Авторы

  • Surayyo Raxmonova
    Mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.116932

Ключевые слова:

vatan she’riyat satr yurak tuproq badiiylik badiyat muallif rashk.

Аннотация

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir. Uning ijodida Vatan mavzusi doimo markazda  bo‘lgan. Shoir Vatanga oddiy hudud yoki yer emas,balki muqaddas ona,jonajon yurti,deb qaraydi. Shoirning “Vatan” she’rida quyidagi satrlar bor.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

81

ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ONA VATAN IFODASI

Raxmonova Surayyo

Mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15755297

Annotatsiya:

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri

sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan
kuylagan shoirdir. Uning ijodida Vatan mavzusi doimo markazda bo‘lgan. Shoir Vatanga oddiy
hudud yoki yer emas,balki muqaddas ona,jonajon yurti,deb qaraydi. Shoirning “Vatan”
she’rida quyidagi satrlar bor.

Kalit so’zlar:

vatan, she’riyat, satr, yurak, tuproq, badiiylik, badiyat, muallif, rashk.


Vatan desam, yondiradi yuragim,
Vatan desam, ko‘zlarimga yosh kelar…
Bu misralarda Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat, mehr, sadoqat va faxr ifodalangan.

Shoir uchun Vatan –bu tuproq, bu ona, bu tarix, bu til, bu millatning o‘zi.

O‘tgan asrning 60-yillarida Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Omon

Matjon, Gulchehra Nurullaeva, Oydin Hojieva singari bir guruh talantli ijodkor yoshlar
qatorida Abdulla Oripov ham adabiyot maydoniga kirib keldi. Yosh shoir ijodining ilk
davridan boshlab o‘z uslubi, o‘zining yangroq ovozi bilan she’riyatimizga yangi bir ruh
bag‘ishlab, ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Abdulla Oripovning 50-yillar oxiri va 60-
yillar boshida yaratgan, ammo turli sabablarga ko‘ra haligacha e’lon qilinmay, nihoyat, 2021-
yili ilk marta nashr etilgan

“Shoirning tug‘ilishi”

deb nomlangan yangi to‘plamidagi

she’rlarida shoir ijodining tematik boyligi va rang-barangligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Masalan, qo‘lyozma nusxasida “Iqror” deb nomi o‘zgartirilgan ilk she’rlaridan biri- “Shoirning
tug‘ilishi” she’rida o‘zi uchun asosiy mavzu va bosh qahramon ham Inson va xalq hayoti
ekanligini chuqur ishonch va qat’iyat bilan bayon etadi:

Ko‘zlarimga borliqni go‘zal
Ko‘rsatolgan kim ekan deya;
Hayotimga shodlikni tugal
O‘rnatolgan kim ekan deya:
U -mehnatkash, U insondir deb
Nom berganning kimligini ham,
Yumshoq o‘rin, issiq usti bosh,
Non berganning kimligini ham.
Ha, do‘stginam, o‘ylashim kerak.
Demak, kimni kuylashim kerak.
Mening umrim, mening qalbimga
Hayot bergan, xalqim, o‘zingsan!

...

Sen uchun, ey ona xalqim,

Miltir sham ham yoqolganim yo‘q.
Faqat sening shonli yo‘lingda
Birga boray degan ontim bor.
Neki ezgu, dunyoda ne soz
Senga beray degan ontim bor

.(16-bet)


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

Ko‘rinadiki, o‘spirin shoirning ilk she’rlaridayoq uning badiiy ijod va uning asosiy

maqsad-vazifasini to‘g‘ri anglab yetganligi va she’riyatining bosh mavzusi ona xalqi hayoti
hamda lirik qahramoni, eng avvalo, zamondosh va yetuk Inson bo‘lishi kerakligi o‘ziga xos
dastur bo‘lganligi bo‘lajak yirik shoir ijodiga katta umid tug‘diradi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, Abdulla Oripovning dastlabki she’rlarida ham va ijodiy kamolotga yetishgan davridagi
she’rlarida ham asosiy o‘rin tutgan muqaddas mavzulardan biri-bu ona - Vatan madhini
kuylash bo‘lgan. Shoirning ilk ijodi namunalari bo‘lgan va kitobxonlarga endi taqdim etilgan
mazkur yangi to‘plamidagi g‘oyaviy mazmuni jihatidan bir-birini to‘ldiruvchi o‘nlab
she’rlarining “Vatan”, “Yurt sevinchi”, “Maftuningman, baxt emgan diyor”, “Ona tuproq” va
“Ona qishloq” deb nomlanishining o‘zi ham yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Jumladan,

“Yurt sevgisi”

nomli birgina she’rini o‘qib ham, bunga to‘liq ishonch hosil qilamiz:

Yurtim, sokin o‘tloqlaring soz,
Sayhonlaring, qumloqlaring soz.
El purkagan sulton tog‘laring,
Buloqlaring, yayloqlaring soz.
Gar dunyoda o‘tloq oz emas
Va tanhomas zangori tog‘lar.
Lekin Vatan har dam bittadir,
Kimgadir el yiroq-yiroqlar.
Kimgadir, huv tog‘larning toshi,
Yo‘q, tosh emas, novvotdir, novvot!
Kimga jo‘ka soyalari soz,
Palma shoxi kimlarga qanot.
Yurtim, achchiq bir giyohingni
Laziz, dedi, mening yuragim.
Oyoqlarim toptab o‘tsa-da,
Aziz, dedi, uni yuragim.
Yurak dedi:“Vatan sevgisin,
Demak faqat noni nasibam.
Yurtni sevsang, bori bilan sev,
Achchig‘ini, chuchugini ham”. (22-b.)

O‘zining butun hayoti va baxt-iqbolini Vatandan ayro tasavvur etolmaydigan shoir

she’riyatining manbai va shoirona ilhomi ham shu Vatan va xalqi bilan to‘kis bo‘lishini faxr
bilan kuylashni ijodining asosiy g‘oyaviy leytmotivi va mazmun yo‘nalishi deb biladi. Bu
jihatdan izlanuvchan yosh shoirning 18-19 yoshlarida bitilgan va “

She’rimga

” deb nomlangan

dastlabki mashqlaridan birining qo‘lyozmasidagi ayrim satrlar ham ijodkor shaxs va tafakkuri
haqida yorqin tasavvur paydo qiladi:

O‘y-u fikrim sen bilan yashar,
Sening bilandir shodligim, borim.
Men hayotni senda tanidim,
Sendan topdim qalbning oromin.
Seni sevdim. Sevganim kabi
Shu elimning yomg‘irin, qorin

(56-bet)


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

dastlabki she’rlaridayoq hayotiy maqsadi, asosiy adabiy-estetik tamoyillarini ham

ifodalagan va ularda aslo mubolag‘a yo‘q edi:

Men shoirman,
Istasangiz shu.
O‘zimniki erur shu sozim.

Birovlardan olmadim tuyg‘u

O‘zgaga ham bermam ovozim.


O‘z asarlarida Vatanni himoya qilish ,uning qadryatlarini asrash, erkinligini saqlash har

bir insonning muqaddas burchi ekanligini doimo ta’kidlaydi. Ayniqsa istiqlol yillarida yozilgan
she’rlarida Vatan ozodligi uchun kurashgan ajdodlar xotirasi, mustaqillikning qadri haqida
chuqur fikr yuritadi. Shuningdek, “Ozbekiston-Vatanim manim”, “Sen bahorsan,O ‘zbekiston”,
‘‘Mustaqillik’’kabi she’r lari ham Vatanni madh etish, uni ardoqlash tuyg ‘ulari bilan
sug‘orilgan.Abdulla Oripov Vatan haqida yozar ekan, uni faqat geografik hudud sifatida emas,
balki ruhiy qadryatlar, tarixiy xotira, ona tili, e’tiqod va kelajak orzulari bilan uyg ‘un holatda
ifodalaydi.Uning har bir satrida Vatanning nafasini, yurak urishini sezish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nazirovich, A. U. (2023). MODERN METHODS OF TEACHING ENGLISH IN HIGHER

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

20

(2), 45-47.

2.

Abdukodirov, U. (2020). Materials development in teaching. In

МИРОВАЯ НАУКА 2020.

ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

(pp. 3-5).

3.

Abdukodirov, U. N. (2020). Using of dictionary sources for improving integrated

teaching methods.

Scientific Bulletin of Namangan State University

,

2

(11), 230-234.

4.

Abdukadirov, U. N. (2022). BEST PRACTICE OF MOTIVATING SPEAKING ACTIVITIES

FOR LOWER LEVELS.

Экономика и социум

, (12-1 (103)), 24-27.

5.

Nazirovich, A. U. (2023). FEATURES OF THE TRANSLATION OF TECHNICAL

TEXTS.

Academia Science Repository

,

4

(05), 58-63.

Библиографические ссылки

Nazirovich, A. U. (2023). MODERN METHODS OF TEACHING ENGLISH IN HIGHER EDUCATION. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 20(2), 45-47.

Abdukodirov, U. (2020). Materials development in teaching. In МИРОВАЯ НАУКА 2020. ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 3-5).

Abdukodirov, U. N. (2020). Using of dictionary sources for improving integrated teaching methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 230-234.

Abdukadirov, U. N. (2022). BEST PRACTICE OF MOTIVATING SPEAKING ACTIVITIES FOR LOWER LEVELS. Экономика и социум, (12-1 (103)), 24-27.

Nazirovich, A. U. (2023). FEATURES OF THE TRANSLATION OF TECHNICAL TEXTS. Academia Science Repository, 4(05), 58-63.