Авторы

  • Shahnoza Shodiyeva
    Tarix yo’nalishi talabasi Shahrisabiz davlat pedagogika instituti ijtimoiy
  • Dilshod Maxmudov
    Ilmiy rahbar: Shahrisabiz davlat pedagogika instituti ijtimoiy

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.120672

Ключевые слова:

“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” urf-odatlari bayramlari do’ppi chopon milliy-madaniy meros to’nlar ko’ylaklar yaktaklar qalpoqcha ro’mol kallapo’sh baxmal sidirg’a shoyi satinga ip ipak zar iplar salla.

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.Markaziy davlatlar orasida O’zbekistoning milliy qadiryatlari va urf odatlari.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

31

OʼZBEKISTONI URUF-ODATLARI VA MILLIY KIYIMLARI

Shahrisabiz davlat pedagogika instituti ijtimoiy

Tarix yo’nalishi talabasi

Shodiyeva Shahnoza

Ilmiy rahbar:

Maxmudov Dilshod

https://doi.org/10.5281/zenodo.15848178

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining

an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan
bebaho merosimiz haqida gap boradi.Markaziy davlatlar orasida O’zbekistoning milliy
qadiryatlari va urf odatlari.

Kalit so’zlar:

“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” urf-odatlari, bayramlari, do’ppi,

chopon, milliy-madaniy meros, to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar, qalpoqcha, ro’mol, kallapo’sh,
baxmal, sidirg’a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar, salla.

Annotation:

In this article, the customs, ceremonies and rituals of the Uzbek people. It

talks about the traditionality of the holidays, the diversity of national costumes, and about our
priceless heritage that is passed down from generation to generation, representing the
traditions of the nation.

Key word:

"High spirituality is an invincible power" traditions, holidays, hats, shepherd's

hats, national cultural heritage, coats, dresses, jackets, caps, shawls and caps, velvet, silk, satin
thread, silk. dice thread turban.

O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar ko’p millatlar, davlatlar, qabilalar, uyg’unlashuvdagi

murakkab jarayonda tarkib topgan. O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari
mehmondo’slik va yosh kattalarga hurmat ehtirom qilish birinchi o’ringa qo’yishadi. O’zbeklar
odatda qadimdan ser farzand ser davlat bo’lishgan ular bitta hovlida ahil va inoq yashashga
o’rgangan edi.Ular mehmonlarni kutub olishda erkaklar qo’l berib ko’rshadi,ayyolar esa o’ng
qo’lni ko’ksiga qo’yib ohista bosh egib salomlashadi. Bunaqa ajoyib bayram va an’analarmiz
hududimizni turli javhalarda ko’rshimiz mumkin atlas va adras matolari turli hil choponlar
o’zbeklarga xos bo’lgan milliy libos desak adashmagan bo’lamiz, bundan tashqari milliy
qadiryatlarmiz keng tarixga boy bo’lib, avloddan avlodga o’tib kelmoqda. Toʻylar oʻzbek urf-
odatlarining eng muhim qismidir:

Fotiha toʻyi – yoshlarni unashtirish marosimi.
Nikoh toʻyi – diniy va rasmiy nikoh marosimi.
Kelinni olib kelish – kuyov tarafidan kelinni tantanali olib kelish.
Toʻylarda doira, qoshiqchalari bilan raqs, xalq qoʻshiqlari, milliy kiyimlar va anʼanaviy

taomlar muhim oʻrin tutadi. Beshik toʻyi yangi tugʻilgan chaqaloqni beshikka solish marosimi
boʻlib, oilada bolaga mehr berish, uni duo bilan ulgʻaytirish niyatida oʻtkaziladi. Sunnat toʻyi
oʻgʻil bolalar yetti yoshga toʻlganda ularni sunnat qilish marosimi oʻtkaziladi. Bu ham katta
tantana bilan, qoʻshnilar, qarindoshlar taklif qilinib oʻtkaziladi. Shu bilan birgamilliy
bayramlardan biri bu Navroʻz — bahor bayrami, yangi yilning boshlanishi sifatida
nishonlanadi. Koʻp joylarda sumalak, halim, koʻklam taomlari tayyorlanadi. Xalq oʻyinlari,
kurash, qoʻshiq va raqslar tashkil etiladi. Matam marosimlari yaqin kishining vafoti holatida 3,
7, 20, 40 kunlik va 1 yillik esdalik yigʻinlari oʻtkaziladi. Qurʼon tilovat qilinadi, sadaqalar beriladi.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy taraqqiyotining maxsulidir. Shuning
uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

32

odamlarning orzu - umidlari, isatklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi
bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Milliy qadriyatlarning negizini urf -
odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar tashkil etadi, o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida
insonparvarlik g’oyalari yotadi. Uzoq vaqt davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida,
kundalik turmush tarzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri -
biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va
sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi.

Birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat—

yengilmas kuch”

kitobida qayd etilganidek, “Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-

odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va
osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi
ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.[1]

Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik,

odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan
hissasini ifodalovchi buyuk o’zgartirishlar berildi.Har bir davirda har xil hududda turlicha
saqlanib qolgan ba’zi joylarda Yana bir qancha qadiryatlarmiz va marosimlarga hos milliy kiyim
liboslar mavsumga qarab kiyishadi .Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan
iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’-qabila an’analari bilan belgilanar edi.[2] XIX asrdayoq kiyim
(to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar qadimgi xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun
kiyim keng tushib turib, inson tanasining shakillarini yashirib turar edi. Kiyim bir tariqa
tikilgan: erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari, yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi,
tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan
issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi.
Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki
issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson
bo’lishi uchun kesiklar bor edi[3]. Chopon odatda belbog’ - qiyiqcha ro’mollari bilan bog’lanar
edi. Bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi,
bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri
bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton
– lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol
va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib
turadi. Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlab edi.[4] Umumiy xususiyatlari bilan
birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu
kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan. An’anaviy o‘zbek kiyimidagi asosiy
detallardan biri bu bosh kiyimdir. Markaziy Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan,
Oʻzbekistonda milliy bosh kiyimi doʻppi hisoblanadi. Do'ppi nomi turkiy "tube" dan kelib
chiqqan bo'lib, "yuqori, tepa" deb tarjima qilinadi. Uni erkaklar, ayollar va bolalar kiyishadi.
Faqat yoshi katta ayollar do'ppi kiymaydi. Qadimdan eroniy va turkiy xalqlar orasida keng
tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim
turiga aylangan. Boshqa xalqlar doʻppilaridan oʻzbek doʻppilari oʻziga xos shakli, bezagi bilan
farqlanadi. Eng boy xilma-xilligi bilan O‘zbekistonda do‘ppi tikish bo‘yicha oltita asosiy maktab
mavjud: Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo-Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm-
Qoraqalpoq ushbu hududlar eng taraqqiy etgan mintaqah hisoblanadi. Maxsus tadbirlar uchun
nafis do'ppilar mavjud - ular yorqin va rang-barang kashta va naqshlarga, tilla kashtalarga boy.
Shakli to‘rtburchak (kvadrat) shaklida boʻladi.Choʻqqilari uchi oʻtkir (choʻqqisimon), baʼzan esa


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

33

engillik uchun biroz yassilangan. Anʼanaviy uslubda qattiq qilib qaviladi, ya’ni ichiga karton
yoki qattiq mato solinadi. Naqshi va bezagi Toshkent doʻppisida eng koʻp uchraydigan naqsh —
“chorsu” deb ataladi, bu naqsh to‘rt tomonida bodom shaklidagi yoki yaproqsimon
elementlardan iborat boʻlib, har bir burchakda joylashgan boʻladi.Markazda mitti gullar yoki
hilol bezaklari boʻlishi mumkin.Rangi asosan qora yoki qora-yashil, naqshlari esa oq ipak bilan
tikilgan boʻladi.Ramziy maʼnosi to‘rt tarafdagi naqshlar yurt barakasi, do‘stlik, mehr-oqibatni
anglatadi.Baʼzan markazdagi hilol va yulduzlar musulmonlik timsoli sifatida ishlatilgan
farqlanishi boshqa doʻppilardan.Mintaqa, naqsh turi, shakli rangi,

Toshkent Chorsu, oq ipak tikuv To‘rtburchak, qattiq Qora, qora-yashil
Buxoro Zar tikuv, gullar Yumaloq, yassi Oltin-qizil
Fargʻona Gullik, mayda bezak Yassi, yupqaroq Rangsar, ko‘p rangli
Xorazm Geometrik, silliq naqsh Yassi, qattiqroq Ko‘k, oq, qizil naqshlar bilan bezatilgan

doʻppi uch qismdan – tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida)
va jiyakdan tuzilgan, Oʻzbekistonning turli joylarida turlicha bezatiladi. Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari bosh kiyim do’ppisi boshqa hududlardan farqi shuki, Qashqadaryo
doʻppisi to‘rtburchak yoki biroz yumaloqroq. Asosan qora yoki jigarrang matodan tayyorlanadi.
Bodomsimon va geometrik naqshlar, oʻrtada "xol motiflari" — bu qadimiy turkiy belgilarni
eslatadi. Tikuv: Odatda oq ipak yoki rangli ipak iplar bilan ishlanadi.Bezaklar: Kamroq
pardozlangan, sodda va erkaklar uchun moʻljallangan. Qishloq joylarda ayollar uchun yirikroq
naqshli, tilla iplar bilan ishlangan variantlari ham bor. Surxondaryo viloyatida ko‘proq dumaloq
yoki yassi holatda boʻladi. Qashqadaryo doʻppis to‘rtburchak yoki biroz yumaloqroq, qora yoki
jigarrang matodan tayyorlanadi.Bodomsimon va geometrik naqshlar, oʻrtada "xol motiflari" —
bu qadimiy turkiy belgilarni eslatadi. Odatda oq ipak yoki rangli ipak iplar bilan ishlanadi.
Bezaklar: Kamroq pardozlangan, sodda va erkaklar uchun moʻljallangan. Qishloq joylarda
ayollar uchun yirikroq naqshli, tilla iplar bilan ishlangan variantlari ham bor. Ko‘proq dumaloq
yoki yassi holatda boʻladi. qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi.[5] Doʻppi
tikuvchi usta doʻppidoʻz, doʻppi tikish kasbi esa doʻppidoʻzlik deb ataladi. Doʻppi asosan baxmal,
sidirgʻa shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi
(Chust, Margʻilon, Toshkent, Shahrisabz va boshqalar), moʻljallangan kishilarning yoshi va
jinsiga (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konussimon, yarim doora, chuqur tubli,
dumaloq, karjli va boshqalarga) koʻra doʻppilar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki doʻppilar
shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan.
1920-yillardan doʻppi shakli oʻzgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega boʻldi,
kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.[6] Xorazm milliy kiyimlari Milliy kiyimlar moddiy va ma'naviy
yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarni
ko’rsatuvchidir. Kiyimlarda urf odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e'tiqod, nafosat va inson
umrining fasllari, u yashagan joy va zamon, xo’jalik mavsumlari, xayotdagi quvonch yoxud
qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi. Bizgacha yetib kelgan kiymlar XIX asr oxiri XX asr
boshlariga ta'luqli bo’lib, qadimgi davrlarga oidlari saqlanmagan, chunki kiyim matolar moddiy
yodgorliklar ichida iste'molda bo’lgan va oxirgacha foydalanilgan. Xorazim aholisi yoshga qarab
o’zgaradi, o’rta yoshli, keksalar kiyimlari, bosh kiyimlar duppilar, sallalar, turli - tuman
telpaklar, cho’girmalarni o’z ichiga olgan. Poyofzallar charmdan tikilgan xilma - xil etiklar,
maxsilar, choriklar, charm va yog’ochdan yasalgan kovushlardan iborat. Xivadagi xozirgi zamon
kiyimlari yevropacha uslubda tikilgan bo’lsada, ularda milliy an’analarning davomiyligi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

34

saqlanib qolgan. Bosh kiymi jundan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: cho’girma (to’galak, sherozi
va silkma). Kigiz (namat)dan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: qalpoq, kuloh, ip va ipakdan
tayyorlanadigan bosh kiyimlar: tahya (chumakli, papakli, qazma); ro’mol (farang ro’mol,
sochoqi beqaror, yo’rinja gulli ro’mol, to’r ro’mol, boki ro’mol, shaxmat ro’mol, qozoqi ro’mol)
lachak (Xiva lachagi, Karvak va Pitnak lachagi), bosho’rov, o’ramol (shim. Xorazm); to’ppi
(bolalar va keksalar to’ppisi - sappush) cho’tti (Xazorasp). Mo’ynadan tayyorlanadigan bosh
kiyimlar: qunduz popoq yoki qunduz talpak (ondatra telpak), norka popoq (qorako’zan - norka
terisidan tikilgan telpak), suvsar talpak (sobol - suvsar mo’ynasidan tikilgan telpak) , quloqchin
(ushanka).Xorazmda bosh kiyim davlat, g’urur, iftixor ramzi sanalgan, shuning uchun bosh
kiyimni biror kimsa bilan almashtirish yoki birovga berish mumkin bo’lmagan. Otaning bosh
kiyimi faqat uning o’g’liga berilgan. “Oyog’ingda mahsing bo’lmasa ham boshingda cho’girmang
bo’lsin”, degan keksalar. “

Xulosa qilib aytganda ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati

istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umummilliy an’ana tusini olgani
barchani nazarda tutmoq zarur edi. Oʻzbekiston xalqi asrlar davomida shakllangan urf-odatlari
va milliy kiyimlari orqali oʻzining madaniy boyligini, tarixiy ildizlarini va maʼnaviy
qadriyatlarini saqlab kelmoqda. Har bir urf-odat — xalq tafakkuri, ijtimoiy tuzum va diniy
e’tiqodlar bilan uygʻunlashgan holda shakllanib, jamiyatdagi axloqiy mezon va insonlararo
munosabatlarda muhim rol oʻynaydi. Toʻylar, fotiha, sunnat, Navroʻz, beshik toʻyi va boshqa
marosimlar xalq ruhiyatini, birligini, oila va jamiyatdagi ahamiyatli qadriyatlarni
mustahkamlab kelmoqda. Milliy kiyimlar esa bu qadriyatlarning tashqi ifodasi boʻlib, har bir
hududda oʻziga xos uslub, bezak va mazmunga ega. Atlas, adras, doʻppi, lozim va kamzul singari
kiyimlar faqatgina libos emas — balki tarix, san’at, tabiat, urf-odat va zamon talqini bilan
uygʻunlashgan madaniy belgidir. Zamonaviy dunyoda yashar ekanmiz, bu urf-odatlar va
kiyimlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi kerak. Ularni asrab-avaylash, yosh avlodga o‘rgatish —
bu millat sifatida o‘zligimizni yo‘qotmaslik, ildizimizdan uzilmaslik demakdir. Chunki xalq urfi
va kiyimi — uning ruhi, tarixi va sha’nidir. Qadimdan bizga meros bo’lib kelgan, milliy
liboslarmiz, bayramlarmiz ayniqsa do’ppido’zlik, zargarlik, kashtachilik san’ati judda taraqqiy
etib kelmoqda Bu esa milliy kiyimlarni saqlash va rivojlantirish zarurligini yana bir bor
ta'kidlaydi. Milliy liboslarning saqlanishi va rivojlanishi nafaqat xalqning madaniy merosini
himoya qilish, balki uni jahon madaniy merosiga aylantirishga xizmat qiladi. O‘zbek milliy
liboslari o‘zining go‘zalligi va nafosati bilan jahon sahnasida tanilib, xalqning boy madaniy
an'analarini dunyoga namoyish etmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Islom Abdug’aniyevich Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch asari 2008.

2.

Otamurodov Otaxon Berdiyevich Kiyim turlari va ularning kelib chiqishi haqida. Talqin

va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, (2022). 1 (13), 164-166.
3.

S.M.Rahimova, M.M.Karimova Bichish tikish asoslari Toshkent “DAVR PRES” 2002

4.

Kasbiy fanlar metodikasi. Ma’naviy-marifiy, ilmiy nashr. 2018-yil aprel 4-son.

5.

Sh.R. Marasulov. Paxta va ximiyaviy tolalarni yigrish. 2015.-214-222 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

35

6.

N.G.Abbasova, B.B.Axmedov, Sh.M.Maxkamova, T.A.Ochilov.Yengil sanoat mahsulotlari

materialshunosligi. 2016.-30-38 b.
7.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8055887

8.

https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/milliy-istiqlol-g-oyasi/o-zbek-milliy-

9.

an-analari-marosimlari

10.

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-xalqining-urf-odati-marosim-va-

bayramlarining-an-anaviyligi

11.

http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/482

Библиографические ссылки

Islom Abdug’aniyevich Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch asari 2008.

Otamurodov Otaxon Berdiyevich Kiyim turlari va ularning kelib chiqishi haqida. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, (2022). 1 (13), 164-166.

S.M.Rahimova, M.M.Karimova Bichish tikish asoslari Toshkent “DAVR PRES” 2002

Kasbiy fanlar metodikasi. Ma’naviy-marifiy, ilmiy nashr. 2018-yil aprel 4-son.

Sh.R. Marasulov. Paxta va ximiyaviy tolalarni yigrish. 2015.-214-222 b.

N.G.Abbasova, B.B.Axmedov, Sh.M.Maxkamova, T.A.Ochilov.Yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi. 2016.-30-38 b.

an-analari-marosimlari