ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
ABDUQAYUM YOʻLDOSHEV HIKOYALARIDA RAMZIYLIKNING OʻRNI
Yodgorjon Zokirjanov
Mustaqil tadqiqotchi
yodgorjonzokirjonov99@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16257392
Annotatsiya
: Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning hikoyalari
tahlil qilingan. Ayniqsa, ijodkor hikoyalarida ramziylikning oʻrni alohida ahamiyat kasb etgan.
Xususan, yozuvchi hikoyalaridagi davr ruhiyati, ijtimoiy kayfiyat masalalari haqida
mulohazalar bildirilgan. Hikoyalardagi obrazlar ruhiyati va psixologiyasi orqali davr
manzarasi aks ettirilgan.
Kalit soʻzlar
: hikoya, davr koloriti, psixologizm, janr, obraz, ijtimoiy kayfiyat.
Annotation
: This article analyzes the stories of the renowned writer Abduqayum
Yuldashev. The role of symbolism is particularly important in the creative stories. In
particular, it offers reflections on the spirit of the era and issues of social mood portrayed in
the writer’s stories. The landscape of the time is reflected through the mentality and
psychology of the characters in these narratives.
Keywords
: story, period atmosphere, psychologism, genre, character, social mood.
Kirish
. Oʻzbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi.
Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarning asosiy boʻgʻinini tashkil
etadi. Bu janr azal-azaldan didaktik ma’no kasb etadi. Hikoya inson hayotida yuz bergan
ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida
nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan – bular toʻgʻrisida ma’lumot berish shart emas.
Ammo personaj yashayotgan muhit va uning ta’siri asarda, albatta, bayon qilinadi. Davr va
inson muammosi adabiyotshunoslikda muhim oʻrin egallab kelayotgani, inson xarakteri va
ijodkor badiiy olamining mushtarakligi, ijodkor badiiy dunyosining hali ilgʻanmagan
jihatlarini, ochilmagan qirralarini tadqiq qilish zarurligini taqozo etmoqda. Badiiy adabiyotda
namoyon boʻluvchi real-tarixiy zamon, makon hamda insonni idrok etish jarayoni sekinlik
bilan, murakkab kechmoqda. Makon va zamonning alohida xususiyatlari, shunga aloqador
holatda, janr yoʻnalishlari va badiiy ifodalashning real jihatlari insoniyat qoʻlga kiritgan tarixiy
taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda oʻrganilmoqda.
Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini kuzatar ekanmiz, unda bosh qahramon hayotida
kechayotgan ruhiy evrilishlarga duch kelamiz. “Tushov”, “Biz boʻlmagan joylarda”, “Bezori”
kabi hikoyalari yozuvchining ijodiy shaxs konsepsiyasini belgilab beruvchi asarlar deb ayta
olamiz. Bugungi kunda adibning bir qator sara qissalari, hikoyalari nashr qilindi.
Yozuvchining har bir asari matbuot yuzini koʻrar ekan, ijodkor oʻz uslubi bilan kitobxon
qalbini zabt eta oldi. Adib asarlarini oʻquvchi oʻz xayollarida hamda koʻz oʻngida gavdalantira
oladi. Buning boisi, muallif, asosan, syujetni oʻz hayotida guvohi boʻlgan voqealarga tayanib
aks ettiradi. Buni biz birgina “Bezori” hikoyasi misolida ham koʻrishimiz mumkin.
Hikoyanavis Abduqayum Yoʻldoshevning oʻziga xosligi shundaki, uning hikoyalarida
jamiyatda uchrab turadigan muammolar – ikkiyuzlamachilik, zoʻravonlik, loqaydlik,
beparvolik, bepisandlik, xudbinlik, shuhratparastlik, kibr, mahmadonalik, sovuqqonlik,
tanqidga chidamsizlik, bir soʻz bilan aytganda, koʻpincha shaxs, jamiyat ma’naviyatidagi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
141
boʻshliqlar haqqoniy aks ettirilgan. Bunday illatlar barcha davrlardagi singari bugungi kun
kishilari hayotida ham uchrab turadi. Yozuvchi hikoyalarida kundalik turmushimizda uchrab
turadigan bunday holatlarni chuqur tahlil qilishga kirishadi. Adabiy-badiiy xronotopda makon
va zamon alomatlarini bir butun holda va aniq idrok etish mumkin. Bu yerda vaqt
quyuqlashadi, tigʻizlashadi, badiiy nigohga aylanadi; makon esa vaqt, syujet va tarix harakati
doirasida jadallashadi hamda kengayadi. Zamon alomatlari makonda namoyon boʻlsa, makon
zamonda oʻlchanadi va anglanadi. Badiiy xronotop tabiati mana shunday qorishiq alomatlar
oqimida namoyon boʻladi. Abduqayum Yoʻldoshevning barcha hikoyalarida zamon va makon
uygʻunligini – xronotopni kuzatishimiz mumkin.
Hikoyalarda haqqoniy hayot manzaralari, millat, el-yurt gʻami, orzu-intilishlari ifodasini
badiiy boʻyoqdorlik bilan ifodalaydi. Jumladan, adibning “Homiy”, “Mashaqqatlar osha
yulduzlar sari”, “Boy”, “Mix”, “Alvido goʻzallik”, ”Oʻzgalar fikri”, “Muammo bormi?”, ”Hissa”,
“Bandi”, “Yetim soʻz” kabi bir qancha hikoyalarida jamiyatda uchrab turadigan muammolar,
insonlar oʻrtasidagi ayrim ziddiyatlar qalamga olinadi. Bunday muammolarning ma’naviy-
axloqiy va ijtimoiy mohiyatini badiiy asoslashga harakat qilgan adib, kitobxonni ibratli va
hayotiy misollar vositasida tarbiyalash maqsadini koʻzda tutadi.
Jamiyatda yashayotgan shaxs oʻzining ma‘lum bir ijtimoiy muhitda shakllangan
qarashlari, orzu-intilishlariga ega va ular oʻzi mansub boʻlgan guruhning vakillarining
dunyoqarashiga mos keladi. Inson jamiyatsiz yashay olmasligi rad etib boʻlmas haqiqat. Har
qanday shaxs oʻzi yashayotgan makon va zamonga, u yaratgan qoidalarga, ta‘bir joiz boʻlsa,
“qoliplarga” moslashadi. Aks holda u jamiyatdan uzilib qoladi. Habibulla Qodiriy “Otam
haqida” nomli kitobida Abdulla Qodiriyning “Robinzon Kruzo” asari haqidagi ayrim fikrlarini
eslab oʻtadi. Muallifning aytishicha, Daniel Defo “inson jamiyatsiz ham yashay oladi, u shaxs
sifatida mavjud ekan, demak u hech kimga muhtoj emas” tarzida fikrlaydi va buni isbotlash
maqsadida yuqorida nomi zikr etilgan asariga qoʻl uradi. Abdulla Qodiriyning aytishicha,
Daniel Defo oʻz qarashlarini himoya qila olmagan. Chunki u yaratgan qahramonning tirik
qolishiga xizmat qilgan qurol ham jamiyat vakillarining ixtirosi, Jumavoy obrazi ham jamiyat
a‘zosi edi. Shunday ekan, jamiyat va davr inson shaxsiyatiga ta’sir etuvchi, uni shakllantiruvchi
asosiy omillardir. Darhaqiqat, badiiy asarlarga jonlilik baxsh etadigan tushuncha – real shaxs
tushunchasi hamisha asosiy oʻrinda turadi. Nega deganda, oʻquvchi hamisha haqiqat izlaydi.
Agar qahramon davr ruhi bilan “sugʻorilmagan” boʻlsa u “soxta qahramon”dir. Albatta, zamon
va makondan uzilib qolgan bunday qahramonlar ijobiy obraz sifatida shakllana olmaydi.
Abduqayum Yoʻldoshev kichik hajmli hikoyalariga shunday xarakterlar yaratadiki,
oʻzining murakkabligi, irodaliligi va irodasizligi, kuchi va kuchsizligi, sabri va sabrsizligi, baxti
va baxtsizligi, qoʻli uzun yoki imkonsizlik darajasini mahorat bilan qorishtirib koʻrsatadi.
Chunki inson mukammal emas. Shuning uchun ham oʻquvchi uni bir nafasda oʻqib chiqadi.
Mualllifning “Dahshat” hikoyasi qahramonlari Nozim va Zuhra ham bugungi kunning urchib
borayotgan “kasalligi” ga duchor boʻlishgan. Toʻy harajatlari, soxta obroʻ orttirish vasvasasi,
sogʻlikdan koʻra oʻtkinchi havaslarni ardoqlash kabi illatlar asiriga aylanib ulgurganlar.
Bugungi jamiyatning ogʻriqli nuqtalari bu ikki qahramon hayoti orqali gʻoyatda mahorat bilan
tasvirlangan.
Asar koʻproq fikr-oʻylar bayoni asosiga, dialoglarning kamligi bilan xarakterlidir. Bu ham
oʻquvchiga Nozim va Zuhraning ruhiy holati qay darajada “toʻkilishga tayyor turgan devor”
holatiga kelib qolganini yaqqol koʻrsatadi. Qayta-qayta “xalq tabobati” ga murojaat qilishi esa
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
sogʻlik uchun chiqimdor boʻlishni xohlamasligini ifodalamoqda. “Surxondaryoda oʻsadigan
xurmo, aptekadan yod olib, oz-oz ichib turish, aroqqa sarimsoqpiyoz solib 12 soat
muzlatkichda saqlash” kabi suvtekin, tajribadan oʻtmagan, inson salomatligiga ziyon
yetkazadigan “xalq tabobati” bilan kasalni davolamoqchi va shu bilan sogʻlik uchun
sarflanadigan pulni tejab, odamlar ortiqcha gap-soʻz qilmasliklari uchun dabdabali toʻy
oʻtkazmoqchi boʻlgan Nozimlar, yigʻib terganini “orzu-havas qilganman” deya soat sayin soʻlib
borayotgan Zuhralar jamiyatda koʻpayib borayotgani achinarli holat va bu adabiyotda ham
boʻy koʻrsatmoqdaki, zero obrazlar hayoti ibrat boʻlsin.
Abduqayum Yoʻldoshev jamiyatning “obroʻtalablik vasvasasi”ga uchragan insonlarni oʻz
hikoyalari qahramonlariga aylantirish hamda murakkab va mukammal obraz yaratish
boʻyicha ancha mahoratli yozuvchidir.
XX asr oʻzbek adabiyotida realistik prinsip yetakchilik qila boshlagan davrdir. G.
Prospelovning uqtirishicha, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsipiga asoslangan
asarda “…yozuvchi oʻz qahramonlarini oʻzlari yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari
asosida shakllangan ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki mantigʻiga muvofiq
tarzda harakat qilish (istash, oʻylash, his etish, gapirish) ga majbur qiladi”
1
. Bundan kelib
chiqish mumkinki, davr va inson muammosi yoritilgan asarlar realizm namunalari boʻlib,
uning qahramonlari zamona bilan hamnafas boʻlgan, davr qoidalariga boʻysungan, ammo bu
tobelik evaziga hayotidan ayrim narsalarni qurbon berayotgan kishilar (“Ogʻzi qiyshiq boʻlsa
ham…”, “Dahshat” hikoyasi qahramoni) dir. Ayrimlari esa jamiyatning “tuzumiga” moslasha
olmay oʻz yogʻiga oʻzi qovurilayotgan insonlar (“Hissa”, “Bezori” hikoyasi qahramonlari)
obrazi hisoblanadi.
“Hissa” hikoyasi qahramonining:
“…Men ularning hamma-hammasi bilan xuddi shunday
musobaqa oʻynayman. Xuddi shunday … Zigʻirchayam farqi yoʻq… Nimasini aytay, umrim
shunday oʻyin bilan oʻtib ketyapti”
2
tarzidagi iqrori bugungi davr kishilarining toʻyona uchun
kimoʻzarga pul berish kabi mazmunsiz harakatlarni aks ettirmoqda. “Odamlar nima deydi”,
deb harakat qilayotgan odam munofiq boʻladi. Afsuski, munofiqlik kundan kunga jamiyat
boʻylab ildiz otib bormoqda.
“…Nalogini olgandan keyin yoʻlni remon qilib qoʻysa boʻlmaydimi?... Sodiq bejiz tutamaydi,
bejiz figʻoni falakka chiqmaydi, axir, jimitday ehtiyot qismning narxi osmonda boʻlib turgandan
keyin”
3
.
Bu jumla qahramonning narx-navoning balandligidan, transport yoʻllarining
nosozligidan, demakki, davr va muhitdan noroziligini koʻrsatib turibdi, shuning uchun boʻlsa
kerak, jizzaki, haddan tashqari ehtiyotkor.
Xulosa
. Har qanday badiiy obraz singari inson obrazi – personaj ham konkret davr,
hudud va ijtimoiy muhitda harakat qiladi. Muayyan kasb-kor bilan mashgʻul boʻladi. Va
ularning barchasi qahramonning nutqida aks etadi. Abduqayum Yoʻldoshev hikoyalarida ham
personaj nutqi uning psixologik holati bilan birga muhitini ham namoyon etadi.
Qahramonning muhit bilan konflikti uning boshqa personajlar bilan toʻqnashuvlar,
ruhiyatidagi ziddiyatlar tasviri orqali ochib beriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijodkorning ikki hikoyasi – “Dahshat” va “Hissa” hikoyasi
qahramonlari va ularda tasvirlanayotgan jarayon bugungi kunning asl qiyofasidir. Ijodkor toʻy
1
Проспелов Г.Н Проблемы историческогоразвития литературы. – М. 1972. – с.52.
2
Yoʻldoshev A. Mubtalo. – T.: Yangi asr avlodi, 2023. – B. 149.
3
Yoʻldoshev A. Mubtalo. – T.: Yangi asr avlodi, 2023. – B. 151.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
143
mashmashalarini “musobaqa” sifatida tasavvur qiladi va uni oʻrinli ravishda toʻgʻri ta’riflay
oladi.
Biz ushbu bobda “Hissa” va “Dahshat” hikoyalarida yoritilgan inson va davr muammosi
masalasiga kengroq toʻxtalishga harakat qildik. Adabiyot davr bilan hamisha hamnafas,
shundy ekan davr ta’siri inson siyratida hamisha aks etaveradi.
Bitiruv malakaviy ishning ushbu bobida ijdkor hikoyalaridagi maishiy hayot tasviri,
ijtimoiylik, muallifning ruhiy-psixologik ijod uslubidagi oʻziga xoslik quyidagi hikoyalar
asosida oʻrganildi: “Vido ziyofati”, “Mashaqqatlar osha olis yulduzlar sari”, “Parim boʻlsa…”,
“Bezori”, “Ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham…”, “Mubtalo”, “Karomat”, “Alvido, goʻzallik”, “Puankare”.
Ijodkor “Mashaqqatlar osha olis yulduzlar sari”, “Ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham…”, “Alvido,
goʻzallik”, “Puankare” hikoyalarida maishiy hayotda insonni ruhan va jismonan moslashish
jarayoni, aniqroq aytganda qahramonlarning hayotida ijtimoiylik munosabatlari, bugungi
globallashuv jarayoni kishilarining shaxsiy dunyoqarashlari aks etgan. Farzandiga kitob
oʻqitish bilan mashhurlikka erishmoqchi boʻlgan ota-onalar “Mashaqqatlar osha olis yulduzlar
sari…” hikoyasida tasvirlangan boʻlsa, insoniyat oʻzi yaratib olgan “qonun-qoidalarga” oʻzining
qul boʻlishi “Ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham…” hamda “Puankare” hikoyalarida aks ettirilgan.
“Puankare” hikoyasida esa ijodkor kishilarning ijtimoiy munosabatlarini mukammal tasvirlab
bera olgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yoʻldoshev A. Mubtalo. – T.: Yangi asr avlodi, 2023. –304 b.
2.
Йўлдошев А. Дарё. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2017.– 413 б.
3.
Қўчқорова М. Бадиий сўз ва руҳият манзаралари. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. –
232 б.
4.
Шералиева М. Ҳозирги ўзбек насрида киноя. – Тошкент: Академнашр, 2016. – 224
б.
5.
Quvonch Mamiraliyev. Istiqlol davri oʻzbek she’riyatida janrlar modifikatsiyasi. –
Toshkent: Anorbooks, 2024. – 208 b.
6.
Quvonch Mamiraliyev. (2022). Genre modification in Uzbek poetry of the independence
period. European. Journal of Humanities and Educational Advancements, 3(3), 115-119.
Retrieved from.