Авторы

  • Iroda Rahimova
    Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix Va Filologiya Fakulteti O’zbek Tili Va Adabiyoti Yo’nalishi 23.04 Guruh Talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112870

Аннотация

Bu mani qizli uyim 50 yildan biri shuyoda yashiman, shotta tug’ilib usganman. Mahallamiz bizani juda yam chiroyli, obod, ko’rkam bugan oldin. Manbi masjidimizi o’rnida “zavod” bugan, o’zi asli tegi masjid bugan undan keyin zavod qilib qurib qo’yishgan. Zavoddan keyin 2000-yil masjid qurishgan. Xoja Ahror Valiy masjidi qurishgan. Xoja Ahror Valiy masjidi bugan, mahallamizada oldin patirchila, nonvoyla, somsachila, oshpazla asosan ahalimiza Uyg’urladan bugan, keyin Detiskimiri yoni buzilib katejla qurilgan. Pasda Hadradan kirishda Trans banki qatori kirib kevurishi katejlarni o’rni Tranvay Park bugan, Depo bugan. Undan keyin uyoqqa patqatlavan qib katejla qurishgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

CHORSU ESKI SHAHAR HAQIDA (HAR BIR MA’LUMOT O’SHA SHAXSNING

O’Z TILIDA YOZILGAN) Ma’lumot va milliy aytimlar

Rahimova Iroda

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix Va Filologiya Fakulteti

O’zbek Tili Va Adabiyoti Yo’nalishi 23.04 Guruh Talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15717929

08.04.2024
Bu mani qizli uyim 50 yildan biri shuyoda yashiman, shotta tug’ilib usganman. Mahallamiz

bizani juda yam chiroyli, obod, ko’rkam bugan oldin. Manbi masjidimizi o’rnida “zavod” bugan,
o’zi asli tegi masjid bugan undan keyin zavod qilib qurib qo’yishgan. Zavoddan keyin 2000-yil
masjid qurishgan. Xoja Ahror Valiy masjidi qurishgan. Xoja Ahror Valiy masjidi bugan,
mahallamizada oldin patirchila, nonvoyla, somsachila, oshpazla asosan ahalimiza Uyg’urladan
bugan, keyin Detiskimiri yoni buzilib katejla qurilgan. Pasda Hadradan kirishda Trans banki
qatori kirib kevurishi katejlarni o’rni Tranvay Park bugan, Depo bugan. Undan keyin uyoqqa
patqatlavan qib katejla qurishgan. Katejla qurgandan keyin, bizada Turg’unaka digan inson
Mahalla kamisya buganla, uladan keyin Ergash aka, Saidolim aka, Isroil aka, Akmal aka keyin
Fayzillaka buganla, hozirda bizani mahalla kamisyamiza raisimiza ayol kishi buganla. Chunki
biza o’zimiza tanlab ayol kishi qiganmiza. Bizani mahalla uchun kuyib-pishib haqattan oldin
Jensavet Maslahatchi buganla, juda kuyib-pishib mahallamiza uchun ko’p mehnatlari singani
uchun biza ulani rais qilib saylaganmiza. Rais qilib saylaganimizadan keyin hozirda mana obod
qilib, turizmga buziladigan mahallani turizmga qoldirib, turistla uchun bir chiroyli makon bo’lib
qoldi. Bir yil davomida bir 9-10 oy davomida qurilish bo’ldi, qurilish buganidan keyin
hammayoni chiroyli qib suvab, tomlani tug’illab, kambag’al xonadonlarimizani oilasiga yordam
berib, mahallamizaga (20 milliard) pul o’tqazilgan o’sha pulni hisobidan hokimimiza, bosh
vazirimiza keyin raisimiza yugur-yugur qilib, mahallamizada kotta qurilish qilib,
ko’chalarimizaga toshla yotqizib, burungi zamonda toshlada yurishgani uchun, hammasi yengi
qilingan. Shu stalbalarimizani almashtirib berishdi, gazlarimizani, suvlarimizani, svetlarimizani
hammasini yer ostidan kammunikatsiya qilib o’tkazib, boshqattan qayta qurilish qilib, ko’p
odamga yordamligi tegan, lekin ko’p odamla yordamsizam qop ketgan odamlarimiza bo’ldi.
Hammasi ideal darajada bo’ldi dib etomiman, ammo lekin yaxshi yordam ko’rsatib qo’lidan
keguncha yugur-yugur qilib, ayol kishi boshi bilan kechayu Kunduz uxlamasdan yugur-yugur
qilib bar bir bu kotta masulyat bu narsani har kimam qilomidi. Erkela bilan babbaravar kechasi
bilan uxlamasdan boshqa qimasdan qurilish qildila. Man shu mahallani qiziman 50 yil
davomida yashiman, qizimmi uzatdim, ota-onammi yerga berdim. Hozirgi kunda shu mahallada
istiqomat qilaman, mahallamizda juda ko’p qiziq voqeala bugan. Oldin mahallamizda
“tunkachila” bulardi, asosan tunkachila o’tirardi masjidi tegida, taqachila bugan. Botta
xpkandoz mashnaqa milliy narsala boride, tarnov, xokandoz, chovli milliy narsala sotilgan.
2000-yili Masjid qurilganidan keyin chiroyli qilib maydon qilishgan. Maajid oldin (zavod bugan)
zavodi turisida tegirmon bugan. Bizani mahallamizani tegidan o’z nomi bilan Chorsu suv o’tgan
buloq suvimiza yam bor masjidimizani turisida. Bulog’imiza boridi ochig’idi, hozirgi kunda
bulog’imiza yopu hozir fantan qib qo’yishgan, o’tiradigan dam oladigan maskan qib qo’yishgan.
Mahallamiza juda ahl, mana bizani to’pikimizada man bironta insonni yomon diyomiman, har
bitta odammi “no” tomoni bo’ladi bar bir lekin, asli mani to’pikimda shu “ Gul bozor” mahallasini
“Bildirish” ko’chasida 2 chi to’pikida umumam bir yomon insonni bilmiman. Mana 10 ta (o’n ta)


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

xonadon busa, 10 ta xonadonnni Ichida birontasi bir o’rishqoqligini bilmiman. Mahallamizadegi
kelinla juda ozoda, o’ziga yarasha og’ir-bosiq (spakoyni) insonla, yomonini o’zi yo’q. Bizani
ko’chamiza ahil yomon tomoni yo’q etomiman. Mahallamizada yomon insonlani bilmiman, bir
birovi zarari teyadigan yomon insonlarimiza yo’q. Bizani ko’chamiza ahl yomon tomoni yo’q
etomiman. Mahallamizada yomon insonlani bilmiman, bir birovga zarari teyadigan yomon
insonlarimiza yo’q. To’g’ri o’zini haq-huquqlarini talab qiladiganlarimiza bor, bir hammasi ja
(farishta) (spakoyni) og’ir-bosiq diyomiman turi hammasi o’ziga yarasha plyus(+) tarafi busa,
minus(-) tarafi yam bo’ladi. Ideal insonla yo’q, o’zini haq-huquqlarini talab qiladigan
insonlarimiza bor yo’q emas. Lekin bir-biri uchun kuyib-pishadigan, jon olib jon beradigan
mahalla. Yigitlarimiza xudoga shukur yaxshi, mahallamizada (narkamanla, ko’chada o’rish
to’palonla qiladigan) yigitlarimiza yo’q. Hamma yigitlarimiza yaxshi, uyim-joyim diydigan.
Bizani mahallada ajrimla yo’q, man bir eshtmaganman mahallamizada ubu kim ajrashib,
xotinini qo’yvorganini bilmiman. Biza qo’shnilarimiza bilan yig’ilib, ko’rishib, endi man
kichkina qizligimdan bir-birimizanikiga chiqib, bayram bo’lishi shartmas o’zimiza yeg’ilib,
yaxshi oqat qib, o’tirib, o’yin-kulgi qib, faqat ayolla o’zimiza mas ayol-erkelarimiza aralash
o’tirib bir-birimizaga tug’ilgan kunlaga bordi-keldi qib yuradigan ko’cha bizaniki. Bir-
birimizanikiga kirdi-chiqdi qiladigan ko’cha, lekin bitta ikta yengilarimiza bor ko’chamizada,
ula uchun javob beromimiza ula hali yengi. Onamla yam o’tib qoldila dekabrda, onam
o’tganlarida haqqatan shokga tushib qoldim, yaxshi yam shu qo’shnilarim borekan yugurib-
yelib, mahallamizada Tursunoy dgan opa borla, qishi kuni sovuda chopib chiqib man o’zim
yuvib beraman qilib, masalan yordam berib yuviqchili qilib. Bitta manga mas, boshqa oilalaga
yam shunaqa yordam berib yuradigan ayolladan biri. Parida opa dgan ayol bulardi (kinnachi)
kinnachidila xudo rahmat qisin (o’ttila) juda yaxshi ayolidila, o’tirib hammaga yo’l-yuru
ko’rsatardila, maslahatla berardila, yaxshi yo’lga solardila, qizlarimizani bosardila unaqa mas
mamnaqa dib. O’zlari 1-chi guruh nogironidila yurmasdila, o’tirib qogandila, lekin juda
mahallaga ko’p yordam, maslahat berardila. Atrofimizada boqcha, maktabla yetarli, masalan:
o’zimmi farzandlarimam, jiyanlarimam 42-maktabda o’qigan. Bu maktab 1936-yildan biri bor
maktab, payti keganda o’zimmi adamla yam o’qiganla u maktabda. Adamladan keyin biza
o’zimiza o’qidi, farzandla o’qishdi, bizani farzandlani farzandi yam o’qishadi xudo xolasa. Rus
maktab (chapayev maktab) oldin “Shkola Gimnaziya” bugan, atrofida yana Xitoy maktabi bor,
59-maktab bor, jar bor, buyoda bozor, Detski mir, teatr, sirk bor. Man o’zimmi mahallamdan
faxrlanaman, 100 ta zo’r mahallaga (zamonaviy) mahallaga ko’chishi xolamiman, chunki bizani
mahallamiza Shahar markazi dib hisobliman. Butun dunyo tanidi O’zbekiston (Toshkent) dagi
Chorsuni. Keyin shu markazimizaga har bir inson kelishga harakat qilib, intiladi. Mahallamiza
eski busa yam, qadimgi busa yam fayzli! Xohlen vodiy, Turkiya, Germaniya, Yevropa, Amerika
din Toshkent Chorsusini hamma eshtgan, hamma biladi. Ayni Kukaldosh maschitimizani biladi,
juda ko’pchili biladi. Xoja Ahror Valiyni bilamagan taqdirda yam Kukaldoshimizani ko’pchili
biladi. Oldingi Tranvay Depoyimizani yam bizani qari insonlarimiza bilishgan mana bizani
hozirgi yoshdagi 50-60 yoshdagi insonla yam o’sha Tranvay Depoyimizani bilishadi, Detski
Mirimizani bilishadi, Chorsu bozorimizani bilishadi, asosiy bizani joylarimizani bilishadi. Oqat
bozorimiza juda mashxur, hamma oqatla bor, bizani oqat bozorga kemagan xalq yo’q dib
hisobliman.

SUXBATDOSHIMIZ: Abdullayeva Shaxzodaxon Qahramonovna 1975-yil.
MANZIL: Chorsu Eski Shahar Gul bozor mahallasi “Bildirish” ko’chasi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

2 chi suxbatdoshimiz shu manzildan.
08.04.2024 12:59 da.
Man bu mahallani yaxshi ko’raman, eski qiyshu uyla boride, haligi somon suvog’I ko’chib

ketib, sinch dovol yog’ochlari chiqib turardi. U paytda hamma qo’ldan kegancha devori
yopishtirgan, qurgan. Qiyshu ko’chala, machitla temirxonedi botla, tunkachila bo’lardi. Anu
kotta machitta Story baza bo’lardi, quruvchilani bazasi: truba, g’isht shunaqala bo’lardi. Mana
manbitda 3-4 ta bazasi bo’lardi, hozi nimadir qurishvoti mayli buyursin (turistlar uchun hotel-
mehmonxona). Hozi ko’chalarimiz 1 yil qiyinchili bo’ldi, lekin hozi mana ko’rib turibsila yaxshi
bo’ldi. Turistla o’sha voxtda yam yurardi, turistlani ko’pro qiysheygan eshigi yoqardi, yoki
tandir ko’rmagan ula silaga, bizaga oddiy narsa, ulaga juda qizu bu tandir, qanaqa qilib loyi
Ichida non pishadi o’shalani tomosha qilishardi. Botta tosh ko’cha bo’lardi, man keganimda
1966-yil. Tosh terilganidi, hozi ancha ko’tarildi, xullas buyodan qovun, tarvuzla o’tardi botta ot-
aravada ob o’tishardi. Turida bozorga yo’l boridi, hoziram bor ot-arava yurmidi shunaqa. Shu
1966 yil esimmi taniganimdan biri shottamande, o’zi boshqa yoda tursamam bar bir mashetga
kemasam bumidi. 4 ta bolam bor, 14 ta navaram bor, botta 1 ta o’g’lim bor, 3 ta navaram
siladaka qizla turadi. Man ko’p joylaga boraman, O’zbekiston buyicha yam bar bir Eski shaharga
boramande, yengi shahardan hich nima ob bumidi, qizig’I yo uni manga 1000 qavat bumidimi
milliy bar bir odammi o’ziga tortadi. Paxta devorla,sumor g’ishtla, shu g’ishtlani odamla duo
o’qib eshilarini keyin joyidan olib, sumkaga solib tavarru narsa dib uyga op ketishgan. Bu
kimgadir yoqadi, yana kimdir yengiliga intilarkande. Man 1985-86 yili Yevropada bup
keldimde, umumam manga qizig’I yo’q, unda topomadim qizu narsa. To’g’ri ulani yam eski
shoxona binolari, Moskvaga borsela yam qizil maydonni ko’rib vay divorasila, lekin
o’zimizanikiga yetmidi. Eski Juva bozori diyilardi, tartibsiz, hoziram telefonda bolla tashashadi
tartibsiz jannaqa tozamas, o’sha manga yoqadi. Qovinchila o’tirardi, shoptoli sotardi, boshqa
nimala sotardi. Luboy dehqonga borib, amaki bitta qovun suyib berin tekinga dsam kee o’g’lim
dib suyib berardi. Hozir 1 ta tuti yeb ko’rsen uuu dib tishini sindirvoladi, ko’rdin man buni
parqini ko’rvotgan odammande. Man bollaga yam ko’p gapiraman, oldin mamnaqaydi, oldin
manbi nonvoyga kirardidee yoshlida 1 ta non berin dib etolirdi bervorardi. Endi ula “ichi boy”
odamla bugande, ilgarigi odamla ichi boy bugan, hozirgi odamlani ichi “kambag’al”. Bilmadim
bu yaxshimi yomonmi, manga o’sha ichi boyla yaxshidide. Endi sila sabr bilan farqini ko’rasila
mande busela, nima bup ketadi. Mahallamiz juda tarixiy mahalla, tag’inam asromadu, gos
arxivga kiritishudi, keyin mustaqil bo’ldu hamma o’zini xolaganini qib ketdi. Axiri keyin tarixiy
mahalla qib turistla uchun turistik mahalla qib qo’yishdi. Lekin o’sha eski, qiyshu, turpo, loy
ko’chala buganida yam turistla yurardi. Germaniyali bitta turist bilan gaplashdim, shu turist
nemisekan mandan yaxshi bilarkan mahallani. Qatta nima borligini, qaysi qachon qurilganligini,
kim orqali qurilganligini man qoyil qop kettim. Mahallamiz hali 100 % bitmadi (70% bitdi)
yopilmagan joyla bor tomlada. Qop ketgan joylani yopish harakatidamiz.

SUXBATDOSHIMIZ: Mengliyev Jovdad.
12.04.2024
“ALLA”
Alla aytay jonim bolam uxlab qolgin alla
Shirin allam tinglab asta orom olgin alla
Ko’zim nuri, qalbim turi
Omon bo’lgin alla.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51


Katta bo’lsang, baxtli bo’lsang
Shudir baxtim jonim bolam
Yiqilmagin, qoqilmagin omon bo’lgin
Jonim alla
Allayo alla, allayo alla.

14.04.2024
KINNA SURASI (DUOSI)
Bismillohu rahmonu Rahim
Alloximma rabbinnos musxib ulbas ishvi anta shofilo shofi illo anta shifo loyiqdur

sukman.


Kinna kirgan bo’lsa chiqqo chiq
Toshlarga bor, tog’larga bor
Suqlangan bo’lsang chiqqo chiq shuf shuf shuf….

(pichoq, non, pul) boshdan, yelkadan aylantiriladi.

19.04.2024
“ZANGI OTA TUMANI”
Man 1953- yilman 71 ga kiraman, Yangi yo’lda Abu Ali Ibn Sino meditsina ttexnikumi

bo’lardi o’shatti bitirib 73-yil bitirgan busam, 73-yil Gematalogiya qon qo’yish institutiga ishga
kirganman. 41- yil ishladim, 50 yoshda pensiyaga chiqdim, 60 yoshgacha ishladim, pensiyadan
keyin yana 10 yil ishladim. Hozirda pensiyada dam ovomiza, 4 ta bolam bor, xo’jayinim 1 yil
bo’ldi o’tib qoldila, ula yam o’qtuvchi bup saphozi maktabida 30 yil (inglis tilidan) dars
berganlar. O’g’illarim-qizlarim hammasi oliy ma’lumotli, hammasi davlat Ishida ishlidi. Bu
mahallaga 74-yil kelin bup keganman, qaynatamam o’qtuvchi buganla, o’zimmi adamam
o’qtuvchi buganla. Shu 74-yildan biri Zangi ota qishlog’ida yashimiz, xudoga shukur hatotimiz
yaxshi yomonmas. Ilgarigi biza yashagan payt bilan hozirgi yoshlani hayotini o’rtasida juda
kotta farq bor, biza paytda bunaqa gazla bumagan sharoitla uncha bumagan, pechkala ko’mirla
yoqardi, molla boqardi. Mana endi yoshla baxtli busin hamma narsa bor. Bu yil Umralaga borib
keldim, 21-dekabr ketgan busek 5-yanvarda qaytib keldik. Hayotimiz yaxshi: gazla bor, to’kla
bor hayotimizdan juda yam xursanman. Biza yam o’sha paytda qiynalmaganmiza amallab
yashab o’tganmiza. Ishlagamman bolla kotta buvoti o’qitish kere dalaga qulupnay ekganman.
Bollani shunaqa qib o’qitganmiz, kontrak to’lagammiza kam bumadi. Endi bollarimiza kotta bup
yonimizaga kirib, endi biza pensiyaga chiqib mazza qib damlani olib, navaralari yetelab kotta
qivomiz.

YOSHLARGA NIMA MASLAHAT BERASIZ, BAXTLI OILA BO’LISHI UCHUN? Deb savol

berdim

Yoshlaga etamanki sabr qilila, sabri tegi oltin diydi. Sabr qib yashasa mana bizaga uxshab

hayot kechiradi, o’g’il-qizlari ko’p bo’ladi, ishlari yurishadi, erini yam omadini beradi,
topganlariga baraka beradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

52

-Barcha xalqimizni duo qildilar, yurtimiz tinch va farovon bo’lsin deb go’zal duolar

qildilar.

Buvijonimizdan so’ngida ALLA aytib berishlarini so’radim.

“ALLA”
(nabiralariga atalgan)
Alla aytay jonim bolam
Shirin qo’zim alla
Shirin bolamning aziz bolasi
Kotta bo’lsin jonim bolam.

Jonimga darmonim bolam
Bolam desam yuraklarim
To’lqinadi jonim bolam
Aziz bolamning Shirin bolasi
Kotta bo’lsin jonim bolam.

Elga-yurtga xizmat qiladigan
Ilmli-bilimli bola bo’lgin
Jonim bolam, asal bolam
Shirin bolam, jonajonim bolam.

Kotta bo’lgin, umriginang
Uzun bo’lsin jonim bolam
Jonimga darmonim bolam
Shirin qo’zichog’im bolam.

Allalarda orom olgin
Oromo lib baxtli bo’lgin
Ota-onang rohating ko’rsin
Jonim bolam, azizim bolam
Shirin qo’zim bolam.

Onaginang o’rgilsin sani Shirin
Joningdan jonim bolam
Uxlab turgin orom olgin
Yotib tursin onaginang
Uxlab turgin bolaginam
Jonim bolam, jonimga darmonim bolam.

XULOSA:

Har bir ma’lumot va har bir suxbatdosh bilan bo’lgan munosabat undagi

samimiylik insonda o’zgacha hislarni paydo qiladi, qaydir ma’noda Yurtiga va Eliga bo’lgan faxr
tuyg’usi. Ko’p insonlar suxbat qurishni istashmadi fikrimni aniq tushuntirib bera olmayman
gapira olmayman deb xijolat tortib suxbat qila olmadilar. Ha albatta buni to’g’ri tushunamiz,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

53

bizning ayollarimizda nafosat, uyatchangli xos bo’lgan hislatlar. Yana bir anglaganim shu
bo’ldiki bizning millat vakillari samimiy va bolajon, mehmondo’st xalq bunga amin bo’ldim.
Tashrif buyurgan xonadonimga ikkinchi marotaba yana taklif etishdi va maroqli suxbat olib
bordik. Beixtiyor suxbatni boshlar ekanmiz barcha yoshlik navqironlik paytidan so’z
boshlashni istadi. Umr xuddi oqar suvdek, tezda o’tib ketadi uni ortga qaytarib bo’lmaydi. Bu
ozmi ko’pmi umrni chiroyli va mazmunli yashab o’tmoq lozim, chunki hayotga bir marotaga
kelamiz!


“O’ZBEGIM”

O’zi kiymay kiydirgan

O’zi yemay yedirgan

O’zi tinmay farzandim degan

Mehri daryo O’zbegim!