ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
110
QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARINING LEKSIK QATLAMI
Saparmatov Omar Shamurat ogli
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti
qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15695181
Annotatsiya:
Ushbu tezisda xalq dostonlari tilida unumli qo‘llanilgan ijtimoiy-siyosiy
so‘zlarning qo‘llanilish doirasi o‘rganib chiqilgan bo‘lib, bunday so‘zlarning bugungi kundagi
ahamiyati tahlil qilindi.
Tayanch so‘zlar
: lingvofolkloristika, leksikologiya, leksema, sema, ijtimoiy, siyosiy
so‘zlar.
Xalq dostonlaridagi qimmatli narsa odamlarning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi
erkinligini himoya qilishdir. "Go‘ro‘g‘li - mazmun va shakl jihatidan chuqur xalq badiiy
dostonlarining biri" [4.61]. Al, «Góruǵlı», «Ǵárip-Ashıq» hám «Sayatxan-Hámira» dostonlari
ham turkiy tilli xalqlarga keng tarqalgan liro-eposlar ekanligi ma’lum. Demak, bu dostonlarda
ijtimoiy-siyosiy so‘zlarning qo‘llanilishi tabiiy hodisa bo‘lib, ular orasida o‘g‘uz tili elementlari
ham bor.
Eng birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar mamlakatni boshqarish ishlariga bog‘liq
bo‘lib keladi. Bunday so‘zlar xalqning ijtimoiy hayotini belgilaydi. Shuning uchun ham,
dostonlarda keng qo‘llaniladi. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar XVIII-XIX asrlarga oid yozma
yodgorliklarda mavjud [3.252].
Shoh, sulton so‘zlari asosan arab tiliga xos so‘zlar bo‘lib, hozirgi o‘g‘uz tillarida shoh,
sulton shaklida tez-tez qo‘llaniladi. Bunday so‘zlar o‘g‘uz tillari guruhidagi tillarda ko‘plab
uchraydi va ularning lug‘at tarkibiga aralashib ketgan. Ular hali ham adabiy tillarida
qo‘llaniladi. Bunday so‘zlar dostonlar tilida uchrashi, bu dostonlarning qoraqalpoq xalqlariga
o‘g‘uz guruhidagi xalqlardan o‘tgani bilan belgilanadi. Ammo, qipchoq guruhidagi tillarda
deyarli qo‘llanilmaydi.
Tóletip alarman Shahnıń aldında («G», 41-bet)
Yaqıp ulı ol sultan shahı zat («G», 184-bet).
Ǵánim sózi dástanlar tilinde júdá siyrek qollanılıp, dushpan, raxil sózlerine sinonim
retinde qolanıladı:
Gánimlerdiń júrek bawrın testińiz («G», 17-bet)
Shuni ham aytib o‘tishimiz kerak dostonlar tilida uchraydigan el boshqaruv ishlariga
bog‘liq mahram, xo‘ja, mirzo, bek kabi so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Bunday so‘zlar
guruhi ko‘pincha ozarbayjon, turkman xalqlaridan tarqalgan dostonlar tilida qo‘llaniladi.
Shuningdek, miskin, g‘arib, musofir kabi so‘zlar haqida ham shuni aytishga bo‘ladi.
Dostonlarda diniy tushunchalarga bog‘liq so‘zlar guruhi juda ko‘p. Ma’lumki, bu holat
aholining ijtimoiy hayotiga bog‘liq. Bunday so‘zlar orasida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar bilan
birga o‘g‘uz tili elementlari ham uchraydi. Masalan, ma’lum, rahbar va h.k.
Máwlim qanat berip ushtım da keldim («Ǵ-A», 165-bet)
Máwlim-xoja, iyem, Alla mánisindegi sóz bolıp tabıladı.
O‘g‘uz tillari elementlari qatoridagi diyor, oba qand, shahar, viloyat so‘zlari o‘sha
davrning ijtimoiy turmushini ko‘rsatadi.
Bul obalar Áxmed sardar eli edi («G», 83-bet)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
111
Bu misoldagi "oba" so‘zi qoraqalpoq tilida "ovul" so‘zi bilan birga sinonim sifatida
qo‘llaniladi.
Íqtiyar et basqa diyardı («Ǵ-A», 56-bet)
Diyarbekir atlı sháhár bar edi («Ǵ-A», 17-bet)
Bu misoldagi diyor, shahar so‘zlari qoraqalpoq tilida yurt, vatan, shahar so‘zlari bilan
sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Bir kántli elattı kordi («S-H», 196-bet).
"Kant" so‘zi ozarbayjon tiliga xos so‘z bo‘lib, qoraqalpoq tilida "qishloq" so‘zi orqali
ifodalanadi.
Hozirgi davrda boshqa tillardan kirgan so‘zlar shuningdek har xil xalqlarning turmushini,
urf-odatlarini, til xususiyatlarini ko‘rsatadigan ekzotik leksikada keng qo‘llaniladi [2.33].
Masalan, shoir I.Yusupovning "Gilamchi ayol haqida haqiqat" poemasida turkman tiliga xos
qardoshlik, vabo kabi so‘zlarni uchratamiz:
Qorlıq penen ótti hayaldıń kúnleri,
Kóre almadı óz obasın, sheshesin. (I.Yusupov «G.h.h.h.»)
Dostonlarning leksikasida dadilxona, shikor, nahorxona, chilim, sozende-go‘yanda,
karnay-surnay, soz so‘zlari keng qo‘llanilgan:
Shámbildiń naxarxanasna shıǵıp, gernay-sırnay shaldırıp edi. («G», 83-bet)
Bázirgen, qıraj sózleri házirgi dáwirde oǵuz toparındaǵı tillerde ushırasadı.
Sóyle sen bázirgen qaydan kelersen («Ǵ-A», 144-bet).
Bu dostonlarda "oshiq" so‘zining qo‘llanilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz kerak.
Chunki shu so‘zning qo‘llanilishi dostonlarning o‘g‘uz guruhidagi xalqlardan tarqalganligini
ko‘rsatadi.
Qoraqalpoq xalqining liro-eposlarining ko‘pchiligi ozarbayjon turkman xalqlaridan
tarqalgan. Masalan, "Oshiq-Najab" dostoni qoraqalpoqlar orasida turkman baxshilari orqali
tarqalgan, so‘ng qoraqalpoqcha milliy versiyasi paydo bo‘ldi.
"Ochiq" so‘zi Kavkaz xalqlarida "oshiq" tarzida qo‘llaniladi.
"Ashug (arabcha ochiq degan so‘z) - Kavkaz xalqlari adabiyotida ko‘p uchraydi.
Bizningcha "jirchi," "qo‘shiqchi" deganga to‘g‘ri keladi. Bular izlardagi shoir, qozoqlardagi
"oqin" degan tushunchalar bilan teng. Oshiqlar o‘z asarlarini torli cholg‘u asboblari yordamida
ijro etadilar." [1.10-11].
Ochiq so‘zini biz dostonlarda shu ma’noda uchratamiz. Shuning bilan birga ochiq bo‘lish,
yaxshi ko‘rish ma’nosida ham qo‘llaniladi.
Ashıq Axmet baba bir tóbeniń basına shıgıp, kóz taslap qaradı. («S-X», 196-bet)
Ǵárip ashıq der atını («Ǵ-A», 14-bet).
Ashıq Qambar aytar baǵıńa kirsem («G», 165-bet).
Xulosa qilib aytganda dostonlarda ijtimoiy-siyosiy leksik birliklarni qo‘llash orqali o‘sha
davrdagi siyosiy vaziyat bilan birga ijtimoiy turmush tarzini aniq tarzda tushuntirib berganini
ko‘rishimiz mumkin. Aytaylik qoraqalpoq xalq dostonlari qadimgi xalqning turmush tarzini,
milliy xususiyatlarini ko‘rsatib berishda ahamiyati bilan ajralib turadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
112
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ахметов С., Бахадырова С. Фольклорлық терминлердиң қысқаша сөзлиги. Нөкис,
1992.
2.
Бекбергенов А. Карақалпақ тилиниң стилистикасы. Нөкис, 1990.
3.
Мақсетов Қ., Тәжимуратов А. Қарақалпақ фольклоры. Нөкис. Қарақалпақстан.
1979.
4.
Насыров Д.С., Доспанов О,, Бекбергенов А., Сайтов Д. Қарақалпақ әдебияты
классиклери шығармаларының тили. –Нөкис. Билим, 1995.
5.
Sarsenbayev, K. (2024). THE IMPORTANCE OF T. QAYPBERGENOV'S STORIES IN THE
RESEARCH AND DEVELOPMENT OF THE KARAKALPAK PROSE. Models and methods in
modern science, 3(6), 88-93.
6.
Sarsenbayev, K. (2024). DESCRIPTION OF HUMAN DESTINY IN THE SHORT STORIES OF
T. QAYIPBERGENOV (" SLEEPLESS NIGHTS"," SECRETS KNOWN TO YOU ALONE"). Solution of
social problems in management and economy, 3(4), 154-155..