ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
174
O‘G‘IL VA QIZ BOLALARDA INTELLEKTUAL LIDERLIK KO‘NIKMALARINING
SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR (TAQQOSLOVIY TAHLIL)
Ro’zmetova Munisa Ma’ruf qizi
Nukus davlat pedagogika institute doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15703880
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarda intellektual
liderlik ko‘nikmalarning shakllanishi turlicha omillar ta’sirida yuz berishi va bu farqlar
nafaqat biologik va psixologik, balki sotsial va madaniy omillar bilan ham bog‘liqliqi va o‘g‘il
va qiz bolalarda intellektual liderlik ko‘nikmalarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillar taqqosloviy tahlil asosida yoritiladi.
Kalit so’zlar:
og’il, qiz, intellekt, liderlik, qobiliyat, shaxs, individual, biologik, psixologik
omil.
Bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy jamiyatda intellektual salohiyatga
ega bo‘lgan, mustaqil fikrlay oluvchi, boshqalarni yetaklay oladigan shaxslarni tarbiyalash
dolzarb vazifalardan biridir. Intellektual liderlik – bu nafaqat bilim va tafakkur darajasining
yuqoriligi, balki tashabbuskorlik, innovatsion fikrlash, qaror qabul qilish, tanqidiy tahlil va
jamoada ta’sir o‘tkaza olish kabi murakkab ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
1. Intellektual liderlik tushunchasi.
Intellektual liderlik bu shaxsning bilim darajasi, tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyati,
innovatsion g‘oyalarni ilgari sura olishi, jamoaga ilhom bera olishi va ijtimoiy mas’uliyatni his
qila olishiga asoslanadi. U an’anaviy liderlikdan farqli ravishda rasmiy lavozim yoki kuch
ishlatish vositalari bilan emas, balki bilim, ijtimoiy intellekt va axloqiy ustunlik bilan amalga
oshiriladi.Howard Gardnerning ko‘p qirrali intellekt nazariyasiga ko‘ra, liderlik faqat IQ bilan
belgilanmaydi, balki shaxslararo (interpersonal) va o‘zlikka oid (intrapersonal) intellekt
turlari orqali ham shakllanadi.
2. O‘g‘il va qiz bolalar psixologik rivojlanishidagi farqlar
Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘il va qiz bolalarda psixik rivojlanishning
ayrim bosqichlarida tafovutlar mavjud:
Qiz bolalar
ko‘proq til ko‘nikmalari, emotsional sezgirlik va sotsial aloqalarda kuchli
bo‘lib, ko‘pincha hamjihatlik, empatiya va tashkilotchilikda o‘zini ko‘rsatadi.
O‘g‘il bolalar
esa makoniy fikrlash, xavfga borish qobiliyati, tez qaror qabul qilish,
raqobatbardoshlikda ustunlik qilishi mumkin.
Bu farqlar liderlik shakllanishida qizlar va o‘g‘il bolalarning turli yondashuvlarini
shakllantiradi: qizlar ko‘proq emotsional va sotsial yetakchilikni, o‘g‘illar esa raqobatbardosh
va natijaga yo‘naltirilgan liderlikni namoyon etadi.
3. Intellektual liderlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar
3.1. Biologik va psixologik omillar
Jinsiy farqlarga xos neyropsixologik rivojlanish, temperament, emotsional reaktivlik va
stressga nisbatan sezuvchanlik kabi omillar bola liderlik salohiyatining shakllanishida muhim
rol o‘ynaydi.
3.2. Oilaviy muhit va tarbiya uslublari
Oilada qiz va o‘g‘il bolaga bo‘lgan yondashuv ko‘pincha stereotiplarga asoslanadi.
Masalan, ko‘plab oilalarda qizlar itoatkor, yumshoq, murosachilikka o‘rgatiladi, o‘g‘illar esa
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
175
qat’iyat, jasorat, tashabbuskorlikka undaladi. Bu esa ularning liderlik ko‘nikmalariga bevosita
ta’sir qiladi.
3.3. Maktab muhitining roli
O‘qituvchilarning yondashuvi (qiz va o‘g‘il bolalarga beriladigan topshiriq turi,
unosabatda seziladigan farqlar);
Baholash tizimidagi muvozanatsizlik;
Gender stereotiplari asosida shakllangan kutishlar (masalan, o‘g‘illar lider bo‘lishi
kerak degan ijtimoiy tasavvur);
Ijtimoiy faoliyatlarda teng imkoniyatlarning yo‘qligi.
Maktab bu jihatdan eng muhim ijtimoiy muhit bo‘lib, aynan shu bosqichda
o‘quvchining liderlik qobiliyati shakllanadi yoki bostiriladi.
3.4. Madaniy va ijtimoiy stereotiplar
Ko‘plab madaniy kontekstlarda liderlik erkaklarga xos sifat sifatida qaraladi. Natijada
qizlar o‘z liderlik salohiyatini namoyon qilishdan cho‘chiydi yoki cheklaydi. O‘g‘il bolalar esa
ba’zida haddan tashqari liderlik bosimini sezadi, bu esa salbiy psixologik oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
4. Empirik kuzatuv va tahliliy misollar
So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, genderga qarab
liderlikda ustunlik aniqlashdan ko‘ra, har bir shaxsning individual xususiyatlari va ularga
yaratilgan imkoniyatlar muhimroq rol o‘ynaydi.Masalan: qiz bolalar kichik yoshda til va
muloqot orqali yetakchi bo‘lishga intiladi, bu esa ijtimoiy liderlik sifatida namoyon
bo‘ladi.O‘g‘il bolalar esa texnikaviy yoki sport faoliyatida liderlikka intiladi, bu esa ko‘proq
tashabbuskorlik va natijaviylikka asoslanadi.
Xulosa
Taqqosloviy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘il va qiz bolalarda intellektual liderlik
ko‘nikmalarining shakllanishida biologik, psixologik, sotsial va madaniy omillar o‘zaro
uyg‘unlikda faoliyat yuritadi. Har ikkala jins vakillarida ham liderlik salohiyati mavjud bo‘lib,
ularni rivojlantirish uchun atrof-muhitdagi stereotiplardan xoli, qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim va
tarbiya tizimini shakllantirish zarur. Shaxsga yo‘naltirilgan, gender tengligini hisobga olgan
yondashuv orqali o‘quvchilarning intellektual liderlik salohiyati to‘laqonli rivojlanishi
mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gardner, H. (2006). Multiple Intelligences: New Horizons in Theory and Practice.
2.
Karagianni, D., & Montgomery, A. J. (2017). Developing leadership skills among
adolescents and young adults: a review of leadership programmes.
3.
Рубинштейн С.Л. (2000). Основы общей психологии. Москва.
4.
Ўзбекистон Республикасида таълим соҳasida gender tengligi bo‘yicha Davlat dasturi.
(2021–2025)
5.
Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
176
6.
Мактаб психологияси бўйича республика илмий-амалий журналлари (2022–
2024).
7.
Bandura, A. (1997). Self-Efficacy: The Exercise of Control.