ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
O‘ZBEK XALQ TOPISHMOQLARIDA LINGVOMADANIY KODLARNING
NAMOYON BO‘LISHI
Mahmudova Nilufarxon To‘lqinjon qizi
PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15779336
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida lingvomadaniy kodlarning
ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Topishmoqlar xalqning tarixiy-madaniy
dunyoqarashi, urf-odati, qadriyatlari va tafakkur tarzining o‘ziga xos ko‘zgusidir. Maqolada
lingvistik birliklar orqali milliy mentalitet, xalq dunyoqarashi, ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq
tasavvurlar ochib berilgan. Shuningdek, topishmoqlarda yashiringan ramzlar, metaforalar va
timsollar orqali xalq ongidagi lingvomadaniy kodlar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
o‘zbek xalq topishmoqlari, lingvomadaniy kod, milliy mentalitet, timsollar,
metafora, xalq og‘zaki ijodi, xalq tafakkuri, til va madaniyat, ramziy ifoda.
Bugungi globallashuv jarayonida fan va texnologiyalar jadal rivojlanib, barcha sohalarda
elektron boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikasiya
texnologiyalari orqali ta’lim jarayonida masofaviy o‘qitish ham keng qo‘llanilmoqda. Bu
jarayonda texnika va uning tilini bilish zamon talabi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir sohada “kod”, “kodlash”, “kodlashtirish” kabi atamalar faol qo‘llanilmoqda. Kod
termini sohalarga qarab turlicha mazmun kasb etadi. Masalan, kompyuter va telefonlar
xavfsizligi uchun qo‘llaniladigan kodlar, lingvomadaniy jarayonlarda esa madaniy ma’no va
tushunchalarni anglatadi. Kod tushunchasi adabiyotshunoslikda badiiy-estetik va mifologik
kodlar sifatida tadqiq qilinadi. Mifologik kodlar insoniyat tafakkuri va tasavvurining tarixiy
izlarini o‘zida aks ettirib, badiiy obrazlar, syujet va motivlar vositasida adabiyotda namoyon
bo‘ladi. Mifologema mifning asosiy obrazidir, arxetip esa inson ongida shakllanib,
madaniyatda takrorlanadigan turg‘un timsollar majmuasidir. Shu bois, madaniy kodlar
insoniyat tafakkurining tarixiy-madaniy tajribasini ifoda etadi
.
Kod
tushunchasi bilan bog‘liq fikrlar Rolan Bart, V.N.Teliya, D.B.Gudkov, M.L.Kovshova,
B.I.Kononenko, V.V. Krasnix, B.A.Maslova, S.Polvanova kabi jahon tilshunos olimlarida
tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida N.Mahmudov, D.Xudayberganova,
Y.Odilov, D.Baxronova, F.Usmonov, Z.Muqimovalarning ilmiy izlanishlari bu mavzu
doirasidagi tadqiqotlarga keng yo‘l ochib berdi.
Izlanishlarda madaniy kod tushunchasi “Muayyan shaxs yoki millat mentalitetini
namoyon qiluvchi borliqdagi barcha moddiy va ma’naviy madaniyat birliklari, jumladan,
artefakt (inson ijodiy faoliyatining mahsuli)”
1
, “mentefakt (madaniyatning umumiy g‘oyalari,
qadriyatlari va e’tiqodlari) madaniy va ekstralingvistik hodisalarni saqlash, shuningdek,
olamning lisoniy, madaniy, ma’naviy, diniy va shu kabi turfa manzaralarini ochib beruvchi
shartli belgi”
2
, “Madaniy kodni o‘zida madaniyat ustuvorliklarini aks ettiruvchi asosiy
tushuncha, qadriyat va me’yorlar yig‘indisi”
3
deya ta’kidlanadi.
1
Xudoyberganova D. Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Bookmany print, 2024. – B.13.
2
Xudoyberganova D. Ko‘rsatilgan lug‘at. – B.56.
3
Усмонов Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори
(PhD) … дисс. – Тошкент, 2019. – Б. 61.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
Z.Muqimova esa: “u yoki bu til muayyan madaniyatning makrokodi, uni boyituvchi
birliklar esa o‘sha madaniyat mikrokodlaridir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek tili –
o‘zbek xalqining madaniy makrokodi. Chunki o‘zbek tili – o‘zbek millatining o‘zbekona
tafakkuri va tasavvurlari jamlanmasi. Xalqning ruhi uning tilida voqelanib, u faqat ungagina
tegishli va ungagina tushunarli bo‘ladi”, - deb hisoblaydi.
Xalqning dunyoqarashi, zehni va tafakkurini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi
namunasi bo‘lgan topishmoqlarga D.Xudoyberganova “Til sohiblarining milliy-obrazli
tafakkur tarzini va aksiologik munosabatini namoyon etuvchi, aksariyat hollarda
lingvomadaniy kodlar vositasida shakllantirilgan, topilishi talab etiladigan narsa yoki hodisani
boshqa narsa yoki hodisaga o‘xshatish, o‘zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladigan,
sheʼriy yoki nasriy shakldagi janr; olam lisoniy manzarasining kichik bir qismi
4
”, -deya ilk
marta lingvomadaniy nuqtayi nazardan bergan ta’rifi bizning bugungi izlanishlarimizga
chuqur asos bo‘lib xizmat qildi.
Lingvomadaniy kod – inson tafakkuri va madaniy tajribasining tildagi aksidir.
Topishmoqlarda esa bu kodlar vositasida real hayotdagi predmet va hodisalar ramziy,
o‘xshatma, qiyoslash yoki metafora asosida ifodalanadi. Har bir topishmoq, aslida, xalq
tafakkuridagi voqelikni turli lingvomadaniy kodlar orqali qayta talqin qilishning yorqin
namunasi hisoblanadi.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, topishmoqlarda uchraydigan asosiy lingvomadaniy kodlar
quyidagilar:
1. Antropomorf asosli lingvomadaniy kod. Bu turdagi kodlarda predmetlar va hodisalar
inson harakati, tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati yoki holatlari bilan qiyoslanadi. Bu usul orqali
insoniyat borliqni o‘ziga xos qiyoslash asosida anglagan.
2. Zoomorf asosli lingvomadaniy kod. Zoomorf kodlarda predmetlar hayvonlar yoki
ularning xatti-harakatlari bilan qiyoslanadi. Bu kod inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni aks
ettiradi.
3. Narsa-buyum asosli lingvomadaniy kod. Bu kodlar real buyumlar, ularning shakli,
hajmi, vazifasi va tuzilishi bilan bog‘liq belgilar asosida ifodalanadi. Predmet xususiyatlari
asosiy semantik tayanch sifatida olinadi.
4. Rang va vizual tasvir kodlari. Topishmoqlarda ko‘pincha rang tasviri va
predmetlarning vizual belgilariga asoslangan kodlar ham mavjud bo‘ladi. Bu usul orqali
topishmoqdagi obraz yanada aniq va tasviriy bo‘ladi.
5. Metaforik va poetik asosli kodlash. Ko‘plab topishmoqlarda so‘z o‘yinlari, metafora va
poetik ifodalar bilan lingvomadaniy kodlar uyg‘unlashtiriladi.
Umuman olganda, topishmoqlardagi lingvomadaniy kodlar – xalq tafakkurining, hayotiy
tajribaning va madaniy dunyoqarashning in’ikosidir. Har bir topishmoqda yashiringan narsa
yoki hodisani topishda ushbu kodlar asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, topishmoqlarda ishlatiladigan lingvomadaniy kodlarni bilish va tushunish,
avvalo, o‘sha madaniyatga mansub kishilarning voqelikni idrok etish tajribasini anglashga
yordam beradi.
4
Xudoyberganova D. Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Bookmany print, 2024. – B. 83.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xudoyberganova D. Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent:
Bookmany print, 2024. – B. 83.
2.
Усмонов Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол.
фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) … дисс. – Тошкент, 2019. – Б. 61.
3.
Muqimova Z. Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni (o‘zbek
tili barqaror birliklari misolida): Filologiya fanlari doktori (DSc)… diss. – Toshkent, 2025.