ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
188
BIOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUV MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING
PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Sharipova Mexriniso
Buxoro davlat pedagogika instituti 1- bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15727798
KIRISH
Hozirgi davrda zamonaviy o‘quv tizimi sharoitida fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning
bilimga bo’lgan ishtiyoqini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, biologiya kabi
tabiiy fanlar orqali nafaqat nazariy bilimlar, balki real hayotga mos ko‘nikmalar shakllanadi.
Shu sababli ushbu fanni o‘qitishda o‘quvchilarda o‘quv motivatsiyasini to‘g‘ri yo‘naltirish va
rivojlantirish psixologik hamda pedagogik yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘quv motivatsiyasining mohiyati va turlari
Motivatsiya – o‘quvchilarni bilim olishga undovchi, ularning qiziqishini oshiruvchi va
maqsad sari yo‘naltiruvchi ichki kuchdir. Motivatsiyaga ega o‘quvchilar darslarda faol ishtirok
etadilar, topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar va yangi bilimlarni o‘rganishga doimo
intiladilar. Motivatsiya ta’lim natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunki yuqori
motivatsiyaga ega bo‘lgan o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishadilar va o‘quv materialini
chuqurroq anglaydilar.
Ichki motivatsiya- o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari, bilimga bo’lgan tabiiy ehtiyoji
asosida shakllanadi.
Tashqi motivatsiya- tashqi omillar: baho, tanbeh, maqtov yoki mukofot natijasida yuzaga
keladi.[2]
Biologiya fanining motivatsiyani shakllantirishdagi o‘ziga xos roli
Biologiya fanining o‘ziga xosligi- uning kundalik hayot bilan bevosita bog’liqligida. Ushbu fan
orqali o‘quvchilar o’z atrofidagi tirik organizmlar, inson tanasi,ekologik muammolar kabi
mavzularni o‘rganadilar. Quyidagi amaliy yondashuvlar bilan o‘quvchilar qiziqishini oshirish
mumkin:
-
Tajriba asosidagi laboratoriya mashg‘ulotlari- amfibiya keltirib, unda turli reflekslar
borligi qiziqarli usulda ko‘rsatib beriladi
-
Tabiat qo‘ynida kuzatishlar- ushbu usul ham juda samarali hamda esda qolarli dars
jarayoni tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etadi
-
Texnologik vositalar (videoroliklar, simulyatsiyalar) – ushbu yondashuv turi suvda
hamda quruqlikda yashovchi organizmlarning ko‘payish yoki qishki uyqu fazalarida ular bilan
bevosita tanishish imkoni bo‘lmagan vaqtda yordam beradi: 3D videodarslar orqali o ‘qituvchi
o‘quvchini qiziqtira olishi kafolatlanadi
-
Munozaraviy metodlar va guruhli ishlanmalar- mavzuga oid mulohazaga undovchi savol
berish, o ‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda muhim sanaladi[3]
Psixologik omillar va ularning ta’siri
. O‘quvchgilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib
yondashish individual qiziqishlarini hisobga olish o‘quv motivatsiyasini kuchaytiradi.
Psixologik qo‘llab – quvvatlash quyidagilarga asoslanadi:
1.
Mustaqil fikrlashga rag‘batlantirish;
2.
O‘z-o‘zini baholashga imkon yaratish;
3.
O‘quv faoliyatiga ijobiy emotsional munosabatni shakllantirish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
189
Pedagogik strategiyalar va yondashuvlar
. Biologiya o ‘qituvchisi motivatsiyani
rivojlantirish maqsadida quyidagi pedagogik uslublarni qo‘llashi lozim:
- Fanlararo bog‘liqlik asosida darslarni boyitish;
- Tabiiy fanlarga oid aktual muammolarni muhokama qilish
- o‘quvchining faol ishtirokini talab qiladigan topshiriqlarni berish
- turli xil rag‘batlantirish shakllarini yo‘lga qo‘yish[1]
XULOSA
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirish, ularni faol
o‘rganishga undash- bu o ‘qituvchidan yuksak pedagogik – psixologik mahorat talab etadi.
Motivatsiyaga e’tibor qaratilgan darslar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabatini jiddiy
o‘zgartiradi, mustahkam bilim olishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizxo‘jayeva N.N. – Innovatsion pedagogik texnologiyalar, Toshkent, 2020.
2.
Xolbekova M.T. – Psixologiya va ta’lim muammolari, Samarqand, 2021.
3.
Zunnunov M.Q – pedagogika asoslari, Toshkent, 2022.