Авторы

  • Oyatbek Olimjonov
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.120675

Ключевые слова:

Markaziy Osiyo xavfsizlik siyosati Afg‘oniston Tolibon ISHID-K ODKB Rossiya geosiyosiy ta’sir qochqinlar harbiy hamkorlik.

Аннотация

ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik, Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATIDA TASHQI

TA'SIRLAR VA AFG'ONISTON MASALASI

Olimjonov Oyatbek Bunyodjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi

Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1 kurs talabasi

Oyatbekolimjonov222@gmail.com

+998946711307

https://doi.org/10.5281/zenodo.15833381

Annotatsiya.

ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir

etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik,
Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining
tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek,
Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir
vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyo, xavfsizlik siyosati, Afg‘oniston, Tolibon, ISHID-K, ODKB,

Rossiya, geosiyosiy ta’sir, qochqinlar, harbiy hamkorlik.


Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosati mintaqaning ichki va tashqi xavfsizlik

tahdidlariga qarshi kurashishga, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya
qilishga, hamda xalqaro barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu siyosat mintaqaviy va
global xavfsizlik muammolarini hisobga olgan holda rivojlanib, ko'p qirrali yo'nalishlarda
amalga oshiriladi.

Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik tizimi uchun Afg‘onistonning o‘zi bir munozarali

masaladir. Ushbu davlat terrorizm va ekstramizm, narko-biznes o‘chog‘I sifatida ko‘plab
muammolar tug‘dirishi bilan birga noqonuniy migratsiya va qochqinlar borasida ham
uzoq vaqt davomida mintaqa davlatlariga qiyinchilik tug'dirdi. Xususan, 2021-yilda Tolibon
hokimiyatni egallashi bilan minglab afg‘on qochqinlari Tojikistonga o‘tishga harakat
qilishdi. Shu yilning iyul-avgust oylarida Tojikistonga taxminan 2000 dan 3000 gacha afg‘on
qochqinlari kirgan. Afg‘onistonlik qochqinlarning Tojikiston tomon talpinishlariga asosiy
sabab - mintaqadagi Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga(1300 km) ega ushbu davlat bu
aynan Tojikistondir. Bundan tashqari O‘zbekiston ham ta'sirdan chetda qolmadi. 2021 yil
avgustida, Afg‘onistonning Tolibon qo‘liga o‘tishi bilan bir nechta yuzlab afg‘on qochqinlari
O‘zbekiston orqali chiqishga harakat qildi.

O‘zbekiston bu davrda ko‘plab qochqinlarni vaqtincha qabul qilgan. Avgust oyida,

O‘zbekiston orqali 1,500 ga yaqin afg‘on harbiylari va ularning oilalari kirgan va O‘zbekiston
tomonidan qabul qilingan. O‘zbekiston rasmiylari BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikda qochqinlarni qayta joylashtirishga yordam berishgan. Biroq, hozirgi kunda
‘‘Afg‘on migratsion hujumi’’ sezilarli kamaygan va bu ortiq Markaziy Osiyo uchun uncha
katta muommo hisoblanmaydi. Lekin, Afg‘onistondagi ISHIDning Huroson filiali (ISHID-K)
ekstremistik mafkuralarni mintaqadagi mamlakatlarga tarqatishda yoki mamlakat
sharqidagi qo‘shni davlatlarning chegara xavfsizligiga putur yetkazish borasida ko‘plab
muammolar tug‘dirishi mumkin. Hozirgi kunda ushbu tashkilot Tolibon bilan ham
kurashni davom ettirmoqda. Lekin, bu guruh hozirgi davrda ilgarigidek kuchli emas, biroq o'z


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

22

mafkuralari bilan qo‘shni mamlakatlarni qo‘rqita oladi. Tolibonning hokimiyatga kelishi esa
Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston
uchun jiddiy xavfsizlik tahdidlarini yaratdi. Afg‘onistonning beqarorligi terrorizm va
radikalizmning Markaziy Osiyoga tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli ham Markaziy Osiyo
davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Tolibon bilan diplomatik aloqalarni
saqlab, chegara xavfsizligini kuchaytirdi. Afg‘onistonning qo‘shni davlatlari Tolibon bilan
o‘zaro munosabatlarni saqlab qolishga va dialog yo‘li bilan beqarorlik tahdidini boshqarishga
harakat qilmoqdalar.

O‘zbekiston Tolibon bilan ochiq diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan birinchi

davlatlardan bo‘lib, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni maqsad
qilgan. O‘zbekiston va Tolibon o‘rtasidagi muloqot Tolibonning Afg‘onistonni boshqarishda
xalqaro tan olinishida muhim rol o'ynamoqda. Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo
davlatlari Tolibon bilan muvozanatli siyosat yuritishga, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga
harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xavfsizlik tahdidlarini boshqarishda ham ushbu davlatga
diqqatni qaratmog‘i lozim. Tolibon hukumatining xalqaro e’tirofi hanuz noaniq bo‘lib
qolmoqda, biroq Markaziy Osiyo davlatlari pragmatik yondashuv orqali ushbu hukumat bilan
muloqotni davom ettirishga harakat qilmoqda.

Markaziy Osiyoning xavfsizlik siyosatida tashqi ta’sirlar ham asosiy o‘rin egallaydi.

Ayniqsa, Rossiyaning Markaziy Osiyoga ta’siri bu borada muhokamaga arzigulik masaladir.
Rossiyaning Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimiga ta’siri va tahdidlari geosiyosiy, iqtisodiy,
harbiy va strategik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu mintaqada Rossiyaning muhim o‘rni va
ta’sir doirasini belgilaydi. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan uzoq tarixiy va siyosiy
aloqalarga ega bo‘lib, mintaqadagi xavfsizlik masalalarida muhim rol o‘ynaydi.

Xususan, geosiyosiy ta’sirga to‘xtalsak, Markaziy Osiyodagi ba’zi davlatlar, jumladan,

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB)
a’zo bo‘lib, bu tashkilot Rossiya yetakchiligidagi harbiy blok hisoblanadi. ODKB orqali Rossiya
mintaqadagi harbiy hamkorlikni nazorat qiladi va o‘z ta’sirini saqlab qolishga harakat qiladi.
ODKBning asosiy maqsadi harbiy tahdidlarga qarshi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘lsa-
da, bu tashkilot ko‘pincha Rossiyaning geosiyosiy manfaatlariga xizmat qiladi. Ushbu fikrga
real isbot sifatida 2022-yilning yanvarida Qozog‘istondagi ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi
tashkilotning harbiy aralashuvini keltirishimiz mumkin. 2022-yilning yanvar oyida
Qozog‘istonda yoqilg‘i narxining oshishi sababli katta miqyosda norozilik namoyishlari
boshlandi. Bu namoyishlar tezda keng ko‘lamli tartibsizliklarga aylanib, hukumat inshootlari
va banklar talon-toroj qilindi, bir nechta shaharlar, xususan, Olmaota shahrida tartibsizliklar
kuchaydi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev norozilik namoyishlarini “bahsli
ta'rifda” deb atab, ODKBdan yordam so‘radi. Bu tashkilotning Nizomiga muvofiq, tashkilot
a’zosi bo‘lgan davlat xavfsizlikka jiddiy tahdid bilan yuzlashsa, boshqa a’zo davlatlar harbiy
yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Rossiya yetakchiligidagi ODKB davlatlari zudlik bilan 2 500
nafar tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istonga jo‘natdi. Bu kuchlarning asosiy qismini Rossiya
harbiylari tashkil etdi. Ular Qozog‘istondagi strategik obyektlarni himoya qilish bilan
shug‘ullandi va hukumatning tartibsizliklarga qarshi choralar ko‘rishiga yordam berdi.

Qozog‘istonga ODKB kuchlarining kirishi orqali Rossiya mintaqada o‘zining asosiy

xavfsizlik kafili va himoyachisi ekanligini ko‘rsatdi. Bu harakat Rossiyaning Markaziy Osiyoda
ta’sirini yanada mustahkamladi va Qozog‘istonni Rossiyaga yanada yaqinlashtirdi. Qozog‘iston


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlik munosabatlari kuchaydi. Toqayev
hukumati Rossiyaga qarshi har qanday ichki yoki tashqi bosimlarga qarshi mustahkam
sheriklikka tayanganligini namoyon etdi. ODKB aralashuvi orqali Rossiya G‘arb davlatlari yoki
boshqa tashqi kuchlarning Qozog‘iston ichki siyosatiga aralashuvini oldini olishni ta’minladi.
Shuningdek, Qozog‘istonning G‘arb davlatlariga yaqinlashishi ehtimolini kamaytirdi. Bu
holatlar esa o‘z navbatida, ODKBning Rossiya manfaatlariga xizmat qilishini yaqqol
ko‘rsatadi, chunki tashkilotning asosiy harakatlarini Rossiya boshqardi va mintaqadagi
ta’sirini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Qisqa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari
Rossiya, Xitoy va AQSh kabi yirik davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy o‘yinlarning markazida
joylashgan. Rossiya mintaqadagi o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’sirini saqlash uchun Markaziy
Osiyoni o‘z ta’sir doirasi sifatida ko‘radi va harbiy, siyosiy hamkorlik orqali o‘z rolini
kuchaytirishga harakat qiladi. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi va AQShning
mintaqadagi manfaatlari Rossiyaning Markaziy Osiyodagi mavqeiga qarshi bo‘lishi mumkin va
bu tahdid Rossiyaning ta’sirini yo‘qotishiga olib kelishi ehtimoli bor. Shuning uchun Rossiya
Markaziy Osiyo davlatlarida harbiy bazalarini saqlab qolmoqda, bu mintaqadagi Rossiyaning
xavfsizlik siyosatida katta rol o‘ynaydi. Masalan, Tojikistonda Rossiyaning harbiy bazalari
mavjud va ular bu davlatning xavfsizlik tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Qirg‘izistondagi “Kant” harbiy bazasi ham Rossiyaning harbiy ta’sirini mustahkamlaydi.

Ushbu harbiy bazalar orqali Rossiya mintaqada harbiy-siyosiy nazoratni saqlab qolishga
intiladi. Bundan tashqari Rossiya mintaqadagi davlatlar bilan muntazam ravishda qo‘shma
harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu harbiy hamkorlik Rossiyaning mintaqadagi xavfsizlik
tizimida chuqur ishtirokini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Rossiya tomonidan olib borilayotgan
harbiy hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil harbiy qudratini cheklashi mumkin.
So‘nggi vaqtlarda Rossiyalik ayrim siyosatchilarning Markaziy Osiyo davlatlarining milliy
o‘zligini va suverenitetini inkor etuvchi bayonotlari Rossiyaning mintaqadagi manfaatlarining
ziddiyatli jihatlarini yanada ochib berdi. Shuningdek, Kreml faqat harbiy va geosiyosiy yo‘llar
bilan emas, balki iqtisodiy yo‘llar bilan ham mintaqa davlatlariga ta’sir o‘tkazishga intiladi.
Xususan, Rossiya Markaziy Osiyoning energetika resurslari ustidan nazoratni saqlab qolishga
harakat qiladi. Ushbu davlat Gazprom orqali Markaziy Osiyoning tabiiy gaz va neft
resurslarini nazorat qilib, mintaqadagi davlatlarning energetika bo‘yicha Moskvaga
qaramligini saqlashga urunadi. Energetika bo‘yicha o‘zaro qaramlik Rossiyaga mintaqadagi
davlatlar xavfsizlik tizimiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga Rossiyadagi
mehnat migrantlarining katta qismi Markaziy Osiyodan kelgan bo‘lib, O‘zbekiston, Tojikiston
va Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyada mehnat qilish orqali o‘z davlatlariga katta miqdorda
mablag‘ yuboradilar. Bu iqtisodiy aloqalar Rossiyaning mintaqa davlatlari iqtisodiyoti va
xavfsizlik tizimiga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Rossiya migrantlar oqimini boshqarish
orqali davlatlar bilan siyosiy muzokaralarda foyda ko‘radi. Xullas, Rossiya Markaziy Osiyoda
xavfsizlik tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda, biroq bu ta’sir turli darajadagi tahdidlar va
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Harbiy bazalar, ODKB doirasidagi hamkorlik, iqtisodiy
aloqalar va dezinformatsiya kabi vositalar orqali Rossiya o‘z ta’sirini saqlab qolishga harakat
qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyning mintaqada kuchayishi va xalqaro tahdidlar, xususan,
Afg‘onistonning beqarorligi Rossiyaning o‘z mavqeini mustahkamlashga intilishiga turtki
bo‘lmoqda. Mintaqadagi davlatlar Rossiya bilan xavfsizlik bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom
ettirsa-da, Rossiyaning ta’siridan mustaqil bo‘lishga intilishlari ham kuzatilmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

24

Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimi murakkab va o‘zaro bog‘liq geosiyosiy, harbiy, iqtisodiy,

va ijtimoiy omillar bilan belgilangan. Ushbu tizimda Rossiya, Xitoy va AQSh kabi yirik
davlatlarning ta’siri sezilarli darajada, lekin mintaqaning ichki xavfsizlik muammolari,
xususan, chegara nizolari, etnik to‘qnashuvlar va terrorizm tahdidlari ham muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu tizim nafaqat ichki muammolarni hal qilishni talab qiladi, balki global kuchlar
o‘rtasidagi raqobat ta’sirini boshqarishni ham o‘z ichiga oladi. Mintaqaning xavfsizligi
barqarorlik va mintaqaviy hamkorlikning kuchayishi orqali ta’minlanishi mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)

hisoboti.2010-yil.Mart. Vena; 13-b (www.unodc.org › Afghanistan_opium_survey_2009_web)
2.

The Soufan Group ‘‘Foreign Fighters in Syria and Irak’’ 2014-yil.Iyun. Nyu-York; 8-b, 17-

b, 24-b (https://thesoufancenter.org/wp-content/uploads/2017/05/TSG-Foreign-Fighters-
in-Syria-Final-with-cover-rebrand-031317.pdf)
3.

ISIS the State of Terror by Berger. 2015-yil. Nyu-York

4.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi (UNHCR), Global Trends, 2021-yil. Jeneva.

www.unrefugees.org
5.

Reuters 2022-yil. 7- yanvar bayonoti. Reuters

6.

The central Asia-Caucasus Institute (CACI) www.cacianalyst.org

7.

https://en.wikipedia.org/wiki/2021_Taliban_offensive

8.

Wikipedia

“Fall

of

Kabul

(2021)”

maqolasi:

https://en.wikipedia.org/wiki/Fall_of_Kabul_(2021)

9.

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology
and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
10.

Toshpo‘latov

,

A.

(2023).

SHAXS

PSIXODIAGNOSTIKASIDA

PROYEKTIV

METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
11.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL

ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.
12.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi

texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления, 1(10), 49–55.
13.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.
14.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK
VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.

Библиографические ссылки

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hisoboti.2010-yil.Mart. Vena; 13-b (www.unodc.org › Afghanistan_opium_survey_2009_web)

The Soufan Group ‘‘Foreign Fighters in Syria and Irak’’ 2014-yil.Iyun. Nyu-York; 8-b, 17-b, 24-b (https://thesoufancenter.org/wp-content/uploads/2017/05/TSG-Foreign-Fighters-in-Syria-Final-with-cover-rebrand-031317.pdf)

ISIS the State of Terror by Berger. 2015-yil. Nyu-York

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi (UNHCR), Global Trends, 2021-yil. Jeneva. www.unrefugees.org

Reuters 2022-yil. 7- yanvar bayonoti. Reuters

The central Asia-Caucasus Institute (CACI) www.cacianalyst.org

Wikipedia – “Fall of Kabul (2021)” maqolasi: https://en.wikipedia.org/wiki/Fall_of_Kabul_(2021)

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b

Toshpo‘latov , A. (2023). SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA PROYEKTIV METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 170–178.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(10), 49–55.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.