ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
129
ICHKI TURIZM BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETINGNING OʻRNI
Nargiza Murodova
Katta oʻqituvchi, Qarshi davlat texnika universiteti
Xolliyeva Sevinch
Talaba, Qarshi davlat texnika universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15696440
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ichki turizm bozorining rivojlanishida marketing
strategiyalarining oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ichki turizmni faollashtirishda zamonaviy
marketing vositalaridan foydalanish, brending, reklama va raqamli texnologiyalarning roli
koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston tajribasi asosida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish
boʻyicha takliflar ilgari suriladi.
Kalit soʻzlar
: ichki turizm, marketing, raqamli marketing, brending, turizm bozori,
reklama, strategiya.
Kirish.
Bugungi globallashuv sharoitida turizm sanoati nafaqat xalqaro miqyosda, balki
mamlakat ichkarisida ham iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir koʻrsatmoqda.
Ichki turizm – bu mamlakat fuqarolarining oʻz hududida sayohat qilish faoliyati boʻlib, u yirik
iqtisodiy tarmoq sifatida shakllanmoqda. Mazkur sohaning rivojlanishida marketing
vositalarining samarali qoʻllanilishi muhim rol oʻynaydi. Ichki turizm – bu mamlakat
fuqarolarining boshqa viloyatlarga, tarixiy obidalarga, dam olish maskanlariga safarlari bilan
bog‘liq faoliyatdir. Ushbu yoʻnalish ichki iqtisodiy faollikni oshirish, mahalliy tadbirkorlikni
rag‘batlantirish va madaniy merosni targ‘ib qilish imkonini beradi. Marketing esa – bu
bozordagi ehtiyojlarni aniqlash, qondirish va mijozlar bilan samarali aloqani tashkil qilishga
qaratilgan tizimli faoliyatdir.Ichki turizmning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshimcha
turtki beradi. Bunda marketing vositalarining toʻg‘ri qoʻllanilishi, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, aholining xabardorligini oshirish va sifatli xizmat koʻrsatishni
yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega. Ichki turizmda marketingni kuchaytirish – bu nafaqat
sayyohlar oqimini oshirish, balki xalqning madaniy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
Metodologiya.
Turizm ijtimoiy sohaning bir qismi boʻlib, dam olish uchun sharoit
yaratish, sog‘liqni saqlashni ta’minlash, iste’mol jarayoniga xizmat koʻrsatish, aholining
umumiy ma’lumot va madaniy darajasini shakllantirish kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi.
Milliy turizm balansining rivojlanish dinamikasini farovonlik va mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanish koʻrsatkichlaridan biri sifatida koʻrib chiqish mumkin. Dunyodagi eng daromadli
biznes turlaridan biri boʻlgan turizm butun dunyo turistik mintaqalarida ham katta foyda
keltirishi mumkin. Ba’zi ekspertlar mamlakatning sayyohlik salohiyatini yuqori baholaydilar.
Kengroq qaralganda turizm marketingi individual va guruhli turistlar uchun mahsulot
yaratgan va ularni ayirboshlagan holda oʻzlariga kerak boʻlgan xizmatlarga ega boʻladigan
ijtimoiy-boshqaruvchilik jarayonidir. Bu jarayonning asosida: “boʻsh vaqt”, “ehtiyoj”, “istak
(xohish)”, “talab”, “xizmat”, “ayirboshlash”, “savdo” va “bozor” kabi tushunchalar yotadi. Boʻsh
vaqt – har qanday inson boʻsh vaqtga ega boʻlmasa sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
Insonlarda ishdan yoki bayram ta’tillarini mavjud boʻlishi sayohat qilishga boʻlgan ehtiyojini
tug‘diradi. Xizmatlar sohasida keng koʻlamli tadqiqotlar olib borgan olim O. Nilning fikricha,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
130
bugungi kunda turizm bilan bog'liq koʻplab korxonalarda zamonaviy mijoz sifatni oʻzining
asosiy huquqi sifatida talab qilmoqda. Endilikda joylashuvning an'anaviy ahamiyati darhol
daromad va biznes muvaffaqiyatini ta'minlash uchun yetarli emas.
Hozirgi ishbilarmonlik muhiti tobora qiyinlashib borayotgan bir sharoitda, turizm
sohasidagi aksariyat korxonalar raqobatbardosh farqlanishga erishish vositasi sifatida yuqori
darajadagi xizmatlar sifatini ta'minlashga katta e'tibor qaratishga majbur boʻlishmoqda". K.
Tapan va Das Satyabratning fikriga koʻra, "Mijozlarga xizmat koʻrsatish — bu mijozlarning
qoniqish darajasini oshirishga qaratilgan faoliyatlar majmuasi boʻlib, xizmat mijozlarning
kutganlariga javob berishi bilan tavsiflanadi" C.F. Chen va boshqa olimlar esa "Xizmat sifatini
mijozlarning xizmatning ularning kutganlariga qanday javob berishi yoki undan oshib ketishi
haqidagi tasavvuri sifatida ta'riflaydilar". Jaroslav Dado va uning hamkorlari xizmat sifatini
mijozlarning xizmatga boʻlgan kutishlari va haqiqatda olingan xizmatni idrok etishlari
oʻrtasidagi farq orqali aniqlash mumkin deb hisoblashadi. Marketing strategiyalari orqali
turizm xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari katta. Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish,
mijozlar ehtiyojlariga moslashish va barqarorlikka e'tibor qaratish bu sohadagi
muvaffaqiyatni ta'minlaydi. Shu bilan birga, mahalliy va xalqaro bozorda faol reklama ishlari
olib borish turizmni yangi bosqichga olib chiqadi. Hamda raqamli platformalardan samarali
foydalanish va yangi bozorlar bilan aloqa oʻrnatish turizm xizmatlarining daromadlarini
oshirishda katta imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlar, bronlash platformalari va big data
orqali marketing strategiyalarini rivojlantirish, xalqaro va ichki bozorda faol ishtirok etish
hamda mijozlarning ehtiyojlariga moslashish bozorning raqobatbardoshligini ta'minlaydi.
Turizm xizmatlarida marketing strategiyalari raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va
barqarorlik tamoyillariga asoslangan holda rivojlantirilishi lozim. Mahalliy va xalqaro
bozorlar uchun maxsus moslashtirilgan strategiyalar ishlab chiqish, shuningdek, mijozlarning
ehtiyojlariga chuqur e'tibor qaratish ushbu sohaning muvaffaqiyatiga erishishda muhim rol
oʻynaydi. Raqamli marketing, texnologiyalar va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlaridan
toʻliq foydalanish turizm xizmatlarini nafaqat zamonaviy, balki raqobatbardosh va mijozlar
uchun qadrli qiladi. [1]
Natijalar va tahlil.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarda ham turi- zmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish, turizm
xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirish, hududiy sayyohlik tizimlarini rivojlantirish
masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. 2022–2026-yil-larga
moʻljallangan Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi
doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif
buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish maqsadi belgilangan boʻlib1,
unda turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy ta’minotlar va boshqa
xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish,
belgilangan maqsadli rejalar asosida tanlab olingan hududlar, jumladan Samarqand, Xorazm,
Buxoro, Navoy, Toshkent viloyati va Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol
boʻyi hududida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini
oshirish, turistik xizmatlarni diversikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm
infratuzilmasini kengaytirish, toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini mamlakat-ning asosiy turizm
shaharlarida keng joriy qilish, 2026-yilgacha turizm sohasida band boʻlgan aholi sonini 2
baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi zamonaviy
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
sharoitlarda turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirish, hududiy sayyohlik tizimlari,
jumladan turistik klasterlar, turizmga ixtisoslashgan erkin hududlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish
va rivojlantirish obyektiv ahamiyat kasb etgan masalalar qatoriga kirdi. Xorijiy turizm
bozorlarida mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun bazi bir asosiy chora-tadbirlarni
belgilab olish zarur hisob lanadi, va bularni quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Mamlakatni sayohat uchun xavfsiz mamlakat sifatida e’lon qilish;
2. Maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish va pandemiyadan soʻng,
davlatlar kesimida turizm marketing strategiyasini ishlab chiqish;
3. Xorijiy mamlakatlarda xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarda milliy stend bilan
ishtirok etish;
4. Mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va vatandoshlar koʻmagida dunyo
miqyosida “Oʻzbekiston kunlari” promo aksiyasini muntazam tashkil qilish;
5. Tomoshabinlar qamrovi keng boʻlgan ommabop bloger, vlogerlar hamda inyuenserlar
uchun mamlakat boʻylab infoturlar tashkil qilish;
6. Mamlakat hududlarida tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish;
7. Yangi turizm yoʻnalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish.
8. Hududlarning turizm salohiyatiga oid targ‘ibot materiallarini tayyorlagan holda
ommaviy axborot vositalarida yoritish va infoturlar tashkil qilish.
9. Turistik tashkilotlar tomonidan mazkur yoʻnalishdagi xorijlik va mahalliy sayyohlar
sayohatini tashkil qilganlik uchun rag‘batlantirish choralari hamda uning mexanizmlarini
ishlab chiqish. [4].
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, turistik resurslar rivojlanish, ularga etib kelishni
asoslashtirish va foydalanish uchun qulay qilish kapital investitsiyalarini talab qiladi. Ichki
turizmda marketingni kuchaytirish – bu nafaqat sayyohlar oqimini oshirish, balki xalqning
madaniy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O. Nil. 1996, Investing in people: a perspective from Northern Ireland tourism - part I,
Managing Service Quality, 6, 4, pp. 36-40
2.
M.Z. Nurfayziyeva. Turizm marketingi. Toshkent "Iqtisodiyot"-2019
3.
Xayitov SH.N., Alimova Sh.A, Toshev F.Z. Turizm va mehmondoʻstlik sohasida marketing
va raqamli kommunikatsiyalar. “Turon nashriyot” Toshkent - 2021
4.
– Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy me’ros vazirligi
rasmiy sayti
5.
Khojanova G. O. NATURAL RESOURCES, THEIR TYPES AND INITIAL APPROACHES
//Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С.
83-86.
6.
Xo‘janova G. Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish istiqbollari
//YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2023. – Т. 1. – №. 11-12.
7.
Khojanova G. O. INVESTMENT AS A MEANS OF DEVELOPMENT AND STRENGTHENING
OF ENTERPRISE PRODUCTION CAPACITY //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-1 (81). – С.
171-175.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
8.
Темирова Ф. С., Муродова Н. У. Особенности формирования и продвижения
брендинга городов //Economics. – 2020. – №. 1 (44). – С. 32-35.
9.
Temirova F. S. Theoretical fundamentals of construction development and its specific
features. – 2022.
10. Темирова Ф. С. СУЩНОСТЬ КОРПОРАТИВНЫХ СТРАТЕГИЙ ОРГАНИЗАЦИИ. – 2016.