Авторы

  • Madina Zokirjonova
    Namangan Davlat Pedagogika Instituti ijtimoiy fanlar fakulteti bakalavr talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.127461

Ключевые слова:

O’rganish yoshga doir xususiyat metodika leksik ko’nikma lingvistika.

Аннотация

Ushbu maqolada Ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchilarda til ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik usullar ko’rsatilgan. Xorijiy tilni o’rganayotgan o’quvchilarda psixologik, yoshga doir va o’qituvchining metodik usullari tahlil etilgan holda ma’lumotlar berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

160

BOSHLANG’ICH SINFLARDA LEKSIK KO’NIKMALARNI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLINGVISTIK VA METODIK ASOSLARI

Zokirjonova Madina Zohidjon qizi

Namangan Davlat Pedagogika Instituti

ijtimoiy fanlar fakulteti bakalavr talabasi

E-mail: madinazokirjonova95@gmail.com

Telefon: +99893134381

https://doi.org/10.5281/zenodo.16313723

Annotatsiya

: “O’quvchilarga individual yondashuv va motivatsiyasini oshirish orqali

o’quvchilarda o’rgatish samaradorligiga erishamiz”. Namangan Davlat Pedagogika Instituti
bakalavr talabasi Azimov Samandar Murodjon o’g’li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchilarda til

ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik usullar ko’rsatilgan. Xorijiy tilni
o’rganayotgan o’quvchilarda psixologik, yoshga doir va o’qituvchining metodik usullari tahlil
etilgan holda ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

O’rganish, yoshga doir xususiyat, metodika, leksik ko’nikma, lingvistika.

Аннотация:

В данной статье представлены понятия и методические приемы

развития языковых навыков у учащихся, изучающих английский язык. Представлена
информация об психологических, возрастных особенностях и методических приемах
учителя у учащихся, изучающих иностранный язык.

Ключевые слова:

Обучение, возрастные особенности, методика, лексический

навык, лингвистика.

Annotation:

This article presents concepts and methodological approaches to

developing language skills in students learning English. It provides information analyzing
psychological, age-related, and teacher's methodological methods in students learning a
foreign language.

Keywords:

Learning, age-related characteristics, methodology, lexical skill, linguistics.

Hozirgi kunda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish o’qituvchilari

uchun kundan- kunga dolzarb va ahamiyatli jarayon bo’lib bormoqda. O’quvchilarga dars
jarayonini tashkil etish uchun metodikalar va zamonaviy texnikalar ishlab chiqilmoqda.
O’quvchilarga dars jarayonini yaxshi tushuntira olishi uchun o’qituvchi nafaqat metodik
usullarni, o’z mutahasisligini bilishi bundan tashqari undan psixologiya bilishi ham talab
etiladi. Bilim darajasi yuqori bo’lgan bo’lgan o’qituvchilar albatta psixologik tomonlama ham
yaxshi ko’nikmaga ega hisoblanadilar. Yuqorida ta’kidlab o’tgan bilim, ko’nikma va malaka
kabi izoh berib ketsak fikrimizni yanada tushunarli ifoda etgan bo’lamiz.

Bilim deb bir soha yoki mavzu bo’yicha egallangan nazriy tushuncha, fakt va

ma’lumotlarga aytamiz. Ko’nikma bilimlarni amaliyotda qo’llay olish, tajriba orqali shakllanib
muayyan vazifalarni bajara olish jarayonidir. Malaka esa ko’nikmalarni biror sohada qo’llay
olish uchun zarur bo’lgan biliomlar to’plami. Bu tushunchalar o’zaro bir-birini to’ldirib keladi.
Masalan: Harflari o’rganish (bilim), yozishni mashq qilish (ko’nikma), yaxshi yoza olish esa
malakadir. O’quv jarayonida shakllantirish uchun O’quvchilarda kommunikativ savodxonlik
ko’nikma va malakalarini shakllantirishning didaktik asoslarini tadqiq qilishda eng avvalo
kommunikativ savodxonliklaririni ijtimoiy me’yorlarini aniqlash muhim. Ijtimoiy me’yorning
ko’lamini belgilashda bolalarning yosh va taraqqiyot darajasi, fikrni anglash hamda ifodalash


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

161

ehtiyoji, moddiy borliqni bilish ehtiyoji, turli darajadagi axborotlarni qabul qilish, idrok etish
darsjasi, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotga kirisha olish ko’lamini aniq hisobga olish
lozim[

1

].

Pedagogdan dars jarayonini to’g’ri shakllantirish talab etiladi. Shakllantirilgan dars

uning qay darajada mahoratli ustoz ekanligini namoyish qilib beradi va aniq ko’rsatadi. Bu
so’z pedagogning kasbiy mahoratining egasi ekanligini namoyish etadi. O’qituvchi dars
jarayonida o’quvchilari bilan qiladigan o’zaro suhbati, pedagogik muomilada dars jaroyinini
tashkil etishi, ularga bosim va hech qanday shartlarsiz o’rgata olish ko’nikmasidir. O’qituvchi
didaktik yondashuvda o’quvchilarga dars berishi esa uning darsining samarali bo’lishiga
yordam beradi.

Pedagogik takt va didaktik uslub uyg’unligida darslar natijasi yaqqol ko’zga tashlanadi.

O’qituvchidan ayniqsa, til o’rgatuvchi ustozdan qo’shimcha tarzda talab etiladigan yana bir
yo’nalish bu uning lingvopsixolog bo’lishidir. Lingvopsixologiya lingvistika va psixologiya
fanlari kesimida rivojlanayotgan fan bo’lib, u nutq jarayonining mazmuni, kommunikativ
ahamiyati, nutq aktining muayyan ijtimoiy-amaliy maqsadga yo’naltirilganligi, ularning
muloqot qiluvchilarga ta’siri doirasini o’rganadi[

2

]

Metodika va psixologiya ajramas ravishda davom etadi. Ikkisi bir-birini to’ldirgan holda

rivojlanadi va maqsad vazifalari to’g’ri ravishda amalga oshadi. O’quvchining dars jarayonida
o’zini tutishi, uning vazifalarni qilganligi, yoki diqqatining jamlashi kabi tushunchalar buning
isboti hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning leksik jihatdan bilimlarini oshirish
uchun o’quvchidan alohida yondashuv talab etiladi. O’quvchilardan leksik ko’nikma va
malakalarini oshirishning asosiy jihati ularni og’zaki so’zlashuv jarayoniga tayyorlash
hisoblanadi. Og’zaki nutqning ahamiyati esa o’quvchilarning so’zlardan sinonim, antonim,
iboralar va shu kabi so’z turlarini to’g’ri qo’llash maqsadida amalga oshadi. Xorijiy tilni
o’rganish davomida o’quvchilardan alohida e’tibor talab qilinadi. Og’zaki nutq
ko’nikmalarining mukammal shakllantirish darajasi uzoq muddatli xotiradagi so’zlardan
foydalanish ko’nikmasi, so’zlarni tanlay olish, ya’ni xorijiy sinonimiyani ishlata olish
ko’nikmalarini o’z ichiga oladi[

3

].

Jahon miqyosida keng ildiz otib borayotgan ingliz tilini o’rganish jarayonida

o’qituvchilardan til o’rgatish jarayonini tez va sofatli o’rgatish usullari talab qilinayapdi.
O’quvchilar guruhi ichida e’tibor talab etilayotgan guruh boshlang’ich va maktabgacha ta’lim
tizimida bo’lgan o’quvchilar qatlami hisoblanadi. Ingliz tilini maktabgacha va boshlang’ich sinf
o’quvchilariga o’rgatish jarayoni o’smirlarga qaragamda ancha qiyinroq kechadi. Bolalarning
psixologiyasidan kelib chiqgan holda emotsional va nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olib
alohida yondashuv asosida o’qitish metodikasini ishlab chiqish zarur. Maktabgacha va
boshlang’ich sing o’quvchilari yoshidagi bolalar kattaroq yoshdagi bolalarga nisbatan
e’tiborning pastligi, bir narsaga uzoq vaqt diqqat bilan qaramasligi kabi muammolarni keltirib
chiqaradi. Bolalarda o’yin orqali gramtik qoidalarni ham dars jarayonida o’rgatilishi kerak

1

Saydaliyeva M.A. MAKTAB O’QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV SAVODXONLIGINI TA’MINLASH PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA. Namangan Davlat Universiteti.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.08-09.04.2022.B.259-263.

2

Saydaliyeva M. A. Boshlang’ich sinflarda Ingliz tilini o’qitishda o’quvchilarning og’zaki nutq kompotensiyasini

shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari.SamDu ilmiy axborotnoma.2(138),2023.B.81

3

Saydaliyeva M. A oshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki nutqni shakllantirishda gapirish va

tinglab tushunish ko‘nikmalarining uzviyligi // Международный научный журнал «Научный импульс». — № 31
(100), часть 1, Март 2025. — С. 53-60.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

162

bo’lgan mashg’ulotlarni ham tashkil etsagina ularning diqqat e’tiborini o’z hohishlari bilan jalb
etish mumkin bo’ladi. Bu yosh davridagi bolalarda yangi til o’rgatishning qiyinchilik
jihatlaridan yana biri bolalarda o’z ona tilisi hali to’liq shakllanlanmaganligida yuzaga keladi.
Ona tilidagi so’zlarni Ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchilarda almashtirib yuborishlari ham
mumkin. Bolalarda til o’rgatish jarayonini o’rgatish uchun asosan ko’rgazmali materiallar va
rag’bat berish, motivatsiyasi oshirish usullarida ham natijaga erishiladi. O’quvchilarga dars
davomida qatnashishlariga qarab leksik ko’nikmalarini oshirish maqsadida har bir o’rgamgan
so’ziga uning ma’nodoshi va qarama qarshisiga so’z topish usuli orqali o’quvchilarning leksik
boyliklarini oshirish mumkin bo’ladi. O’quvchilarda o’rganishga bo’lgan ishtiyoq
motivatsiyalarini oshirish dars jarayonini samaraliroq qilishning yana bir usuli hisoblanadi.
Ularni dars davomida qilgan xato va kamchiliklariga ko’z yumib, birozdan so’ng o’zlariga
bioldirmasdan to’g’irlab ketish yordamida o’quvchining darsga bo’lgan ishtiyoqi o’sadi. Kichik
yosh davrlarida o’quvchilarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqlarini oshirish uchun
o’qituvchilardan har bir o’quvchiga alohida yondashish orqali dars o’tish talab etiladi.
O’quvchilarda leksik ko’nikmasini shakllantirayorgan davr mobaynida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan yana bir muammo o’quvchilarning talaffuz jaroyonida qiyinchiliklari hisoblanadi. Ko’p
kichik yoshdagi o’rganuvchilar yangi tilni o’rganishda shu kabi muammolarga duch kelishadi.
Bu kabi muammolarni oldini olish uchun o’qituvchidan alohida yondashuv va kreativlik talab
qilinadi. Maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ularning bilim va
savodxonliklarini oshirishda yuzaga keladigan yana bir jihat o’quvchilar yoshiga mos ravishda
to’g’ri keladigan darsliklarning yetishmasligi yoki ular uchun mos emasligi hisoblanadi. Ta’lim
tizimida yuzaga kelayotgan shu kabi muammoli vaziyatlarni oldini olish uchun o’qituvchidan
izlanish va to’ztab qolmaslik talab eetiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Saydaliyeva M.A. MAKTAB O’QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV SAVODXONLIGINI

TA’MINLASH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Namangan Davlat Universiteti.Xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiya.08-09.04.2022.B.259-263.
2.

Saydaliyeva M. A. Boshlang’ich sinflarda Ingliz tilini o’qitishda o’quvchilarning og’zaki

nutq

kompotensiyasini

shakllantirishning

ilmiy-nazariy

asoslari.SamDu

ilmiy

axborotnoma.2(138),2023.B.81
3.

Saydaliyeva M. A oshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki nutqni

shakllantirishda gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarining uzviyligi // Международный
научный журнал «Научный импульс». — № 31 (100), часть 1.
4.

Azimov S.M. Ingliz tilini o‘rgatish: maqsadlarni belgilash va motivatsiyani yuksaltirish.

NamDPi “iqtidori talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali. Maxsus son. 2024.B- 9-16.
5.

Maxammadaliyeva, S. A., & Azimov, S. M. (2024). Methods of Teaching English for

Secondary School Students during Era of Modernization. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(7),
195–196.
6.

Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. The place and significance of the English language

worldwide // International Journal of Scientific Researchers. — Volume 5, Issue 2, 2024. —
Impact Factor 7.293. — 31.05.2024.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

163

7.

Dehqonova Guljahon Ahmadjonovna, Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. Axborot va

uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati // Respublika ilmiy-amaliy anjuman «Ilm-fanning dolzarb
masalalari: muammo va yechimlar», I qism, Toshkent, 2024, 22-23 may. – Toshkent: NIF MSH,
2024. B. 288– 214-bet.
8.

Boltaboyeva Ma’rifatxon Baxromjon qizi, Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. (2025).

TARJIMANING SOHALAR BO‘YICHA QOLLANILISHI VA FAN YUZASIDAN TUTGAN O‘RNI.
Hamkor

Konferensiyalar,

1(14),

1399–1402.

https://academicsbook.com/index.php/konferensiya/article/view/1974

9.

Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li, Darvishaliyeva O‘g‘ilxon Adhamjon qizi. Learning a

new language: difficulties and solutions // “Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy
yondashuvlar va innovatsiyalar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari,
Namangan, 10-11 oktabr, 2024-yil. – Namangan: universaljurnal.uz, 2024. B.234-235.

Библиографические ссылки

Saydaliyeva M.A. MAKTAB O’QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV SAVODXONLIGINI TA’MINLASH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Namangan Davlat Universiteti.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.08-09.04.2022.B.259-263.

Saydaliyeva M. A. Boshlang’ich sinflarda Ingliz tilini o’qitishda o’quvchilarning og’zaki nutq kompotensiyasini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari.SamDu ilmiy axborotnoma.2(138),2023.B.81

Saydaliyeva M. A oshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki nutqni shakllantirishda gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarining uzviyligi // Международный научный журнал «Научный импульс». — № 31 (100), часть 1.

Azimov S.M. Ingliz tilini o‘rgatish: maqsadlarni belgilash va motivatsiyani yuksaltirish. NamDPi “iqtidori talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali. Maxsus son. 2024.B- 9-16.

Maxammadaliyeva, S. A., & Azimov, S. M. (2024). Methods of Teaching English for Secondary School Students during Era of Modernization. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(7), 195–196.

Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. The place and significance of the English language worldwide // International Journal of Scientific Researchers. — Volume 5, Issue 2, 2024. — Impact Factor 7.293. — 31.05.2024.

Dehqonova Guljahon Ahmadjonovna, Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. Axborot va uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati // Respublika ilmiy-amaliy anjuman «Ilm-fanning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar», I qism, Toshkent, 2024, 22-23 may. – Toshkent: NIF MSH, 2024. B. 288– 214-bet.

Boltaboyeva Ma’rifatxon Baxromjon qizi, Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li. (2025). TARJIMANING SOHALAR BO‘YICHA QOLLANILISHI VA FAN YUZASIDAN TUTGAN O‘RNI. Hamkor Konferensiyalar, 1(14), 1399–1402. https://academicsbook.com/index.php/konferensiya/article/view/1974

Azimov Samandar Murodjon o‘g‘li, Darvishaliyeva O‘g‘ilxon Adhamjon qizi. Learning a new language: difficulties and solutions // “Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Namangan, 10-11 oktabr, 2024-yil. – Namangan: universaljurnal.uz, 2024. B.234-235.