Авторы

  • Saxobat Artikova
    Ohangaron shahar Politexnikumi ingliz tili fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.116924

Аннотация

Xalqimizga azaldan xos bo‘lgan xislat – bag‘rikenglik bir zumda paydo bo‘lgan emas, u biz uchun an’anaviydir. O‘zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi O‘zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo‘lgan eng qadimgi o‘lkalardan biri ekaniga guvoh bo‘lamiz. Tosh asrining o‘rtalarida ajdodlarimiz orasida turli hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya)  tarqaldi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

Artikova Saxobat Gopurovna

Ohangaron shahar Politexnikumi

ingliz tili fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15779349

Xalqimizga azaldan xos bo‘lgan xislat – bag‘rikenglik bir zumda paydo bo‘lgan emas, u

biz uchun an’anaviydir. O‘zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi
O‘zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo‘lgan eng qadimgi
o‘lkalardan biri ekaniga guvoh bo‘lamiz. Tosh asrining o‘rtalarida ajdodlarimiz orasida turli
hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya) tarqaldi.

Tashqi dunyo bilan aloqalar rivojlanishi natijasida qadimgi ¤zbekiston va u bilan

chegaradosh hududlarda sekin-asta murakkab sistemaga aylangan dinlar tarqala boshladi.
Bular jumlasiga zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va yahudiylik kiradi.

Zardushtiylik zaminida Markaziy Osiyo sharoitidagi hayot tarzi o‘troq dehqonchilik va

ko‘chmanchi chorvadorlik o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. U keyinchalik monoteistik g’oyalar
rivojiga shubhasiz katta hissa qo‘shgan.

Kushon va Eftalitlar davlatlari davrida O‘zbekiston hududiga bevosita Hindistondan

buddaviylik kirib keldi va keng ildiz otdi. V.Litvinskiyning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda
«hunarmandning xonadoni va chorikorning kulbasigacha budda dini kirib borgandi».

O‘zbekistonda islomdan oldin mavjud bo‘lgan dinlar qatorida Shom (Suriya) va Eron

orqali kirib kelgan xristian dinining nestorian mazhabi sezilarli o‘rin tutgan. Xristian jamoalari
g‘uz, to‘qqizo‘g‘iz kabi ba’zi ko‘chmanchi turk qabilalarining vakillarini ham o‘z ichiga olgan.
Akademik V.Bartoldning fikricha, VI asrda Samarqandda xristian yepiskopi va bevosita
arablar kelishidan oldin esa mitropoliti bo‘lgan. Hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari
hududida ham xristian diniga mansub aholi mavjud edi.

Yuqorida zikr etilgan dinlardan tashqari, O‘zbekistonning ba’zi yerlarida yahudiylar,

moniychilar, mazdakiylar jamoalari istiqomat qilgan. Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi
Markaziy Osiyoni o‘z ichiga olgan Gʻarbiy turk hoqonligi taxtida o‘tirgan Istami (552-576-
yillar) bag‘rikeng hokim sifatida tanilgandi. Shu davrda turkiy qabilalarda diniy tafakkur o‘z
taraqqiyotining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan, bosh xudo – Tangriga sig‘inish keng
miqyosda boshlangandi. Shunday bo‘lsa-da, Istami-hoqon o‘lkada ma’lum bo‘lgan barcha
dinlarga erkin yo‘l qo‘yib berdi.

VIII asr boshida Movarounnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi monoteistik

din va mahalliy dinlarning bir-biriga o‘zaro singishi natijasida Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy
ongida ajib o‘zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul qilganlari holda xuddi shu ma’noda Tangri
atamasini ishlatishda davom eta berdilar. Umummusulmon davlatida qaysidir odatlar islomiy
yoki g‘ayriislomiy ekani haqida bahslar va ixtiloflar avjiga chiqqan bir paytda
Movarounnahrda islom ma’naviy dunyosiga mansublikning o‘zi asosiy mezon rolini o‘ynadi.

IX asrdan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini sunna yo‘nalishining hanafiy

(Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo‘lmasa kerak, zero, Imom A’zam mazhabi
o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan
ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – al-Moturidiy,
Abul Mu’in Nasafiy va al-Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi Qoyaviy
tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo‘nalishi va alalxusus, «ahli sunna va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

107

jamoa» yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Nafaqat buyuk allomalar, balki
Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo‘lda kurashdilar. Masalan, X asr o‘rtalarida musulmon
dunyosida shia yo‘nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda – fotimiylar, Yamanda –
zaydiylar va hatto, abbosiylar poytaxti Bag’dodda buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda
Tohiriy, Gʻaznaviy va Qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni qattiq turib himoya
qildilar.

XIII-XIV asrlarda mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashi jarayonida mintaqa aholisining

diniy tafakkurida yana bir muhim o‘zgarish yuz berdiki, buning natijasida yassaviya,
kubroviya, naqshbandiya kabi so‘fiylik tariqatlari shakllandi. Markaziy Osiyo so‘fiylari islom
dinining ilg’or vakillari sifatida obro‘-e’tibor topdilar. Boshqachasiga aytganda, bu davrda
islom tasavvuf shaklida Markaziy Osiyo uchun ma’naviy va g’oyaviy birlashtiruvchi kuch rolini
o‘ynadi. So‘fiylar sarbadorlar harakatida faol qatnashgani bejiz emas edi. Buyuk Amir Temur
aynan mana shunday ma’naviy muhitning vakili sifatida tarix sahniga chiqdi.

O‘z davrining ramzi bo‘lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini

to‘g‘ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Temurni haqli ravishda e’tiqodi komil inson
sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy
aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo‘lgan. Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin
tushungan; uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo‘lmagan va shu jihatdan
ham u nafaqat o‘z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.

Mustaqillik tufayli o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni

kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo‘lib kelgan
islomga munosabat tubdan o‘zgardi. Diniy bag‘rikenglik hamisha diniy zamindagi adovatga
qarshi o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan. U turli e’tiqodlarning bir zamon va makonda
birgalikda mavjud bo‘lishiga, ularning tashuvchilari o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlikning
shakllanishiga yo‘l ochgan. Bu esa, o‘z navbatida, yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy
madaniyat va ma’naviyat rivojiga xizmat qilgan.

XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan dehqonlar

nochor ahvolga tushib qolganda musulmon aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan.
O‘sha davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton «mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga
rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldilar, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va muhtojlikdan o‘lib
ketgan bo‘lar edilar», – deb guvohlik bergan.

O‘zbekiston hukumati oqilona, diniy bag‘rikenglik siyosatini olib bormoqda.

Respublikada islom bilan bir qatorda, 16 ta diniy konfessiyaga mansub tashkilotlar emin-
erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat’i nazar, barcha uchun teng
huquqlar qonun orqali kafolatlangan. 1995-yilning oktyabrida bizning mintaqamizda birinchi
bor Toshkent shahrida «Bir samo ostida» shiori ostida o‘tkazilgan xalqaro musulmon-
nasroniy konferensiyasi fikrimiz dalilidir. 1996-yilning noyabrida shu yerda Rus pravoslav
cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi 125 yilligi tantanalari o‘tkazildi.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bag‘rikenglik turli millat va elatga

daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda,
bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va
hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.

O‘zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga

o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

108

hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Konstitusiyamizda “O‘zbekiston Respublikasida
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, -
degan qoidaning mustahkamlab qo‘yilgani bunday yutuqlarga siyosiy-huquqiy zamin yaratdi.

Xulosa qilib aytganda, e’tiqod erkinligi, diniy bag‘rikenglikning ijtimoiy-siyosiy jihatlari

diniy tashkilotlar va davlat munosabatlarida doimo dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Bu bejiz emas, albatta. Din mamlakat aholisini ruhiy chiniqtirish hamda yuksak axloq, Vatan
va xalq manfaati yo‘lida fidokorlik, poklik, o‘z millatiga sodiqlik kabi qadriyatlarni kundalik
hayotga tatbiq etish orqali turmush tarzini o‘zgartirish va yurt farovonligini oshirishga xizmat
qiladi. Zero, u insondagi qimmatli, eng ezgu fazilat va xislatlarni yuzaga chiqarishga qodir.