ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
8
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI IJODIY RIVOJLANTIRISH
BOSQICHLARINING SEMIOTIK TALQINI
Abdusamatov Alisher Sobirovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Termiz (O‘zbekiston)
E-mail: aabdusamatov912gmail.com Tel: 91-577-62-99
https://doi.org/10.5281/zenodo.15704084
Annotatsiya.
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli
o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari
hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart-
sharoitlari, olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va
qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz
aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Semiotika, ta’lim, ta’lim tizimi, falsafa, semasiologiya, pragmatika,
sintaktika.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy rivojlantirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya -
pedagogik jarayonning muhim tarkibiy ekanligi haqidagi fikrni qat’iy inobatga olgan holda,
uning asosiy komponentlari va jarayon sifatidagi bosqichlarini belgilash, ijodiylikning
elementlarini yuzaga chiqarishga imkon beruvchi ta’limni tashkil etishning metod, shakl va
vositalarini tanlash bo’yicha asosiy qoidalar pedagogik jarayonning umumiy metologiyasidan
kelib chiqqan holda aniqlashtirib olinadi.
P.V. Kopnin, V.A. Lektorskiy, V.I. Sadovskoy, B.C. Shvirev, G.P.Shedrovitskiy, E.G. Yudin va
boshqa bir qator yetuk olimlar hamda mutaxassislarning umumiy fanlarni o’qitish
metodologiyasi strukturasini o’rganishga bag’ishlangan ishlarining tahlili bu jarayonda to’rtta
darajani alohida belgilash lozimligini ko’rsatadi. Bu darajalar quyidagilardir:
-falsafiy;
-umumilmiy;
-yo’naltirilgan ilmiy;
-texnologik (muayyan metodikalar va tadqiq etish usullari) [5].
Bu darajalarning ham biri ma’lum aynan bir vaqtda tashkil etiladigan ta’lim va tarbiya
jarayonlarning tarkibiy qismi bo’la olishi hamda o’zaro to’ldiruvchanlik, rivojlantiruvchanlik
kabi xususiyatlarga egaligi muhimdir.
Umumiy fanlarni o’qitish strukturasidagi kichik yoshdagi o’quvchilarni ijodiy jihatdan
rivojlantirishga qaratilgan ta’lim metodologiyasining birinchi - falsafiy darajasi bilish va
borliqni anglash jarayonining ta’lim oluvchida dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan
yondashuvlarni aniqlashtirib olishni nazarda tutadi.
Metodologiyaning mazkur darajasida inson ichki dunyosini o’rganishni maqsad qiluvchi
falsafiy ta’limotlar - ekzistentsializm, pragmatizm, dialektik materializm, neopozitivizm asos
sifatida olinadi va ularning mohiyati boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan barcha o’quv
fanlarining mazmun-mundarijasida ham o’z aksini topadi (bunda zamonaviy ta’limning asosiy
maqsadlaridan biri ta’lim oluvchini shaxs sifatida rivojlantirishdan iborat ekanligi muhim
faktor sifatida inobatga olinadi) [4].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
9
Biz o’quv fanlarni o’qitish metodologiyasining falsafiy darajasi uchun asos sifatida
xizmat qiluvchi muhim falsafiy yondashuvlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Ekzistentsializm shaxs bilan bog’liq muammolarga asosiy e’tiborni qaratadi. Ma’lumki,
shaxs tabiati ijtimoiy va individual jihatlarga ega bo’ladi: ekzistentsializmda shaxs tabiatining
ijtimoiy (ya’ni jamoaviy) xususiyatlari inkor etiladi (yoki qisman cheklanadi) va bu xususiyat
individuallikka qarshi qo’yiladi.
Mazkur ta’limotga ko’ra, «individuallik» – tabiiy va ijtimoiy aspektlarda yaxlit (birbutun)
hisoblangan shaxsning ma’nan va ruhan o’z-o’zini anglashini (ekzistentsiyani) ifodalovchi
tushunchadir. Ya’ni inson o’zini «kashf etish», o’z yo’lini tanlash, o’zi uchun maqbul narsalarga
ega bo’lishga intilish ma’nolarida erkindir va bunda u faqat o’zining sub’ektivligiga tayanadiki,
bu sub’ektivlik mohiyati insonning atrofdagi hech bir sub’ektga bog’liq emasligida namoyon
bo’ladi [1].
Ta’limga ekzistentsializmning eng muhim qoidalarini joriy etishda ta’lim oluvchining
fikrlash harakatlariga kirmaydigan qobiliyatlari (his etish, o’z-o’zini boshqarish, iroda va shu
kabilar)ga ko’proq urg’u berish nazarda tutiladi. R. Shtayner, Sh. Amonoshvili, B.C. Bibler va
boshqa ko’plab olimlarga ko’ra – o’qituvchining ta’lim jarayonidagi ikki tomonlama muloqot
muhitini yaratishdagi asosiy sub’ektligi nuqtai nazaridan – bu bir tarafdan, o’qitishni (ya’ni
ta’lim jarayonini) ta’lim oluvchining shaxsiy o’ziga xosliklarini inobatga olgan holda tashkil
etishga, ikkinchi tomondan esa, ta’limga insonparvarlik (insoniylik, erkinlik, demokratiya)
g’oyalari hamda tamoyillarini keng joriy etishga imkoniyatlar yaratadi [5].
Bolani ijodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya metodologiyasiga asos
bo’lishi mumkin bo’lgan falsafiy ta’limotlardan biri pragmatizmdir. Pragmatizmning bilish,
dunyoqarash va borliqni anglash bilan bog’liq o’quv harakatlarini takomillashtirishga
qaratilgan asosiy qoidasi ta’lim oluvchining muayyan sotsiumga tezroq va «qulayroq»
moslashish bo’yicha shaxsiy tajribasini boyitishdan iboratdir. Bunda ta’lim va tarbiyaning
asosiy maqsadlaridan biri bolani «munosib yashashga o’rgatish» hisoblanadi, degan fikrdan
kelib chiqiladi. Aytish kerakki, pragmatizm g’oyalari ayrim o’rinlarda tizimli bilim, malaka va
ko’nikmalar shakllantirish, binobarin, o’quv dasturlari va o’quv rejalarini ilmiy asoslab berish
zaruratini inkor etadi. Pragmatizm «munosib yashashga o’rganish» uchun zarur bo’ladigan
bilimlarni o’zlashtirishning asosiy mexanizmi va vositasi sifatida amaliy metodlarga ko’proq
urg’u beradi [8].
Ushbu kontekstda amaliy metodlar deganda amaliy (yoki amaliy xususiyatga ega
bo’lgan) topshiriq va vazifalarni «bajarish orqali o’rganish»ni nazarda tutuvchi metodlar,
usullar tushuniladi (masalan, loyihalashtirish metodi). Bunday metodlar qo’llanilganda
o’qituvchining o’rgatuvchilik, axborot yetkazuvchilik emas, yordamchilik va maslahatchilik
roli birinchi planga chiqadi.
Neopozitivizm ta’limotida ham ilmiy bilimlarni majmualashtirish tendentsiyasidan voz
kechib, ko’proq bilimlarning lisoniy, ya’ni nutq vositada o’zlashtiriladigan shakllarini tahlil
etish tadqiqot predmeti hisoblanadi. Zamonaviy metodologiya va semiotik tahlilning bir qadar
murakkab muammolari esa konventsializm nuqtai nazaridan qaralishi lozim, degan fikr
ustivorlik qiladi. Shu bilan birga, o’quv fanining bevosita ta’lim jarayonida qo’llaniladigan tili
(ya’ni nutq orqali yetkaziladigan bilimlar)ni tahlil etish pedagogikaning metodologiya bilan
bog’liq nazariy muammolarini hal etishda ijobiy rol o’ynaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
10
Bu boradagi xulosalar va mantiqiy asoslangan fikrlar G.P. Shedrovitskiy, YU.V. Gromiko
kabi faylasuf-olimlarning hamda ta’lim metodologiyasiga oid boshqa ishlarda o’z aksini
topgan. Ta’lim metodologiyasining neopozitivlik qoidalari YU.S. Lotman, A.YA. Danilyuk, V.A.
Uspenskiy kabi olim va mutaxassislarning ishlarida madaniy semiotika nuqtai nazaridan
yoritilgan bo’lsa, G. Frege, A. Karnap, A. Cherch va boshqalar mantiqiy semiotika nuqtai
nazaridan muammoga yondashganlar [9].
Xorijiy davlatlar, xususan, Rossiyada zamonaviy ta’limda neopozitivizmning namoyon
bo’lishini ta’lim tizimiga teologik kontseptsiyalarning singdirila borishida kuzatish mumkin
bo’ladi. Bilishni tadqiq etishning dialektik materializmga asoslangan yondashuvida bilish va
anglashning har qanday shakli (va ko’rinishi) insonning faol yaratuvchanlik va
o’zgartiruvchilik faoliyati asnosida amalga oshiriladi, degan qarash ustivorlik qiladi. Inson
bunday faoliyat davomida muayyan g’oyaviy ob’ektlar shakllantiradi va bu ob’ektlar uning
atrofdagi ob’ektiv olamni o’zlashtirishi uchun qulay vosita bo’lib xizmat qiladi. Insonning
bilish imkoniyatlari kengayib, bilish vositalari xilma-xillashib borishi jarayonida
yaratuvchanlik va o’zgartiruvchilik qobiliyati takomillashib boradi, binobarin, u tomonidan
shakllantiriladigan g’oyaviy ob’ektlar sifat va son jihatdan mukammallashib (mufasallashib)
boradi. Shu tariqa bilishning shaxsiy va ijtimoiy-tarixiy tajribasi shakllanadi: bu tajriba
faqatgina bilishning negizi va maqsadigina bo’lib qolmasdan, borliq haqidagi bilimlarni
baholashning muhim mezonlaridan biri sifatida qaraladi.
Shaxsiy va ijtimoiy bilish tajribasining shakllanishi eng avvalo, atrof-borliq ob’ektidan
olinadigan dastlabki hissiyotdan boshlanadi: avval elementar ob’ekt (borliq elementlaridan
biri) bilan tanishiladi, uning xossalari o’rganiladi va vaqt davomida o’zlashtirilgan bilimlar
umumlashtirilib, muayyan qonuniyatlar asosida tizimlashtiriladi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini bolalarga ijodiy jihatdan ivojlantiruvchi ta'lim berishga
tayyorlashning falsafiy darajasida amaliyot u yoki bu nazariyaga olib boruvchi o'ziga xos
“turtki” (impul`s) vazifasini bajaradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisini tayyorlashda
metodologik asos sifatida biz bilishning materialistik nazariyasini qabul qildik. Shu
barobarida, neopozitivizm, ekzistentsializm kabi falsafiy ta'limotlarga ham tayanildi. Bunday
yondashuvlar borliqni anglash va bilishning o'zida shakllanadigan va uning o'zigagina xos
bo'lgan maxsus bilish vositalaridan (atrof-borlqi ob'ektlariga oid tushunchalar, fan tili,
timsollar, ramzlar va belgilar, bilish ob'ektlarini o'zgartirish usullari va hokazo) – atrof-
borliqning miqdoriy, sifat va tuzilmaviy o'ziga xosligidan esa bilish ob'ekti sifatida
foydalanishni taqozo etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Atamanskaya M.S., Fizika o’qitishning shaxsiy-semantik modeli // Rostov n/d.: Rosizdat,
2015. – S. 124.
2.
Dutova, N.V. Madaniyatlararo muloqot kontekstida gender noverbal xulq-atvori [Matn] /
N.V.Dutova // Transbaikal davlat universiteti: monografiya / N.V.Dutova. – Chita, 2014. – 120
b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
3.
Galaktionova T. G. “Matn pedagogikasi: semiotik yechim tajribasi”. [Matn] / T. G.
Galaktionova. – Sankt-Peterburg, 2013. – 379 b.
4.
Kolpakov V.M. Boshqaruv usullari // Katta kutubxona. 2006 - 2011.
5.
Komenskiy, Ya.A. Tanlangan pedagogik ishlar [Matn] / Ya.A. Komenskiy. – T. 2. – M.:
Pedagogika, 1982. – 576 b.
6.
Maksimova, G.P. Universitet o’qituvchisining kommunikativ madaniyati va uning kasbiy
faoliyatdagi rivojlanishi: dis. ...kand. ped. Sci. Rostov n/d., 2000. - 179 p.