Авторы

  • Z. Mо‘minоv
    Sоtsiоlоgiyа fаnlаri bо‘yiсhа fаlsаfа dоktоri (PhD), dotsent. Nаmаngаn dаvlаt universiteti huzuridаgi mаrkаz direktоri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.120677

Ключевые слова:

tashqi migratsiya ijtimoiy mobillik transformatsion yondashuv hududiy tafovut ijtimoiy maqom reintegratsiya remittensiya transformatsiya .

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda migratsiya, urbanizatsiya, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi vertikal va gorizontal harakatlanishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasining ijtimoiy maqom o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik va kasbiy malaka orttirish imkoniyatlari orqali ijtimoiy mobillikni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik omillar va hududiy tafovutlar kontekstida ijtimoiy mobillikning zamonaviy dinamikasi aniqlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

7

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MOBILLIK SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA

TA’SIRI: SOTSIOLOGIK TAHLIL

Z.Mо‘minоv

Sоtsiоlоgiyа fаnlаri bо‘yiсhа fаlsаfа dоktоri (PhD), dotsent. Nаmаngаn dаvlаt

universiteti huzuridаgi mаrkаz direktоri

E-mаil: zоkir_оdiliy@mаil.ru,

zokirjon0971@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15827438

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va

rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda
migratsiya, urbanizatsiya, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi vertikal va gorizontal harakatlanishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik
ma’lumotlar asosida yoritiladi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasining ijtimoiy maqom
o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik va kasbiy malaka orttirish imkoniyatlari orqali ijtimoiy
mobillikni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar, demografik omillar va hududiy tafovutlar kontekstida ijtimoiy mobillikning
zamonaviy dinamikasi aniqlanadi.

Tadqiqot O‘zbekistonning ijtimoiy tizimida transformatsion jarayonlar qanday

kechayotganini tahlil qilish orqali amaliy va nazariy xulosalar beradi. Viloyatlar kesimidagi
statistik tafovutlar, qaytgan migrantlarning reintegratsiya holatlari, remittensiyalar oqimi va
ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri transformatsion yondashuv doirasida baholanadi.

Kalit so‘zlar:

tashqi migratsiya, ijtimoiy mobillik, transformatsion yondashuv, hududiy

tafovut, ijtimoiy maqom, reintegratsiya, remittensiya, transformatsiya,.

KIRISH

So‘nggi o‘n yilliklar davomida tashqi migratsiya O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy va

iqtisodiy hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biriga aylandi. Global miqyosdagi
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mehnat bozoridagi tengsizliklar, demografik bosim, va
migratsiya infratuzilmasining takomillashuvi natijasida O‘zbekistonda tashqi migratsiya
jarayonlari faollashdi. Bu esa nafaqat iqtisodiy remittensiyalar oqimini kuchaytirdi, balki
ijtimoiy tuzilmalarda, qadriyatlar tizimida va mobillik shakllarida chuqur o‘zgarishlarga sabab
bo‘ldi.

Tashqi migratsiya nafaqat moddiy farovonlik manbai, balki yangi kasbiy, madaniy va

kommunikativ imkoniyatlar manbai sifatida ijtimoiy pog‘onalarda yuqorilashning vositasiga
aylanmoqda. Ushbu maqolada aynan tashqi migratsiya oqibatida yuzaga kelgan

paradigmal

o‘zgarishlar

- ya’ni jamiyatdagi ijtimoiy harakatlanish mezonlari va yo‘nalishlaridagi

yangilanishlar ilmiy tahlil qilinadi.

Shuningdek, maqolada quyidagi muhim masalalar yoritiladi:

tashqi migratsiyaning vertikal va gorizontal ijtimoiy mobillik shakllariga ta’siri;

migratsiyaning subyektiv (shaxsiy) va obyektiv (institutsional) omillar bilan bog‘liqligi;

migratsiya asosida ijtimoiy tengsizlik va adolat me’yorlaridagi o‘zgarishlar;

viloyatlar kesimidagi mobillik darajasidagi tafovutlar;

transformatsion yondashuv doirasida migratsion harakatlarning ijtimoiy kontekstda

baholanishi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

Maqola natijalari asosida ijtimoiy siyosat, bandlik strategiyasi va migratsiya boshqaruvi

tizimlarining takomillashtirilishiga oid ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.

Metodologiya

Ushbu tadqiqotda tashqi migratsiya jarayonlarining O‘zbekistonda ijtimoiy mobillikka

ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganishda sotsiologik tahlil usullari va transformatsion yondashuv asos
qilib olindi. Tadqiqotning metodologik asosi ijtimoiy mobillik nazariyalari, xususan P. Sorokin,
A. Giddens, P. Bourdieu kabi sotsiologlarning qarashlariga tayanadi. Ayniqsa, Bourdieu
tomonidan ilgari surilgan "habitus", "maydon" va "kapital" tushunchalari migratsion mobillik
jarayonlarini tahlil etishda asosiy tushunchaviy ramkalarni belgilab berdi.

Tadqiqotda miqdoriy (kvantitativ) va sifat (kvalitativ) usullar uyg‘unlashtirilgan.

Miqdoriy usul sifatida 2024 yilda Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida tashqi
migratsiya tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan
sotsiologik so‘rov natijalari tahlil qilindi. So‘rovnoma orqali respondentlarning migratsiyadan
oldingi va keyingi ijtimoiy maqomi, daromad darajasi, kasbiy malaka, madaniy integratsiya
darajasi va reintegratsion holati haqida ma’lumotlar olindi.

Sifat usullari doirasida yarim tuzilgan (polustrukturali) intervyular va fokus-guruh

muhokamalari orqali individual hayotiy tajribalar, ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar va
migratsiyaga nisbatan munosabatlar o‘rganildi. Bu yondashuv migratsion tajriba orqali yuzaga
kelgan transformatsiyalarni chuqur tushunishga imkon berdi.

Shuningdek, viloyatlar kesimida statistik tafovutlarni aniqlash uchun Davlat statistika

qo‘mitasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlaridan foydalanildi. Tahlil
jarayonida SPSS va Excel dasturlaridan foydalanilib, grafik va jadval ko‘rinishida vizual natijalar
taqdim etildi.

Tadqiqot transformatsion yondashuv nuqtai nazaridan tashqi migratsiyaning shaxsiy va

institutsional darajadagi ta’sirini kompleks ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ijtimoiy
mobillikni nafaqat status o‘zgarishi, balki qadriyatlar, ijtimoiy tarmoqlarga integratsiya va
kapital to‘planishining o‘zgarishi orqali baholaydi.

Asosiy qism

Tashqi migratsiya jarayonlari tiplari va funksiyalarini, uning ijtimoiy mobillik

jarayonlariga ta’sirini aniqlash jamiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini boshqarishning
muhim sharti hisoblanadi. Zero, bu hodisa mazmun-mohiyati va shakllariga ko‘ra, jamiyat
subyektlari ijtimoiy harakati va mobilligini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, istiqbolda
tashqi migratsion mobillik parametrlari, paradigmalaridagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish,
aholining ijtimoiy mobilligini, mehnat resurslari harakati yo‘nalishlarini, strategiyasini
belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar natijalari islohotlar samarasini belgilayaptimi,

degan sxolastik bahs-munozarali savol chetga surib qo‘yiladigan bo‘lsa, har ikkala omil
o‘rtasida korrelyatsion aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘ramiz.

Bu jarayonlar mutanosibligidagi o‘zgarishlar, birinchidan, ijtimoiy mobillikning obyektiv-

retrospektiv asoslari va tarixiy genezisi tadrijiy rivojlanishiga; ikkinchidan, ijtimoiy ong tizimi
va munosabatlardagi o‘zgarishlar, subyektiv omil (asosan, davlatning bosh islohotchilik roli va
insonlar ijtimoiy mobilligi darajasi)ga bog‘liqligini isbotlab bergan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

1-rasm: Respondentlarning ma’lumot darajasi bo‘yicha taqsimoti ( foizi)

Yuqoridagi grafikda tashqi migratsiyada ishtirok etgan respondentlarning ma’lumot

darajasi bo‘yicha taqsimoti aks ettirilgan. Ko‘rinib turibdiki, 45,3 foizi respondentlar o‘rta
maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu qatlam migratsiyada eng faol guruhni tashkil etmoqda. 28,4
foizi ishtirokchilar umumiy o‘rta yoki to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli bo‘lib, ular odatda past malakali
ishlar bilan shug‘ullanadilar. Faqatgina 26,3 foizi respondentlar oliy ma’lumotga ega bo‘lib, bu
tashqi migratsiyada yuqori malakali ishchilarning nisbatan kamligini ko‘rsatadi. Biroq, bu
guruh moslashuvchanlik, til bilish, kasbiy ko‘nikmalar va raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan
yuqori ijtimoiy mobillik salohiyatiga ega hisoblanadi.

Mazkur taqsimot ijtimoiy mobillikni faqat “ko‘chish” faktiga emas, balki ma’lumot darajasi

orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar bilan izohlash lozimligini ko‘rsatadi. Oliy ma’lumotli
migrantlar yuqoriroq pozitsiyalarni egallashi mumkin bo‘lsa-da, o‘rta maxsus ma’lumot egalari
barqaror daromadli, lekin o‘zgaruvchan ishlarga ko‘proq jalb etiladi. Past ma’lumotli guruhlar
esa ko‘proq ijtimoiy xavfga ochiq va institutsional himoyaga muhtoj qatlam hisoblanadi.

Quyidagi diagramma ta’lim darajasiga qarab tashqi migratsiyada yuzaga keladigan

ijtimoiy mobillik sathlarini ko‘rsatadi. Bu model ijtimoiy pozitsiya va xavf darajasining ta’limga
bog‘liqligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

10

2-rasm. ijtimoiy mobillik sathlari

Mazkur demografik va ta’limiy taqsimot tashqi migratsiya ishtirokchilari orasida ijtimoiy

mobillikning faqatgina “joydan ko‘chish” faktiga emas, balki inson kapitali, xususan ma’lumot
darajasi orqali shakllanadigan imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari shuni anglatadiki, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan migrantlar xorijda nisbatan
ijtimoiy maqomi yuqori, kasbiy jihatdan tan olingan va barqaror lavozimlarni egallashga moyil
bo‘lishadi. Bu esa ularning o‘z jamiyatidagi ijtimoiy statusini mustahkamlash, qaytishdan keyin
esa reintegratsiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, o‘rta maxsus ma’lumotga ega respondentlar ko‘pincha kasb-hunarga

asoslangan faoliyat turlarida, ya’ni qurilish, transport, xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarish
sohalarida band bo‘lib, ular barqaror daromadga ega bo‘lishsalar-da, ish joyining
mustahkamligi va ijtimoiy kafolatlarga ega bo‘lish darajasi pastroq bo‘lishi mumkin. Bu holat
ularning ijtimoiy pozitsiyasida muayyan darajadagi o‘zgaruvchanlikni yuzaga keltiradi.

Boshqa tomondan, umumiy o‘rta yoki to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli shaxslar asosan past

malakali, og‘ir va xavfli mehnat turlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ijtimoiy himoyasizlik,
ekspluatatsiyaga uchrash ehtimoli va institutsional yordamdan chetda qolish xavfi eng yuqori
bo‘lgan qatlamni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari ko‘pincha qonuniy maqomsiz yoki
norasmiy sharoitlarda ishlaganligi sababli, ularning ijtimoiy mobilligi cheklangan va doimiy
ijtimoiy xavf ostida qoladi.

Shunday qilib, ta’lim darajasi tashqi migratsiyadagi ijtimoiy mobillik imkoniyatlarining

asosiy differensiatsiya qiluvchi omili sifatida qaralishi mumkin. Bu esa transformatsion
yondashuv doirasida ijtimoiy pog‘onalar o‘rtasidagi harakatlanish nafaqat migratsiyaning o‘zi,
balki migratsiyaga tayyorlik darajasiga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yetarli darajada bir xil madaniy va lisoniy muhit

mavjud bo‘lib, u tashqi migrant uchun hech qanday psixologik qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Moliaviy qiyinchiliklar yangi joyga ko‘chish va unga moslashish bilan bog‘liq. Javoblarning past
darajasi, atigi 4 foizi davlat ko‘magida, tashqi migratsiya jarayonlari o‘z-o‘zidan va faqat oilaviy
sharoitlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy mobillikni o‘lchashda sotsiologik yondashuvlar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

Sotsiologlar mobillik darajalarini aniqlashda maqom guruhlar, sinflar, individlar, oilalar,

ijtimoiy guruhlar mobillik ko‘rsatkichlari, ularning jamiyatdagi o‘rni va roli; maqomi va
mavqe‘i; sotsial stratlar va harakat tiplari; turmush tarzi va mulk munosabatlari; faoliyat turlari
va qadriyatlari; hokimiyat taqsimotidagi mavqeiga qarab aniqlash ustuvor yondashuv bo‘lib
kelmoqda.

Lekin, ijtimoiy mobillik jarayoni darajalarini belgilashda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini

dominant mezon sifatida qarash asosida shakllangan umumiy tasavvurlar barcha tarixiy
davrlarga xos bo‘lib, sof miqdoriy ko‘rsatkichlar, uni harakatlantiruvchi motiv va
mexanizmlarni ham, usul-vosita va “texnologik” jarayonlarini ham, natija va istiqbollarini ham
to‘liq ko‘rsatishga ojizlik qiladi. Ya’ni, oddiy statistik-sotsiologik ma’lumotlar bazasi bo‘lib
qolaveradi.

Shu sababli, ijtimoiy mobillik jarayonini, xususan, migratsiya fenomenini sof iqtisodiy

statistika nuqtai nazaridan o‘rganish, uning “konstruksiyasi”ni, funksional ahamiyatini yaxlit
tasavvur qilish imkoniyatini chegaralaydi.

Bundan tashqari, tashqi migratsiya jamiyatda ishbilarmonlik va tadbirkorlikni

rivojlantiradi, ya’ni ular xalqaro chegaradan o‘tib, boshqa mamlakatga ko‘chishda tavakkal
qilishga moyil bo‘ladi. Chunki migrantlar shaharlarga ko‘chishi jarayonida ta’lim-tarbiya,
tajriba va ko‘proq daromad olish imkoniyatini tanlash maydonida tavakkal qilish zaruriyati
paydo bo‘ladi.

Tashqi migratsiya, ayniqsa, ayollarga erkinlik beradi, chunki shaharlarda konservativ va

patriarxal stereotiplar qishloqlarga nisbatan kuchli saqlanib qolmagan. Bu esa ayollarning
yaxshiroq ma’lumot olishi, ishga kirishi va ko‘proq mustaqil bo‘lishiga imkoniyat yaratadi.

O‘tgan asr 60-yillarida paydo bo‘lgan va mobillikka bag‘ishlangan ko‘plab ishlarda

urbanizatsiya sifatidagi sotsial mobillik, bandlik va moddiy farovonlik sohalaridagi mobillikka
urg‘u berildi. Aynan shu sababli mobillikka oid ko‘rsatkichlardan foydalangan S. Lipset va R.
Bendikslar G‘arb jamiyatining olg‘a boruvchi harakatini ta’kidlab, unda shahar aholisining
ko‘payishi, hayot darajasining o‘sishi, ta’limning ilg‘or shakllari kengayishini ko‘rsatdilar.

Bunday jarayonlar, aslida, har bir davlatda sodir bo‘lmoqda, jamiyatdagi ijtimoiy-

iqtisodiy vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu omillarni kompleks-sistemali o‘rganish, bir
tomondan, ularning migrantlar ijtimoiy mobilligini oshirishga qanday yo‘nalishlarda ta’sir
qilishini, qanday natijalarga olib kelishini bashorat qilishga imkoniyat yaratadi, ikkinchi
tomondan, sotsial mobillikning konkret shakli va yo‘nalishini o‘zgartirishda vazifani qanday
bajarish “texnologiyasi” aniqlanib, davlat migratsiya siyosati strategiyasi belgilanadi.

Shunday qilib, ijtimoiy mobillikning kuchayishida faqat iqtisodiy omillar emas, balki

institutsional erkinlik, qonunchilik bazasi, fuqarolik tengligi va ta’lim tizimining ochiqligi hal
qiluvchi rol o‘ynaydi.

Tashqi migratsiya imkoniyatlaridan iqtisodiy modernizatsiya va diversifikatsiyada

foydalanish strategiyalari

Tashqi migratsiya orqali yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan ishlab

chiqarish sohasida

tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish

, milliy iqtisodiyotning yetakchi

tarmoqlarini

modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash

maqsadida quyidagi strategik

yo‘nalishlarni amalga oshirish zarur:

1.

Milliy iqtisodiyot doirasida tashqi mehnat migratsiyasining o‘rni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

Davlat migratsiya siyosatini milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi bilan

uyg‘unlashtirish;

Mehnat migratsiyasi imkoniyatlaridan sanoat, xizmat ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirishda faol foydalanish;

Migratsiya sohasini optimallashtirishga qaratilgan investitsiyalardan manzilli va samarali

foydalanishni ta’minlash;

Mahsulot ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda tashqi va ichki

mehnat bozorlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun milliy mehnat bozorida migratsion

harakatlar uchun qulay muhit yaratish;

Migratsiyaga oid tarmoqlararo hamkorlikni kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash;

Mehnat migratsiyasi xavfsizligini ta’minlashda bozor mexanizmlarining imkoniyatlaridan

to‘laqonli foydalanish;

Migrantlarning intellektual salohiyati, moddiy imkoniyatlari va xorijiy tajribasidan

kommunikatsiya, infratuzilma va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda foydalanish;

Migratsiya tarkibiy tuzilmasini diversifikatsiya qilish va geografik ko‘lamini kengaytirish;

Zamonaviy migratsiya talablariga mos ravishda yo‘l-transport infratuzilmasini

rivojlantirish.

2. Qishloq xo‘jaligi sohasida tashqi migratsiya resurslaridan foydalanish yo‘nalishlari

Mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi sohasida

ishlab chiqarishning tarkibiy transformatsiyasini chuqurlashtirish;

Qishloq aholisi ijtimoiy va migratsion mobilligini oshirish;

Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish uchun migrant mehnatidan foydalanish;

Qishloq joylarda migrantlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish;

Migrantlarni zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonalarini qurish, mavjudlarini

rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga jalb etish;

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat

mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qadoqlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish;

Migrantlar ishtirokida yangi yerlarni o‘zlashtirish, meliorativ holatini yaxshilash,

melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini rivojlantirishda foydalanish;

Migrantlarni global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizining qurishi oqibatlarini

yumshatish bilan bog‘liq agroiqtisodiy choratadbirlarga faol jalb qilish.

Tashqi migratsion mobillik ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keluvchi eng muhim

omillardan biri hisoblanadi. U mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini
shakllantiruvchi asosiy omil bo‘lib, ayniqsa urbanizatsiya jarayonlari, sanoat va xizmat
ko‘rsatish tarmoqlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga sifat o‘zgarishlarini olib kirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, tashqi migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari tartibga solinmagan holatda

rivojlanadigan bo‘lsa, shaharlardagi mavjud infratuzilma, uy-joy fondi va mehnat bozori
imkoniyatlari aholining tezkor ko‘payishi bilan mutanosib tarzda rivojlana olmaydi. Natijada,
shaharlarning umumiy arxitekturaviy qiyofasi buzilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
kuchayishi kabi salbiy oqibatlar yuzaga keladi. Jumladan, ishsizlik darajasining oshishi, narx-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

13

navoning ko‘tarilishi, uy-joy taqchilligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining yetarli
darajada bo‘lmasligi kabi muammolar paydo bo‘ladi.

Ushbu holatlar shuni ko‘rsatadiki, tashqi migratsiyani urbanizatsiya va hududiy

rivojlanish siyosatlari bilan uzviy bog‘langan holda, institutsional va tizimli asosda boshqarish
zarur.

2020–2024 yillar davomida O‘zbekistonda shaharlarda aholi sonining keskin o‘sishi

tashqi mehnat migratsiyasi ko‘lamining ortib borishi bilan bir vaqtda kechdi. Rasmiy statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, shaharlarda aholi soni 2020 yildagi 11,0 milliondan 2024 yilda 12,9
milliongacha ko‘paygan. Shu davrda tashqi migrantlar soni ham 600 mingdan 810 minggacha
oshgan.

Bu ko‘rsatkichlar o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lib, shaharlar demografik bosim ostida

qolayotganini anglatadi. Tashqi migratsiya bilan bog‘liq pul oqimlari (remittensiyalar), qaytgan
migrantlarning joylashuvi va yangi ish joylariga bo‘lgan talab urbanizatsiyani tezlashtirmoqda.
Biroq, ushbu o‘sish infratuzilma salohiyati bilan muvofiqlashtirilmasa, uy-joy tanqisligi,
ijtimoiy xizmatlar yuklamasi va ish o‘rinlari yetishmasligi kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
kuchayishi mumkin. Shunday ekan, migratsion siyosat va urbanizatsiyani kompleks
boshqarish-kelgusida barqaror rivojlanishning asosiy mezoni hisoblanadi.

3-rasm. Aholi va migratsiyani o‘sishi

Bu jarayonda migratsiyani nazoratli integratsiyalash, qaytgan migrantlarning shahar

makonida moslashuvini ta'minlash va yangi ijtimoiy infratuzilmalarni shakllantirish dolzarb
vazifa bo‘lib qolmoqda.

Aks holda, migratsiya ijtimoiy mobillikni rag‘batlantiruvchi omil emas, balki aksincha,

ijtimoiy tanglikni kuchaytiruvchi omilga aylanishi mumkin. Bunday holatda eng asosiy masala
— har qanday ijtimoiy ong shaklining manfaatga yo‘naltirilishi, obyektivlashuvi va
“moddiylashuvi” jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha texnologik yondashuvni ishlab
chiqishdir.

Zotan, har qanday iqtisodiy faoliyat va uning natijalari faqat moddiy sohadagina emas,

balki ijtimoiy ong shakllariga tayanishi lozim. Bu shakllar qatoriga quyidagilar kiradi:

huquqiy ong — mehnat migrantlarining qonuniy maqomi va huquqiy himoyasi;
axloqiy ong — migrantlar mehnatining halolligi va jamiyatdagi maqomini anglash;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

14

estetik ong — migratsiya orqali orttirilgan tajribaning hissiy-ruhiy, hedonistik-

evdemonistik (ya’ni, zavq va farovonlikka asoslangan) ifodasi;

siyosiy ong — demokratik qadriyatlar va fuqaro faolligining shakllanishi;
gumanistik ong — inson qadr-qimmatiga asoslangan yondashuv.
Demak, ijtimoiy mobillikni faqat iqtisodiy daromad yoki maqom o‘zgarishi sifatida emas,

balki ijtimoiy ong shakllari orqali jamiyatdagi qadriyatlar tizimi va madaniy yondashuvlarning
yangilanishi jarayoni sifatida ham talqin qilish lozim. Agar iqtisodiy harakatlar ijtimoiy ong
bilan mustahkamlanmasa, bu harakatlar uzoq muddatda barqaror ijtimoiy mobillik emas, balki
aksincha, ijtimoiy tanglik va ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy sotsiologik tasniflarda shkalalashtirilgan ijtimoiy mobillik standartlari,

ayniqsa

xizmat ko‘rsatuvchi sinflar (service classes)

misolida,

quyidagi darajalarga

ajratiladi

:

Birinchi darajadagi “professional”lar

— bu guruhga davlatning yuqori darajali

mansabdor shaxslari va ma’murlari, yirik tashkilotlar va transmilliy kompaniyalar rahbarlari,
boshqaruvning strategik muassasalari vakillari, yirik kapital egalari kiradi. Ular jamiyatda eng
yuqori ijtimoiy maqom va resurslarga ega qatlamni tashkil etadi.

Ikkinchi darajadagi “professional”lar

— bu qatlamga nisbatan o‘rta ijtimoiy mavqedagi

davlat xizmatchilari, kichik biznes va sanoat korxonalari rahbarlari, boshqaruv tizimida o‘rta
bo‘g‘in vakillari, aqliy mehnat sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar kiradi. Ular barqaror
daromad, kasbiy obro‘ va ijtimoiy xavfsizlik bilan ta’minlangan.

Uchinchi darajadagi “professional”lar

— bu keng ijtimoiy guruh bo‘lib, quyidagilarni

o‘z ichiga oladi:

boshqaruv va savdo sohalarida aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar;
xizmat ko‘rsatish sohasida individual mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar;
kichik xususiy korxona egalari;
yollanma ishchilarni ishga jalb qilgan hunarmandlar;
kichik mulk egalari va fermerlar;
kichik tadbirkorlar va texnik mutaxassislar;
jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi malakali ishchilar;
o‘rta malakali va malakasiz jismoniy mehnat vakillari;
qishloq xo‘jaligi sohasida yollanma ishchilar.
Ushbu qatlamlar ijtimoiy stratifikatsiyada

o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib

, ular ijtimoiy

mobillikning amaliy subyektlarini tashkil qiladi. Ayniqsa, ushbu sinflar orqali vertikal va
gorizontal mobillik yo‘nalishlarini empirik jihatdan tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi sinflar migratsiya jarayonlarida

asosiy ijtimoiy harakat

kuchi

sifatida namoyon bo‘lib, ular ijtimoiy pozitsiyalar o‘zgarishining markazida turadi.

Ijtimoiy mobillik migratsiya jarayonlari orqali sezilarli darajada faollashmoqda. Ayniqsa,

ta’lim darajasining oshishi, iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari, konstitutsiyaviy tenglik tamoyillari,
malaka va kasbiy kompetensiyalarning ortib borishi ushbu jarayonda muhim omillar sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Tashqi migratsiya faqatgina shaxsiy yoki oilaviy daromadni oshirish
vositasi emas, balki sanoat, xizmat ko‘rsatish, kichik biznes, qishloq xo‘jaligi va transport
infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ham kuchli ijtimoiy-iqtisodiy omil sifatida xizmat
qilmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

15

Bundan tashqari, tashqi migratsiyada ishtirok etayotgan fuqarolarning intellektual

salohiyati, moddiy resurslari va global mehnat bozoridagi tajribasi O‘zbekiston iqtisodiyotini
diversifikatsiyalash va modernizatsiyalashda muhim strategik resurs bo‘lib chiqmoqda. Aynan
mana shu holatlar orqali migratsion jarayonlar ichki bozor talabiga moslashgan, yuqori
malakali ishchi kuchining shakllanishiga hissa qo‘shmoqda.

Shu bilan birga, tashqi migratsiyani barqaror rivojlantirish uchun unga institutsional

yondashuvlar, ilmiy asoslangan tahlillar, hamda insonparvar, huquqiy va madaniy jihatdan
muvozanatli siyosat orqali yondashish talab etiladi. Bu esa davlat va jamiyat o‘rtasida
migratsiya bilan bog‘liq risklarni kamaytirish, ijtimoiy stratifikatsiyani yumshatish va ijtimoiy
integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tashqi migratsiya ijtimoiy mobillikni faollashtiruvchi muhim omildir. Bu jarayonda ta’lim,

iqtisodiy o‘sish, kasbiy malaka va global tajriba sezilarli ahamiyat kasb etadi. Migrantlarning
intellektual salohiyati, moddiy resurslari va tajribasi O‘zbekiston iqtisodiyotining
diversifikatsiyasi va modernizatsiyasi uchun strategik manba hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, tashqi migratsiya va ijtimoiy mobillik o‘rtasidagi murakkab o‘zaro

ta’sirlar, jamiyatda yangi ijtimoiy qatlamlarning shakllanishi, urbanizatsiya va modernizatsiya
jarayonlariga bevosita ta’siri keng qamrovli tahlil va strategik boshqaruvni talab qiladi.

Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tashqi migratsiya natijasida nafaqat

ijtimoiy maqom va daromad oshmoqda, balki gender tengligi, urban madaniyatga moslashuv,
innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonlari ham faollashmoqda. Bu esa o‘z navbatida
ijtimoiy qatlamlar harakati, mehnat bozori talablari va ijtimoiy ong tarkibining qayta
shakllanishiga olib kelmoqda.

Hulosa

1.

Tashqi migratsiyani tartibga soluvchi siyosatni yangilash

– migratsiya oqimlarining

so‘nggi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga mos kelishini ta’minlash maqsadida milliy
strategiyalarni qayta ko‘rib chiqish va zamonaviy migratsiya modelini joriy etish zarur.
2.

Migrantlar uchun reabilitatsiya va reintegratsiya dasturlarini kengaytirish

xorijdan qaytgan migrantlar va ularning oilalari uchun kasb-hunar o‘rgatish, psixologik yordam
va bandlik imkoniyatlarini taqdim etish.
3.

Ayollar migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash

– migratsiya orqali ayollarning mustaqil

yashash va iqtisodiy faolligini oshirish, ularga xavfsiz muhitda ishlash va yashash uchun
kafolatlar yaratish.
4.

Hududiy differensial siyosatni ishlab chiqish

– migratsiya darajasi yuqori bo‘lgan

viloyatlarda (masalan, Qashqadaryo, Namangan) maxsus ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar orqali
ijtimoiy tengsizliklarni kamaytirish.
5.

Tashqi mehnat bozorlariga moslashuv uchun tayyorgarlik kurslarini joriy etish

til, kasbiy tayyorgarlik va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan dasturlarni milliy va
xalqaro hamkorlik asosida kengaytirish.
6.

Statistik monitoring va GIS asosida tahlil tizimini joriy etish

– tashqi migratsiyaning

ijtimoiy mobillikka ta’sirini baholashda aniq raqamli tahlillar va geografik vizualizatsiyalardan
foydalanish.
7.

Tashqi migratsiyaga oid ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish

– migratsiya va ijtimoiy

mobillik aloqalarini chuqurroq tahlil qiluvchi fundamental va amaliy tadqiqotlarga grant
ajratish.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

16

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бурдьё П. Социальное пространство: поля и практики. — М.: Институт

экспериментальной социологии, 2005. — 384 с.
2.

Гидденс Э. Социология. — М.: Изд-во УРСС, 2003. — 856 с.

3.

Qodirov Q. Ijtimoiy mobillik nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: Fan, 2017. — 240 b.

4.

Karimova D. Mehnat migratsiyasi va ijtimoiy transformatsiya: O‘zbekiston tajribasi. //

“Sotsiologiya” jurnali. – 2021. – №2. – B. 45–52.
5.

ILO (International Labour Organization). Migration and Development in Central Asia.

Geneva:

ILO

Publications,

2020.

[Elektron

resurs]

https://www.ilo.org/global/publications/lang--en/index.htm
6.

World Bank. Uzbekistan Country Economic Update, Spring 2023. Washington, D.C.: World

Bank Group. [Elektron resurs]

https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan

7.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022–2026 йилларга мўлжалланган

Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги Фармони. – Т.: 28.01.2022. –
№Фармон-60.
8.

Давлат статистика қўмитаси. Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва меҳнат бозори

кўрсаткичлари. – Тошкент, 2024. —

http://stat.uz

9.

IOM. “Labour Migration from Uzbekistan: Trends, Challenges and Policy Responses.” –

International Organization for Migration, 2023.
10.

Castles S., de Haas H., Miller M. The Age of Migration: International Population Movements

in the Modern World. — London: Macmillan, 2020. — 420 p.

Библиографические ссылки

Бурдьё П. Социальное пространство: поля и практики. — М.: Институт экспериментальной социологии, 2005. — 384 с.

Гидденс Э. Социология. — М.: Изд-во УРСС, 2003. — 856 с.

Qodirov Q. Ijtimoiy mobillik nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: Fan, 2017. — 240 b.

Karimova D. Mehnat migratsiyasi va ijtimoiy transformatsiya: O‘zbekiston tajribasi. // “Sotsiologiya” jurnali. – 2021. – №2. – B. 45–52.

ILO (International Labour Organization). Migration and Development in Central Asia. Geneva: ILO Publications, 2020. [Elektron resurs] https://www.ilo.org/global/publications/lang--en/index.htm

World Bank. Uzbekistan Country Economic Update, Spring 2023. Washington, D.C.: World Bank Group. [Elektron resurs] https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги Фармони. – Т.: 28.01.2022. – №Фармон-60.

Давлат статистика қўмитаси. Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва меҳнат бозори кўрсаткичлари. – Тошкент, 2024. — http://stat.uz

IOM. “Labour Migration from Uzbekistan: Trends, Challenges and Policy Responses.” – International Organization for Migration, 2023.

Castles S., de Haas H., Miller M. The Age of Migration: International Population Movements in the Modern World. — London: Macmillan, 2020. — 420 p.