ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
QORAQOLPOG‘ISTONNING IQLIMI EKSTREMAL AHOLI PUNKTLARIDA
YOMG‘IR SUVLARINI YIG‘ISH VA ULARDAN FOYDALANISH
S.K.Pirniyazov
(Qoraqalpoq Davlat Universiteti)
R.T.Ibragimov
(Qoraqalpoq Davlat Universiteti)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15916834
Annotatsiya:
Ushbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari
hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar
yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi hududlarida suv ta’minotida qo‘llash
bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish usuli bilan suvtejamkor sug‘orish
texnologiyalarini birgalikda qo‘llash orqali ekologik va landshaft muammolarini yechish
bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Yomg‘ir suvlarini, noqulay bo‘lgan aholi punktlari, Amudaryo suvi,
Konsepsiya, landshaft, filtirlash tizimi, Suv yig‘ish maydoni.
Asosiy qism. Kirish.
“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” qabul qilingan bo‘lib, Konsepsiyada 2030 yilga
qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab
olingan yerlarning umumiy maydonini 2,0 mln gektargacha yetkazish belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek ayni paytda “Yashil makon” umummilliy loyihasi kabi loyixalar keng amalga
oshirilib, respublikada daraxtlar sonini oshirish bilan havo tozaligini oshirish mamlakatimiz
ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyati beqiyos xisoblanadi [1], [2].
Ma’lumki mamlakatimiz, xususan respublikamizning Amudaryo suviga bog‘langan
janubiy hududlari nafaqat aholi sonining oshishi va global iqlim o‘zgarishi kabi jiddiy
muammolar balki davlatlaro suv munosabatlaridagi chigallik sababli o‘tkir suv tanqisligiga
yuz kelmoqda. Bu esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarining rivojini xavf ostiga qo‘yadi.
Suv yetishmovchiligi kelajakda misli ko‘rilmagan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Amudaryodan yiliga 10 kilometr kub miqdorida suv olish maqsadida
Afg‘oniston tomonidan qurilayotgan Qo‘shtepa kanali kabi transchegaraviy suv taqsi moti
bo‘yicha muammolar o‘zi shundoq ham suv tanqisligidan aziyat chekayotgan
respublikamizning suv xo‘jaligi va unga bog‘liq boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlarining faoliyati va
rivoji uchun jiddiy xavf hisoblanadi [3].
Maskur maqolada ko‘tarilgan mavzu mamlakatimizning ko‘plab hududlarida suv
resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan
va shu jumladan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan
muammolardan xisoblanadi. Buning natijasida bu yerda suvni tejash texnologiyalari nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda tabiiy resurslarni tejashga hissa qo‘shishi mumkin
bo‘lgan chora-tadbirlarga: suv iste’molini tejash masalasini targ‘ib qilish; suvni qayta
regeneratsiyalash (iloji bo‘lsa); chiqindi suv va yomg‘ir suvlarini qayta ishlatish. Tadqiqot
mavzusi bilan bog‘liq adabiyotlar soni juda kam, ular, asosan xorijiy nashrlardagi ilmiy
maqolalar va ma’lumotnomalar tarzida bayon etilgan.
Yomg‘ir suvini yig‘ishning asosiy
sxemasi quyidagicha: (1- rasmga qarang)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
1-rasm. Yomg‘ir suvini yig‘ishning asosiy sxemasi
• Suv yig‘ish maydoni (odatda, tom yoki boshqa suv o‘tkazmaydigan sirtlar);
• Quvurlar va tarnovlar (yig‘ilgan suvni saqlash idishlariga yo‘naltiradi);
• Filtirlash tizimi (suvni iflosliklardan tozalash uchun); suvni saqlashga mo‘ljallangan
rezervuarlar;
• Parallel suv ta’minoti.
Suv yig‘ish maydoni – bu yomg‘ir yog‘adigan va yig‘iladigan yuza. Suv yig‘ish maydoni
sifatida tom yoki maxsus qurilmalardan foydalanish mumkin. Yomg‘ir suvini yig‘ish va saqlash
uchun suv ombori er osti yoki yer ustida bo‘lishi mumkin. Buning uchun vaqt o‘tishi bilan o‘z
xususiyatlarini yo‘qotmaydigan materiallardan tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim -
beton, ruxlangan po‘lat, plastmassa, shisha tolali va boshqalar. Tabiy yomg‘ir suvini yig‘ish va
undan o‘simliklarni sug‘orish va maishiy xo‘jalik extiyoji uchun foydalanishdan tashqari, 2023-
yildan boshlab respublikamiz fermerlariga, shu jumladan Qoraqalpog‘iston fermerlari suvni
tejashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishlari uchun «Alfa-disk» firmasi internet orqali
boshqariladigan zamonaviy sug‘orish tizimini taklif etgan. Bunday tizimni fermer xo‘jaliklariga
o‘rnatish va undan foydalanish sug‘orish tizimini masofadan turib boshqarish va suv sarfini real
vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Ana shunday suvni tejash texnologiyasidan biri
Gidrogel texnologiyasidir. Gidrogel moddasi tuproqqa qushilganda suvni uzida saqlab,
o‘simliklarga kerak bo‘lganda yetkazib beradi. Bu usul sug‘orishga sarflanadigan suv miqdorini
20-40% gacha tejash imkonini yaratadi. Qayta foydalanish uchun basseyn va akva zonasidagi
suvni tozalash tizimlari. Yuzaga keladigan tabiiy va antropogen yuzlab moddalarning past
konsentratsiyasini o‘z ichiga olgan manba suvi – suv tozalash stansiyasida har xil turdagi ishlov
berishdan, shu jumladan dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Keyin suv suzish basseyniga tushadi, u
yerda basseynning ekspluatatsiya sharoitlariga qarab, shuningdek dezinfeksiya va hovuzga
tashrif buyuruvchilar bilan aloqa qilish natijasida yana o‘zgarishlarga uchraydi. Natijada, suv
sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi. Basseyndan ko‘p odamlar tomonidan birgalikda foydalanishi
suvda patogen mikroorganizmlarning to‘planishiga olib keladi. Suvni zararsizlantirish va
tozalash uchun turli xil dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish keng tarqalgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
Suvni tozalash sxemalari suvning sifati va sirkulyatsiya tizimining xususiyatlari bilan
belgilanadi va samaradorlik, soddalik hamda xavfsizlik talablariga javob berishi kerak (2 -
rasmga qarang).
2 ram. Suvni tozalash tizimining sxemasi
Suvni tozalash usullari:
1. Fizik tozalash bir qatlamli (kvarts qumi) yoki ko‘p qatlamli (shag‘al, qum, ko‘mir)
filtrlash vositalaridan foydalangan holda ko‘tariladigan va tushuvchi oqimlarda tez va sekin
filtrlash, shuningdek membranali filtrlash orqali mexanik aralashmalarni olib tashlash uchun
amalga oshiriladi.
2. Kimyoviy tozalash faqat qayta jihozlanmagan tizimlarda amalga oshiriladi va nozik va
o‘ta nozik suspenziyalarni tez filtrlash jarayonida ularni ushlab turish uchun floklarni hosil
qilish uchun alyuminiy sulfat va natriy karbonatdan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
3. Hovuz suvini biologik tozalash tizimni ishga tushirgandan 1-3 kun o‘tgach, membrana
yuzasida bioplyonka hosil bo‘lishi natijasida sekin filtrlash jarayonida patogen
mikroorganizmlarni ushlab turadigan membranali filtrlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Suvni tozalash tizimi butun xizmat muddati davomida hech qanday texnik xarajatlarni
talab qilmaydi. Filtrlash jihozlari ko‘mir bilan to‘ldirilgan baklar shaklida tashkil etiladi, uni
vaqti-vaqti bilan to‘plangan ifloslantiruvchi moddalardan yuvish talab etiladi.
Basseyn suvi birinchi marta to‘ldirilganda ham, hovuzdan butun foydalanish davrida ham
tozalanadi. Suvni dezinfeksiyalash va basseyn xovuzi va dush xonalarini sterilizatsiya qilishga
alohida e’tibor beriladi [4].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
3 rasm. Ochiq basseyndagi suvni filtrlash tizimi
Suvni xlorlashtiradigan jihozlar va ularning ahamiyati. Oxirgi paytlarda basseynni
dezinfeksiyalash xloratorlar yordamida amalga oshirildi. Bu elektrolizator orqali oshxona
tuzini (natriy xlorid) xlorga aylantiradigan maxsus qurilmadir (3 - rasmga qarang). Suvni shu
tarzda xlorlash juda xavfsiz hisoblanadi, chunki butun jarayon xlorator ichida sodir bo‘ladi. Bu
suvning xususiyati oddiy suvdan farq qilmaydi.
Xulosa
Yomg‘ir suvlarini yig‘ish bilan tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishning
keng axoli qatlami uchun hamyonbop texnologiyasini loyihalash uni qurish, ekspluatatsiya
qilish tartibini ishlab chiqish yangi texnologik yechimlar hisoblanadi. Yangi usulning joriy
etilishi yashil maydonlarning oshishiga, aholi punktlari shaxarsozlik-landshaft darajasining
yaxshilanishiga, havo tozaligining oshishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga,
hudud ekologiyasining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“PF-6024-son 10.07.2020. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning
2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.” Accessed: Mar. 19,
2024. [Online]. Available: https: //lex.uz/docs/4892953
2.
“PF-199-son 23.11.2023. Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil
makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida.” Accessed: Mar. 19, 2024. [Online]. Available:
3.
A.N. Xazratov. “Mamlakatimiz suv xo’jaligi tarixi va buguni” Orient.Renaiss.Innov. Educ.
Nat. Soc. Sci., vol. 3, no. 5, Art. no. 5, 2023.
4.
Uralov A.S., Dauletmuratova N., Balgaeva Sh.A. Landshaft arxitekturasi ob’ektlari suv
ta’minotining zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari. “Muhandislik kommunikatsiya
tizimlarini loyihalash, qurish va modernizatsiya-lashning zamonaviy masalalari” mavzuidagi
Xalqaro ilmiy
–
amaliy konferensiyasi materiallari–Samarqand, SamDAQI, 2014.– B. 181–183.