Авторы

  • Zarif Irgashev
    Andijon shahri 14014- xarbiy qism komandirining o’rinbosari podpolkovnik

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112889

Ключевые слова:

ijtimoiy vaziyat bardoshlilik darajasining namoyon bo‘lishini aniqlash psixologik bilim harbiy xizmat stress harbiy xizmatchi ijtimoiy muhit va stress omillari.

Аннотация

maqolada harbiy xizmatchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularda namoyon bo‘luvchi stressni paydo qiluvchi omillarni tahlil qilish ularni oldini olish usullarini tadqiq etishga imkon yaratadi hamda harbiy xizmatchilar shaxsida stressni namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ochib berishda usul va vositalari tadqiq qilingan va samarali tavsiyalar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

179

HARBIY XIZMATCHILARDA STRESS MUAMMOSIGA DOIR IJTIMOIY

PSIXOLOGIK QARASHLAR

Irgashev Zarif Djamaldinivich

Andijon shahri 14014- xarbiy qism

komandirining o’rinbosari podpolkovnik

https://doi.org/10.5281/zenodo.15725821

Annotatsiya:

maqolada harbiy xizmatchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish

asosida ularda namoyon bo‘luvchi stressni paydo qiluvchi omillarni tahlil qilish ularni oldini
olish usullarini tadqiq etishga imkon yaratadi hamda harbiy xizmatchilar shaxsida stressni
namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ochib berishda usul va vositalari tadqiq
qilingan va samarali tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy vaziyat, bardoshlilik darajasining namoyon bo‘lishini aniqlash,

psixologik bilim, harbiy xizmat, stress, harbiy xizmatchi, ijtimoiy muhit va stress omillari.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ПРОБЛЕМЕ СТРЕССА У

ВОЕННОСЛУЖАЩИХ

Иргашев Зариф Джамалдинович

подполковник, заместитель командира

г. Андижан 14014- в/ч.

Аннотация:

В статье на основе изучения психологических особенностей

военнослужащих проведен анализ стрессообразующих факторов, проявляющихся у них,
что позволяет исследовать способы их профилактики, а также исследованы методы и
средства выявления социально-психологических особенностей проявления стресса в
личности военнослужащих и даны эффективные рекомендации.

Ключевые слова:

социальная ситуация, определение проявления уровня

толерантности, психологические знания, военная служба, стресс, военнослужащий,
социальная среда и факторы стресса.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL APPROACHES TO THE PROBLEM OF STRESS IN

MILITARY PERSONNEL

Irgashev Zarif Dzhamaldinivych

lieutenant colonel, deputy commander

Andijan city 14014- military unit

Annotation:

based on the study of the psychological characteristics of military personnel,

the analysis of the factors that provoke stress manifested in them makes it possible to research
methods of their prevention, and methods and means of revealing the socio-psychological
characteristics of the manifestation of stress in the person of military personnel are researched
and effective recommendations are presented.

Keywords:

social situation, determination of the manifestation of the level of tolerance,

psychological knowledge, military service, stress, military personnel, social environment and
stress factors.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

180

Yangi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-

ma’rifiy asoslari yaratildi, «...davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli
Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish»[1] chora-
tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ularga ko’ra, Qurolli Kuchlarning barcha davlat idoralari, muassasa
va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan maktabga aylanishiga erishish, Qurolli
Kuchlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni
yanada takomillashtirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni saralash va tanlab
olish tizimini yanada rivojlantirish, Mudofaa vazirligi qo’shinlarida rahbar lavozimlariga
kadrlar zahirasini yaratish tizimini rivojlantirish ustuvor vazifalarini belgilab bermoqda. Bu esa
psixologiya sohasi mutaxassislarini Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlar boshqaruv
kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash hamda takomillashtirish
yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish bo’yicha yangi yechimlar topishga
yo’naltirmoqda.

Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning

ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etishda turli xil qarashlar mavjud bo’lsa-da, ular alohida
tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan.

O’zbekistonda Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini

oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari uchun ahamiyatli bo’lgan masalalar bo’yicha ko’plab
psixolog olimlar tadqiqot olib borishgan. Ular jumlasiga E.G’oziev, V.Karimova, I.Mahmudov,
D.Muxamedova, R.Samarov, A.Rasulov, L.Tursunov, S.Axrorov, L.Ravshanov va boshqa
olimlarni kiritish mumkin[2].

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026

yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida», 2018 yil 4
avgustdagi PQ-3898-son «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining
ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»[3]gi Qarori,
2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son «O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori va 2019 yil 12
sentyabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi Nizom»[4], 2022 yil 14 yanvardagi Xavfsizlik
Kengashidagi so’zlagan nutqidagi talablari va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida
belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada
xizmat qiladi.

Hamdo’stlik davlatlarida harbiy rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini

oshirishning ijtimoiy-psixologik muammosi A.Averin, G.Andreeva, T.Bazarov, Ye.Vendorov,
L.Laptev, V.Lobanov, V.G.Mixaylovskiy, Ye.Mogilevkin, V.F.Perevalov, V.N.Yakovleva kabi
yetakchi olimlarning izlanishlarida o’z aksini topgan[3].

Xorijiy mamlakatlarda I.Ansof, P.J.Zimbardo, A.M.Klarke, R.S.Miles, P.T.Navarro,

T.J.Frakes, M.F.Silvistri, R.M.Stogdil, D.E.Super, F.U.Teylor, F.E.Faydler, G.D.Xeyl,
N.B.Enkelьman, G.A.Yuki va boshqa olimlarning tadqiqot ishlarida ham Qurolli Kuchlar tizimida
rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik
muammolarining ayrim jihatlari o’z aksini topgan4. Ammo Qurolli Kuchlar tizimidagi rahbar
xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishda ijtimoiy-psixologik jihatlar ilmiy tadqiqot
muammosi sifatida o’rganilmagan[5].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

181

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalari va oliy harbiy bilim

yurtilarida «Umumiy psixologiya», «Harbiy psixologiya», «Boshqaruv psixologiya»,
«Psixodiagnostika», «SHaxs psixologiyasi» fanlarini ilmiy manbalar bilan boyitishda va harbiy
psixologlar malakasini oshirishda, shuningdek, harbiy xizmatchilarni vatanparvalik ruhida
tarbiyalashda, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini aniqlashda, nomzodlarni harbiy kasbga
saralash va yo’llashda, harbiy kadrlarni lavozimlarga qo’yishda, harbiy xizmatchilarning ijobiy
psixologik omillarini aniqlashda hamda mudofaa faoliyatini ko’tarishda foydalanish
mumkinligi bilan izohlanadi.

Tadqiqotimizda Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini

oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini o’rganish uchun R.Kettellning «Kattalar shaxsini
o’rganish 16 RF (A variant)» psixologik metodikasi, Karpovning «Boshqaruvda qaror qabul
qilish uslubi» so’rovnomasi, Pugachevaning «Rahbar shaxsiy sifatlarini baholash»
so’rovnomasi va J.P.Gilford tomonidan ishlab chiqilgan «Ijtimoiy intellektni o’rganish» kabi
so’rovnomalardan foydalandik. Bular o’rtasida faktorli tahlil hamda korrelyatsion aloqadorlik
jihatlari ham aniqlandi.

Harbiy rahbarlarda boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan

olingan natijalar rahbar shaxsiy sifatlarining so’rovnomasi bo’yicha ularning ko’rsatgan
natijalari qapop qabul qilish vazifasi, tanlash qoidalari va baholari mezonlariga muvofiq holda
aniqlanadigan, mavjud vaziyat shart-sharoitlarini qayta o’zgartirish natijasida erishish lozim
bo’lgan faoliyat maqsadining ma’lum vaziyatda namoyon bo’lishini anglatadi.

Empirik ko’rsatkichlarning uch jabhasi bo’yicha harbiy rahbar boshqaruv faoliyatining

kognitiv, konativ va emotsional baholash komponentlarini tavsiflovchi ijtimoiy-axloqiy
yetuklik, emotsional yetuklik kabi shaxsiy sifatlari bilan tizimli bog’lanishni hosil qilgan. Rahbar
shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining tarkib topishida muttasil, izchil va uzoq vaqtli
kamolotni boshdan kechirishiga to’g’ri keladi. Bu esa harbiy emotsional-irodaviy sohasiga
tayangan holda rahbarning jamoadagi yetakchilik sifatini kamol toptirishga olib keladi.
Boshqaruv faoliyatida harbiy rahbarning yetakchilik fazilati ta’sirida o’zini va harbiy
xizmatchilarning xulq-atvori, xatti-harakati hamda faoliyatiga nisbatan munosabatlarni
ijtimoiy-axloqiy yetuklik, emotsional yetuklik va ijtimoiy intellekt me’yorlariga moslashtira
olishi sub’ektiv nazorat ko’nikmalarining kamol topishiga olib kelarkan. Natijada o’zining va
qo’l ostidagilar faoliyatiga nisbatan mas’uliyatlilik, murakkab vaziyatlar, hissiy-barqarorlik va
xulq-atvorni nazorat qilishda izchillikka erishilishi aniqlandi.

Xulosa qiladigan bo’lsak Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv

kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etish yuzasidan quyidagi
xulosalarga kelishimiz mumkin:

1. Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning

ijtimoiy-psixologik jihatlari xorij psixologlari tomonidan kasbiy kompetentlikni shakllantirish,
jamoada shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash, harbiy rahbar shaxs sifatlarini
rivojlantirish va boshqaruv kompetentligini oshirish kabi psixologik xususiyatlar batafsil
o’rganib chiqilgan.

2. Harbiy rahbar xodimlarda boshqaruv kompetentligini oshirishda ijtimoiy intellektni

shakllantirish, boshqaruvda qaror qabul qilish uslublari, shaxslilik xususiyatlari va rahbar
xodimlarning shaxsiy sifatlari kabi psixologik xususiyatlarning shakllanganlik darajasiga ham
e’tibor qaratilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

182

3. Qurolli Kuchlar tizimidagi rahbar xodimlarda boshqaruv kompetentligi jarayoni

shakllanishiga malakali rahbarlarning kasbiy faoliyatda samarali ish mahsuli bevosita ta’sir
ko’rsatishi mumkin ekan. Bu esa, boshqaruvdagi harbiy rahbar xodimlarning jamoada
o’zlashtirgan malaka-ko’kikmalari bilan uzviy bog’liq.

4. Qurolli Kuchlar tizimida kasbiy faoliyat olib borayotgan harbiy rahbarlarda boshqaruv

kompetentligini takomillashtirish uchun muloqot ishtirokchisining fikr-niyatlarini tushunish,
noverbal xulq-atvorni tushunish, shaxslararo o’zaro ta’sir, ijtimoiy-axloqiy yetuklik, ma’naviy
yetuklik, ijtimoiy intellekt va muammoli vaziyatlarda o’zini tutish kabi psixologik
xususiyatlarining rivojlanganligi, kasbiy faoliyat jarayonida jamoalar bilan pozitiv
munosabatlarni o’rnata olishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasining «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28
yanvardagi PF-60-sonli Farmoni// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,
06/22/60/0082-son, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-
son. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026
yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida». «O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish
tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori
2.

Ғозиев Э.Ғ., Социал психология. Учебные и методические пособия. - Т., 2012. – С.78;

В.М.Каримова Социальная психология: Учебник для вузов. – Т., 2012. – С. 19.
3.

Андреева Г.М. Социальная психология сегодня. Поиски и размышления. – М.: НОУ

ВПС МПСИ, 2009. – С.57; Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие. – СПб.: Изд-
во Михайлова В.А., 1999. – С.38; Лобанов В.В. Работа с высшим административным
персоналом в США. Служба высших руководителей. М., 1999. – С.120.

4.

Frakes J.T. Managed care. Evolution and distinguishing features // Gastroenterol. Clin.

Noth. Am. 1997. N. 26 (4). P.703-714; Super D.E., Bahn M.Y. Occupational Psychology. London,
Tavistock, 2002. – PP.89.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasining «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida». «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori

Ғозиев Э.Ғ., Социал психология. Учебные и методические пособия. - Т., 2012. – С.78; В.М.Каримова Социальная психология: Учебник для вузов. – Т., 2012. – С. 19.

Андреева Г.М. Социальная психология сегодня. Поиски и размышления. – М.: НОУ ВПС МПСИ, 2009. – С.57; Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие. – СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 1999. – С.38; Лобанов В.В. Работа с высшим административным персоналом в США. Служба высших руководителей. М., 1999. – С.120.

Frakes J.T. Managed care. Evolution and distinguishing features // Gastroenterol. Clin. Noth. Am. 1997. N. 26 (4). P.703-714; Super D.E., Bahn M.Y. Occupational Psychology. London, Tavistock, 2002. – PP.89.