ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
45
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETINI
YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING GAROVI
Muxitdinova Iroda Maxmudxanovna
O’zbekiston milliy universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15854373
Annotatsiya:
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan
mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy
immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib
kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning
dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni
mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash,
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish
bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim
tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi.
Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi
ekani asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar:
globallashuv, tahdid, ma’naviy tahdid, mafkuraviy immunitet, g‘oya,
innovatsiya, barqarorlik.
Avvalo yurtimizda innovasion ta’lim tizimiga Mamlakatimizda yuz berayotgan ijobiy
o‘zgarishlar, har bir sohada kuzatilayotgan yuksalishlar millatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik
diniy bag‘rikenglikni ta’minlanishi eng avvalo tinchlikni ta’minlash tufaylidir. Yoshlarda ona
Vatanga daxldorlik hissini singdirish, sadoqat, milliy g‘urur va iftihorni shakllantirish, yoshlarni
fidoiy va xalqchil, ijtimoiy faol insonlar qilib tarbiyalash, o‘z Vataniga sodiq bo‘lib uning rivoji
yo‘lida befarq bo‘lmasdan yashaydigan insonlar etib tarbiyalash zamon talabidir. Zero, ona
Vatanga muhabbat, avvalo, milliy o‘zlikni anglash, uni tub mohiyatini anglab yetishdan
boshlanadi. Bu borada ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani fan sifatida kiritildi.
Hozirgi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida ona Vatanga muhabbat va milliy o‘zlikni
saqlab qolish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu tuyg‘ularni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar
fanlarning o‘rni benihoya kattadir. Ayniqsa, mamlakatimizda istiqlol yillarida milliy g‘oya
faniga juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda
1
. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi
fikrlarni aytib o‘tdilar: “...oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun
kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni
anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini
kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz
lozim”
2
.
Milliy g‘oya fani eng asosiysi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam
beradi. Milliy o‘zlikni anglash avvalo, har bir insonni kim ekanligi, qaynday millat vakili ekanligi,
tarixini bilishi, ajdodlari merosini o‘rganishdan boshlanib, bu jarayonda milliy g‘oya fanining
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг 2001 йил 18 январдаги “Миллий
истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар” фани
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига
мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 40-бет.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
46
o‘rni kattadir. Mamlakatimizda yoshlarga, ularni ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor
qaratiladi. Yoshlarni har tamonlama yotuk va zamon talablari darajasida zamonaviy xorijiy
tajribalar, jahon fanining zamonaviy yutuq innovatsion g‘oyalari asosida bilim berish va
tarbiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29-noyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son
Farmoni
2
asosida O’zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Ijtimoiy
rivojlanishga innovasiyalarni joriy etish sohasida: ta’lim tizimida innovasiyalarni, shu jumladan
o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga
ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovasion
o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash asosiy vazifalardan qilib belgilangan. Innovosion
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash barcha fanlarni jumladan, Milliy g‘oya fanini o‘qitishda
innovasion texnologiyalardan foydalanib dars tashkil qilish o‘quvchi yoshlarga zamon talablari
asosida ta’lim-tarbiya berish zarur. Chunki, yoshlar davlat kelajagidir.
Har bir yosh avlodni ma’suliyatli, qat’iyatli qilib tarbiyalash, mustaqillikni qadrlaydigan
ozodlikni qadriga yetadigan o‘zining yaxshi insoniy fazilatlarini shakllantirish, millat fidoyisi
qilib tarbiyalash davr talabidir. Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotida - jamiyatimiz
kishilarining yuksak ma’naviyatini, mafkuraviy immunitetini o‘rni muhim ahamiyatga molikdir.
Chunki, ma’naviyat, milliy g‘oya jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti hamda shaxs
barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlaridandir. Modomiki, “Ma’naviyat asoslari”,
“Madaniyatshunoslik” va Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fan bilimlari talabalarda
ziyolilik, barkamollik, komillik xislatlarini vujudga keltirib, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq
farovonligi, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi keng gumanistik
tamoyillarga asoslangan ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Innovasion texnologiyalar
asosida darsni tashkil etish talabalaning o‘zning dunyoqarashini yanada o‘sishiga hizmat qiladi.
Bu borada O’zbyekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,
“Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli so‘z bor. Faqat ma’rifat
insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat
siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va
butun umr davom etishi lozim”
3
. Innovasion texnologiyalar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, ya’ni,
an’anaviy dars usullarini zamonaviy zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib
borilishini taqozo etadi. Zamon rivojlangani sayin darslarni ham zamon talablari darajasida
takomillashtirib borish kelajakda yaxshi natijalar beradi.
Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirishga nafaqat aholi balki davlatimiz
tomonidan ham juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019- yil 3-maydagi PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy
immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan
yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan,
ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga
2
www.lex.uz
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига
мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 30-бет.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga
adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda.
Ushbu qarorda aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy
islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng
jamoatchilikka samarali yetkazish;
oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni
o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, “mahalla — tuman —
viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini
shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy
etish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va
innovasion uslublarini ishlab chiqish;
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-
odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga
qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;
Yoshlarda vatanga daxldorlik hissini yuksaltirish hamda turli xil yot g‘oyalardan himoya
qilish maqsadida milliy g‘oya fanlarrini o‘qitishda o‘ziga xos innovasion usullardan foydalanish
zarur.
Yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash vazifalari – bu uzliksiz va izchil olib borilishi
lozim bo‘lgan ta’lim jarayonidir. Zero, o‘zgaruvchan mafkuraviy global qiyofa milliy mafkuraviy
uslub va yondashuvlarni ham takomillashuvini talab qiladi. Jumladan, hozirgi kunda murakkab
va o‘zgaruvchan, hayot sur’atlari beqiyos darajada tezlashib borayotgan globallashuv
sharoitida yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi
va ongida sog‘lom dunyoqarash, ajdodlarimiz merosiga nisbatan faxr-iftixor, hurmat-ehtirom
tuyg‘ularini qaror toptirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’z navbatida ona-Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish,
shu osuda hayotni yanada mustahkamlash uchun har bir inson o‘z hissasini qo‘shib, el-yurt
taqdiri, kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini diliga jo qilib yashashi bugungi kundagi dolzarb
masalalardan biriga aylandi. Yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish barkamol avlodni
tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir. Shu ma’noda, soxta va bir yoqlama talqinlar
ta’siridan xoli bo‘lgan dunyoqarashni shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini
mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarning yechimi ham hayotiy-amaliy ahamiyat kasb
etayotir. Binobarin, bu muammoni hal etishda fanning turli sohalarida ijod qilgan yurtimiz
allomalarining ijodi, ular qoldirgan ulkan ilmiy-ma’rifiy meros beqiyos ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur tadqiqotni fuqarolik jamiyati va mustaqil
O’zbekiston madaniy taraqqiyoti tajribasidan kelib chiqqan holda milliy, mintaqaviy va global
miqyosda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish asosida amalga oshirish ko‘zda
tutilgan. Muhimi, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda
ajdodlarimiz yaratgan ilmiy-ma’naviy merosning tarixiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini
ko‘rsatib berish bilan zarur hisoblanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисига мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 40-бет.
2.
Мусаев М.Т. Глобаллашув шароитида миссионерлик ва прозелитизмнинг жамият
хавфсизлигига таҳдиди. PhD илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореф. ЎзМУ,
Тошкент 2018 йил йил.
3.
Тўраев Ш. Ўзбекистонда демократик жамият қуришда миллий ғоянинг аҳамияти.
Фалсафа фанлар номзоди учун ёзилган дисс. –Т.: 2007 йил.
4.
Қурбонов Т. Ёшларда миллий ғурурнинг шаклланишида маданий мероснинг
роли.// фалсафа фанлари номзодини олиш учун дисс. 2006 йил.