ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BORASIDAGI NAZARIY
QARASHLAR
Jo‘rayev O‘ktam Panji o‘g‘li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734635
Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiy tizimda mavjud moliyaviy resurslarni muayyan vaqt
davomida ko‘paytirish imkonini beruvchi strategik iqtisodiy instrument sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Ular bo‘sh moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari uchun kapitalni
samarali joylashtirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va
aholining farovonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya faoliyatining
tizimli boshqaruvi va resurslarning oqilona yo‘naltirilishi iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror
va uzluksiz o‘sishini ta’minlashda muhim makroiqtisodiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Investitsiyalarning istiqbolli va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirilishi esa texnologik
yangilanish, raqobatbardoshlikning oshishi va yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga turtki
bo‘ladi.
Tijorat banklari investitsion faoliyatning markaziy ishtirokchilaridan biri sifatida
iqtisodiy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati bozor mexanizmlarining
shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositachilik xizmatlarini taqdim etish
orqali namoyon bo‘ladi. Banklar va tovar-pul munosabatlari tarixan birga rivojlangan bo‘lib,
bugungi kunda tijorat banklari moliyaviy xizmatlarning keng doirasini taklif etuvchi yirik
moliyaviy institutlar hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik keng
muhokama qilinadi. Ko‘plab olimlar ushbu bog‘liqlikni “qayta aloqa” munosabatida
baholaydilar. Ayrim nazariy konsepsiyalarda investitsiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy sababi
sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, boshqa yondashuvlarda esa ular iqtisodiy o‘sishning natijasi
sifatida talqin qilinadi. Ushbu ikki qarash o‘rtasidagi tafovut iqtisodiy jarayonlarning
murakkabligi va ko‘p omilliligi bilan izohlanadi. Shu munosabat bilan multiplikator va
akselerator nazariyalari investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil
qilishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular ushbu ikki iqtisodiy kategoriya o‘rtasida
mavjud bo‘lgan dinamik va murakkab funksional munosabatlarni ochib berishga yordam
beradi.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy inqirozlardan chiqish jarayonlarida davlat
tomonidan amalga oshirilgan rejalashtirilgan investitsion intervensiyalar hal qiluvchi rol
o‘ynagan. Dastlabki bosqichda investitsiyalar iqtisodiy faollikni jonlantirishga xizmat qilgan,
keyingi bosqichda esa iqtisodiy o‘sishning o‘zi yangi investitsiyalar uchun zaruriyatni yuzaga
keltirgan.
Shumpeterning iqtisodiy o‘sish haqidagi yondashuvida innovatsiya va investitsiyalar
markaziy o‘rinni egallaydi. Unga ko‘ra, jamoa ishlab chiqarish darajasi iqtisodiy agentlarning
investitsion faolligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik texnologik taraqqiyotni belgilaydi.
Lazarenko tijorat banklarining investitsion faoliyatini qimmatli qog‘ozlarni chiqarish,
ishlab chiqarishga investitsiya kiritish, brokerlik xizmatlari va korxonalarda nazoratni amalga
oshirish bilan bog‘liq faoliyat deb ta’riflaydi. Korotayev esa banklar investitsiyaviy faoliyatini
qisqa va uzoq muddatli daromad keltiruvchi aktivlarga sarmoya kiritish nuqtayi nazaridan
tahlil qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
Keyns investitsiyalarni iqtisodiy o‘sishning asosiy ichki regulyatori sifatida ko‘radi. U
milliy daromadni (Y) quyidagi formula orqali ifodalaydi:
Bu yerda S – cheklangan saqlash me’yoridir. Agar M < 1 bo‘lsa, rejalashtirilgan (davlat)
investitsiyalar o‘sishi multiplikator effektiga binoan, boshlangich investitsiyalar hajmidan katta
bo‘ladi. Keyns iste’mol, saqlash va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilgan va davlat
boshqaruvi orqali investitsiyalarni rag‘batlantirish zarurligini asoslagan.
R. Xarrodd va E. Domar modeliga (Neokensiyachilar) ko’ra, investitsiyalar ikki tomonlama
xarakterga ega: birinchidan, ular ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchidan, iqtisodiy
quvvatlarni oshiradi. Ularning modeli akselerator (A₂) va multiplikator (M) tamoyillari asosida
qurilgan bo‘lib, investitsiyalar daromadning o‘sishini ta’minlaydi, bu esa yangi investitsiyalarni
yuzaga keltiradi. Model quyidagicha ifodalanadi:
P. Samuelson iqtisodiy o‘sish nazariyasiga o‘zining “neoklassik sintez” yondashuvi orqali
sezilarli hissa qo‘shgan. U investitsiyalar ta’sirining ikki asosiy mexanizmi — multiplikator va
akselerator o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur tahlil qilgan. Samuelson ushbu ikki
tushunchani yagona dinamik modelda birlashtirib, iqtisodiy tizimdagi investitsion faoliyatning
barqarorlikka qanday ta’sir qilishini asoslab bergan. Unga ko‘ra, investitsiyalarni
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yalpi ichki mahsulot, bandlik darajasi, iste’mol va saqlash
me’yorlari bilan muvofiqlashtirish orqali iqtisodiy tizimda kon’yunktura siljishlarining oldini
olish mumkin. Mazkur yondashuv doirasida multiplikator investitsiyalarning daromadga
ta’sirini aks ettirsa, akselerator esa daromaddagi o‘zgarishlarga nisbatan investitsiyalar
hajmidagi dinamik reaksiyani tavsiflaydi. Samuelson modelida aynan ushbu ikki tamoyilning
uyg‘unlashuvi iqtisodiy barqarorlik va o‘sishning nazariy asosiga aylantirilgan.
Joan Robinson esa iqtisodiy o‘sish jarayonlarida kapital va mehnat o‘rtasidagi
proporsional bog‘liqlikni asosiy determinant sifatida ko‘rib chiqadi. Ushbu olim ilmiy
izlanishlarida investitsiyalarning mohiyatini keng qamrovli tarzda tahlil qilgan holda, ularni
faqat daromad keltiruvchi aktiv sifatida emas, balki ishlab chiqarish texnologiyalarini
yangilovchi, samaradorlikni oshiruvchi va mavjud resurslardan optimal foydalanishni
ta’minlovchi vosita sifatida talqin qiladi. Robinsonning fikricha, investitsiyalar, bir tomondan,
mahsulot ishlab chiqarishdagi yillik o‘sishni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, texnik jihatdan
eskirgan uskunalarni yangilash va ishchi kuchi unumdorligini oshirish orqali ishlab chiqarish
samaradorligini oshiradi. Umuman olganda, P. Samuelson va J. Robinsonning nazariy qarashlari
investitsiyalarning nafaqat iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasini, balki ular orqali iqtisodiy
tizimning ichki muvozanati va barqaror rivojlanish tendensiyalarini shakllantirishdagi
ahamiyatini ham ochib beradi.
Investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Ular
nafaqat ishlab chiqarishning kengayishiga, balki texnologik yangilanish, bandlik darajasining
oshishi va ijtimoiy farovonlikning yuksalishiga xizmat qiladi. Turli nazariy yondashuvlar
investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali aloqalarni ochib beradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
Shu boisdan, milliy iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlashda investitsiyaviy siyosatni to‘g‘ri
shakllantirish va tijorat banklarining faol ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Schumpeter J.A. Theory of economic development. Cambridge, 1943.
2.
Лазаренко А.Л. Управление инвестиционной деятельностью коммерческих банков:
основные направления / А.Л.Лазвренко // Вестник ОрелГАУ. – 2010 - №1 (10). – С. 50-52.
3.
Harrod R.F. Theory of imperfect completion revised. N.Y., 1952.
4.
Н.Е.Егоров, А.М.Смулов Предприятия и банки. –М.: “Дело”. 2002. –С. 300-301.
5.
Robinson J. The accumulation of capital. L., 1956.