Авторы

  • B. Yu. Maxsudov
    Ph.D Toshkent arxitektura qurilish universiteti
  • O. A. Komilov
    Assistant Toshkent arxitektura qurilish universiteti
  • D. D. Tanirberdiyev
    Student Toshkent arxitektura qurilish universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112891

Ключевые слова:

shahar qurilishi DShK loyiha plani monitoring sun’iy yo‘ldosh tasvirlari geografik axborot tizimlari Payariq tumani barqaror rivojlanish.

Аннотация

Bu maqolada sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib shahar qurilishi hududlarini monitoring qilish usullarini amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Payariq shaharchasi tanlandi. Ushbu hududning qurilish jarayonlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri olib borilayotganligi, shaharsozlik faoliyatining hududiy tashkil etilishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida qurilishi hududlarini monitoring qilishda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

164

“SUN’IY YO‘LDOSH TASVIRLARI ASOSIDA SHAHAR QURILISHI

HUDUDLARINI MONITORING QILISH”

Ph.D

Maxsudov B. Yu.

Assistant:

Komilov O. A.

Student:

Tanirberdiyev D. D.

Toshkent arxitektura qurilish universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15725652

Annotatsiya:

Bu maqolada sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib shahar qurilishi

hududlarini monitoring qilish usullarini amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Tadqiqot obyekti
sifatida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Payariq shaharchasi tanlandi. Ushbu
hududning qurilish jarayonlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri olib borilayotganligi, shaharsozlik
faoliyatining hududiy tashkil etilishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida qurilishi hududlarini
monitoring qilishda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi.

Aннотация:

В данной статье изучена практическое применение методов

мониторинга градостроительных территорий с использованием спутниковых снимков.
В качестве объекта исследования был выбран город Пайарык Пайарыкского района
Самаркандской области. Проанализированы правильность или неправильность
проведения строительных процессов на данной территории, территориальная
организация градостроительной деятельности. В результате исследования было
установлено, что использование спутниковых снимков эффективно при мониторинге
территорий строительства города.

Annotation:

This article examines practical application of methods for monitoring urban

planning territories using satellite imagery. The object of the research is the city of Payariq,
Payariq district, Samarkand region. The correctness or incorrectness of construction processes
in this territory, the territorial organization of urban planning activities were analyzed. As a
result of the research, it was established that the use of satellite imagery is effective in
monitoring the territories under construction in the cities.

Kalit so‘zlar:

shahar qurilishi, DShK, loyiha plani, monitoring, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari,

geografik axborot tizimlari, Payariq tumani, barqaror rivojlanish.

Ключевые слова:

градостроительство, DShK, план проекта, мониторинг,

спутниковые снимки, геоинформационные системы, Пайарыкский район, устойчивое
развитие.

Keywords:

urban planning, DShK, project plan, monitoring, satellite imagery,

geoinformation systems, Payaryk district, sustainable development.

Asosiy qism.

Hozirgi davrda urbanizatsiya jarayonlarining tez va shiddat bilan o‘sib

borishi natijasida shaharlarni samarali boshqarish, barqaror rivojlantirish va resurslardan
oqilona foydalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaharlardagi infratuzilma,
qurilish ishlari, transport va kommunikatsiya tizimlarining holatini doimiy ravishda nazorat
qilish ya’ni

monitoring qilish zamonaviy shahar boshqaruvining asosiy va muhim vazifasiga

aylangan.

Juda ko‘p shaharlarda bir xil kuzatilayotgan muammo bor. Bu qurilishlar ko‘p hollarda

tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq amalga oshirilmayotganligi. Bu holat natijasida shahar
me’morchilik-shaharsozlik talablardan chetga chiqib, o‘z-o‘zidan rivojlanib bormoqda. Natijada


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

165

esa Shahar kommunikatsiyalari suv, elektr, gaz, kanalizatsiya tizimlarida ortiqcha yuklamalar
hosil bo‘lmoqda, Transport harakatida tirbandliklar yuzaga kelmoqda va Ekologik muhit
yomonlashmoqda.

Qurilish rejasi Shahar Bosh rejasiga to‘g‘ri kelmasligi natijasida shahar infratuzilmasining

tartibsiz rivojlanishiga olib keladi. Qurilish rejaga mos bo‘lmaganda, kommunikatsiya
tarmoqlari noto‘g‘ri joylashadi yoki ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘ladi. Bu esa ancha yillar avval
o‘tkazilgan komunikatsiya tarmoqlarida yana ham jiddiy muommodir. Natijada, tarmoqlarda
nosozliklar paydo bo‘ladi, ular tez-tez ishdan chiqadi, xizmatlar uziladi. Shaharlar rivojlanishi
bilan tabiiyki transport tizimiga bo‘lgan talablar ortib boradi. Aholi sonining ko‘payishi,
qurilishning rejalashtirilmagan tarzda kengayishi va transport infratuzilmasining yetarli
darajada rivojlanmasligi natijasida shahar yo‘llarida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Bunday vaziyatlarning oldini olish va ularni tizimli boshqarish uchun shahar monitoringi

zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bu ishda GIS mutaxassislari,
Geodezistlar, IT soha vakillari muhim rol o‘ynaydi.

GIS (Geografik Axborot Tizimlari) texnologiyalari shahar rejalashtirish, resurslarni

taqsimlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda juda foydalidir. GIS mutaxassislari
shaharlarni monitoring qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular shahar hududining aniq interaktiv
xaritalarini yaratadi, turli ma’lumotlarni masalan qurilishlar, transport harakati, ekologik
holatlarni joylashuv asosida tahlil va vizualizatsiya qiladi. Bu orqali shahar boshqaruvchilari
real vaqt rejimida shahar infratuzilmasi, yo‘l harakati va boshqa jarayonlarni kuzatib borishlari,
muammolarni aniqlashlari va samarali qarorlar qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.

Geodezistlarning ishi shahar qurilishlari va infratuzilmasini rejalashtirishda juda muhim.

Geodezik ma’lumotlar yordamida qurilish ob’yektlari to‘g‘ri joylashtiriladi, qurilish rejalarining
bosh rejaga mosligini ta’minlaydi va hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinadi. Yana
geodezistlar shahar hududida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni monitoring qilib, noqonuniy
qurilishlarni aniqlashga yordam beradi.

IT mutaxassislari shaharlarni monitoring qilish jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash,

tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot va tizimlarni
yaratadi. Ular sensorlar, kameralar, dronlar va boshqa qurilmalardan kelayotgan ma’lumotlarni
real vaqt rejimida boshqarish va integratsiyalashgan platformalar orqali ko‘rsatib beradi. Shu
tariqa, ular shahar monitoringining raqamli asosini yaratadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida GIS va IT sohasi mutaxassislar tomonidan

ishlab chiqilgan DShK https://dshk.uz sayti butun respublikaning shahar va shaharchalarning
Bosh rejalari va qurilish loyihalari interaktiv xarita ga jamlanib davlat tashkilotlari va aholi
foydalanishi ochiq va yopiq ma’lumotlar bazasi sifatida ishlab kelmoqda. Bunda Davlat
tashkiloti organlari alohida login parol bilan kiradi va kartografik xaritalardagi sir saqlanuvchi
ma’lumotlardan ham foydalana oladi.

Ushbu sayt shaharsozlik hujjatlaridan bosh reja va batafsil rejalashtirish planlari APOTlar

ni rastr formatda, qurilish obyektlari va kadastr chegaralari esa vektorli formatda jamlagan.

Quyidagi ishimizda shu saytga ochiq ma’lumot qilib saqlangan ma’lumotlardan

foydalanilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

166

1-rasm. DShK sayti.
Shaharsozlik faoliyatining monitoring degan joyida butun respublika bo‘yicha qurilish

obyektlari berilgan. Shu bo‘yicha butun Respublikada qurilishlarni kuzatib borish imkoniyati
bor. Qayerda nima qurilayotganligi, qurilish qachon boshlangani, qachon tasdiqlangani haqida
atribut ma’lumotlar kiritilgan. Bu bilan respublikdagi qonuniy qurilish hududlari haqida
ishonchli ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

2-rasm. Sayt asosiy oynasi.
Bu saytda berilgan Bosh reja va batafsil rejalar rastr ko‘rinishida berilgan. Bu rastrli

ko‘rinishdan rektorli ko‘rinishga aylantirib bir birini ya’ni vektorlini ustiga joylashtirib turib
Tahlil qilish uchun rastr ko‘rinishidagi Bosh rejani saytdan qism-qismlarga bo‘lib screenshot
qilib, birlashtirib oldik.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

167

3-rasm. Rastr formatdagi bosh plan.
Rastr ko‘rinishidagi Bosh rejani vektarizatsiya qilish uchun AutoCad dasturidan

foydalandik. AutoCad dasturida

Экспликация

(qaydnoma) va shartli belgilar ko‘ra

layer

(qatlam) larga ajratildi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

168

4-rasm. AutoCAD dasturi. Qatlamlar oynasi.
AutoCad dasturida Qatlamlarni

Layer Properties

panelga kirib yaratiladi, nom beriladi

va ranglari o‘zgartiriladi. Rastrli tasvirni vektorli qilib chizib chiqish uchun

Polyline

buyrug‘idan foydalanimiz va uni Hususiyatlar oynasidan

Closed

poligon qilib yopib olamiz.

AutoCadda rastrli tasvirnig ustidan chizilgan chizmamiz WGS84 dagi dunyo koordinati tizimiga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

169

joylanmagan. Chunki bu chizma

AutoCad

dagi To‘g‘ri burchakli X,Y koordinatada tasvirning

o‘lchami bo‘yicha turibdi. Bu chizmani

ArcGis pro

dagi UTM zona 42 koordinata tizimiga

joylash uchun AutoCaddagi

Move

,

Rotate

,

Scale

buyruqlari bilan keltirib oldik.

5-rasm. Polyline orqali binolarni chizish.
Suniy yo‘ldosh tasvirlarini yuklab olish uchun “Google Earth Pro” dasturida foydalanamiz.

Birinchi navbatda

Вид

(ko‘rinish) panelidan

Сетка

(koordinata to‘ri) buyrug‘ini va

Слои

(qatlam) panelidan

Места

(belgilar) buyrug‘ini yoqib qo‘yamiz. Rasmlarni yillar bo‘yicha

yuklab olish uchun

Исторические снимки

(Tarixiy suratlar) buyrug‘ini ham yoqib qo‘yamiz.

6-rasm.Google Earth Pro dasturi tasvir ko’rinishi paneli.
Tasvirlarni formatini

Максимум

(Maksimum) ga qo‘yib, kerakli vaqtni tanlaymiz va

Сохранить изображение

(Tasvirlarni yuklab olish)

bosib yuklab olamiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

170

7-rasm.Google Earth Pro dasturi. Xaritalarni yillar bo’yicha ajratish.

8-rasm. Xarita sifatini belgilash oynasi

Tasvirlarni yillar bo‘yicha yuklab olamiz.

2013 2018

2020 2023


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

171

“Google Earth Pro”

darsuridan rasm sifatida yuklab olish uchun “ArcGis pro” da Add data

dan foydalanamiz. Kerakli fayldan rastrli tasvirarni qo‘shib olamiz.

9-rasm. ArcGis Pro dasturida yuklangan tasvirlarni koordinatalarga bog‘lash
Bu rasmlarni hammasini

“Google Earth Pro”

darsuridan rasm sifatida yuklab

olganimizdan keyin koordinata tizimi yo‘qoladi. Birlik Piksellarga o‘tadi. Bu piksellarni
koordinata sistemasiga bog‘lash uchun

“ArcGis Pro”

dasturidagi

Georeference

panelidan

foydlandik.

Georeference

panelidan foydlandib kamida 2 ta nuqta bilan bog‘ladik.

Georeference nuqtasini faylga joylab

Save

tugmasini bosib

Export

qilib, qolgan hamma

rasmlarga shu nuqta koordinatalarini berish uchun

Import

qilib oldik.


Export Import


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

172

2014 Bosh reja

2023






background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

173

Xulosa

Biz ushbu ish avvalida Samarqand viloyati, Payariq tumani, Payariq shaharchasining har

xil yildagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini asos qilib oldik. Shundan keyin ushbu shaharda qurilishi
rejalangan bino-inshootlar bosh rejasiga asoslanib qurilish maydonlarini monitoring qilish
ishlarini olib bordik. Buning uchun ArcGIS, AutoCAD, GoogleEarthPro dasturlaridan
foydalandik. Monitoring natijasida hududda rejadan tashqari noqonuniy binolar qurilgani,
loyihadan chetga chiqilgani va qurilishi kerak bo‘lgan avtomobil yo‘llari, bino-inshootlar
haligacha qurilmagani aniqlandi va belgilab qo‘yildi.

Maqolada shahar qurilishi va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida monitoring qilish usullari,

shuningdek, ushbu usullarni amaliy qo‘llagan holda hududlarni nazorat qilish yo‘llari yoritib
berildi. Tahlil jarayonida geografik axborot tizimlarini (GAT) sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini
qayta ishlashda asosiy vosita sifatida ishlatilishi, ularni shahar hududi o‘zgarishlarini aniqlash,
qurilish ob’ektlarini xaritalash ishlari bajarildi.

Tadqiqot natijasida Payariq shaharchasi qurilishi hududlarini monitoring qilishda sun’iy

yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi. Bu shahar hududining o‘sish
yo‘nalishlarini aniqlash, qurilish ishlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ketayotganini tahlil qilish, qurilish
sifatini nazorat qilish, hududni to‘g‘ri rejalashtirish va barqaror rivojlanishiga zamin yaratishi
ko‘rsatildi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Axmedov A., Tursunov B. Geoaxborot tizimlari asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya,

2020.
2.

Bolstad P. GIS Fundamentals: A First Text on Geographic Information Systems. – 4-nashr,

2012. – 674 bet.Al-Kodmany, K. (2018), “The role of GIS in the planning of smart cities”, Journal
of Urban Technology, 25(2), 65–95. https://doi.org/10.1080/10630 732.2018.1432405
3.

Ahmedov B., Sabirov A. Masofaviy zondlash asoslari. – Toshkent: Universitet, 2022.

4.

Teizer, J., Lao, D., & Sofer, M. (2007), “Rapid automated monitoring of construction site

activities using ultra wideband”, Automation in Construction, 17(2), 180–188.
https://doi.org/10.1016/j.autcon.2007.05.003 "Urban High-Resolution Remote Sensing:
Algorithms and Modeling". Guoqing Zhou. CRC Press, 2021
5.

Alexander D. Zilzila, ko‘chki, to‘fon va vulqon xavfini xaritalash. – UCL Press, 1993.

6.

Yao, Y., et al. (2017), “Urban form and density in sustainable city development”,

Sustainable Cities and Society, 41, 234–245. https://doi.org/10.1016/j.scs.2018.05.005
7.

"Urban Remote Sensing: Monitoring, Synthesis and Modeling in the Urban Environment"

Xiaojun Yang. Wiley-Blackwell, 2011
8.

Gledson, B. J., & Greenwood, D. J. (2017), “The adoption of 4D BIM in the UK construction

industry”,

Engineering, Construction and Architectural Management

, 24(6), 950–967.

https://doi.org/10.1108/ECAM-05-2016-0126
9.

"Remote Sensing Applications for the Urban Environment" George Z. Xian. CRC Press,

2016
10.

DShK https://dshk.uz sayti

11.

https://google-earth-pro.softonic.ru/


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

174

12.

https://www.esri.com/en-us/home

13.

https://www.autodesk.com/products/autocad/overview

Библиографические ссылки

Axmedov A., Tursunov B. Geoaxborot tizimlari asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Bolstad P. GIS Fundamentals: A First Text on Geographic Information Systems. – 4-nashr, 2012. – 674 bet.Al-Kodmany, K. (2018), “The role of GIS in the planning of smart cities”, Journal of Urban Technology, 25(2), 65–95. https://doi.org/10.1080/10630 732.2018.1432405

Ahmedov B., Sabirov A. Masofaviy zondlash asoslari. – Toshkent: Universitet, 2022.

Teizer, J., Lao, D., & Sofer, M. (2007), “Rapid automated monitoring of construction site activities using ultra wideband”, Automation in Construction, 17(2), 180–188. https://doi.org/10.1016/j.autcon.2007.05.003 "Urban High-Resolution Remote Sensing: Algorithms and Modeling". Guoqing Zhou. CRC Press, 2021

Alexander D. Zilzila, ko‘chki, to‘fon va vulqon xavfini xaritalash. – UCL Press, 1993.

Yao, Y., et al. (2017), “Urban form and density in sustainable city development”, Sustainable Cities and Society, 41, 234–245. https://doi.org/10.1016/j.scs.2018.05.005

"Urban Remote Sensing: Monitoring, Synthesis and Modeling in the Urban Environment" Xiaojun Yang. Wiley-Blackwell, 2011

Gledson, B. J., & Greenwood, D. J. (2017), “The adoption of 4D BIM in the UK construction industry”, Engineering, Construction and Architectural Management, 24(6), 950–967. https://doi.org/10.1108/ECAM-05-2016-0126

"Remote Sensing Applications for the Urban Environment" George Z. Xian. CRC Press, 2016

DShK https://dshk.uz sayti