Авторы

  • Gulira‘no Oripova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108520

Ключевые слова:

Elektron tijorat savdo tijorat onlayn savdo statistik kuzatuvlar metodologiya iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Аннотация

Ushbu maqolada “savdo” va “tijorat” tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi va farqlari, shuningdek, elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Pandemiya sharoitida elektron savdoning kengayishi va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, elektron tijoratning samaradorligini baholash metodologik asoslari, statistik kuzatuvlar shakllari va ularning asosida shakllanadigan ko‘rsatkichlar bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat savdo aylanmasini hisoblashga oid yagona yondashuvni shakllantirish zarurati asoslab berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

99

ELEKTRON TIJORAT SAVDO AYLANMASINI ANIQLASHNING METODOLOGIK

YONDASHUVI

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОПРЕДЕЛЕНИЮ ОБОРОТА

ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ

METHODOLOGICAL APPROACH TO DETERMINING THE TURNOVER OF E-

COMMERCE

Oripova Gulira‘no Nodirovna

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti;

PhD student of Institute of Advanced Training and Statistical Research

e-mail: grahmatova1996@mail.ru

Tel: +998(97) 718 12 08

https://doi.org/10.5281/zenodo.15694889

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada “savdo” va “tijorat” tushunchalarining o‘zaro

bog‘liqligi va farqlari, shuningdek, elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan.

Pandemiya sharoitida elektron savdoning kengayishi va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan.

Shuningdek, elektron tijoratning samaradorligini baholash metodologik asoslari, statistik

kuzatuvlar shakllari va ularning asosida shakllanadigan ko‘rsatkichlar bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat savdo aylanmasini hisoblashga oid yagona
yondashuvni shakllantirish zarurati asoslab berilgan.

В данной статье рассмотрены взаимосвязь и различия понятий «торговля» и

«коммерция»,

а

также

направления

развития

электронной

коммерции.

Проанализировано расширение онлайн-торговли и ее влияние на экономику в
условиях

пандемии.

Также

изложены

методологические

основы

оценки

эффективности электронной коммерции, формы статистических наблюдений и
показатели, формируемые на их основе. Обоснована необходимость разработки
единого подхода к расчету объемов электронной торговли в Республике Узбекистан.

This article explores the interrelation and distinction between the concepts of "trade"

and "commerce," as well as the development directions of e-commerce. It analyzes the
expansion of online trade and its impact on the economy during the pandemic. Furthermore,

it outlines the methodological foundations for assessing e-commerce efficiency, forms of

statistical observation, and the indicators generated on that basis. The necessity of developing
a unified approach for calculating e-commerce turnover in the Republic of Uzbekistan is

substantiated.

KALIT SO‘ZLAR.

Elektron tijorat, savdo, tijorat, onlayn savdo, statistik kuzatuvlar,

metodologiya, iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА.

Электронная коммерция, торговля, коммерция, онлайн-

торговля, статистические наблюдения, методология, экономические показатели.

KEYWORDS.

E-commerce, trade, commerce, online trade, statistical observations,

methodology, economic indicators.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

100

Savdo haqida gapirganda, “savdo” va “tijorat” tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi

to‘g‘risida savol tug‘iladi. Lotin tilidan tijorat — savdo deb tarjima qilinadi. Ko‘p hollarda bu
tushunchalar sinonimdir. Tijorat savdo bilan taqqoslaganda kengroq tushuncha bo‘lib
tuyuladi. E. Yu. Rudenkoning fikricha, tijorat-bu murakkab tushuncha, savdo tushunchasi esa
“tijorat”dan torroq

1

. Yu. E. Bulatetskiyning so‘zlariga ko‘ra, elektron tijorat va elektron savdo

(internet savdo, virtual savdo, onlayn savdo) kabi tushunchalarni bir-biridan farqlash kerak.
Ushbu tadqiqotchining ta’kidlashicha, elektron tijorat- bu tadbirkorlik faoliyatining bir turi

bo‘lib, uning davomida huquqiy munosabatlar ishtirokchilari elektron xabarlar almashish
orqali shartnoma majburiyatlarini tuzadilar, o‘zgartiradilar va tugatadilar. Elektron savdo —

bu elektron xabarlar almashinuvi orqali amalga oshiriladigan, ammo internet-axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir

2

.

2020 yil umumjahon pandemiyasi davrida nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo

onlayn savdo xizmatlari va tovarlari doirasi sezilarli darajada kengayib, ko‘plab
iste’molchilarni jalb qildi va ularga uydan chiqmasdan xarid qilish imkoniyatini berdi. Bu

nafaqat potentsial xavfli aloqalar sonini kamaytirishga, balki vaqtni tejashga va tovarlarning

keng assortimentining savdosiga imkon berdi. Qulay platformalar tufayli xaridorlar
mahsulotlarning xususiyatlarini, narxlarini taqqoslash, sharhlarni o‘qish, noyob mahsulotlarni

topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, elektron tijorat sotuvchilarga auditoriya
doirasini kengaytirish va o‘z bizneslarini kengaytirish imkoniyatini berdi.

Natijada, elektron tijoratning tarqalishi uning rivojlanish darajasini baholashga imkon

beradigan usullarga ehtiyoj paydo bo‘ldo. Elektron tijoratning holati va samaradorligi alohida

xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida ham, davlatlar va mintaqalar darajasida ham ko‘rib

chiqilishi dunyo ilm ahllari orasida dolzarb masala bo‘la boshladi.

Darhaqiqat, ko‘plab tadqiqotlar elektron tijorat muammolariga bevosita bag‘ishlangan.

Shu jumladan S.A. Kolesnichenko

3

, N.A. Yefimova, A.S. Tarasov

4

, E.Yu.Shavruk, G.R. Vankovich

5

,

K.A. Xapilina

6

, T.O. Faleyeva

7

, N.A. Mansurova, I.O. Altinbayev

8

, L.A. Bragin

9

elektron tijorat

sohasida faoliyat yuritadigan alohida subyektlar faoliyatining turli jihatlarini ko‘rib chiqqanlar.
V.P. Kurenkova

10

chakana savdoda onlayn va oflayn savdoning integratsiyasini o‘rgangan, S.V.

1

Руденко Е. Ю, Усенко А. С. Понятие и правовое регулирование электронной торговли. Научный журнал

КубГАУ, №111(07), 2015 года.

2

Булатецкий Ю. Е., Рассолов И. М. Торговое (коммерческое) право. Учебник для бакалавров. М.: Юрайт;

2020:416448 с. ISBN 978-5-9916-1947-9. URL: https://urait.ru/ bcode/382549 (дата обращения: 14.02.2021).

3

Колесниченко С.А. KPI и повышение эффективности работы интернет-магазина // Экономика. Бизнес.

Информатика. 2016. Т. 2. № 3. С. 39-46

4

Ефимова Н.А., Тарасов А.С. Совершенствование работы интернет-магазина // Вестник Белгородского

университета кооперации, экономики и права. 2018. № 5 (72). С. 174-183.

5

Шаврук Е.Ю., Ванкович Г.Р. Регионализация интернет-магазинов // Экономика. Бизнес. Финансы. 2018. № 1.

С. 3-6.

6

Хапилина К.А. Современные проблемы управления предприятиями электронной торговли и их динамика

развития в Украине // Образование и наука без границ: социально-гуманитарные науки. 2016. № 4. С. 109-111.

7

Фалеева Т.О. Выбор метода прогнозирования продаж интернет-магазина // Поиск (Волгоград). 2017. № 2 (7).

С. 52-56.

8

Мансурова Н.А., Алтынбаев И.О. Оценка работы интернетмагазина // Экономические исследования. 2018. № 1.

С. 4.

9

Bragin L.A., Ivanov G.G., Panasenko S.V., Efimovskaya L.A., Karashсhuk O.S., Krasilnikova E.A., Mayorova E.A.,

Nikishin A.F., Aleksina S.B., Boykova A.V., Tyunik O.R. / Ed. by S. Panasenko, A. Nikishin, E. Mayorova.

Globalization of Trade Based on Innovations. Hamilton, 2018.

10

Куренкова В.П. On-line и off-line торговля: интеграция как тренд в современном розничном бизнесе // VI

Найденовские чтения. Инновационные процессы и культура предпринимательства на потребительском рынке


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

101

Panasenko, A.V. Boykova va A.V. Mironov

11

umuman elektron tijoratni va uning raqamli

iqtisodiyotdagi ahamiyatini ko‘rib chiqqan. I.A. Krasyuk va O.R. Nogina

12

, E.M. Kobozeva va

V.D. Solkina

13

, I.Y. Jilina

14

, I.I. Litsenberg

15

, E.A. Krasilnikova va A.F. Nikishin

16

Rossiyada

elektron savdoning holati va rivojlanishini tahlil qilishgan. Jahon elektron tijorat bozori A.N.
Zaxarov, T.A. Cherxanova

17

, N.E. Yadova

18

; ayrim mamlakatlarning elektron savdosi – B.Jung

19

,

Ch.Xan

20

va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Shu bilan birga, elektron tijoratning

rivojlanish darajasini baholashning uslubiy jihatlarini o‘rganish - davlatlar yoki hududlar

kesimida bir-biridan farq qiladi. D.V. Pushilin

21

dunyo mamlakatlarini elektron tijoratni

rivojlantirish darajasi bo‘yicha o‘n uchta ko‘rsatkich asosida besh darajaga ajratgan. D.A. Luzin,

N.P. Sheveleva, A.S. Nikonova, E.V. Kurushina

22

elektron tijoratning samaradorligini mikro-

darajada (xo‘jalik yurituvchi subyekt va iste’molchi nuqtai nazaridan), mezo-darajada
(mamlakat darajasida) va makro-darajada (xalqaro o‘zaro ta’sirlar darajasida) baholashga

imkon beradigan ko‘rsatkichlar ro‘yxatini taqdim etgan.

Elektron tijoratni rivojlantirish butun dunyo, xususan O‘zbekiston ichki savdosini

rivojlantirishning strategik muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasida

elektron tijoratning rivojlanishini tavsiflovchi elektron tijorat bo‘yicha statistik
ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish va davlat

statistikasining umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, tasniflar va usullar bilan izchilligi va
taqqoslanishini ta’minlovchi metodologiyani yaratish muhimdir.

Demak, elektron tijorat statistikasi metodologiyasi – bu elektron tijorat (onlayn savdo)

jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va baholash usullarini o‘z

ichiga oluvchi ilmiy yondashuvdir. Mamlakatimizda elektron savdo yalpi hajmini hisoblashga

oid uslubiy materiallar amaliyotga joriy etilmaganligi tufayli, biz elektron savdo yalpi hajmini

товаров и услуг. Сборник научных статей преподавателей, аспирантов и студентов: в 2-х частях. Под редакцией

Ю.В. Рагулиной. М.: Московская академия предпринимательства при Правительстве Москвы, 2014. С. 87-90.

11

Панасенко С.В., Бойкова А.В., Миронов А.В. Электронная коммерция как часть цифровой экономики /

Основные тенденции и перспективы развития экономики в координатах цифровой эры: Сборник статей по

материалам международной научно-практической конференции. Хабаровск: Хабаровский государственный

университет экономики и права, 2018. С. 165-170.

12

Красюк И.А., Ногина О.Р. Развитие электронной розничной торговли в России // Практический маркетинг.

2015. № 7 (221). С. 3-8.

13

Кобозева Е.М., Солкина В.Д. Анализ состояния рынка электронной торговли в Российской Федерации //

Colloquium-journal. 2019. № 13-10 (37). С. 131-133.

14

Жилина И.Ю. Электронная розничная торговля в России: состояние и перспективы // Экономические и

социальные проблемы России. 2018. № 1 (37). С. 39-70.

15

Лиценберг И.И. Состояние электронной торговли России и перспективы ее развития в Забайкальском крае //

Московский экономический журнал. 2019. № 8. С. 64.

16

Красильникова Е.А., Никишин А.Ф. Онлайн-реальность развития фармацевтического рынка России //

Вестник Алтайской академии экономики и права. 2019. № 4-2. С. 217-221.

17

Захаров А.Н., Чехранова Т.А. Тенденции развития электронной торговли в международной практике //

Российский внешнеэкономический вестник. 2019. № 6. С. 102-106.

18

Ядова Н.Е. Современное состояние мирового рынка электронной коммерции и перспективы его развития //

Вестник Московского государственного областного университета. Серия: Экономика. 2019. № 2. С. 116-125.

19

Чжон Б. Электронная торговля в республике Корея: современное состояние и особенности // Вестник

Института экономики Российской академии наук. 2019. № 5. С. 178-190.

20

Хань Ч. Современное состояние развития электронной торговли в Китае // Известия Санкт-Петербургского

государственного экономического университета. 2017. № 4 (106). С. 166-170.

21

Лузин Д.А., Шевелёва Н.П., Никонова А.С., Курушина Е.В. Показатели эффективности электронной торговли

// Управление экономическими системами: электронный научный журнал. 2017. № 1 (95). С. 5.

22

Пушилин Д.В. Классификация стран мира по уровню развития электронной торговли // Управление

экономическими системами: электронный научный журнал. 2015. № 6 (78). С. 11.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

hisoblash metodologiyasini yaratish hamda uni amaliyotga tadbiq etishni o‘zimizning

oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Elektron savdo yalpi hajmini hisoblash metodologiyasi
elektron tijorat (e-commerce) sohasidagi savdo operatsiyalarining umumiy hajmini aniqlash
uchun ishlatiladigan usullar to‘plamidir. Bu metodologiya elektron tijorat savdosining
miqyosini o‘lchash va tahlil qilishda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shunday ekan, ushbu metodologiya quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi (1 rasm):

1 rasm. Elektron tijorat savdo aylanmasini aniqlash metodologiyasi bo‘limlari

23

1. Umumiy qoidalar.

Elektron tijorat savdo aylanmasini aniqlash metodologiyasi

(bundan buyon matnda metodologiya deb yuritiladi) xalqaro standartlarga muvofiq

shakllantirilgan va O‘zbekiston Respublikasining ichki qonunlariga muvofiq tasdiqlangan

statistik metodologiyani anglatadi. Ushbu metodologiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi statistika agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan elektron tijorat
statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish uchun umumdavlat statistik kuzatuvlarini

o‘tkazishda qo‘llaniladi. Metodologiyada dissertatsiyaning 2-rasmda keltirilgan ta’riflar
qo‘llaniladi.

2. Elektron tijorat statistikasi bo‘yicha umumdavlat statistik kuzatuvlarini

o‘tkazish xususiyatlari.

Elektron tijorat to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbalari “elektron tijorat

to‘g‘risidagi hisobot” davlat miqyosidagi statistik kuzatuvlardir. Birinchi qadamda, elektron

tijorat savdo aylanmasini aniqlash uchun aniq ta’rif va chegaralarni belgilash muhimdir.

Elektron tijorat quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

23

Muallif tomonidan nazariy ma’lumotlar asosida tuzildi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

2-rasm.

Elektron

tijorat

statistikasi

ko‘rsatkichlarini

shakllantirish

metodologiyasida qo‘llaniladigan atamalar

24

Elektron savdo yalpi hajmi — bu onlayn savdo maydonlarida sotilgan barcha

mahsulotlar va xizmatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Elektron savdo yalpi hajmini

24

Muallif tomonidan tuzildi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

hisoblash uchun turli manbalardan ma’lumotlar yig‘iladi. Bu ma’lumotlar savdo

maydonchalari, to‘lov tizimlari (masalan, PayPal yoki bank kartalari orqali o‘tgan
operatsiyalar) va moliyaviy hisobotlar asosida yig‘iladi. Xususan, elektron savdo
platformalaridan tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlar olinadi.

Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan 1-savdo shakli (yillik), “1 korxona”, “1 KB”

hisobot shakllari va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “4 savdo
(YATT)”, “12 bozor”, “12 bozor (chorva)” kuzatuv so‘rovnomalari asosida elektron tijoratga

oid dastlabki ma’lumotlar to‘planadi.

3. Elektron tijorat savdo aylanmasini aniqlash ko‘rsatkichlari

. To‘plangan elektron

tijoratda savdo qiladigan korxonalar soni (ulushi) iqtisodiy faoliyat turlari, korxonalar hajmi,
to‘lov usuli, yetkazib berish usuli, taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha
taqsimlanadi va quyidagi toifalarga bo‘linadi:

o‘z Internet-resursiga ega korxonalar;

uchinchi tomon tashkilotining elektron tijorat platformasidan foydalanadigan

korxonalar;

elektron tijorat platformasiga ega bo‘lgan korxonalar;

elektron tijorat platformasiga ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish va

axborot bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar.

Elektron tijorat savdo aylanmasi (sales turnover) — bu elektron platformalar orqali

sotilgan tovarlar va xizmatlar qiymatining umumiy hajmini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich yalpi

daromad yoki GMV (Gross Merchandise Value) orqali o‘lchanadi.

Elektron savdo yalpi hajmi (GMV — Gross Merchandise Value) mahsulotlar va

xizmatlarning onlayn savdosi bo‘yicha umumiy daromadni ifodalaydi. Elektron tijorat
platformasi orqali o‘tadigan tovarlar va xizmatlarni xaridorlari (iste’molchilari) uchun

to‘lovlar hajmi tovarlarni sotib oluvchilarning to‘lovlari hajmidan va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun buyurtmalarning umumiy miqdoridan iborat.

Chakana savdoda elektron tijoratning ulushi chakana savdoning umumiy hajmidagi

elektron tijoratning intensivligini aks ettiradi. Chakana savdoda elektron tijoratning ulushi

internet orqali chakana savdo hajmining chakana savdoning umumiy hajmiga nisbati orqali

aniqlanadi va u quyidagi matematik formula kо‘rinishiga ega bо‘ladi:

=

��

��

× ���% (�)

bunda:

– chakana savdoda elektron tijorat ulushi;

��

– internet orqali amalga oshirilgan chakana savdo hajmi;

��

– chakana savdoning yalpi hajmi.

Ulgurji savdoda elektron savdoning ulushi ulgurji savdoning umumiy hajmidagi elektron

tijoratning intensivligini aks ettiradi, internet orqali ulgurji savdo hajmining ulgurji savdoning

umumiy hajmiga nisbati bilan belgilanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

=

��

��

× ���% (�) �ℎ

�.�.�ℎ.����

�−���

bunda:

– ulgurji savdoning umumiy hajmidagi elektron savdoning ulushi;

��

– internet orqali amalga oshirilgan ulgurji savdo hajmi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

105

��

– ulgurji savdoning yalpi hajmi.

Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlarida Internet orqali xarid qilish xarajatlarining

ulushi uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlarining umumiy miqdoridan Internet orqali amalga
oshirilgan xaridlarning ulushini aks ettiradi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

=

× ���%

(�)

bu yerda:

– uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlarida onlayn xaridlarning ulushi;

Internet orqali xarid qilish xarajatlari miqdori;

– uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari miqdori.

Yalpi savdo hajmi (GMV) bu savdoga qo‘yilgan barcha mahsulot va xizmatlarning

umumiy qiymati bo‘lib, unda mahsulot yetkazib berish, soliq va boshqa xizmatlar qiymati

hisobga olinishi mumkin.

��� =

�=�

� × �

bunda:

���

– elektron savdo yalpi savdo hajmi;

– mahsulotlar va xizmatlar narxi

;

– online sotilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdo aylanmasining sof hajmi hisoblanayotganda,

mahsulotlar qaytarilgan taqdirda yoki chegirmalar mavjud bo‘lganda, ularning qiymati yalpi

savdo hajmidan chiqarib tashlanadi. Elektron tijoratda savdo hajmini aniqlash uchun
yuqorida keltirilgan metodologiya bo‘yicha ma’lumotlar yig‘iladi va tahlil qilinadi. Yalpi savdo

hajmi ichki savdo korxonalarining savdo samaradorligini baholash va bozordagi ulushini
aniqlashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bragin L.A., Ivanov G.G., Panasenko S.V., Efimovskaya L.A., Karashсhuk O.S., Krasilnikova

E.A., Mayorova E.A., Nikishin A.F., Aleksina S.B., Boykova A.V., Tyunik O.R. / Ed. by S.

Panasenko, A. Nikishin, E. Mayorova. Globalization of Trade Based on Innovations. Hamilton,

2018.
2.

Булатецкий Ю. Е., Рассолов И. М. Торговое (коммерческое) право. Учебник для

бакалавров. М.: Юрайт; 2020:416448 с. ISBN 978-5-9916-1947-9. URL: https://urait.ru/
bcode/382549 (дата обращения: 14.02.2021).
3.

Ефимова Н.А., Тарасов А.С. Совершенствование работы интернет-магазина //

Вестник Белгородского университета кооперации, экономики и права. 2018. № 5 (72). С.
174-183.
4.

Жилина И.Ю. Электронная розничная торговля в России: состояние и

перспективы // Экономические и социальные проблемы России. 2018. № 1 (37). С. 39-
70.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

5.

Кобозева Е.М., Солкина В.Д. Анализ состояния рынка электронной торговли в

Российской Федерации // Colloquium-journal. 2019. № 13-10 (37). С. 131-133.
6.

Колесниченко С.А. KPI и повышение эффективности работы интернет-магазина //

Экономика. Бизнес. Информатика. 2016. Т. 2. № 3. С. 39-46
7.

Красильникова

Е.А.,

Никишин

А.Ф.

Онлайн-реальность

развития

фармацевтического рынка России // Вестник Алтайской академии экономики и права.
2019. № 4-2. С. 217-221.

8.

Красюк И.А., Ногина О.Р. Развитие электронной розничной торговли в России //

Практический маркетинг. 2015. № 7 (221). С. 3-8.

9.

Куренкова В.П. On-line и off-line торговля: интеграция как тренд в современном

розничном бизнесе // VI Найденовские чтения. Инновационные процессы и культура
предпринимательства на потребительском рынке товаров и услуг. Сборник научных

статей преподавателей, аспирантов и студентов: в 2-х частях. Под редакцией Ю.В.
Рагулиной. М.: Московская академия предпринимательства при Правительстве Москвы,

2014. С. 87-90.

10. Лиценберг И.И. Состояние электронной торговли России и перспективы ее
развития в Забайкальском крае // Московский экономический журнал. 2019. № 8. С. 64.

11. Мансурова Н.А., Алтынбаев И.О. Оценка работы интернетмагазина //
Экономические исследования. 2018. № 1. С. 4.

Библиографические ссылки

Bragin L.A., Ivanov G.G., Panasenko S.V., Efimovskaya L.A., Karashсhuk O.S., Krasilnikova E.A., Mayorova E.A., Nikishin A.F., Aleksina S.B., Boykova A.V., Tyunik O.R. / Ed. by S. Panasenko, A. Nikishin, E. Mayorova. Globalization of Trade Based on Innovations. Hamilton, 2018.

Булатецкий Ю. Е., Рассолов И. М. Торговое (коммерческое) право. Учебник для бакалавров. М.: Юрайт; 2020:416448 с. ISBN 978-5-9916-1947-9. URL: https://urait.ru/ bcode/382549 (дата обращения: 14.02.2021).

Ефимова Н.А., Тарасов А.С. Совершенствование работы интернет-магазина // Вестник Белгородского университета кооперации, экономики и права. 2018. № 5 (72). С. 174-183.

Жилина И.Ю. Электронная розничная торговля в России: состояние и перспективы // Экономические и социальные проблемы России. 2018. № 1 (37). С. 39-70.

Кобозева Е.М., Солкина В.Д. Анализ состояния рынка электронной торговли в Российской Федерации // Colloquium-journal. 2019. № 13-10 (37). С. 131-133.

Колесниченко С.А. KPI и повышение эффективности работы интернет-магазина // Экономика. Бизнес. Информатика. 2016. Т. 2. № 3. С. 39-46

Красильникова Е.А., Никишин А.Ф. Онлайн-реальность развития фармацевтического рынка России // Вестник Алтайской академии экономики и права. 2019. № 4-2. С. 217-221.

Красюк И.А., Ногина О.Р. Развитие электронной розничной торговли в России // Практический маркетинг. 2015. № 7 (221). С. 3-8.

Куренкова В.П. On-line и off-line торговля: интеграция как тренд в современном розничном бизнесе // VI Найденовские чтения. Инновационные процессы и культура предпринимательства на потребительском рынке товаров и услуг. Сборник научных статей преподавателей, аспирантов и студентов: в 2-х частях. Под редакцией Ю.В. Рагулиной. М.: Московская академия предпринимательства при Правительстве Москвы, 2014. С. 87-90.

Лиценберг И.И. Состояние электронной торговли России и перспективы ее развития в Забайкальском крае // Московский экономический журнал. 2019. № 8. С. 64.

Мансурова Н.А., Алтынбаев И.О. Оценка работы интернетмагазина // Экономические исследования. 2018. № 1. С. 4.