ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
SUDGACHA VA SUD JARAYONIDAGI MEDIATSIYA: QIYOSIY TAHLIL VA
AMALIY JIHATLAR
Akbar Jo‘rayev Abdushukur o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15916995
Annotatsiya:
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida mediatsiya
institutining sudgacha va sud jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ilmiy
adabiyotlarga asoslangan holda mediatsiyaning huquqiy asoslari, sudgacha va sud jarayonidagi
xususiyatlari, afzalliklari va ayrim kamchiliklari yoritiladi hamda mediatsiyaning amalda
qo‘llanilishi, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinib, mediatsiyaning sud tizimiga
ta’siri, nizolarni muqobil hal etishning samaradorligi va jamiyatdagi huquqiy madaniyatni
rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi.
Kalit so'zlar:
Mediatsiya, nizolarni muqobil hal etish, sudgacha mediatsiya, sud
jarayonidagi mediatsiya, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks,
mediator, mediativ kelishuv, ijro hujjati, maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning teng huquqliligi,
mediatorning mustaqilligi va xolisligi, notarial tasdiqlash, davlat boji, konfliktologiya, raqamli
mediatsiya, onlayn mediatsiya
ДОСУДЕБНАЯ И СУДЕБНАЯ МЕДИАЦИЯ: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ И
ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ
Акбар Джураев Абдушукур угли
Магистрант Ташкентского государственного юридического университета
Аннотация:
В данном тезисе проводится сравнительный анализ роли и значения
института медиации в досудебном и судебном процессе в правовой системе Республики
Узбекистан. Также на основе действующего законодательства Республики Узбекистан и
научной литературы освещаются правовые основы медиации, особенности,
преимущества и некоторые недостатки в досудебном и судебном процессе, а также
анализируются практическое применение, проблемы и перспективы развития
медиации, изучается влияние медиации на судебную систему, эффективность
альтернативного разрешения споров и ее роль в развитии правовой культуры в
обществе.
Ключевые слова:
Медиация, альтернативное разрешение споров, досудебная
медиация, медиация в судебном процессе, Гражданский процессуальный кодекс,
Экономический процессуальный кодекс, медиатор, медиативное соглашение,
исполнительный документ, конфиденциальность, добровольность, равноправие
сторон, независимость и беспристрастность медиатора, нотариальное удостоверение,
государственная пошлина, конфликтология, цифровая медиация, онлайн-медиация
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
PRE-TRIAL AND COURT MEDIATION: COMPARATIVE ANALYSIS AND
PRACTICAL ASPECTS
Akbar Juraev Abdushukur ugli
Master's student of Tashkent State University of Law
Abstract:
This thesis provides a comparative analysis of the role and significance of the
mediation institute in pre-trial and judicial proceedings within the legal system of the Republic
of Uzbekistan. Also, based on the current legislation of the Republic of Uzbekistan and scientific
literature, the legal basis of mediation, its features, advantages, and some shortcomings in pre-
trial and judicial proceedings are highlighted, as well as the practical application, problems, and
prospects for the development of mediation are analyzed, the impact of mediation on the
judicial system, the effectiveness of alternative dispute resolution, and its role in the
development of legal culture in society are studied.
Keywords:
Mediation, alternative dispute resolution, pre-trial mediation, mediation in
court proceedings, Civil Procedure Code, Economic Procedure Code, mediator, mediation
agreement, enforcement document, confidentiality, voluntariness, equality of the parties,
independence and impartiality of the mediator, notarization, state duty, conflict resolution,
digital mediation, online mediation
Zamonaviy huquqiy tizimda nizolarni hal etishning an'anaviy sud usullariga muqobil
mexanizmlar tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida huquqiy
islohotlar doirasida nizolarni muqobil hal etish usullari, xususan, mediatsiya instituti muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Mediatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishda samarali vosita sifatida e’tirof etilib, sudlarda ish hajmini
maqbullashtirish va huquqiy nizolarni tezroq hal etish imkonini beradi. O‘zbekiston
Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni
1
(O‘RQ-482, 2018-yil 3-iyul) va O‘zbekiston
Respublikasining Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli Qarori
2
mediatsiyaning
huquqiy asoslarini mustahkamladi va uning sud tizimi bilan integratsiyasini kuchaytirdi.
Mediatsiya – bu nizoli tomonlar o‘rtasida betaraf uchinchi shaxs (mediator) yordami bilan
ixtiyoriy kelishuvga erishishga qaratilgan jarayon. O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya
to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, mediatsiya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
nizolarga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan yuzaga
kelgan nizolarga, yakka mehnat nizolariga hamda oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan nizolarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Ushbu qonun mediatsiyaning asosiy
prinsiplarini – taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va
xolisligini belgilaydi.
Nazariy jihatdan, mediatsiya sud jarayonlariga nisbatan moslashuvchan va tejamkor
yondashuv sifatida qaraladi. Soha ekspertlaridan A. Xaqberdiyev va M. Mamasiddiqovlar
(Nizolarni muqobil hal etish usullari. Toshkent: TDYU Elektron kutubxonasi, 2025.) o‘z
ishlarida mediatsiyani “tomonlarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan konstruktiv
1
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-482-son, 3-iyul, 2018.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ-4754-son, 17-iyun, 2020.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
muzokaralar jarayoni” sifatida ta’riflaydi
3
. Mediatsiyaning asosiy xususiyati shundaki, u sud
jarayonidagi qarama-qarshi yondashuvdan farqli o‘laraq, tomonlarni hamkorlikka undaydi va
nizoni hal qilishda o‘zaro kelishuvga erishishga yordam beradi. Mediatsiya instituti nizolarni
sudgacha bosqichda ham, sud jarayoni davomida ham qo'llashga imkon beradi, bu esa
fuqarolarning huquqlarini himoya qilishning samarali vositasi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Sudgacha mediatsiya
Sudgacha mediatsiya nizoni sud organlariga topshirishdan oldin taraflarning o'zaro
kelishuvi asosida qo'llaniladigan tartibdir. Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida
qo'llaniladi va suddan tashqari tartibda amalga oshiriladi. Bu bosqichda mediator taraflar
o'rtasida yuzaga kelgan nizolarni hal qilishda vositachi rolini o'ynaydi. Sudgacha mediatsiya
nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida huquqiy amaliyotda keng qo'llanilib, sud tartibiga
nisbatan bir qator muhim afzalliklarni taqdim etadi. Quyida Qonun nuqtai nazardan
mediatsiyaning bir qator afzalliklari keltirilib o’tiladi:
Vaqt tejash.
Mediatsiya sud jarayonlariga nisbatan sezilarli darajada qisqa muddatda
nizolarni hal qilish imkonini beradi. Sud jarayonlari qonuniy me'yorlar, rasmiy sud majlislari,
ba’zan apellatsiya va kassatsiya jarayonlari tufayli uzoq vaqt talab qiladi, ba’zan bir necha oy
yoki yillarga cho'zilishi mumkin. Mediatsiya esa moslashuvchan va rasmiyatchilikdan xoli
jarayon bo'lib, odatda bir necha sessiya yoki hatto bir necha soat ichida yakunlanishi mumkin.
Bu xususiyat, ayniqsa, tez yechim talab qiladigan tijoriy, oilaviy yoki shaxsiy nizolarni hal
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy xarajatlarni kamaytirish.
Sud jarayonlari davlat boji, advokat xizmatlari,
ekspertiza xarajatlari, hujjatlar tayyorlash va boshqa sud bilan bog'liq to'lovlar tufayli sezilarli
moliyaviy sarf-xarajat talab qiladi. Mediatsiya ushbu xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi,
chunki jarayon sud jarayonlariga qaraganda ancha arzon va samarali hisoblanadi. Mediator
xizmatlari, odatda sud xarajatlariga nisbatan arzonroq turadi. Bundan tashqari, mediatsiyaning
qisqa muddatda yakunlanishi umumiy xarajatlarni yanada kamaytiradi, bu esa taraflarga
moliyaviy jihatdan qulaylik yaratadi.
Maxfiylik va konfidensiallik.
Mediatsiya jarayoni qonuniy jihatdan maxfiy ravishda olib
boriladi va unda muhokama qilinadigan masalalar, hujjatlar yoki kelishuvlar uchinchi
shaxslarga oshkor qilinmaydi. Bu xususiyat tijorat sirlari, shaxsga doir ma’lumotlar bilan
bog'liq nizolarni hal qilishda ayniqsa muhimdir. Sud jarayonlari aksariyat hollarda ochiq sud
majlislarini o'z ichiga oladi, bu esa ma'lumotlarning ommaga oshkor bo'lishiga olib kelishi
mumkin. Mediatsiyada esa maxfiylik kafolati taraflarga o'z manfaatlarini xavfsiz himoya qilish
imkonini beradi.
Taraflarning mustaqilligi va o'z qarorlarini qabul qilish huquqi.
Mediatsiya jarayonida
mediator faqat vositachi sifatida xizmat qiladi, ya’ni u nizoni hal qilishda yakuniy qaror qabul
qilmaydi. Qaror qabul qilish huquqi to’liq nizoli taraflarga tegishli bo'lib, ular o'zaro kelishuv
asosida o'z manfaatlariga mos keluvchi yechimni ishlab chiqadilar. Bu sud jarayonlaridan
tubdan farq qiladi, chunki sudda qaror sudya yoki sud kollegiyasi tomonidan qabul qilinadi va
bu qaror taraflarning har ikki tomon uchun qulay bo'lmasligi mumkin. Mediatsiyada esa
kelishuvning adolatli va har ikki tomon uchun maqbul bo'lishi ta'minlanadi.
3
Xakberdiyev, A., Mamasiddiqov, M. Nizolarni muqobil hal etish usullari. Toshkent: TDYU Elektron kutubxonasi, 2025.
https://library-tsul.uz/nizolarni-muqobil-hal-etish-usullari-xakberdiyev-a-mamasiddiqov-m-2025/
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
Jarayonning moslashuvchanligi.
Mediatsiya sud protseduralariga xos qat'iy huquqiy
me'yorlar va rasmiyatchiliklardan xoli bo'lib, taraflarga moslashuvchan shartlarda muzokara
olib borish imkonini beradi. Jarayonning vaqti, joyi, formati va boshqa tafsilotlari taraflarning
kelishuviga ko'ra belgilanishi mumkin. Masalan, mediatsiya neytral muhitda, qulay vaqt
oralig'ida yoki hatto masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin. Bu esa jarayonni yanada
samarali va taraflarga qulay qiladi.
O'zaro munosabatlarning saqlanishi.
Mediatsiya nizolarni do'stona va hamkorlik ruhida
hal qilishga yordam beradi, bu esa taraflar o'rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish yoki tiklash
imkonini beradi. Masalan, biznes sheriklari, oila a'zolari, qo'shnilar yoki hamkorlar o'rtasidagi
nizolarda mediatsiya kelajakda hamkorlikni davom ettirish uchun zamin yaratadi. Sud
jarayonlari esa ko'pincha qarama-qarshilikni yanada kuchaytirib, munosabatlarni butunlay
buzishi mumkin.
Psixologik jihatdan qulaylik.
Sud jarayonlari rasmiy muhit, qarama-qarshi tomonlarning
keskin pozitsiyalari, uzoq davom etadigan protseduralar va qonuniy jarayonlarning
murakkabligi tufayli taraflarda stress, emotsional zo'riqish va noqulaylik keltirib chiqarishi
mumkin. Mediatsiya esa neytral va tinch muhitda, konstruktiv muloqot sharoitida olib boriladi.
Mediatorning vositachilik roli taraflarni ochiq muloqotga undaydi va nizoni hal qilishda
psixologik bosimni kamaytiradi.
Sudgacha mediatsiya vaqt va moliyaviy resurslarni tejash, maxfiylikni ta'minlash,
taraflarga mustaqillik berish, moslashuvchanlik, munosabatlarni saqlash va psixologik qulaylik
kabi afzalliklari bilan ajralib turadi. Ushbu usul nafaqat nizolarni samarali hal qilishga yordam
beradi, balki qonuniy jihatdan barqaror va adolatli yechimlarni ta'minlaydi.
Sud jarayonidagi mediatsiya
Mediatsiya nizoni sud tartibida ko'rish jarayonida ham qo'llanilishi mumkin. Bunda
mediatsiya sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga
qadar amalga oshiriladi. Sud jarayonidagi mediatsiya nizolarni sud tartibida ko‘rish jarayonida
muqobil yechim sifatida qo‘llaniladigan samarali usul bo‘lib, u fuqarolik va iqtisodiy nizolarni
hal qilishda qonuniy asosga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g’risida”gi
Qonuni, Fuqarolik protsessual kodeksi
4
hamda Iqtisodiy protsessual kodeksi
5
ga muvofiq,
mediatsiya sud jarayonida nizoni hal qilishning ixtiyoriy usuli sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Mediatsiyaga murojaat qilish –
Mediatsiya sud jarayoni boshlanganidan so‘ng, lekin birinchi instansiya sudida sud
alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini (qaror, ajrim yoki hukm) qabul qilish uchun
chiqquniga qadar har qanday bosqichda tashkil etilishi mumkin. Taraflar yoki ularning vakillari
sudga mediatsiya o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qiladilar.
Iltimosnoma yozma shaklda taqdim etiladi va unda mediatsiya o‘tkazish muddati,
mediatorning shaxsi (agar tanlangan bo‘lsa) va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Sud jarayonini to‘xtatib turish –
Fuqarolik protsessual kodeksi 116-moddasi 6-bandiga ko‘ra, sud mediatsiya tartib-
taomilini amalga oshirish uchun ish yuritishni to‘xtatib turishi mumkin. To‘xtatib turish
4
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
5
O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
98
muddati odatda 60 kundan oshmaydi, ammo qonunda nazarda tutilgan holatlarda bu muddat
qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
To‘xtatib turish mediatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishiga imkon berish uchun zarur
bo‘lib, bu davrda taraflar mediator yordamida muzokara olib boradilar. Mediator neytral
vositachi sifatida ishlaydi va taraflarga o‘zaro kelishuvga erishishda yordam beradi.
Mediatorning qarori majburiy kuchga ega emas, lekin kelishuv sud tomonidan tasdiqlansa,
huquqiy jihatdan majburiy bo‘ladi.
Kelishuvning rasmiylashtirilishi –
Agar mediatsiya muvaffaqiyatli yakunlansa, taraflar o‘zaro kelishuvni yozma shaklda
rasmiylashtiradilar. Ushbu kelishuv sud tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv notarial tasdiqlanishi ham mumkin, bu esa uni ijro etiladigan hujjat sifatida
qabul qilish imkonini beradi.
Sud jarayonida mediatsiyaning qo‘llanilishi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
ular quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Iqtisodiy protsessual kodeksiga ko‘ra, ayrim iqtisodiy nizolar bo‘yicha mediatsiya
qonunda yoki taraflar o‘rtasidagi shartnomada majburiy tartibda nazarda tutilgan bo‘lsa,
da’vogar ushbu tartib-taomilga rioya qilishi shart. Agar da’vogar mediatsiyani o‘tkazmagan
bo‘lsa, sud da’vo arizasini ko‘rib chiqmasdan qoldirishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, tijoriy
shartnomalarda mediatsiya sharti ko‘rsatilgan bo‘lsa, amaliyotda juda ko’p uchraydi.
Shuningdek, agar taraflar mediatsiya o‘tkazish to‘g’risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan
bo‘lsalar, lekin belgilangan muddat tugagach, uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmagan bo‘lsalar,
sud da’vo arizasini ko‘rib chiqmasdan qoldirishi mumkin. Bu taraflarning mediatsiya
jarayoniga jiddiy yondashishini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Mediatsiya jarayoni sud jarayonidagi ochiq sud majlislaridan farqli o‘laroq, maxfiy
ravishda olib boriladi. “Mediatsiya to‘g’risida”gi Qonun 6-moddasiga ko‘ra, mediator va taraflar
jarayon davomida olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka majburdirlar. Bu tijoriy yoki
shaxsiy nizolarda maxfiylikni ta’minlash uchun muhimdir.
Mediatsiya ixtiyoriy jarayon bo‘lib, taraflar o‘z xohishlariga ko‘ra unda ishtirok etadilar.
Mediator faqat jarayonni boshqaradi, lekin qaror qabul qilish huquqi to‘liq taraflarga tegishli.
Bu sud jarayonidagi sudyaning qaror qabul qilish vakolatidan farq qiladi.
Sud jarayonida mediatsiyaning qo‘llanilishi quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
Vaqtni tejash.
Mediatsiya sud jarayonini sezilarli darajada qisqartiradi, chunki u uzoq
davom etadigan sud majlislari va protsessual harakatlarni talab qilmaydi. 60 kunlik muddat
ichida nizo hal qilinishi mumkin, bu esa sudning yuklanishini kamaytiradi va taraflarga tezroq
yechim topish imkonini beradi.
Moliyaviy xarajatlarni kamaytirish.
Mediatsiya sud jarayoniga nisbatan ancha arzon bo‘lib,
advokat xizmatlari, davlat boji va boshqa sud xarajatlarini minimallashtiradi. Bu, ayniqsa,
moliyaviy resurslari cheklangan jismoniy va yuridik shaxslar uchun juda muhimdir.
Maxfiylik.
Mediatsiya jarayonidagi maxfiylik tijorat sirlari, shaxsga doir ma’lumotlarni
himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Sud majlislari ochiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa, mediatsiya
bu ma’lumotlarning ommaga oshkor bo‘lishini oldini oladi.
Taraflarning mustaqilligi.
Mediatsiyada taraflar o‘z manfaatlariga mos keluvchi yechimni
o‘zlari ishlab chiqadilar, bu esa sud qaroriga qaraganda ko‘proq qoniqish hosil qiladi.
Kelishuvning adolatli va har ikki tomon uchun maqbul bo‘lishi ta’minlanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
99
Huquqiy kafolatlar.
Mediatsiya natijasida erishilgan kelishuv sud tomonidan tasdiqlansa
yoki notarial ravishda rasmiylashtirilsa, majburiy ijro etiladigan hujjat sifatida tan olinadi. Bu
kelishuvning barqarorligini va qonuniy kuchga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Sud jarayonida mediatsiya nizolarni samarali, tejamkor va do‘stona hal qilish imkonini
beruvchi muqobil usul sifatida muhim ahamiyatga ega. U vaqt va moliyaviy resurslarni tejash,
maxfiylikni ta’minlash, taraflarga mustaqillik berish va munosabatlarni saqlash kabi afzalliklari
bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va Iqtisodiy
protsessual kodeksiga muvofiq, mediatsiya jarayoni qat’iy huquqiy me’yorlarga asoslanadi va
sud tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sudgacha va sud jarayonidagi mediatsiyani qiyosiy tahlil qilish ularning o‘xshashliklari va
farqlarini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi jadvalda asosiy farqlar umumlashtirilgan:
Jihat
Sudgacha mediatsiya
Sud jarayonidagi mediatsiya
Ixtiyoriylik
To‘liq ixtiyoriy, tomonlar mustaqil
ravishda qaror qabul qiladi
Sudya taklifi bilan boshlanishi
mumkin, qisman majburiylik
Moslashuvchanlik
Yuqori, jarayon tomonlar
ehtiyojlariga moslashtiriladi
Cheklangan, sudning rasmiy
talablari va muddatlari ta’sir qiladi
Maxfiylik
To‘liq maxfiylik ta’minlanadi
Sud hujjatlari ochiqligi tufayli
qisman cheklangan
Yuridik oqibatlar
Kelishuv sud tasdig‘isiz ixtiyoriy
ijro etiladi
Kelishuv sud tomonidan
tasdiqlanib, majburiy ijro etiladi
Xarajatlar
Sud xarajatlariga nisbatan arzon
Sud yig‘imlari va boshqa xarajatlar
tufayli qimmatroq
Vaqt
Moslashuvchan, tomonlarning
kelishuviga bog‘liq
Sud jarayonining qat’iy muddatlari
bilan cheklangan
Ushbu tahlil shuni ko‘rsatadiki, sudgacha mediatsiya tomonlarga ko‘proq erkinlik va
moslashuvchanlik beradi, sud jarayonidagi mediatsiya esa sud tizimining rasmiy doirasida
amalga oshiriladi va ko‘proq nazorat qilinadi. Har ikkala shakl ham nizolarni hal etishda
samarali bo‘lsa-da, ularning qo‘llanilishi nizo turi va tomonlarning ehtiyojlariga bog‘liq.
Shu holatda birgina misolni ko’rib chiqadigan bo’lsak, oilaviy munosabatlarda
mediatsiyani qo‘llash nazarda tutilganligini inobatga olib, nikohdan ajralish masalasi, er-
xotinning mol-mulkini bo‘lish masalasi, qolaversa aliment undirish masalasi sud orqali hal
qilinadi. Shuningdek, er-xotinning mol-mulkini bo‘lishni o‘zaro kelishgan holda ixtiyoriy
amalga oshirishlari va aliment undirish masalasini notariusda aliment kelishuvi qilishlari ham
mumkin. Lekin ko‘pchilik holatlarda er-xotinning o‘rtasida kelishmovchilik saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida voyaga yetmagan bolalarga
aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda
to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud
ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
100
yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda
belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir deb ko‘rsatilgan
6
.
Endi shu joyda ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda deyilgan, ularning o‘rtasida
kelishuvi notarial tartibda tuzilishi kerak. Demak, ota-onalarning o‘rtasida aliment masalasida
kelishmovchilik yuzaga kelganda mediatsiyani qo‘llash mumkin. Mediativ kelishuvda ota-
onalar aliment to‘lash haqidagi kelishuvni notarial tartibda amalga oshirishlari
majburiyatlarini olishlari mumkin. Bu degani agarda mediatsiya natijalariga ko‘ra ular
kelishuvga erishsalar, notarial tartibda aliment to‘lash haqidagi kelishuvni tuzishlari mumkin,
chunki bu joyda hech qanday qonun buzilish holati bo‘lmaydi. Agarda aliment to‘lovchi
alimentni ixtiyoriy to‘lamasa, aliment oluvchi notariusdan ijro varaqasi olib, ijro varaqasini
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga topshirishi mumkin. Bu bilan ularning
o‘rtasidagi munosabat sudsiz hal qilinadi.
Endi nikohdan ajratish va er-xotinning mol-mulkini bo‘lish masalasida ham mediatsiya
qo‘llasa bo‘ladi. To‘g‘ri, bu masalalar sud orqali hal etilishi qonunda belgilangan, ammo er-xotin
o‘rtalarida mediatsiya qo‘llanilgan va uning natijasiga ko‘ra mediativ kelishuvga erishgan
bo‘lsalar, ushbu mediativ kelishuvni sudga topshirishlari mumkin
7
. Ya’ni, unda nima sababdan
ajrashayotlarini, oilani saqlab qolish mumkin yoki mumkin emasligi, o‘rtalaridagi mol-mulkni
bo‘lish masalasi, qolaversa farzandlari kim bilan yashashligi yoki qolishi, ular bilan ko‘rishib
turish masalalarini, xususan aliment to’lash masalasini o‘zaro kelishgan holda hal qilishlari
mumkin. Bu esa er-xotin tomonidan mediativ kelishuvni sudga taqdim qilishganda sud
tomonidan ish ko‘rib chiqilishida o‘zining samarasini beradi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerak-ki, oilaviy munosabatlarda mediatsiya qo‘llanilganda yurist
va psixologlar qatnashgani ma’qul. Sababi oilaviy munosabatlarda stress holatlari juda ko'p
uchraydi, shu bilan birga huquqiy hujjatlar tuziladi. Ya’ni, huquqiy hujjatlar tuzilganda, bir
tarafning huquqi, muomila layoqati cheklanishi mumkin emas. Stressli holatlarda psixolog
ishtirok etsa, huquqiy hujjatlarni tuzishda, taraflarga qonunchilik bilan bog‘liq bo‘lgan
holatlarni va oqibatlarini tushuntirishda yurist ishtirok etadi.
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mediatsiya instituti O'zbekiston
Respublikasining huquqiy tizimida nizolarni hal etishning muqobil usuli sifatida keng
qo'llanilib, huquqiy islohotlar doirasida muhim o'rin tutmoqda. Sudgacha va sud jarayonidagi
mediatsiya bir-birini to'ldirib, nizolarni tezkor, tejamkor va samarali hal etish imkonini beradi.
Biroq, institutning barqaror rivojlanishi va to'liq potentsialini ochib berishi uchun bir qator
muhim masalalar mavjud bo'lib, ular kompleks yechimlarni talab qiladi.
"Mediatsiya to'g'risida"gi O'RQ-482-son qonun va tegishli protsessual kodekslarga
kiritilgan o'zgarishlar mediatsiya institutining huquqiy asoslarini mustahkamladi. Biroq,
qonunchilik hali ham takomillashtirish jarayonida bo'lib, amaliyotda yuzaga keladigan
muammolarni hal qilish uchun yangi normalar kiritilishi zarur. Xususan, mediativ
kelishuvlarning ijro mexanizmlari, mediatorlarning professional javobgarligi va mediatsiya
jarayonida maxfiylik tamoyillarini buzishning oqibatlari yanada aniqroq tartibga solinishi
kerak.
6
S.Maripova. Oilaviy mediatsiyaning huquqiy tartibga solinishi va rivojlanish istiqbollari. Elektron manba.
https://uza.uz/ru/ posts/pravovoe-regulirovanie-i-perspektivy-razvitiya-semeynoy-medi-02-10-2019
7
S. Maripova, "Fuqarolik protsessida mediatsiyani qo'llash: qiyosiy-huquqiy tahlil." 2022.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
101
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi mediatsiya sohasida
ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Onlayn mediatsiya platformalarining joriy etilishi, video
konferenslar orqali mediatsiya sessiyalarini o'tkazish, raqamli hujjatlarni boshqarish
tizimlarining yaratilishi mediatsiya jarayonini yanada qulay va samarali qilish imkonini beradi.
Bu, ayniqsa, geografik jihatdan uzoq joylarda joylashgan taraflar uchun muhim ahamiyatga ega.
Viloyat va tuman darajasida ixtisoslashgan mediatsiya markazlarining tashkil etilishi
mediatsiya xizmatlarining sifatini oshirish va ularga kirish imkoniyatini kengaytirish uchun
zarur. Ushbu markazlar professional mediatorlarni jalb etish, mediatsiya seanslarini o'tkazish
uchun qulay sharoitlar yaratish va taraflarga konsultatsiya berish funktsiyalarini bajarishi
mumkin.
Mediatsiya instituti O'zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida nizolarni hal
etishning progressiv usuli sifatida o'z samaradorligini isbotlagan. Sudgacha va sud jarayonidagi
mediatsiya bir-birini to'ldirib, taraflarga qulay va tejamkor yechim topish imkonini beradi.
Institutning kelgusi rivoji O'zbekiston jamiyatida huquqiy madaniyatni mustahkamlash,
ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va fuqarolarning huquqiy xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu yo'nalishda amalga
oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz huquqiy tizimining modernizatsiyasiga muhim hissa
qo'shadi va xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanish imkonini beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Mediatsiya to'g'risida"gi Qonun. O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'RQ-482, 3 iyul
2018. https://lex.uz/uz/docs/-3805227
2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizolarni muqobil hal etishning
mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, PQ-4754, 17
iyun 2020. https://lex.uz/ru/docs/-4859436
3.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi https://lex.uz/docs/-
3517337
4.
O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi https://lex.uz/uz/docs/-
3523891
5.
A. Xakberdiyev, M. Mamasiddiqov.
Nizolarni muqobil hal etish usullari
. Toshkent: TDYU
Elektron kutubxonasi, 2025. https://library-tsul.uz/nizolarni-muqobil-hal-etish-usullari-
xakberdiyev-a-mamasiddiqov-m-2025/
6.
S.Maripova. Oilaviy mediatsiyaning huquqiy tartibga solinishi va rivojlanish istiqbollari.
Elektron manba. https://uza.uz/ru/posts/pravovoe-regulirovanie-i-perspektivy-razvitiya-
semeynoy-medi-02-10-2019/