Авторы

  • Dinora Raxmatova
    Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.130115

Ключевые слова:

milliy qadriyatlar tarbiya darslari fuqarolik pozitsiyasi shaxsiy kamolot an’analar pedagogik yondashuv fuqarolik tarbiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada tarbiya darslari jarayonida milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va mustahkamlashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat, milliy o‘zlikni anglash kabi fazilatlarini rivojlantirishda milliy urf-odatlar, an’analar, tarixiy meros va ajdodlar o‘gitlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya darslarining mazmuni va metodikasini takomillashtirish orqali yosh avlodni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida kamol toptirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

94

TARBIYA DARSLARIDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

FUQAROLIK POZITSIYASINI MUSTAHKAMLASH

Raxmatova Dinora Isomovna

Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16612768

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tarbiya darslari jarayonida milliy qadriyatlar asosida

o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va mustahkamlashning nazariy hamda
amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat, milliy
o‘zlikni anglash kabi fazilatlarini rivojlantirishda milliy urf-odatlar, an’analar, tarixiy meros va
ajdodlar o‘gitlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya darslarining mazmuni va
metodikasini takomillashtirish orqali yosh avlodni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan
shaxs sifatida kamol toptirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar:

milliy qadriyatlar, tarbiya darslari, fuqarolik pozitsiyasi, shaxsiy kamolot,

an’analar, pedagogik yondashuv, fuqarolik tarbiyasi.

Kirish.

Har bir jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, uning yoshlarga bergan tarbiyasiga bog‘liq.

Tarbiya — bu faqat axloqiy normalarni o‘rgatish emas, balki inson shaxsini jamiyatga, Vatanga,
el-yurtga sadoqatli fuqarolar qilib shakllantirish jarayonidir. Ayniqsa, bugungi globallashuv va
axborot oqimi kuchaygan davrda yoshlarning qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira,
vatanparvarlik va fuqarolik burchini anglash tuyg‘ularini uyg‘otish dolzarb vazifaga
aylanmoqda. Bu borada ta’lim-tarbiya tizimi, xususan, tarbiya darslari muhim o‘rin tutadi.

Milliy qadriyatlar xalqning asrlar davomida shakllangan axloqiy, ma’naviy, madaniy

boyligidir. Ular xalq ruhiyatining, dunyoqarashining, hayotga munosabatining namoyonidir.
Aynan shu qadriyatlar orqaligina biz o‘zimizni anglaymiz, ildizlarimizni taniymiz va
kelajagimizni belgilaymiz. Shu bois, maktab ta’limida tarbiya darslarini faqatgina umumiy
axloqiy mavzular bilan cheklab qo‘yish emas, balki ularni milliy ruhda boyitish, yosh avlodni
o‘z xalqining tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan chuqur tanishtirish, ularning fuqarolik
pozitsiyasini shakllantirish zarurati mavjud.

Fuqarolik pozitsiyasi – bu nafaqat huquqiy ong va yuridik bilimlar majmuasi, balki jamiyat

oldida mas’uliyatli bo‘lish, adolatli qarorlar qabul qilish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish,
Vatanga sodiq bo‘lish fazilatidir. Bunday pozitsiyani yosh ongiga singdirish esa faqat nazariy
darslar bilangina emas, balki yurakka ta’sir etuvchi, ruhiyatni silkituvchi milliy qadriyatlar
orqali amalga oshiriladi. Farzandlarimiz xalqimizning bebaho merosini anglab yetgan, uni
asraydigan va davom ettiradigan, shu yurtda o‘z o‘rnini topa oladigan barkamol shaxs bo‘lib
kamol topishi uchun tarbiya darslarining mazmuni tubdan yangicha yondashuvlarni talab
etadi. Ushbu maqolada aynan shu masalalar – ya’ni tarbiya darslari orqali o‘quvchilarda
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlardan samarali foydalanish yo‘llari, bu
boradagi metodik yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar tahlil etiladi. Maqsad – yoshlar
qalbida ona-Vatanga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat, o‘z millatiga faxr bilan qarash
tuyg‘ularini uyg‘otish orqali ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar etib
tarbiyalashdir.

Milliy qadriyatlar va fuqarolik tarbiyasi tushunchalari pedagogika, psixologiya, falsafa,

sotsiologiya kabi fanlar doirasida keng o‘rganilgan bo‘lib, bu ikki tushuncha o‘zaro uzviy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

95

bog‘liqdir. Ularning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan
kamolga yetkazish g‘oyasi yotadi.

Milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati.

Milliy qadriyatlar – bu xalqning asrlar

davomida shakllangan, tarixiy xotirasida, urf-odatlarida, an’analarida, tilida, dinida, san’atida
va madaniyatida mujassam bo‘lgan axloqiy-me’yoriy tamoyillar majmuidir. Ular jamiyat
a’zolarining ruhiy-ma’naviy uyg‘unligini ta’minlaydi, yosh avlodga milliy o‘zlikni anglash
imkonini beradi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlariga:

vatanparvarlik va xalqparvarlik,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat,
mehmondo‘stlik,
mehnatsevarlik,
sabr-toqat va halollik,
milliy urf-odatlarga sodiqlik kabi omillar kiradi.
Bu qadriyatlar yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Fuqarolik tarbiyasi — o‘quvchilarga jamiyat hayotidagi mas’uliyatini anglatish,

qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolligini oshirish, Vatan oldidagi burchini
tushunishga o‘rgatish tizimidir. Fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs quyidagi fazilatlarga
ega bo‘ladi:

ijtimoiy ongli va faol;
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega;
Vatanga, xalqiga, davlat ramzlariga hurmat bilan qaraydi;
huquq va majburiyatlarni anglaydi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadi.
Pedagogik adabiyotlarda fuqarolik tarbiyasi insonda “ijtimoiy javobgarlik” tuyg‘usini

shakllantirishda eng muhim vosita sifatida e’tirof etiladi (I. A. Kolesnikova, M. M. Potashnik, O.
M. Musurmonova va boshqalar tomonidan).

Zamonaviy jamiyatda axloqiy-insoniy mezonlar qadrsizlanayotgan bir paytda milliy

qadriyatlarga tayanish, ularni tarbiya jarayoniga singdirish orqali o‘quvchilarda ongli fuqarolik
pozitsiyasini shakllantirish nihoyatda dolzarbdir. Ayniqsa, o‘smirlik davri yoshlar ongida
shaxsiy pozitsiyaning shakllanishi uchun qulay davr hisoblanadi. Shu bois, tarbiya darslarida
milliy qadriyatlar vositasida:

tarixiy ongni shakllantirish,
ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini uyg‘otish,
ijtimoiy faollikka rag‘batlantirish,
davlat ramzlari, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan qarash,
fuqarolik burchini anglash singari masalalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Ilmiy-nazariy yondashuvlar.

Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanish

quyidagi pedagogik yondashuvlar asosida amalga oshiriladi:

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir o‘quvchining ichki dunyosi, qiziqishlari va

ehtiyojlarini inobatga olgan holda milliy qadriyatlarni singdirish.

Madaniy yondashuv – o‘quvchilarga milliy madaniyat, tarixiy meros va xalq ijodiyoti

vositasida tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish.

Integratsiyalashgan yondashuv – tarbiya darslarida boshqa fanlar (tarix, adabiyot,

huquqshunoslik) bilan uzviy bog‘liq holda fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

96

Dialogik yondashuv – ochiq muloqotlar, bahs-munozaralar orqali o‘quvchilarning

fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash.

Muhokama:

Bugungi tahlikali zamon bizdan har qachongidan ham hushyorlikni, ongli fuqarolik

pozitsiyasini, milliy birlik va birdamlikni talab qilmoqda. Aynan shunday sharoitda yoshlarning
fuqarolik ongini shakllantirish, ularning jamiyatdagi mas’uliyatini his qilishini ta’minlash
dolzarb vazifa sifatida oldimizda turibdi. Bu esa faqat targ‘ibot-tashviqot bilan emas, balki
ta’lim-tarbiya tizimi orqali, ayniqsa tarbiya darslarining zamonaviy mazmun bilan boyitilishi
orqali amalga oshiriladi. Tarbiya darslari o‘quvchilarning shaxsiy dunyoqarashi, qadriyatlar
tizimi, hayotga bo‘lgan munosabatini shakllantiradigan muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Tarix guvohlik beradi: har bir millat o‘z qadriyatlariga tayanib, madaniyatini, istiqlolini,

xalqona ruhini saqlab qolgan. O‘zbek xalqining boy madaniy merosi, dono ajdodlari qoldirgan
ibratli o‘gitlari, milliy urf-odatlarimiz, odob-axloq tamoyillari – bularning barchasi tarbiya
darslarida kuchli vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Misol uchun, xalq og‘zaki ijodidagi
maqollar va aforizmlar, xalq qahramonlari haqidagi dostonlar va tarixiy shaxslarning ibratli
hayoti o‘quvchilarga ma’naviy saboq bo‘la oladi. Ayniqsa, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Jadidlar harakati arboblari kabi tarixiy shaxslarning Vatanga xizmat yo‘lidagi jasorati
bugungi avlodga fuqarolik idealini shakllantirishda muhim omil bo‘la oladi.

Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar asosida fuqarolik tarbiyasini amalga oshirishda

o‘qituvchining shaxsiy namunasi, nutqi, fikrlashi, va harakatlari nihoyatda muhim ahamiyatga
ega. O‘quvchi ko‘pincha ko‘rsatmadan emas, balki ko‘rganidan saboq oladi. Shuning uchun
o‘qituvchi o‘zining fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy faolligi, Vatanga sadoqati bilan yosh avlod
uchun tirik namuna bo‘lishi kerak. Biroq, amaliyotda kuzatilayotgan holatlar shuni ko‘rsatadiki,
ko‘plab maktablarda tarbiya darslari formallikka aylanib qolgan. Darslar asosan umumiy
nasihatlar, mavzudan chekinishlar, yoki yetarlicha tayyorgarliksiz o‘tkazilmoqda. Bu esa
o‘quvchilar ongiga kerakli g‘oyalarni singdira olmaydi. Shu bois, tarbiya darslari yangi
metodikalarga asoslangan, milliy ruhda boyitilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan, interaktiv
usullarga tayangan holatda tashkil etilishi zarur.

Yana bir muhim jihat – bu yoshlarning ijtimoiy faol bo‘lishiga yo‘l ochish, ularga o‘z fikrini

bildirishga, jamiyatdagi muammolarga befarq bo‘lmaslikka undashdir. Tarbiya darslarida
ochiq muloqotlar, bahs-munozaralar, ijtimoiy loyihalar, tarixiy rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarni
fuqarolik faolligiga jalb etish mumkin. Masalan, “Agar men hokim bo‘lsam...”, “Mening
jamiyatdagi rolim”, “Adolatli fuqarolik nima?” kabi mavzulardagi muhokamalar orqali
o‘quvchilar o‘z pozitsiyasini shakllantira boshlaydi. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar bilan
maktab tarbiyasining uyg‘unligi fuqarolik tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Tarbiya darsi faqat
o‘qituvchining mas’uliyati emas, balki ota-onaning hamkorligida, ijtimoiy institutlar bilan uzviy
aloqada olib borilsa, natijasi yanada samarali bo‘ladi. Shunday hollarda o‘quvchi faqat sinfda
emas, balki butun hayotida ongli fuqarolik pozitsiyasini egallaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
intiladi.

Muhokama jarayonida aniqlanishicha, bugungi tarbiya darslari o‘quvchilarning faqat

axloqiy tarbiyasini emas, balki ularning milliy o‘zligini anglash, Vatan oldidagi mas’uliyatini
chuqur his qilish, jamiyatga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishda kuchli vositaga aylanishi
zarur. Milliy qadriyatlarga tayanilgan holda olib borilgan tarbiya esa o‘z navbatida yuksak


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

97

fuqarolik ongini shakllantirishning eng to‘g‘ri va samarali yo‘li ekanligi amaliy natijalar bilan
isbotlanmoqda.

Xulosa.

Bugungi kun yoshlari – ertangi kun jamiyatining tayanchi, yurt kelajagining

bunyodkorlaridir. Shunday ekan, ularni nafaqat bilimli, balki ongli, mas’uliyatli, fuqarolik
burchini anglaydigan shaxslar etib tarbiyalash har bir pedagogning, ota-onaning, butun
jamiyatning muqaddas vazifasidir. Aynan shu maqsad yo‘lida tarbiya darslari hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Ushbu darslar orqali o‘quvchining qalbiga ezgulik urug‘i sepiladi, unda jamiyat
oldidagi burch, Vatanga sadoqat, insoniylik, adolat, va eng muhimi – milliy o‘zlikni anglash
tuyg‘ulari mustahkamlanadi.

Milliy qadriyatlar esa bu jarayonning asosiy poydevori hisoblanadi. Ular yosh ongiga

milliy ruh, g‘urur, tarixiy xotira, Vatanga muhabbat, ajdodlar yo‘lidan yurish tuyg‘usini
singdiradi. Chunki qadriyatlar xalqning ruhiy boyligi, ma’naviy yodgorligi bo‘lib, ular orqali
avlodlar bog‘lanadi, o‘tmish va kelajak o‘rtasida mustahkam ko‘prik quriladi. Milliy qadriyatlar
fuqarolik ongining ildizidir — ular bor joyda befarqlik, ajralish, o‘zligini yo‘qotish yo‘q. Xulosa
o‘rnida aytish mumkinki, fuqarolik tarbiyasini kuchaytirish faqatgina darsliklarni o‘qitish
bilangina emas, balki o‘quvchining qalbini tarbiyalash, unga milliy g‘urur, ijtimoiy javobgarlik,
Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat tuyg‘ularini singdirish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tarbiya darslari aynan mana shunday yuksak maqsad yo‘lida xizmat qilishi lozim.

Yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlar vositasida fuqarolik pozitsiyasini singdirish – bu

oddiy jarayon emas, balki muayyan tizim, izchil yondashuv, doimiy izlanish va mehr bilan olib
borilishi kerak bo‘lgan mas’uliyatli ishdir. Bunda o‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati,
shaxsiy namunasi va eng avvalo, ichki ishonchi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Zero, qalbdan chiqqan
so‘zgina qalbga yetadi. Kelajak avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalagan holda fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar etib voyaga yetkazish — bu faqat bugungi kun ehtiyoji emas,
balki yurt istiqbolini belgilovchi omildir. Demak, bugungi har bir tarbiya darsi – bu ertangi kun
jamiyatining qiyofasini belgilovchi asosiy zamin, har bir so‘z – bu shaxsni shakllantiruvchi
qudratli vositadir. Va aynan shu zamin, shu vosita orqali biz baquvvat, vatanparvar, ongli va
mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalay olamiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдуллаева, Ш. Ш. Формирование гражданской позиции учащихся в процессе

воспитательной работы / Ш. Ш. Абдуллаева. – Ташкент: Fan, 2019. – 128 с.
2.

Ахмедов, Х. Р. Национальные ценности и воспитание молодежи / Х. Р. Ахмедов. –

Ташкент: O‘zbekiston, 2020. – 96 с.
3.

Жамолова, Н. Тарбия nazariyasi va metodikasi: darslik / Н. Жамолова. – Тошкент: «Ilm

ziyo», 2021. – 256 б.
4.

Ходжаева, Н. Х. Формирование гражданского самосознания у школьников / Н. Х.

Ходжаева // Народное образование. – 2020. – №6. – С. 35–38.
5.

Musurmonova, O. M. Tarbiyaviy jarayon va uning samaradorligini oshirish yo‘llari / O. M.

Musurmonova. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2018. – 150 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

98

6.

Халқаро таълим индекси ҳисоботи – UNESCO Institute for Statistics. – URL:

https://uis.unesco.org (сана обращения: 28.07.2025).

Библиографические ссылки

Абдуллаева, Ш. Ш. Формирование гражданской позиции учащихся в процессе воспитательной работы / Ш. Ш. Абдуллаева. – Ташкент: Fan, 2019. – 128 с.

Ахмедов, Х. Р. Национальные ценности и воспитание молодежи / Х. Р. Ахмедов. – Ташкент: O‘zbekiston, 2020. – 96 с.

Жамолова, Н. Тарбия nazariyasi va metodikasi: darslik / Н. Жамолова. – Тошкент: «Ilm ziyo», 2021. – 256 б.

Ходжаева, Н. Х. Формирование гражданского самосознания у школьников / Н. Х. Ходжаева // Народное образование. – 2020. – №6. – С. 35–38.

Musurmonova, O. M. Tarbiyaviy jarayon va uning samaradorligini oshirish yo‘llari / O. M. Musurmonova. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2018. – 150 b.

Халқаро таълим индекси ҳисоботи – UNESCO Institute for Statistics. – URL: https://uis.unesco.org (сана обращения: 28.07.2025).