ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
4
TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA ULARNING XOZIRGI ZAMONGA
MOSLASHTIRISH YECHIMLARI
Jamoliddin Usarov Tulqinovich
Jizzax politexnika instituti
Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi
Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li
Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734409
Annotatsiya:
O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-
joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta
asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-
joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini.
O‘zbekiston tarixiy shaharlar markazlarini qayta tiklash, xususan ularda an’anaviy xalq
turarjoylarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy takliflarning ishlab
chiqilganidir.
Kalit so‘zlar:
Tarixiy, Uy-joy, shahar, tarkibiy, qurilish, savdo, Maxalliy, Samarqand,
Toshkent, ko‘chalar, komplekslar, O‘zbekiston Buxoro, Xiva, Shaxrisabz.
Аннотация:
Территория Узбекистана состоит из регионов с различным климатом,
жилищное строительство в этих регионах имеет различную структуру и имеет
уникальную историю развития. В средневековых центрах Бухары, Хивы, Самарканда,
Ташкента и Фергонской долины жилищное строительство развивалось по-разному.
Разработаны научно обоснованные теоретические и практические предложения
по восстановлению центров исторических городов Узбекистана, в частности,
формированию в них традиционных народных поселений.
Ключевые слова:
Исторический, Жилье, город, строение, строительство, торговля,
Местный, Самарканд, Ташкент, улицы, комплексы, Узбекистан Бухара, Хива, Шахрисабз.
Abstract:
The territory of Uzbekistan consists of regions with different climates, housing
construction has a different structure in these regions and has a unique history of development.
In the medieval centers of Bukhara, Khiva, Samarkand, Tashkent and Fargona valley, housing
construction developed in different ways.
Scientifically based theoretical and practical proposals have been developed for the
restoration of the centers of historical cities of Uzbekistan, in particular, the formation of
traditional folk settlements in them.
Keywords:
Historical, Housing, city, structure, construction, trade, Local, Samarkand,
Tashkent, streets, complexes, Uzbekistan Bukhara, Khiva, Shakhrisabz.
O‘zbekistonni dunyoga ko‘z–ko‘z qiluvchi, turistlar aqlini shoshtiruvchi, ularni xis–
hayajonlarga soluvchi go‘zal tarixiy shaharlarimiz, arxitektura yodgorliklari va komplekslari
borki, bugungi kunda ularning mavqyei dunyoga mashhurdir. U qatoriga Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo‘qon, Nurota kabi shaharlar kiradi. Eski turar joy uylaridagi
xonadonlarning hajmiy-loyixaviy yechimi zamonaviy meyorlarga javob bermaydi, aslida esa
ularning ko‘pgina konstruktiv yechimlari talab doirasida bo‘lgani uchun bu turar joy uylarini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
5
rekonstruksiyalash maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu turar joy uylarining ichki loyixaviy
yechimlarini va tashqi ko‘rinishlarini xozirgi talab doirasida o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashkari kuydagi omillar ham bevosita o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi: Qo‘shni
binoga bo‘lgan masofa, oriyentasiya talabiga rioya qilish darajasi, iqlim va zilzilabardoshlik,
shovqin–suronlik rejimi, turar joy uyining transport magistraliga nisbatan joylashuvi[1].
Qurilgan turar joy uylarini uch kategoriyaga bo‘lish mumkin.
1–kategoriyaga 2–jaxon urushdan avvalgi kurilgan turar joy uylari (1–2 qavatli).
2–kategoriyaga XX–asrving 50–60–yillarida qurilgan turar joy uylari.
3–kategoriyaga zilziladan keyingi (1966–1990) yilda qurilgan turar joy uylar.
Turar joy uylarini kategoriyasi, kavatlar soni va arxitekturaviy–loyixaviy, konstruktiv–
texnologii yechimi, fari qilib turadi va bu har bir qurilgan kategoriya uchun xarakterlidir. Shu
bilan birga rekonstruksiyalash metodini ishlab chiqishda ishlab chiqarish texnologiyasi omili
xam aniqlovchi xisoblanadi.
Me’moriy rejaviy rekonstruksiyalash variantlari;
1–turar joy binosyanyng xajmini va kompoznsiyasini uzgartirmay saqlab qolish va ichki
loyixaviy yechimlarni o‘zgartirish. Bu xolda loyixaviy yechim ish talab darajasida maqsadli
o‘zgartirish yoki turar joy binosini funksional sifatini almashtirish mumkin bo‘ladi (Masalan,
turar joy uyining birinchya qavatini savdo xizmat ko‘rsatish obyektlariga).
2–rekonstruksiyalashning shakllaridan biri sifatida turar joy korpuslarini kengaytirish va
ustiga qurish, eski va ancha kech qurilgan turar joy binolar uchun xos, ular qurilish zichligini
oshirishga turar joy funksiyalarini saqlagan xolda va qisman qayta ixtisoslanilgan holda
shakllantirishga imkon beradi. Turar joy binosining yoniga qurish va ustiga qurish natijasida
o‘zgartirish daxa qurilishning umumiy kompozisiyasi yoki uni qayta tuzish istikbollari bilan
qo‘shib olib borilishi kerak bo‘ladi.
3–rekonstruksiyalash ishlari darajasi turar joy binosinnng texnik xolat va ishonchliligini
baxolash asosida umumiy elementlаri dastlabki jismoniy qurishning o‘zgarish darajasi bilan
belgilangan, Rekonstruksiyalash qarorni nazarda tutadigan.
Biroq ming afsuski, hayot garchi, tezkor taraqqiyot, halqaro turistik ehtiyojlar va
zamonaviy talablar bunday an’anaviy va tarixiy turarjoylarning saqlanib qolishiga xavf
solmoqda. Ularning o‘rniga tarixiy shaharlarimiz muhitiga mos kelmaydigan yangi binolar,
savdo va boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatish binolari qurilmoqda. Bunday holatlarni
Samarqand, Shaxrisabz, Qo‘qon va boshqa tarixiy shaharlarda uchratish mumkin. Jumladan,
Samarqand shahridagi mashhur Registon maydoni atrofidagi tarixiy turarjoylar o‘rnini 4
qavatlik o‘rta maktab va zamonaviy ko‘p seksiyali baland uylar egallagan.
O‘zbekistonning boy tarixiy me’moriy–madaniy merosi va shaharlariga dunyoviy
qiziqishning oshib borayotgan bir davrida bunday shaharsozlik xatoliklarining bartaraf etilishi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
6
zarur. Muammoni yechishning eng ishonchli yo‘nalishlaridan biri–bu ushbu tarixiy shaharlar
markazlari atrofidagi zamonaviy, tarixiy muhit talablariga javob bermaydigan imoratlar o‘rniga
an’anaviy turarjoylar arxitekturasi va tarixiy shaharlar muhitiga mos keluvchi yangi
turarjoylarni tiklash va joylashtirishdir.
(O‘rta asrlarda Samarqanddagi turarjoy
binolari)
(Mustaqillik yillarida Mir Sayyid turarjoy
binolari) Baraka ko‘chasida qurilgan turar joy
binosi)
Xorijiy mamlakatlar tajribalari
Oxirgi yillarda chet el va Yevropa davlatlarida tarixiy merosdan foydalanish bo‘yicha
katta tajriba to‘plandi. Bu tajribaga nihoyatda turlicha sharoitlarda ega bo‘lindi: Moskva, Sankt-
Peterburg, Praga, Sofiya, Budapesht, Buxarestni qayta tiklashda; urush davrida kuchli
vayronagarchilikka uchragan Varshava, Pskov shaharlarini tiklash va qurishda; Suzdal, Rostov,
Neseber, Tirnovo, Torun kabi shahar-qo‘riqxonalarni barpo qilishda ulkan tajribalar
orttirilgan. Bu jihatdan, me’moriy merosdan foydalanishga kompleks hududiy-fazoviy
yondoshilgan Moskva, Kiyev, Chernigov, Zagorsk, Suzdal, Kamenes-Podolskiy, Tallin, Vilnyus,
Msxeta va boshqa shaharlarning qayta tiklanishi bunga misol bo‘la oladi.
Restoran, kafe va savdo korxonalari ilgarigi savdo rastalariga joylashtirilgan (“Staraya”
ko‘chasi va Rizopolojenskiy monastirida). Sayyohlik markazining asosiy ma’naviy-ma’rifiy
markazi hisoblangan muzey ekspozisiyasi obyekti shahar hududida joylashtirilgan. Muhim
ekspozisiyalar kreml va unga tutash bo‘lgan me’moriy yodgorliklarga joylashtirilgan,
ekspozisiyaning bir qismi ochiq osmon ostidagi muzeyda namoyish etilmoqda.
Foydalanishga moslashtirish, yodgorlik-binolarni muzeylashtirish shahar bosh
rekonstruksiyasi loyihasiga kiritilgan shaharsozlik g‘oyalarining tabiiy rivoji, binolarni tiklash
rejasining aniq ifodasidir. Bu rejani amalga oshirish shahar tarixiy qismi va zamonaviy
qurilishlar tuzilishini sinchiklab o‘rganishga asoslanadi. Suzdal shahri strukturasi tahlilining
asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-
Suzdal tarixiy yadrosi tarixiy-badiiy va me’moriy majmuasining aniq tabiiy sharoitlarda
shakllanish qonuniyatini aniqlash;
-
markaz majmuasidagi har bir bino va inshoot vazifasi va ahamiyatini aniqlash; ko‘cha va
tor ko‘chalarni yaxlit birlikka bog‘lovchi dominantlarni, ularning o‘qini, qurilishning tarixiy
chegarasini, gorizont chizig‘ini (inshootlar va relyef bilan yuzaga kelgan aniq siluetini)
aniqlash;
-
binolarni qurish yoki qayta tiklash vaqtida uyga egalik va uy egasining ijtimoiy
xarakteristikasini, uy egaligi o‘lchamlari va uning chegaralarini o‘rganish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
7
-
xo‘jalik va texnik qurilishlar xarakteri; ta’mirlash yoki qayta tiklashning zarurligini
aniqlash uchun uy egaligini bahosi;
-
eski inshootni yangi vazifaga qisman moslashtirish, shuningdek yangi qurilish qiyofasi va
ishlab chiqilgan markaz rejaviy tuzilishga mumkin bo‘ladigan aralashishlar va imkoniyatlar
me’yorini aniqlash.
Me’moriy yodgorliklardan ideologik va estetik sohalardan tashqari foydalanish jiddiy
iqtisodiy asosga ham ega, yodgorliklardan zamonaviy jamiyat ehtiyojlari uchun faol foydalanish
mumkin, bir vaqtning o‘zida ular saqlanib qoladi va davlatga katta foyda keltiradi, chunki faqat
qayta tiklash va ta’mirlash me’moriy yodgorlikning saqlanishini va uning jamiyat hayotidagi
ishtirokini kafolatlamaydi[2].
Shu sababli ilgari mavjud bo‘lgan binolardan foydalanish maqsadga muvofiqdek
ko‘rinadi - bunday yo‘l ko‘plab me’moriy yodgorliklarni saqlashga yordam beradi. Oxirgi
yillardagi turizm va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
«dam olish» degan zamonaviy tushunchaning farqli jihati, u dam olish va ko‘rishning o‘zaro
munosabatidir, shunday ekan, me’moriy yodgorliklarga ega bo‘lgan tarixiy shaharlarning
turistik marshrutlarga kiritilishi demakdir.
Tarixiy-me’moriy merosdan foydalanish muammosi maxsus bilimni talab etadigan ko‘p
sohalardan iborat bo‘lgan yodgorlik fazoviy muhitini tashkil qilishdan boshlanadi:
- transport kommunikasiyalarini tashkil qilish (ma’lumki, zamonaviy transport vibrasiya
tufayli yodgorliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi);
- yodgorliklar hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
- zamonaviy qurilishni me’morchilik yodgorliklari bilan «tutashtirish» muammosi, uning
foni;
Xulosa
Shahar strukturasi va shakli, landshafti o‘rganildi, qayta tiklashning alohida
zonalari ajratildi. Chet el davlatlarida o‘tkazilgan qator ishlarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki,
dastlabki tadqiqotlar hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ular puxta amalga oshirilgan,
ayniqsa loyihaviy takliflar asoslangan va samarali bo‘lgan. Bunday tadqiqotlarni e’tiborsiz
qoldirish mumkin emas, sxemalashtirish yoki ular hajmini asossiz qisqartirishga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Me’moriy yodgorliklar regenerasiyasining chet el tajribasiga murojaat qilib shuni
ta’kidlash mumkinki, binolardan muzey maqsadidan tashqari kutubxonalar, o‘quv yoki konsert
zallari, mehmonxonalar, turistik majmualar, turar joylar, kafe va restoranlar uchun
foydalanadilar. Yevropa me’moriy yodgorliklarining aksari qismi qanchalik madaniy-oqartuv
maqsadlarda foydalanilsa, turizm va dam olish uchun ham shunchalik foydalaniladi. Bunday
obyektlarning yuksak estetik qiymati ko‘plab turistlar uchun, ularni yanada jozibador qilib
ko‘rsatadi, shunday ekan ular yanada daromadli bo‘ladi. Ma’lumki Yevropada kafening
ommabopligi karvon-saroylar rivojiga ta’sir eta boshladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Uralov.A.S. Гражданское зодчество средневековой Централъной Азии.–T.,2021
2.
A.S.Uralov, Elina Mohd Husini. Harmonization, decoration of architectural forms and light.
-Malaysia, 2021.