamda o‘lchash natijalaridan nuqtalarning bir-biriga nisbatan
balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Teodolit yoki taxometr
bilan qiyalik burchagi o‘lchanadi. Trigonometrik nivelirlash topografik plan olishda,
balandliklardagi farq katta bo‘lgan nuqtalarni, masalan, tog‘, tepalik va boshqa relef
shakllarini, turli buyum va inshootlarning balandligini aniqlashda qo‘llaniladi.
Trigonometrik nivelirlash natijasidan nisbiy balandlikni hisoblashning asosiy
formulalari
� = � �� � + � – �
Agar
� = �
, asbob balandligi va vizir nuri balandligi o‘zaro teng bo‘lsa quyidagicha
hisoblanadi
�' = � �� �.
O‘rtacha nisbiy balandlikni anqilash quyidagi formuladan aniqlanadi
�
�'�
=
�
��'�'��
+ �
�������
�
;
Tadqiqot sifatida kuzatilyatgan 9 qavatli turar joy binosining vertikal cho‘kishini
trigonometrik nivelirlash usuli bilan nivelirlash natijasidan hisoblash olib borilganda quyidagi
qiymatlar hosil bo‘ldi
�ℎ = �
0
− �
1
= 488,6817 − 488,6775 = 0,0043
�ℎ = �
0
− �
2
= 488,6817 − 488,6736 = 0,0081
Nivelirlash usullaridan foydalangan holda binoning vertikal cho‘kishi aniqlangach,
elektron taxeometr asbobi yordamida biz binoning gorizontal og‘ishini kuzatish ishlarini ham
bajarishimiz kerak.
Buni inobatga olgan holda binodan ma’lum masofa oraliqda stansiyada elektron
taxeometr asbobi o‘rnatilib, binodagi cho‘kish markalarining holati vertikal o‘qga nisbatan
farqi koordinatalar orqali aniqlanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
146
1-chizma. Cho‘kish markalarini joylashish va nivelirlash yo‘lining va elektron taxeometr
yordamida binoni geometrik parametrik aniqlash sxemasi
9 qavatli turar joy binosining, 1-qavat, 5-qavat va 9-qavatlarida, devoriy markalar
o‘rnatildi. Binoning 1 va 9- qavatning to‘rt tomon yuzasiga, jami 12 tadan 24 ta devoriy
markalar o‘rnatildi, 5-qavat qavatning ikki tomon yuzasiga jami 8 ta devoriy markalar
o‘rnatildi. Binoga umumiy 32 ta devoriy markalar o‘rnatildi. 4 ta
�, �
koordinatalari va
�
otmetkasi ma‘lum bo‘lgan qo‘zg‘almas reperlarga bog‘langan holda, 4 ta stansiyadan turib
devoriy markalarda geodezik kuzatuv ishlari olib borildi.
Bıno va inshootlarda absolyut balandliklarining sikllarda o‘zgarishi
2-jadval
Geodezik kuzatishlarni nazorat qilish jadvali
Geodezik
marka
nomi
1-kuzatish natijasi 16.04.25
2-kuzatish natijasi 30.04.25
Kuzatish natijalari farqi
30.04.25
Koordinata
Baland-
lik
(m)
Koordinata
Baland
lik
(m)
Koordinata
Baland-
lik
(m)
X
Y
H
X
Y
H
X
Y
H
1-
qavatd
a
qavatd
a
M-1001
10,571
7,280
3,969
10,570
7,279
3,968
0,001
0,001
0,001
M-1002
10,571
32,907
4,040
10,570
32,906
4,039
0,001
0,001
0,001
M-1003
10,551
33,964
4,038
10,551
33,963
4,037
0,000
0,001
0,001
M-1004
10,539
59,670
4,123
10,538
59,669
4,122
0,001
0,001
0,001
M-1005
21,687
7,030
3,979
21,686
7,028
3,978
0,001
0,002
0,001
M-1006
21,687
32,694
3,916
21,685
32,693
3,915
0,002
0,001
0,001
M-1007
21,672
33,878
3,925
21,670
33,877
3,924
0,002
0,001
0,001
M-1008
21,655
59,697
4,066
21,653
59,697
4,065
0,002
0,000
0,001
M-1009
21,399
6,732
3,980
21,398
6,730
3,979
0,001
0,002
0,001
M-1010
10,859
6,724
3,975
10,858
6,723
3,974
0,001
0,001
0,001
M-1011
21,421
60,018
4,069
21,419
60,018
4,068
0,002
0,000
0,001
M-1012
10,878
60,016
4,126
10,877
60,015
4,125
0,001
0,001
0,001
5-
qavatd
a
M-6001
10,627
7,375
13,787
10,626
7,374
13,786
0,001
0,001
0,001
M-6002
10,628
32,869
13,705
10,627
32,868
13,704
0,001
0,001
0,001
M-6003
10,568
33,929
13,768
10,568
33,929
13,767
0,000
0,001
0,001
M-6004
10,561
59,109
13,786
10,560
59,107
13,785
0,001
0,001
0,001
M-6005
21,748
7,328
13,840
21,746
7,325
13,839
0,001
0,002
0,001
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
M-6006
21,745
32,864
13,578
21,743
32,863
13,577
0,002
0,001
0,001
M-6007
21,692
33,872
13,667
21,689
33,871
13,666
0,002
0,001
0,001
M-6008
21,686
59,612
13,670
21,685
59,611
13,669
0,002
0,001
0,001
9-
qavatd
a
M-9001
10,746
7,441
31,094
10,743
7,439
31,093
0,003
0,002
0,001
M-9002
10,743
32,766
31,040
10,741
32,764
31,039
0,002
0,002
0,001
M-9003
10,627
33,873
31,013
10,625
33,871
31,012
0,002
0,002
0,001
M-9004
10,602
59,446
31,078
10,600
59,444
31,077
0,002
0,002
0,001
M-9005
21,857
7,229
31,021
21,856
7,227
31,020
0,001
0,002
0,001
M-9006
21,852
32,904
30,884
21,850
32,903
30,883
0,002
0,001
0,001
M-9007
21,742
33,815
31,004
21,740
33,814
31,003
0,002
0,001
0,001
M-9008
21,738
59,444
31,088
21,736
59,444
31,087
0,002
0,000
0,001
M-9009
21,414
6,784
31,022
21,411
6,782
31,021
0,003
0,002
0,001
M-9010
11,049
6,784
31,186
11,048
6,782
31,185
0,001
0,002
0,001
M-9011
21,294
59,953
31,094
21,292
59,953
31,093
0,002
0,000
0,001
M-9012
11,027
59,938
31,097
11,025
59,936
31,096
0,002
0,002
0,001
Koordinata tizimi:
shartli
. Balandlik tizimi:
shartli
Cho‘kishni kuzatish vaqtida o‘lchashlarning har bir siklida bino va inshootlarga
o‘rnatilgan cho‘kish markalaridan sanoq olishdan oldin biz bog‘lanishimiz kerak bo‘lgan
reperlar barqarorligi tekshiriladi.
Buning uchun ularning barchasi yopiq poligonga kiritilgan. Bunday konstruktsiyalar
birinchi tartibli deformatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Undagi o‘lchash natijalari maksimal
darajada amalga oshiriladi. Deformatsiya belgilarining balandligini aniqlash uchun ular
geometrik nivelirlash tarmog‘iga bevosita bog‘lanadi.
Qurilish konstruksiyasi yoki inshootning geometrik parametrlarini aniqlash ishlari
elektron taxeometr yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Deformatsiyalarni kuzatishda asosiy masala – ularni aniqlashning ishonchliligi va
aniqligidadir. Agar deformatsiya oldindan ma’lum bo‘lsa, kuzatilgan deformatsiya natijalari
ishonchli ekanligini, ularning miqdoriy xarakteristikalari o‘lchash sikllari natijalarida
solishtirib tekshiriladi. Ruxsat etilgan deformatsiyalarning mutlaq qiymatlari ularni aniqlash
xatolari bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, deformatsiyalarni aniqlashning ishonchliligi natijalarni
qayta ishlash usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yer ustida qurilgan barcha tipdagi bino va
inshootlarda vertikal cho‘kish va gorizontal og‘ish jarayoni ya’ni deformatsiya bo‘lishi
ehtimoli yuqoriligini inobatga olib, uning keskinlashish oqibatlari oldini olish hamda ularni
doimiy kuzatish uchun bir qator o‘lchashlarni bajarilishi zarur.
Biz ham yuqoridagi nazariy va amaliy isbotlardan kelib chiqib, o‘zimiz kuzatuv olib
borgan turar joy binoyimizda vertikal cho‘kish va gorizontal og‘ish deformatsiyalarini
taxeometr va nivelir asboblari bilan ma’lum muddatda muntazam kuzatdik. Kuzatish va
o‘lchash natijalaridan kelib chiqib, hisoblashlar qiymatlarini o‘zaro taqqoslaganda binoning 3–
4 mm ga cho‘kishi hamda 1–2 mm ga og‘ish holatini ko‘rish mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qurilishda geodezik ishlar to‘plami SHNK 3.01.03.19. Toshkent. 2019–yil.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
2.
Jurayeva X.D., Yuldashev A.O., Kenjaev U.A. “Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical
Developments” xalqaro jurnal. “Determination of deformation of buildings and structures аnd
their geodetic observation works”. Pol’sha. 2024. 225–233 betlar.
3.
Jurayeva X.D. European Journal of Research Development and Sustainability xalqaro
jurnal. “Observation subsidency and horizontal displacement of hydraulic structures”.
Isoaniya. 2022. 4–7 betlar.
4.
Avchiyev SH. K., Tashpulatov S.A. “Injenerlik geodeziyasi”. Darslik. Toshkent-2018
5.
Avchiyev Sh. “Qurilish injenerlik geodeziyas”. Darslik. Toshkent – 2019 y
6.
Tashpoʻlatov S.A. “Oliy geodeziya”. Darslik. Toshkent – 2022 y